Zamonaviy tilshunoslikda fanlararo integratsiya


Download 14.21 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi14.21 Kb.
#1581434
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Zamonaviy tilshunoslikda fanlararo integratsiya

Zamonaviy tilshunoslikda fanlararo integratsiya

Lingvopragmatika asoslari fanidan 2-ma’ruza

Zamonaviy tilshunoslikda fanlararo integratsiya

  • Pragmalingvistikaning istiqboli ko‘p jihatdan boshqa turdagi fan sohalari bilan munosabatida, ular bilan hamkorligida ko‘rinadi. Albatta, pragmalingvistika qator fanlar bilan sarhaddoshlik munosabatlarini, birinchi navbatda, tilshunoslikning yaxlit maydonidan, ushbu fanning tub lingvistik sohalaridan izlash kerak bo‘ladi. Darhaqiqat, insonning lisoniy muloqot qobiliyatini o‘rganish uchun (bu pragmalingvistik tadqiqning asosiy maqsadlaridan biri) til tizimi, uning alohida sathlariga xos hodisalarga murojaat qilmaslikning iloji yo‘q.

Zamonaviy tilshunoslikda fanlararo integratsiya

  • Biroq bu muammoga qanday qanday yondashish masalasi noaniqligicha qolmoqda. Binobarin, pragmalingvistikaning fonologiya bilan bog‘liq tomonlariga e'tibor yetarli emas. Matnda, nutqiy vaziyat doirasida yashirinib turadigan tagma'noni ifodalash usullarini olaylik. Bunda prosodik vositaning o‘rni qanchalik yuqori ekanligini doimo sezamiz. Xuddi shuningdek, urg‘uning ijtimoiy deyksis ifodalash va hurmat tamoyilini voqyelantirish uchun qanchalik qo‘l kelishi ham ma'lum. Afsuski, fonopragmatik hodisalarning kommunikativ roli, ularning milliy-etnik xususiyatlari, lisoniy faoliyat doirasida mazmun yaratuvchanlik belgilari tizimiy ravishda o‘rganishga endigina kirishilmoqda

Zamonaviy tilshunoslikda fanlararo integratsiya

  • Pragmatikaning sintaksis bilan munosabati masalasi munozarali. D.Laytfut kabi tilshunoslar bunday munosabatning bo‘lishini butunlay inkor etishga harakat qilishsa ham (Lightfoot 1979: 43), sintaktik elementlarning gap tuzilishidagi o‘rni va ushbuning diskurs shakllanishidagi roli pragmalingvistik tahlil uchun muhimdir. Sintaksisning pragmatik «siquv»ga dosh berish darajasi hamda diskurs talabiga moslashishini ta'minlovchi lisoniy omillar qatorini aniqlash muhim. Ayniqsa, sintaksisning pragmatik maqsad uchun «xizmati» «tema – rema» yoki «mavzu – izoh» (topic - comment) hodisalari tahlilida muhimdir.

Download 14.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling