Zamonaviy tilshunoslikda fanlararo integratsiya


Zamonaviy tilshunoslikda fanlararo integratsiya


Download 14.21 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi14.21 Kb.
#1581434
1   2   3   4   5
Bog'liq
Zamonaviy tilshunoslikda fanlararo integratsiya

Zamonaviy tilshunoslikda fanlararo integratsiya

  • Konseptual faoliyatga xos bo‘lgan ushbu milliy-madaniy mazmun muloqot tizimida o‘z aksini topmay qolmaydi. Voqyelik idroki natijasida hosil bo‘ladigan konsept freym tuzilishida, ya'ni qolipli ravishda kechadi. Freym borliqning idrok etish modeli sifatida turli mantiqiy-ruhiy assotsiatsiyalar asosida shakllanadi. Freymni o‘ziga xos mantiqiy faoliyat zanjiri ko‘rinishida tasavvur etadigan bo‘lsak, uning turli tugun, bandlardan tarkib topishi e'tirof etiladi. Bu tugun va bandlarning har biri maxsus «topshiriq»ni bajaradi, vazifani o‘taydi. Ana shunday vazifalardan biri milliy-madaniy mazmunni ifodalashdir. Freym assotsiativ idrok qolipi bo‘ladigan bo‘lsa, bunday mantiqiy-tafakkur obrazlarining ko‘pchilik qismi milliy-madaniylik xususiyatiga ega bo‘lishini ham unutmasligimiz kerak.

Zamonaviy tilshunoslikda fanlararo integratsiya

  • «Madaniy ssenariy» tushunchasidan foydalangan holda muloqot birliklarining milliy-madaniy xususiyatlarini tizimli ravishda tavsiflash mumkin. Muloqot matnining tarkib topishi ikki bosqichli faoliyatdan iborat. Bu faoliyatning birinchi bosqichi konseptual xususiyatga ega bo‘lib, aynan shu bosqichda kommunikativ maqsadga mos keladigan freym shakllanadi. Masalan, ishontirish, qo‘rqitish, so‘rash, talab qilish, taklif qilish, ogohlantirish kabi illokutiv maqsadni ko‘zlovchi nutqiy harakatlarni voqyelantiruvchi freymlar muloqot strategiyasini belgilaydi. Ikkinchi, ya'ni diskursiv bosqichda konseptual tuzilma – freym o‘z lisoniy ifodasini topadi. Diskursiv bosqich birliklarining konseptual tuzilmalar uchun «ustqurma qobiq» vazifasini o‘tashi ko‘rinib turibdi.

Zamonaviy tilshunoslikda fanlararo integratsiya

  • Axborot almashinuvining mazmuniy negizini tashkil etuvchi konseptual tuzilma – freymning turli milliy-madaniy muhitlarda tarkiban mos kelmay qolish holatlariga izoh berish niyatida ba'zi misollarga murojaat qilsak.
  • Tasavvur qilingki, inglizzabon do‘stingiznikida choy ichyapsiz, u sizga mehmondo‘stlik ramzi sifatida «Yana choy ichasizmi?» deb so‘ramoqchi: Would you like some more tea? Siz ham mehmondo‘stlikka tashakkur bildirasiz: Thank you! Shunda do‘stingiz so‘rovni davom ettirishga majbur: «Yes» «thank you» or «no» «thank you?» («Ha» rahmatmi yoki «yo‘q» rahmatmi?)

Download 14.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling