Zamonaviy texnika va texnologiyalar, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlari bu ma’lum bir tizimga solingan elektrotexnik va elektron qurilmalarning majmuasidir


Download 0.81 Mb.
bet25/27
Sana09.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1182303
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
elektrotexnika yangi javoblar

Tekislovchi filtrlar.
To’g’rilagich hosil qilib bergan pulslanuvchi kuchlanish o’zgaruvchan va o’zgarmas tashkil etuvchilardan iborat bo’ladi. Filtr pulslanuvchi kuchlanishning o’zgaruvchan tashkil etuvchisini kamaytirib berish kerak, lekin u o’zgarmas tashkil etuvchini ham kamaytirishi mumkin. YUklanishga kondensator parallel (17.6-rasm) yoki ketma-ket ulangan drossel sodda tekislovchi filtr hisoblanadi.






17.6-rasm. Kondensatorli filtr: a) sxema, 6) tok va kuchlanishlarning grafiklari.

Kondensator kuchlanish ortgan paytda zaryadlanadi. Kuchlanish kamayganda esa kondensator to’plangan elektr maydon energiyasini yuklanishga beradi va natijasida kondensator razryadlanadi. Kondensator o’ziga berilgan kuchla nishning o’zgarishiga nisbatan sekin zaryadlanadi va razryadlanadi. SHuning uchun kondensator va yuklanishdagi kuchlanish juda kam pulslanadi. Kondensatorli filtr kichik quvvatli to’g’rilagichlarda qo’llaniladi. Drosselli filtr quyidagicha ishlaydi. Drosseldan o’tayotgan tok o’zgarganda unda o’zinduksiya elektr yurituvchi kuchi hosil bo’ladi. Bu EYUK tokning o’zgarishiga to’sqinlik qiladi. Drosseldan o’tayotgan tok ko’paygan yoki kamaygan paytda o’zinduksiya EYUK tokka qarama-qarshi bo’lib, uning pulslanishini kamaytiradi. Demak, tok ko’payganda drosselda magnit maydon energiyasining to’planishi, tok kamayganda to’plangan energiyaning yuklanishga qaytishi natijasida pulslanuvchi tok tekislanar ekan. Drosselli filtr katta va o’rtacha quvvatli to’g’rilagichlarda qo’llaniladi. Bitta yarim davrli to’g’rilagichlarda drosselli filtrni ishlatishning foydasi yo’q, chunki manfiy yarim davrda tok nolgacha pasayadi, ammo pulslanish koeffitsienti kamaymaydi. Alohida kondensatorli yoki drosselli filtr pulslanishni kerakli darajada tekislab bera olmaydi. SHuning uchun murakkabroq, masalan, G simon filtrlar ishlatiladi.G simon filtr yuklanishga ketma-ket ulangan drossel Dr va parallel ulangan kondensator Sdan iborat (17.7-rasm). Induktiv qarshilik tenglamasi ga qaraganda drossel tokning o’zgarmas tashkil etuvchisiga kichik, o’zga-ruvchan tashkil etuvchisiga katta qarshilik ko’rsatadi. Sig’imli qarshilik tenglamasi ga qaraganda kondensator tokning o’zgaruvchan tashkil etuvchisiga kichik qarshilik, o’zgarmas tashkil etuvchisiga katta karshilik ko’rsatadi. Induktiv-sig’imli filtrlar tuzilishining soddaligi va tekislash xossalari yaxshi bo’lgani tufayli keng qo’llaniladi.




Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling