6
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalaridan oliy ta’lim
muassasalari xorijiy filologiya, o‘zbek filologiyasi fakultetlarida tarjima nazariyasi
va amaliyoti, jahon adabiyoti fanlari bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etishda,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi Badiiy tarjima kengashi faoliyatida,
magistrlik
dissertatsiyalari yozishda, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar yaratishda
foydalanilish mumkin.
Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar:
- Buyuk Britaniya va AQSH nashriyotida chop etilgan matnlarini o‘zbek tiliga
tarjima qilish muammolarini o‘rganib chiqilmaganligi;
- Amerika
matbuotda chop etilgan matnlar, reklama va e’lonlar xamda ularni
tarjima qilishda uslubni qayta yaratish muammosining mavjudligi;
- reklama matnlaridagi stilistik priyomlarni tasniflash va tarjimada qayta yaratishga
oid ko‘rsatmalar ishlab chiqilmaganligi.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Tadqiqot kirish, uch bob, xulosa va
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, hajmi 85 sahifani tashkil etadi.
Natijalarning e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi yuzasidan 2
ta ilmiy
maqola nashr etilgan.