Zamonaviy texnika va texnologiyalar, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlari bu ma’lum bir tizimga solingan elektrotexnik va elektron qurilmalarning majmuasidir


Download 0.81 Mb.
bet3/27
Sana09.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1182303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
elektrotexnika yangi javoblar

Quvvat. Elektr energiyasidan foydalanishda elektr tokining quvvati asosiy amaliy ahamiyatga ega. Quvvat deb kuchlanishning tok kuchiga ko’paytmasiga aytiladi. Quvvatning o’lchov birligi sifatida Vatt qabul qilingan , qisqacha Vt yoziladi.

Iste’molchi uchlaridagi kuchlanish 1 V bo’lib undan 1 A tok oqib o’tayotgan bo’lsa bu iste’molchidagi elektr tokining quvvati 1 Vt bo’ladi: 1 Vt = 1 • 1 A.


Elektr tokining bajargan ishi yoki energiya. Elektr tokining bajargan ishi, yoki egnergiyasi deb quvvatning vaqtga ko’paytmasiga aytiladi:
A = R • t = I • U • t .
Energiyaning, yoki ishning o’lchov birligi sifatida Joul (qisqacha J yoziladi) qabul qilingan. 1 Vt quvvatli iste’molchidan 1 s da 1 J energiya ajralib chiqadi, yoki 1 J ish bajaradi. Masalan 11 rasmdagi R qarshilikli lampaning quvvati 0,6 Vt, demak bu lampa 1 s da 0,6 J, 10 s da 6 J, 1 soatda 2160 J va hokazo, ish bajaradi, yoki energiya sarflaydi. Ish va energiya fizik jihatdan bitta manoni bildiradi. Odatda manbaga nisbatan aytilganda energiya, iste’molchiga nisbatan aytilsa ish tushunchalari qo’llaniladi. Masalan 11- rasmdagi sxemaga nisbatan qo’llasak: akkumulyatordan 1 soatda 2160 J energiya ajralib chiqmoqda, yoki boshqacha aytganda, sxemadagi R qarshilik 1 soatda 2160 J ish bajaradi.
O’zgarmas tok manbaalari, qarshiliklarni ketma-ket va parallel ulash.


Г
O’zgarmas tokni xosil qilishda quyidagi 4-rasmda keltirilgan manbalardan foydalaniladi: a) EYUK, b) galvanik elementlar, v) akkumulyatorlar batareyasi, g) termoelementlar, d) fotoelementlar, e) o’zgarmas tok generatori.


2.1-rasO’zgarmas tok xosil qiluvchi manbalarni prinsipial sxemada ko’rsatilishi.

Elektr energiya iste’molchilariga elektr dvigatellari, isitish asboblari, yorug’lik va nur manbaalari kiradi. Iste’molchilarda elektr energiya boshqa tur energiyalarga elektrodvigatellarda mexanik energiyaga, isitgichlarda issiklikka, nurlantirish kurilmalarida nurga, yorug’lik manbaalarida esa yorug’likka aylantiriladi. Iste’molchilarni birining oxirgi uchiga ikkinchisining boshlang’ich nuqtasini ulab zanjirni yopilishi, kema-ket ulash deyiladi. Iste’molchilarni barchasini boshlang’ich uchlarini bir nuqtaga va oxirgi uchlarini boshqa nuqtaga birlashtirilishi parallel ulash deyiladi. Elektr zanjirlarida elementlar yuqorida keltirilgan shartli belgilar asosida tasvirlanadi. Bunday shartli belgilardan foydalanish elektr zanjirlarini hisoblash, elektr zanjirining asosiy parametrlarini aniqlash va ular asosida kerakli amaliy sxemalarni yaratish imkonini beradi. Masalan, 12 V kuchlanishli akkumulyatordan foydalanib har birining ishchi kuchlanishi 2 V bo’lgan svetodiodlarni yoqish uchun bizga 6 ta shunday svetodiod kerak bo’ladi..



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling