43
III BOB. REKLAMANING O‘ZIGA XOS TILI VA UNDAGI TASVIRIY
IFODANING UZATILISH VOSITASI
3.1 REKLAMA MATNLARI STILISTIKASI
To‘laqonli ijodiy jarayon hisoblangan tarjimaning badiiy, ilmiy-texnikaviy,
sinxron va publitsistik matnlar tarjimasi kabi bir necha turlari mavjud. Tarjimaning
har qanday turi ham uslubiy o‘ziga xosliklardan iboratdir.
Ana shunday tarjima
turlaridan biri publitsistik matnlar tarjimasi bo‘lib, bu tarjimani amalga oshirishda
muayyan qonuniyatlarga rioya etiladi.
O`tgan asr oxirlarida odamlar psixologiyasini yaxshi bilganlar reklamalarda
psixotrop qurollardan foydalana boshlashdi. Ya`ni biror-bir mahsulot reklama
qilinguncha kishini sotib olishga undovchi ko`zga ko`rinmas shunday
elementlardan foydalanishadiki, bevosita xaridorlar
xuddi kodlashtirib
qo`yilgandek o`sha mahsulotni sotib olishga o`zida ehtiyoj sezadi. Reklamada
ranglar, so`zlarning ishlatilishi, hatto musiqagacha kishini rom etuvchi
elementlardan foydalaniladi. Reklamani ko`ruvchilar
orasida esa har xil
psixologiyadagi odamlardan tortib, hali uning nimaligiga ongi yetmagan bolalar
ham bo`ladi.
Psixologlar reklamaga shunday ta`rif beradilar:
Do'stlaringiz bilan baham: