Zararli gazlarning atmosfera va inson salomatligiga


Academic Research in Educational Sciences


Download 87.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana31.01.2024
Hajmi87.43 Kb.
#1832578
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
zararli-gazlarning-atmosfera-va-inson-salomatligiga-ta-siri

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 4 | Issue 1 | 2023 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
255
 
January, 2023 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
miqdordan ortiqcha ifloslagani hollarida toʼlov va jarimalar belgilangan. Toshkent, 
Samarqand, Buxoro, Fargʼona shaharlarida havo ifloslanishining 80% dan ortigʼi 
avtotransport hissasiga toʼgʼri keladi. Oʼzbekistonning boshqa yirik shaharlarida ham 
havo ifloslanishida transportning hissasi ortib bormoqda. Bunga sabab etil qoʼshilgan 
benzin va tarkibida oltingugurt koʼp boʼlgan dizel yoqilgʼisi (solyarka)dan 
foydalanish hisoblanadi. Davlat sektoridagi avtomobillarning 50% va xususiy 
sektordagi avtomobillarning 40% dan ortigʼi 10 yildan ortiq foydalaniladi va 
atmosferani kuchli ifloslaydi. Transportda ekologik nazorat talabga toʼla javob 
bermaydi. Gaz yoqilgʼisidan foydalanadigan avtomobillar soni 7% dan ortiqni tashkil 
qiladi. 400 mingdan ortiq qishloq xoʼjalik texnikasida, temir yoʼl transporti va havo 
transportida atmosfera ifloslanishi nazorati yoʼlga qoʼyilmagan. Bir qator zararli 
birikmalar boʼyicha koʼrsatkichlari REM dan yuqori boʼlgan shaharlarning 
baʼzilarida fotokimyoviy smog xavfi mavjud. Oʼzbekiston hududida ham «kislotali 
yomgʼir»lar kuzatiladi. Аyrim vaqtlarda Olmaliq-Ohangaron sanoat rayonining 
taʼsirida Chotqol qoʼriqxonasi hududida «kislotali yomgʼir»lar qayd qilinadi [6]. 
Bu masalalar oxirigacha, chuqur oʼrganilmagan. Lekin soʼnggi yillarda 
obʼektiv maʼlumotlar global haroratning ortishi va iqlimning isish tomonga 
oʼzgarayotganligini koʼrsatmoqda. Inson faoliyati natijasida tobora koʼplab 
chiqarilayotgan SO2 gazini oʼsimlik va okeandagi fitoplankton yutib ulgura 
olmayapti. Iqlim oʼzgarishi boʼyicha xalqaro ekspertlar guruhi fikricha, agar ahvol 
shunday davom etadigan boʼlsa yaqin 50 yil ichida harorat 2-40 

C ga ortishi 
mumkin. Bu muzliklarning erishi va quruqlikni suv bosishi, ob-havo sharoitlarining 
keskin oʼzgarishlariga olib kelishi bashorat qilinadi. Jahon hamjamiyati iqlim 
oʼzgarishining ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy oqibatlarini tushungan holda 
uning oldini olish uchun ilmiy tadqiqotlar, turli tadbirlarni amalga oshirmoqda. 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti BMT ning iqlim oʼzgarishi toʼgʼrisidagi Konvensiyasi 
1992-yili Rio-de-Janeyrodagi atrof-muhit va rivojlanish boʼyicha Umumjahon 
Konferensiyasida 155 davlat tomonidan imzolangan 
Oxirgi 150 yil davomida inson faoliyati natijasida atmosferadagi uglerod 
qoʼshoksidi CO
2
ortgan. CO
2
zaharli emas, oʼsimliklar uchun ozuqa hisoblanadi. 
CO2 qisqa toʼlqinli quyosh nurlarini oʼtkazadi, lekin yerdan qaytarilgan uzun toʼlqinli 
issiqlik nurlanishini ushlab qoladi. Natijada «issiqxona effekti» vujudga keladi. 
Yerning oʼrtacha harorati 150C
0
, 0,8-10 C
0
ga oshganligi qayd qilinmoqda. 
Yoqilgʼining koʼplab ishlatilishi muammoni chuqurlashtiradi. Аtmosferada metan va 
azot chala oksidi N
2
O miqdorining ortishi «issiqxona effekti»ni 
kuchaytirmoqda. Bu iqlim oʼzgarishini keltirib chiqarmoqda. 



Download 87.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling