Zamonaviy tilshunoslikda fanlararo integratsiya


Zamonaviy tilshunoslikda fanlararo integratsiya


Download 14.21 Kb.
bet5/5
Sana18.06.2023
Hajmi14.21 Kb.
#1581434
1   2   3   4   5
Bog'liq
Zamonaviy tilshunoslikda fanlararo integratsiya

Zamonaviy tilshunoslikda fanlararo integratsiya

  • Pragmalingvistikaning va umuman, tilshunoslik fanining amaliy jihatlari, olib borilgan tadqiqotlar natijalarining amaliyotga, ijtimoiy tajribaga tadbiq etilishi masalasi alohida muhokamaga loyiqdir. Tilshunoslikning kelajak taraqqiyoti haqidagi qator bashoratlar egasi bo‘lgan Boduen de Kurtene nazaridan bu masala ham «qochib qutulmagan» edi. Olim «Tilshunoslik vazifalari haqida»gi maqolasida (bu maqola 1889 yilda polyak tilida yozilganligi yuqorida aytilgan edi) tilshunoslikning «amaliy hayotda»gi o‘rni uning sof ilmiy faoliyatida qo‘llanishiga nisbatan «favqulodda darajada kamtarona» ekanligidan noligan edi

Zamonaviy tilshunoslikda fanlararo integratsiya

  • Ma'lumki, informatika axborotni yozib olish, saqlash va qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy va amaliy faoliyat haqidagi fan sifatida inson tili va nutqiy faoliyati haqidagi ma'lumotlarga ega bo‘lishga majburdir. Chunki axborot jamlash va yetkazish bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni bajaruvchi elektron uskunalarni yaratish uchun software hamda hardware dasturlari ta'minotidan tashqari, Lingware, ya'ni bu dasturlarning lisoniy ta'minotiga ham ehtiyoj mavjuddir. Lisoniy ta'minot masalasi informatikaning o‘ta muammoli masalasidir. Soha mutaxassisi Yu.N.Marchuk ta'kidlaganidek, «informatikaning lingvistik muammolari informatikaning o‘zining boshlanishidayoq paydo bo‘ladi» (Marchuk 2007: 35). Kompyuter jihozlarining lisoniy ta'minoti negizida inson lisoniy faoliyatining elektron modelini yaratish maqsadi turadi.

Zamonaviy tilshunoslikda fanlararo integratsiya

  • Avtomatik tarjima sohasining bunday «oqsoqligi», samaraning pastligiga sabab lisoniy ta'minotning yetarli emasligida. Informatikaning lingvistik ta'minoti bilan shug‘ullangan kompyuter tilshunosligi shu paytgacha e'tiborni asosan til tizimiga, uning struktural xususiyatlariga qaratib kelmoqda, ushbu tizimning hayotiyligini, insoniyat ehtiyojini qondiruvchi vosita ekanligining isboti bo‘lgan nutqiy-tafakkur faoliyati esa nazardan ancha chetda qoldi. Yo‘q, balki «nazardan chetda qoldi» deyishim noto‘g‘ri bo‘lar, yaxshisi, «nutqiy faoliyat tizimi, muloqotning kechishi, uning mohiyati hamda uning harakatini ta'minlovchi lisoniy va nolisoniy faktorlarning o‘zi kam o‘rganilganligi sababli informatikaning lisoniy ta'minoti sohasi mutaxassislari bu tizimni dasturlashda katta to‘siqlarga duchor bo‘lishdi» deganim ma'quldir. Ishonamanki, endilikda, pragmalingvistika taraqqiyoti davrida, bu mushkulotni yengish osonlashadi.

Zamonaviy tilshunoslikda fanlararo integratsiya

  • Umuman, pragmalingvistikaning taraqqiyotiga kognitologiya, madaniy antropologiya, falsafa, mantiq, sotsiologiya, faoliyat nazariyasi kabi tilshunoslikning sarhaddoshlari va sotsiolingvistika, kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, matn nazariyasi kabi sohalari ham hissa qo‘shib kelmoqda. Pragmalingvistik tadqiqotlarning predmetini nimalar tashkil qilmog‘i darkorligi masalasi ham o‘z dolzarbligini hanuz saqlab kelyapti. Bu esa tilshunoslik fanlari aloqadorligini yanada oshishiga zamin hozirlaydi.

Download 14.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling