Zamonaviy tipdagi issiqxona tashkil etish bo’yicha biznes reja mundarija


Download 382.15 Kb.
bet2/10
Sana27.10.2023
Hajmi382.15 Kb.
#1728162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
issiqxona

Ushbu biznes-rejaning maqsadi:

  1. “Zamonaviy issiqxona tashkil etish” loyihasiga investitsiyalarni jalb qilish.

  2. Doimiy ravishda daromad olishga asoslang investitsiya loyihasini amalga oshirish.

  3. Mahsulot turlarini yanada ko'paytirish va kengaytirish uchun foyda olish.

  4. Issiqxona mahsulotlariga bo'lgan talabni qondirish.

1.3. Loyihaning tavsifi va uni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi
Loyiha konsepsiyasida sabzavot (pomidor, bodiring, ko’katlar va gullar) yetishtirish uchun issiqxona tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Korxonaning maqsadlari quyidagilardan iborat bo'ladi:

  • Ichki va tashqi bozorlarda sotish uchun sifatli, eksportbop, raqobatbardosh mahsulotlarni olish;

  • Aholini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash;

  • Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish natijalaridan foyda olish;

  • Qishloq aholisi uchun korxona ishlab chiqarishida yangi ish o’rinlari tashkil etish va ta’minlash, ularning ijtimoiy masalalarini hal etish.

Tadbirkor mazkur loyihani amalga oshirishi davomida bugungi kunda Respublikamizda tadbirkorlik sohasidagi imkoniyatlardan foydalanib, viloyatning iqtisodiy rivojlanishiga oʼz hissasini qoʼshadi yaʼni:

    1. Respublika hududida yangi issiqxona tashkil etadi;

    2. Ishsizlik sonini kamayishiga amaliy yordam beradi.

    3. Davlatga soliq toʼlashi natijasida byudjet rejasini bajarilishida oʼz hissasini qoʼshadi.

    4. Tadbirkor yuqoridagi vazifalarni bajarishi natijasida daromad oladi.

Tadbirkor viloyat miqiyosida aholi tomorqa xoʼjaliklarida pomidor, bodring yetishtirish maqsadida, viloyatda keng tarqalmagan yoʼnalish yaʼni issiqxonalar tashkil etib, evaziga daromad olishni rejalashtirgan. Bozor holati tahlillari shuni koʼrsatmoqdaki, Tadbirkor tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan mazkur loyiha aholining, jumladan tuman va tuman atrofida faoliyat koʼrsatayotgan tadbirkorlik subʼektlariga hamda viloyatdagi bir qator bozorlarga yaqin boʼlganligi sababli isteʼmolchilar talablariga mos keladi.
Bu holat esa, loyihaning koʼzlangan darajada amalga oshirilishiga imkon yaratuvchi asosiy omillardan biri boʼlib hisoblanadi. Bundan tashqari kuzatuv natijalariga koʼra, loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan joyga yaqin masofalarda bunday issiqxonalar hozirgi kunda tashkil etilmagan. Bu esa, mijozlarning koʼp boʼlishini taʼminlashga xizmat qiladi. Iqtisodiy nuqtai nazardan, loyiha quyidagilarga yordam beradi:
- Hududda tovar ayirboshlash hajmini oshirish ;
- Kelajakda ushbu bozor segmentida eksportni amalga oshirish;
-Yangi ish o'rinlarini yaratish (3);

1.4. Loyihani moliyaviy baholash




1- ilovadagi hisob kitoblarga ko’ra , 14% stavkasida loyiha foyda oladi va 48 oy ichida to'lanadi. Daromadlilik indeksi juda yuqori qiymatga ega - 1,49. Bu loyihaga kiritilgan har 1 so’m uchun investor qo‘shimcha 1,50 so’m olishini ko‘rsatadi.
1.5. Moliyaviy tuzilma
Investitsion xarajatlar hozirda 125 000 000 so’mga baholanmoqda
Moliyalashtirish manbai 110 000 000 so’m miqdoridagi bank krediti, shuningdek o'z mablag'lari – 15 000 000 so’m.
Investitsion reja 2- ilovadagi jadvalda ko’rsatib o’tilgan.



Download 382.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling