Zararli odatlar salomatlik kushandasidur
Tamaki chekishni sog’liqqa zarari
Download 97.5 Kb.
|
146 Zararli odatlar
Tamaki chekishni sog’liqqa zarari.
Tamaki chekish odam organizmiga ta’sir qiladimi? So’z siz ta’sir qiladi. Odam papiros chekkanda tamaki tutini bilan nafas oladi, o’pkaga kislorod o’rniga CO2 (karbonat angidrid) gazi borib qonga o’tadi, organizmdagi moddalar almashinuvini buzadi, bunday xolat o’z navbatida organizmning kislorod tanqisligiga sabab bo’ladi. Tamaki tarkibidagi amiak namliq ishtirokida o’pka al’veolalari (xujayralarida) ishqor – nashatir spirtiga aylanadi. Bu ishqor o’pkaning shilliq qavatini ta’sirlab chekuvchida branxit kasalligini keltirib chiqaradi. Buning oqibatida o’pkaning turli yuqumli kasalliklarga chidamligi kamayadi. Olimlar ma’lumoticha sil kasalligiga duchor bo’lganlarning 90 foiz chekuvchilardir. Tamaki tarkibidagi kontsergen moddalar chekuvchilarda saraton (rak) kasalligini keltirib chiqaradi. Tamaki tarkibidagi nikotin kuchli zahar. Nikotinning 0,1 grammi odamni o’ldiradi. Bu doza 20 dona papirosda saqlanadi. Agarda chekuvchi har kuni 20 dona papiros cheksa 30 yil mobaynida 200 ming dona papiros chekadi, bu (160 kg) tamaki degani. Bunday miqdordagi papiros tarkibida 800 g nikotin bo’ladi. Chekuvchi bir kunda odamni o’ldiradigan miqdordagi nikotinni yutadi. Lekin bu nikotin oz – oz miqdorda organizmga kiradi. Nikotin birinchi navbatda nerv sistemasini zaharlaydi. Uzoq muddat papiros chekkan odamlarning qo’llari qaltiraydi, nafas olishi qiyinlashadi, o’xtin – o’xtin yo’taladilar, ko’ngli ayniydi. Nikotin simpatik va parasimpatik nerv sistemalariga ta’sir etadi. Bemorda dastlab yurak tez – tez qisqaradi, qon bosimi ortadi, pereferik qon tomirlarida spazma, yurakning toj tomirlarida kengayish hollari sodir bo’ladi. Qonda nikotin moddasini ko’payishi tufayli bemorda infarkt kasalligi kelib chiqadi. Tamaki tutini bornxlarni keskin toraytirib yuboradi, so’ng kengaytirib yuboradi. Chekish tufayli odamning xotirasi susayadi, odam ozib ketadi. Yosh o’smirlarni chekishi tufayli bola o’sish va rivojlanishdan orqada qoladi, urug’ hujayralarda o’zgarishlar sodir bo’ladi, jinsiy ojizlig kelib chiqadi. Tamaki chekuvchilardan askarbin kislota, furosemid, geparin esterogenlarning ta’sir etish kuchi kamayib ketadi. Shuning uchun, chekuvchilarda qon bosimi, qandli diabed, yurak ishi miyasi, oshqozonning yazva kasalligi, nafas kasalliklarini davolashni qiyinlashtiradi. Nikotin buyrak usti bezi funksiyasiga juda salbiy ta’sir etadi. Bundan tashqari nikotin arterioskleroz kasalligini zo’rayib ketishiga sabab bo’ladi. Surunkali chekish orqa miya funktsiyalariga salbiy ta’sir etadi. Bu jinsiy ojizlikka sabab bo’ladi. Ayniqsa, yosh qizlarni papiroz chekishni barcha a’zolariga zararli ta’sir etadi. Chekuvchi qizlar rivojlanishdan orqada qoladi tez – tez kasallanadilar, xayz ko’rish buziladi. Surunkali chekish qiz bola xusnini buzadi, qiz bola erta balog’atga yetadi. Chekuvchi ayollar tez qariydilar, yuzlariga ajin tushadi yuz terisining rangi o’zgaradi. Chekuvchi ayollarning 30 foizda bazedov kasalligi taraqqiy etadi. Shuni aytish kerakki, chekmovchilar chekuvchilar yonida turishi tufayli chekuvchilardagi kasalliklar chekmovchilarda ham hosil bo’lishi mumkin chunki chekmovchilar passiv chekuvchilar hisoblanadilar. Ko’p tekshirishlardan ma’lum bo’lishicha qon ivishi jarayonini tezlashtrib yuboradi. Perferik tomirlarda arteriosklerozni kuchayishi natijasida oyoq qon tomirlarida endateriit kasalligini kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Bemor oyoq bo’g’inlarida og’riq sezadi, keyinchalik yurolmay qoladi. Nikotin oshqozon shirasini ajralish va uning kislotaligini izdan chiqaradi chekish jarayonida oshqozon tomirlari torayadi, oshqozonning shilliq qavti yallig’lanadi. Chekuvchilarda sezish organlarining faoliyati izdan chiqadi. Chekuvchida asta sekin rang ajratish qobilyati pasaya boradi, u dastlab yashil so’ng qizil va sariq ranglarni ajrata olmay qoladi. Ko’pgina chekuvchilarda eshitish sezgirligi kamayadi. Chekish tufayli quloqda nog’ora parda qalinlashadi, eshitish suyakchalarining hajmi kichiklashadi. Hozirgi vaqtda ko’pgina chekuvchilarning yoshi 20 – 30 da bo’lib yosh oila qurgan bo’ladilar. Shuning uchun, chekuvchi ota – onalar birinchi navbatda o’z bolasiga zarar yetkazadi. Chekuvchi onaning ko’krak sutida nikotin bo’lgani uchun u qo’lansa xidli, bir oz taxir mazali bo’ladi. Shuning uchun, ba’zi bola onasini emmay qo’yadi. Chekuvchi onaning bolasi ham passiv chekuvchi bo’lib qoladi. Angliyaning shimolida yashovchi 16 mingta bolalardan so’rovnoma o’tkazilganda ota – onasi chekadigan bolalarning 48 foizi tez yo’talishini aytganlar. O’smirlar kattalardan berkitib chekkanda papiros tutini bilan ko’proq zararli moddalar o’pkaga o’tar ekan. Papirosni tez chekkanda o’pkaga ikki marta nikotin o’tishi isbotlangan. Chekuvchi o’smirlar organizmi jismoniy va psixik rivojlanishdan orqada qoladi. Maktab bolalarining papiros, nos chekishi hech qanday odob, axloq normalariga to’g’ri kelmaydi. Bola qancha yosh chekishga urinsa uning papiros, nosni chekishni shunchalik tashlash qiyin bo’ladi. Chekuvchi odamlarda ishchanlik qobilyati past bo’ladi. Chekuvchilar atrof muhitni musaffoligini buzadilar, havoni zaharlaydilar.
Download 97.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling