- Pragmalingvistikaning sintaksis bilan aloqasi, ayniqsa, uning nutqiy aktlarni guruhlash va tasniflashga oid sohasida yaqqol namoyon bo‘ladi. Gaplarning an'anaviy kommunikativ turlari – darak, buyruq, undov gaplar guruhlarining illokutiv maqsadni ifodalash darajasini aniqlash sintaktik tuzilmalarning pragmatik imkoniyatlarni bilish uchun zarurdir. Bundan tashqari, gap strukturasi va bevosita nutqiy akt munosabatini o‘rganish til tizimidagi ma'no va shakl assimetriyasini nutq sathida ko‘chishi va pragmatik assimetriyaga aylanish mexanizmlarini aniqlash imkonini beradi.
Zamonaviy tilshunoslikda fanlararo integratsiya - . Bu birliklarning asl ma'nosi va mazmunini matnga, muloqot muhitiga murojaat qilmasdan turib aniqlash hamda tavsiflash qanchalik mushkul ekanligini bilamiz. Shuning uchun pragmatik ma'lumotlarning semantik-sintaktik tadqiqotlar samarasi uchun muhimligi inkor etib bo‘lmaydigan haqiqatdir. Semiotik maydonda pragmatika – semantika – sintaksis uchligi – trixotomiyasi uzviy zanjir hosil qilishini e'tirof etadigan bo‘lsak, unda lisoniy tahlilda ham ayirmachilikning xavfli usul ekanligini unutmaslik lozim. Pragmatika lisoniy bilim bilan kommunikativ qobiliyat o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘taydi.
Zamonaviy tilshunoslikda fanlararo integratsiya - Tilshunoslikning sotsiolingvistika, psixolingvistika, kognitiv tilshunoslik kabi sohalarining pragmatika bilan sarhaddoshligini alohida ta'kidlashga hojat yo‘q.
- Pragmalingvistlar va kognitologlar bir xilda lisoniy tafakkur faoliyati, shu faoliyat asosida yuzaga keladigan lisoniy-mantiqiy hodisalar – presuppozitsiya, implikatura, illokutiv maqsad kabilarning muloqot matnida voqyelanishi muammolari bilan banddirlar. Nutq ijodi faoliyatida uchraydigan pauza, sukut saqlash, ikkilanish kabi hodisalarning botiniy kognitiv jarayon hodisasi ekanligini bilamiz, ammo ularning aslida kommunikativ maqsad ifodasi uchun xizmat qilishlarini ham unutmaslik lozim. Eng asosiysi, nutqiy muloqot hamkorligining asosiy maqsadi – axborot almashinuvi va bu maqsadga erishish uchun suhbatdoshlar bir-birlarini tushunishlari lozim
Do'stlaringiz bilan baham: |