Zarmed universiteti sirtqi ta`lim fakulteti 4-14 mts 22 guruh talabasi nizomova Gulruh asos “badiiy tafakkurni o’stirish lari” fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu


Download 112.97 Kb.
bet2/5
Sana16.06.2023
Hajmi112.97 Kb.
#1502918
1   2   3   4   5
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
millat ahlining tafakkurida keskin o‘zgarish yasadi. Endilikda o‘zbek xalqining e’tiqodi shunchaki taqlid bosqichidan mustahkam imon, shakllangan dunyoqarash darajasiga yuksalib bormoqda.
Istiqlol davri o'zbek adabiyoti tubdan o'zgargan milliy ongning, tamomila yangilanayotgan estetik tafakkurning mahsulidir. Mustaqillik tufayli millat ahli o'z ma'naviyatining asosi bo'lmish Qur'oni Karim bilan o'zbek tilida tanishish imkoniga ega bo'ldi. Bu hoi millatning tafakkuri sog'lomlashuviga olib keldi. O'zbek xalqining tafakkuri tarixini, umumiy qilib, Qur'oni Karim tarjima qilinguncha va tarjima qilingandan keyingi davrlarga ajratish mumkin. Negaki, bu muqaddas kitobning o'zbekchaga ag'darilishi millatning e'tiqodi, dunyoqarashi va ma'naviyatida o'ziga xos inqilob yasadi. Tabiiyki, dunyoqarashi tozargan millatning adabiyoti ham yangilanadi. Shu tariqa, hukmron mafkura tazyiqidan qutulgan, dunyoni har xil anglash, izohlash hamda tas-virlash samarasi sifatida istiqlol adabiyoti dunyoga keldi.
Mustaqillik davri milliy adabiyot taraqqiyoti tarixidagi oddiy xronologik bosqich emas, balki bir qator jiddiy o'ziga xos jihatlarga ega bo'lgan alohida badiiy-estetik hodisadir. Istiqlol davri o'zbek adabiyoti tamomila yangilanayot­gan estetik tafakkurning mahsuli o'laroq tug'ildi. U yagona hukmron mafkura tazyiqidan qutulgan, dunyoni har xil anglash, izohlash hamda tasvirlash im-koniyatiga ega bo'lgan millat ijodiy dahosining samarasi sifatida dunyoga keldi. Ijtimoiy taraqqiyot yo'sinlarini, muayyan shaxs ruhiyati manzaralarini sinfiy kurash va partiyaviy yondashuvsiz ham tasvirlash natijasi bo'lib yaratildi.
Mustaqillik davri o'zbek adabiyoti tafakkur oinlari o'zgacha ijodkorlar-ning estetik qarashlari natijasida dunyoga kelgan hodisa o'laroq bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega.
Birinchidan, bu davr adabiyoti hukmron mafkura tazyiqidan qutulgan, olam va odam ruhiyatiga mansub hodisalarga xilma-xil qarashlarning mahsuli bo'lgan adabiyotdir. Bu davrda olamning mavjudlik yo'sinini turlicha izohlash imkoniyati paydo bo'ldi. Bu hoi milliy adabiyotimizning ifoda imkoniyatlarini kengaytirdi. Ilmiy-estetik qarashlar xilma-xilligini yuzaga keltira boshladi.
Ikkinchidan, mustaqil o'zbek davlati badiiy adabiyotni sho'ro zamon-ida bo'lgani kabi o'z monopoliyasiga aylantirishga urinmadi. Shu bois ijod erkinligiga ob'yektiv sharoit yaratildi. Adabiyot ijodkorning ko'ngil ishiga aylandi va aylanmoqda.
Bugun badiiy ijod bilan shug'ullanayotganlar shaxs sifatida ham, ijod-kor sifatida ham tamomila o'ziga xos, xilma-xil kishilardir. Istiqloldan keyingi davrda haqiqiy adabiyot o'z ko'ngliga qarshi bormaydigan, uning royishlariga zug'um o'tkazmaydigan kishilar tomonidan yaratilayotganligi quvonarlidir. Adabiy tanqid, o'quvchilar ommasi nima desa ham bu ijodkorlar o'z bilganla-richa yozishdan qaytmaydilar. Ular ijodini o'zlariga emas, aksincha, o'zlarini ijodiga bo'ysundirgan kishilardir. Shu yo'sinda juda yaqin o'tmishda ham ijti-moiy-siyosiy hodisa sanalib kelgan badiiy adabiyot milliy-estetik aktga evrildi.
Uchinchidan, istiqlol davri adabiyoti odamga ishchi kuchi, ishlab chiqa-ruvchi, mehnatkash sifatida yondashish tarzidan qutuldi. Milliy adabiyot millat vakillarining mehnatinigina emas, balki ularning shaxsiyatiga daxldor ji-hatlar: ruhiyati, hissiyoti, ko'nglini tasvirlashga kirishdi. Bu adabiyot uchun insonning o'zi asosiy qadriyatga aylana boshladi. Shu tariqa, milliy adabi-yotning qahramonlari jug'rofiyasi kengaydi, miqyosi ko'lam kasb etdi. Odam biror ijtimoiy qatlamning vakili tarzida emas, murakkab va anglash mushkul bo'lgan inson sifatida badiiy tadqiq etiladigan boidi.
To'rtinchidan, mustaqillik davri o'zbek adabiyoti biror ijtimoiy tuzum-ning afzalligini ko'rsatish, siyosiy tizimlarni takomillashtirishga emas, alohi-da inson shaxsining ma'naviyatini rnukammallashtirishga yo'naltirildi. Bu hoi badiiy qahramonlarni turli rakurslardan turib, eng ichkin va yashirin jihatiari-gacha tadqiq etish imkoniyatini berdi. Shu sababdan ham istiqlol davri ada­biyoti "aholisi" sezilarli darajada nozik, ingichka, o'ziga xos, betakror bo'lib bormoqda. Bu davr adabiyotida tipik obrazlarni emas, badiiy tiplarni tasvir­lashga ko'proq intilinayotganligining sababi ham shunda. Shu yo'sin, bu davr adabiyoti ommani ko'rsatishga emas, shaxsni tadqiq etishga yo'naltirildi.
Beshinchidan, bu adabiyot inson, insonlararo munosabatlar g'oyat mu­rakkab, chigal va izohlash mushkul ekanligi chuqur anglagan va ularni butun murakkabliklari bilan aks ettirishga harakat qilayotgan adabiyotdir. Sho'rolar zamonida har bir adabiy qahramonning xatti-harakati ijtimoiy jihatdan asos-langan, iqtisodiyot qonunlaridan kelib chiqadigan bo'lishi shart deb qaralardi. Natijada asarlar sxematik talablarga bo'ysundirilardi. Holbuki, bir odamning xatti-harakatlari sababini adiblar tugul o'sha kishining o'zi ham to'la tu-shuntirib bera olmaydi. Ana shu holatning milliy badiiyatimizga ko'chganligi insonga sirli xilqat tarzida yondashish, uning taqdiridagi chigalliklarni tushu-nishga intilishni keltirib chiqarmoqda. Shu tariqa adabiyotdagi odam hayot-dagi odamga qaraganda chuqurroq, murakkabroq, o'ychilroq, ingichkaroq bo'lib bormoqda.
Oltinchidan, bu davr adabiyoti mavzu dolzarblik, hozirjavoblik, zamo-naviylik singari sirtqi belgilardan baland turishga va lahzalik holatlarning mangulikka suratlanishiga yo'naltirilmoqda. Shu yo'l bilan adabiyot hayotdi. Endilikda o'zbek she'riyati bilan tanishish uchun o'quvchining qulog'i va ko'zigina emas, tafakkuri va tuyg'ulari ham bir qadar zo'riqishi, she'rdan zavq olish, Iazzat tuyish uchun mehnat qilishi lozim bo'lib qoldi.
Hissiyot qatlamlarini tadqiq etish, odam ruhiyatidagi boy va rangin iqlimlarni poetik kashf etishga urinish kuchaydi.
Istiqlol davri bolalar adabiyotining o`ziga xos xususiyatlari. Mustaqillik davri o`zbek adabiyoti hayotni o`rganish-bilishning badiiy vositasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. U zamondoshlar, jumladan, yosh avlodning ruhiy holatini teran tadqiq etishga, fikr doirasini kengaytirishga, his va tushunchalarining shakllanib, voqelikka to`g`ri munosabatda bo`lishga da’vat etayotir. Bugungi adabiyot tom ma’noda hayot darsligiga aylanayotgani shu jihatdan e’tirofga sazovor. O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov mustaqillikning ilk yillaridayoq jamiyat taraqqiyoti, ravnaqi uchun ma’nan va jismonan sog`lom avlod tarbiyalash masalasini kun tartibiga qo`ydi. Zero, har bir oqil insonning va jamiyatimizning muqaddas vazifasi, aytish mumkinki, umrining ma’nosi qobil farzandlar o`stirish, ularni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan mukammal qilib tarbiyalash, kamolini ko`rish, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli kishilar etib voyaga yetkazishdan iboratligi haqidagi ta’kidlar bejiz emasdi. Chindan ham mustaqillik davri bolalar adabiyotining mazmun va mohiyatidagi tub burilish yaqqol ko`zga tashlanadi. Bunda yosh qahramonlar xarakteri tahlili masalasiga alohida e’tibor qaratilishi, shakl va mazmun jihatdanda yangi tamoyillar kasb eta borgani yorqin ko`rina boshladi. Milliy bolalar matbuoti ham mavzu material, g`oyaviy- badiiy jihatdan o`sib, bolalar ijodkorligi namunalari ko`proq ommalashtirilayotgani ta’kidga loyiq. Shu bilan birga yangi asr kichkintoylarining qiziqishlari, ruhiy, ma’naviy olami, ularning ijtimoiy hayotga munosabati masalalari aks etgan asarlar tahlili orqali o`quvchilarda axloqiy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy tarbiyani shakllantirishga ahamiyat berilayotgani diqqatga sazovor. Binobarin, istiqlol davri o`zbek bolalar adabiyotida jamiyat taraqqiyoti bilan bog`liq mavzu talqinlari ustuvorligi (S.Barnoyev, E.Malikov, T.Malik asarlarida); kichkintoylar va bolalar fe’latvoridagi xarakter xususiyatlarning hajviy-yumoristik, fantastik, sarguzasht ifodasi (X.To`xtaboyev, A.Obidjon ijodida); bolalar va o`smirlarning murakkab ruhiyat olami (psixologizm) teran aks etgan asarlar, qolaversa, tabiat va jamiyat muammolari falsafiy talqin etilayotgan badiiy ijod namunalari (N.Fozilov, M.A’zam, A.Obidjon, T.Adashboyev asarlari) yarq etib ko`zga tashlanadi. Bunda asrimiz boshlaridayoq bolalar asarlarining g`oyaviy-badiiy, axloqiyma’rifiy, falsafiy va psixologik jihatdan monografik tahliliga oid salmoqli tadqiqotlar, risola hamda adabiy-tanqidiy maqolalarning vujudga kela boshlagani muhim hodisa bo`ldi. Adabiyotshunos olimlar o`zbek bolalar adabiyoti tarixi va muammolarini yangicha tafakkur, istiqlol mafkurasi nuqtayi nazaridan o`rganish joizligini asoslab berdilar. Istiqlol davri yangi bolalar adabiyotining maydonga kelishiga 80-yillarning ikkinchi yarmi katta ta’sir ko`rsatgani bejiz emas. Ayni shu davrda bolalar adabiyotimiz tom ma’nodagi haqiqatga tik boqadigan adabiyotga aylandi, yosh avlodni erksevarlik tuyg`ulari ruhida tarbiyalashda ilk qadamlarini qo`ydi. Bu ishga badiiy so`z qudrati bilan hissa qo`shib kelayotgan iste’dodli yozuvchilarning yangi avlodi yetishib chiqqanligi e’tirofga sazovor. Ya’ni, nafaqat Anvar Obidjon, T.Adashboyev, Miraziz A’zam, R.Tolipov, S.Barnoyev singari professional adib va shoirlarning o`zgacha talqin hamda yo`nalishdagi ijod namunalari balki Q.O`tayev, H.Imonberdiyev, K.Turdiyeva, Abdurahmon Akbar, Dilshod Rajab, Rustam Nazar, Vali Ahmadjon, S.Inoyatov, Qo`zi Ismoil, Zafar Isomiddin, Erpo`lat Baxt kabi ijodkorlarning bolalar adabiyotiga “yangi havo” olib kirishlari bilan e’tibor qozondi. Hamza Imonberdiyev (1954-1997) shu ma’noda o`zbek bolalar adabiyoti rivojiga hissa qo`shgan shoirlardan. U uzoq yillar "Tong yulduzi" gazetasida, so`ngra, 1986-yildan umrining so`nggi damlarigacha "Cho`lpon" bolalar nashriyotida faoliyat ko`rsatgan. Uning turli yillarda nashr qilingan "Quvnoqlar quvonchi", "Shokoladxo`rlar", "G`aroyib pufak", "Kulgi shaharchasi", "Oydagi tomosha", "Lofchilar – aldoqchilar", "G`aroyibkent hangomalari", "Bir kunlik mo’jiza" singari she’riy va nasriy to`plamlari bolalar kitobxonligida shuhrat qozongan. Shoir she’rlarida bolalarning xarakter-xususiyati, orzu-o`ylari aks etgan. Masalan, "Bir so`z" she’rida Loladan astoydil ranjigan, unga birgina "shaddod" degan so`zi uchun "badbashara", "xumbosh" kabi yomon so`zlarni eshitganidan arazlab, boshqa o`rtoq topishga ahd qilgan bola timsoli gavdalanadi. "Urishqoqlar"da esa o`g`il bolalar ko`proq o`ynaydigan "urush-urush" o`yini manzarasi chizib berilgan. Ayniqsa, qo`lda yog`och-avtomat bilan kalishlardan esa granata o`rnida foydalanishlari, bir-birlarini poylab turib, "o`q" uzishlari bolalar tilidan mardona hikoya qilinadi. – Paq-puq, otdim, yiqil,– deb. Dushman tan olmas:– O`qing Qiyshiq ketdi,–nuqul deb. Hamma bola o`yinda "Jang" qiziydi tobora… Faqatgina Nodir bu jangga qo`shilmay, raketa yasash bilan ovora bo`ladi. Chunki: – Urishqoqlar ichida Yashab netaman,– der u. Olis sayyoralarga Uchib ketaman,– der u. Buni eshitib, qolgan bolalar “o`zing bilan bizni ham ola ket”,– deb so`raydilar. Do`stlari rozi bo`ladi: – Chiqinglar,– deb imlaydi. – Biz kashf etgan sayyora Urush nima bilmaydi! Bolalar garchi "urush-urush" o`ynasalar ham, aslida, urush nimaligini bilmaydigan sayyorani kashf etmoqchi. Uning salbiy oqibatlarini his qila olgan bolagina shunday fikrlaydi. Barcha bolalar tinchlikni sevishlari Nodirga ergashib ketmoqchi bo`lgan do`stlar niyatidan anglashiladi. Binobarin, H.Imonberdiyev yosh qahramoni tilidan, urushqoqlar o`yinini qoralaydi. Ular orasida yashashni xohlamaydi. Shu o`rinda shoirning "Alla" she’ridagi quyidagi misralar ham e’tiborli: – Ana, Bo`ri kelyapti! Uxlay qol, ovunchog`im. Qo`y shunday deb qo`rqitib, Uxlatar qo`zichog`in. – Vuy, anovi ilonni! Uxla tez, bolajonim, – Chumchuq shunday qo`rqitib, Uxlatar polaponin. – Uxla, Olabo`jiyov Ko`rsatgan qorasini. mo’jiza" singari she’riy va nasriy to`plamlari bolalar kitobxonligida shuhrat qozongan. Shoir she’rlarida bolalarning xarakter-xususiyati, orzu-o`ylari aks etgan. Masalan, "Bir so`z" she’rida Loladan astoydil ranjigan, unga birgina "shaddod" degan so`zi uchun "badbashara", "xumbosh" kabi yomon so`zlarni eshitganidan arazlab, boshqa o`rtoq topishga ahd qilgan bola timsoli gavdalanadi. "Urishqoqlar"da esa o`g`il bolalar ko`proq o`ynaydigan "urush-urush" o`yini manzarasi chizib berilgan. Ayniqsa, qo`lda yog`och-avtomat bilan kalishlardan esa granata o`rnida foydalanishlari, bir-birlarini poylab turib, "o`q" uzishlari bolalar tilidan mardona hikoya qilinadi. – Paq-puq, otdim, yiqil,– deb. Dushman tan olmas:– O`qing Qiyshiq ketdi,–nuqul deb. Hamma bola o`yinda "Jang" qiziydi tobora… Faqatgina Nodir bu jangga qo`shilmay, raketa yasash bilan ovora bo`ladi. Chunki: – Urishqoqlar ichida Yashab netaman,– der u. Olis sayyoralarga Uchib ketaman,– der u. Buni eshitib, qolgan bolalar “o`zing bilan bizni ham ola ket”,– deb so`raydilar. Do`stlari rozi bo`ladi: – Chiqinglar,– deb imlaydi. – Biz kashf etgan sayyora Urush nima bilmaydi! Bolalar garchi "urush-urush" o`ynasalar ham, aslida, urush nimaligini bilmaydigan sayyorani kashf etmoqchi. Uning salbiy oqibatlarini his qila olgan bolagina shunday fikrlaydi. Barcha bolalar tinchlikni sevishlari Nodirga ergashib ketmoqchi bo`lgan do`stlar niyatidan anglashiladi. Binobarin, H.Imonberdiyev yosh qahramoni tilidan, urushqoqlar o`yinini qoralaydi. Ular orasida yashashni xohlamaydi. Shu o`rinda shoirning "Alla" she’ridagi quyidagi misralar ham e’tiborli:
– Ana, Bo`ri kelyapti!
Uxlay qol, ovunchog`im.
Qo`y shunday deb qo`rqitib,
Uxlatar qo`zichog`in.
– Vuy, anovi ilonni!
Uxla tez, bolajonim,
– Chumchuq shunday qo`rqitib,
Uxlatar polaponin.
– Uxla, Olabo`jiyov Ko`rsatgan qorasini.
Odam shunday qo`rqitib,
Uxlatar bolasini.
Ona Burgut allalar:
– Uxla, kuchga to`lib o`s.
Ushbu tog`-tosh, osmonning
Hukmdori bo`lib o`s!
Pisand etmay xatarni

Shundanmi polaponi,


Tushlarida charx urar
To`ldirib keng samoni.
Nazarimizda, ushbu kichik she’r ulkan ma’naviy-ma’rifiy ahamiyat kasb etadi. Zero, o`zbek bolalar adabiyoti mustaqil O`zbekistonning kelajagini yaratuvchi yosh avlod tarbiyasiga mas’ul ekan, farzandlarimizning erksevar, mard, komil insonlar bo`lib yetishuvi yo`lida doimo baland pardalarda yangramog`i kerak. Toki ijodkorlarimizning har bir asari yosh kitobxon qalbida ezgulik, insoniylikning bir niholi ildiz otishiga xizmat qilsin. Ushbu she’r, dastavval, ana shu jihati bilan e’tiborga loyiq. Chunki, ona burgut polaponi qalbiga "ushbu tog`- tosh, osmonning hukmdori bo`lnb o`sish"ni go`dakligidan alla bilan singdirayotganligi sababli burgutcha hatto tushida ham keng samoni to`ldirib charx uradi. Xuddi shuningdek, mustaqil ona yurtimizning kelajagi bo`lmish farzandlarimiz ham bolalikdan o`zlarining shu aziz Vatan egalari, uning baxtsaodatini, porloq kelajagini yaratuvchilar ekanliklariga komil ishonch ruhida tarbiyalanmoqlari lozim. Bular – masalaning ijtimoiy, ilmiy va amaliy jihatlari. Biroq muammoning ahamiyati bulardan kam bo`lmagan badiiy-estetik jihati ham mavjud. Zero, she’riyat bolalar uchun beg`ubor go`zallik, mehribon va talabchan murabbiydir. She`riyatga oshno qalblar go`zallikni his qiladi, zavq oladi, bunday qalbning o`zi ham go`zal bo`ladi. Ana shu ma’noda ushbu she’r hayotga endigina qadam qo`yib kelayotgan yosh avlodning pok qalbini go`zallik nuri bilan munavvar qiladi, bu beg`ubor qalblarga ezgulik urug`ini sochadi, ularni go`zal ona Vatanimizning porloq kelajagini yaratuvchi tom ma’nodagi go`zal Insonlar qilib tarbiyalashdek mas’uliyatli ishga o`zining xolis hissasini qo`shadi. H.Imonberdiyev she’rlari qahramonlari haqida gap ketar ekan, ular safi rangbarangligini qayd etish kerak. Bu qahramonlar orasida do`stining imtihondan o`tishiga "yordam" beradigan Toshmatday "mehribon" "Vohay bola"chilar ham, Ali-Valiga o`xshash lofchilar ham, hayotga jiddiy boqadigan, o`z o`rni, insoniy qadr-qimmatini hamma narsadan ustun qo`yadigan, qadri uchun noteng kurashdan ham qaytmaydigan G`anichaga o`xshashlari, biroz hazilkashroq, ozgina shirinlikka o`chroq, ozgina o`yinqaroqroq, ozgina yalqovroq bolakaylar ham yosh kitobxonlarga begona emas, bu "qahramon"lar qiyofasida ular darrov o`zlarini tanib oladi Ular orasida "O`jarlar" turkumining qahramoni G`anicha va "G`alati Omon" turkumidagi Omonni alohida tilga olish joiz. G`anining jussasi kichikligi, zaifligi uchun ismiga kichraytiruvchi "cha" qo`shimchasi qo`shilgan. Biroq shunisi qiziqki, qishloq bolalari zo`ravon, "qishloqning shefi" deb nom chiqargan Sanjarni ko`rishlari bilan tumtaraqay bo`lib ketishsa, o`jar G`anicha tap tortmay turaveradi, Sanjar uni har qancha kaltaklasa ham, suvga pishsa ham cho`miladigan joydan ketmaydi. Chunki u cho`miladigan joy birgina zo`ravon Sanjarga emas, barcha bolalarga tegishli deb hisoblaydi. Qo`y boqishga chiqqanlarida bolalarning barchasi navbatma-navbat Sanjarning qo`ylarini boqishsa, ushoqqina G`anicha Sanjarga xizmatkor bo`lishni istamaydi va o`jarligi uchun yana Sanjardan kaltak yeydi. Hamqishloqlari har qancha "bu yo`lingdan qayt, bo`lmasa kaltak tagida mayib bo`lib ketasan" deyishsa-da, u yo`lidan qaytmaydi, haqiqat yo`lida, insoniy qadr-qimmat yo`lida o`zidan kuchli raqib bilan ham tinmay mushtlashaveradi: Navbatdagi haqorat Toshi otilgan payti, G`anidagi jasorat Iziga ketdi qaytib. "Menga nima olishib, Hech biri olmas yonim. Nima azob solishib Og`ritib shirin jonim. Itligin qo`ymas anu, Qancha yonmay, kuyinmay..." Shu choq diliga qo`rquv Bosib keldi quyunday. G`ani bir dam tosh qotdi,
Borliq rangin yo`qotdi.

Oyoq-qo`li bo`shashib,


Turib qoldi karaxtday.
Qalqib ketdi, kesilib Qulayotgan daraxtday. Birdan hayqirdi: - Yo`q! Yo`q! Va Sanjarga tashlandi. Yana mushtu yana do`q, Yana ur-sur boshlandi. Ha, bu gal ham qochmoqni Ep bilmadi G`anicha. Ko`p-xo`p yedi kaltakni, Solishdi to`yganicha.

R. Parfining "Adashgan ruh", "Qora devor", "Munojot", "Sensiz", Sh. Rahmonning "Turkiylar", "Iqror", A. Suyunning "Istig'for", "Oq va qora", A. Qutbiddinning "Izohsiz lug'at", A. Saidning "Tush", "Yo'l", Faxriyorning "Ayolg'u", "Bo'g'zimdan sirqirar tovush - qon...", "Oyloq ke-cha..." she'riy asarlari mustaqillik davri o'zbek nazmining yetuk namunalar-idan hisoblanadi. Bu davr she'riyati shakliy izlanishlarga boyligi, Chiqish nazmidan ham, Botish adabiyotidan ham samarali o'rganishga intilish kuchayganligi bilan xarakterlanadi.


Endilikda she'rxonlik ko'ngil ochar mashg'ulot bo'lmay qoldi. She'r bi­lan tillashadigan o'quvchining tafakkuri ham, qulog'i ham, ko'zi ham, hatto tuyg'ulari ham bir qadar zo'riqishi, she'r o'qiyotganda faqat zavq va Iazzat tuyibgina qolmay, mehnat qilishi ham lozim bo'lib qoldi. Rauf Parfining:
Yerga botgan osmonlarni kuzatdim, Chopilgan oyog'im bilan chopdim men. Kesilgan qo'limni sizga uzatdim, Bu dunyo gullarga to'ldi. Qotdim men. yoki:
Shaftolirang olam nayza uchinda, Dunyolari yolg'on, men o'ldim chindan
singari badiiy qanoatlarini qabul qilish uchun muayyan ruhiy-intellektual hozirlik zarur bo'lishi tayin. O'ziga xos shoirlardan biri Faxriyorning mavjud imlo qoidalariga rioya etmay bitilgan:
qobirg'alar qabarar suyaklarim qadoqdir qaboqlarim o'q tugab bo'shab qolgan sadoqdir kuyib kuyib kul bo'lgan nafratlarim adoqdir chuchmomalar ko'k kiygan namozshomgul gul gulim hey tulugim hey tulum hey tulugim hey tulum
satrlari orqali ifodalanayotgan badiiy ma'noni ilg'ash oson kechmaydi.
Milliy poeziyamiz tarixida ikkigina so'zdan iborat she'r hech qachon bo'Imagan. Faxriyor shunday she'r yozdi. Quvonarlisi shundaki, bu ikki so'z yordamida atama yasalmagan yoki axborot berilmagan, balki o'ziga xos musiqaga ega, muayan kayfiyat ifodalay oladigan, o'qiganga o'zgacha ruhiyat baxshida qiladigan tugal she'r yaratilgandir:
oy bolta
She'r bosh harf bilan yozilmaganligi, unda hech qanday tinish belgisi ish-latilmaganligi muallifning oliftaligi yoxud injiqligidan emas. E'tibor qiling, ajdodlarimiz minglab yillar davomida tinimsiz she'rlar bitib kelishgan. Ular o'quvchiga ishonishgan. O'tmishdagi shoirlar zarur o'rinni belgilash, alohida e'tibor qilinadigan joyni topish ixtiyorini she'rxonning o'ziga qoldirishgan. Faxriyorning she'ridagi ikki so'z, tabiiy ravishda, o'quvchining e'tiborini torta-di, uni bu so'zlar ustida o'ylab ko'rishga, unga turli aspektlarda yondashishga undaydi. Birov oyni boltaga, boshqa birov boltani oyga mengzaydi. Sehrli bu so'zlar sabab kimdir siqilganlikni, ruhini oyning boltasi qiymalaganini, boshqa-si esa sokinlikni oy bolta ruhiyatiga qo'riqchi bo'lganini tuyadi.
B. Ro'zimuhammadning bir she'rida shunday misralar bor:
...bitta so'z qoldirgim keladi run yerto'lasidan o'g'irlangan so'z osmon hidi keladigan so'z dunyoning o'zi qadar anglab boimas sir qadar
misralardan suratlanayotgan hissiy holat tugallanmaganligini, shoir hamma gapini aytishga urinmaganligini payqash mumkin. Shu shoirning:
ko'zdan ichkarida yo'l yo'q so'zdan ichkarida yo'l yo'q ammo xo'roz qichqirig'i ortiga shafaqrang qishlog'im bekinib olgan
satrlarida musiqiylik odatdagi she'rlarniki kabi sezilarli emas. Ammo unda ijod-korning chigal kayfiyati bor. Xo'roz qichqirig'i tongning belgisi. Xo'roz qichqir-sa, shafaqrang qishloq namoyon bo'ladi. Qishloqning shafaqrangligi ham bejiz emas. Ehtimol, qishloq endigina ko'tarilayotgan quyosh nuriga ko'milganligi uchun ham shunday ta'riflanadi.
Shoir she'riyatning odatiy tartibini inkor qiladigan uslubga murojaat et-gan. Uni oddiy mantiqning qoliplari bilan izohlab bo'lmaydi. Ushbu she'r faqat shu ijodkorgagina taalluqli bo'lgan badiiy mantiq qonuniga muvofiq yaratilgan. Odatda, chinakam badiiy hodisa o'ziga xos olam va u o'zining qoidalarigagina muvofiq keladi. Shu bois asl badiiy hodisa bir bor yaraladi, unda takror yo'q. Qonuniyat esa takrorni taqozo qiladi. Yuqoridagi parchada shoirning alohida ruhi, o'zigagina xos nuqtai nazari sezilib. turadi. Ayni vaqt-da she'r o'quvchini jalb etadi, uning e'tiborini tortadi, o'yga toldiradi. Uning tafakkuriga-da nimadir yangilik yetkazadi, ko'ngliga-da qandaydir yengillik bag'ishlaydi. Dunyoni shu tarzda ko'rgan, olam ranglarini shu taxlit tuygan shoirga e'tiroz qilib, tayyor qoliplarni tiqishtirib bo'lmaydi. Bahrom boshqa Ro'zimuhammad bir she'rida bejiz yozmagan:
men qanday yashashim lozim qanday bo'lsam sizga yoqaman qaysi usulda yozsam she'rlarimni o'qiysiz aruzdami barmoqdami sarbastdami yo
Mazkur misralarni darak, so'roq yoki undov ohangida o'qish she'rxonga havola etilgan. Ularning ohangini belgilash izni ham o'quvchining o'zida. O'zbek o'quvchisi shoirni, she'riy so'zni boricha qabul etishga odatlanib bormoqdaki, bu hoi milliy she'rxonlik saviyasi sezilarli yuksalayotganidan dalolatdir.
Poeziyaning o'z asi manbasiga qaytganligi, ko'ngil rozlarini, ruhiy tovlanishlarni nozik ishoralar, nazokatli obrazli ifodalar orqali tasvirlashga o'tilganligi istiqlol davri o'zbek she'riyatiga xos asosiy xususiyatlardan bo'ldi deyish mumkin. Bu davr milliy she'riyatida ommaviylikdan, hammabop-likdan qochishga urinish kuchaydi. She'riyat hamma uchun, omma uchun emas, balki, avvalo, muallifning o'zi uchun, qolaversa, ijodkorga tuyg'udosh shaxslar uchun yaratiladigan bo'ldi. Shu bois, she'rxonlarning poetik so'zni, obrazli ifodani anglash darajasi ortdi. Chunki baland she'riyat yuksak did-li she'rxonni talab qiladi va uni shakllantiradi. Mustaqillik davrida o'zbek poeziyasi o'quvchi darajasiga tushish bosqichini inkor etib, she'rxonni o'z da-rajasiga ko'tarish pallasiga kirdi. Shu tariqa azaldan she'rparast bo'lgan mil-latning badiiy zavqi ingichkalashib, so'z jozibasini anglash qudrati sezilarli darajada oshib bormoqda.
O'zbek she'rxonlarida birorta tinish belgisi ishlatilmagan tizmadan ham, murakkab mavhum obrazlilikka to'la she'riyatdan ham, tasavvufiy ilhom sa-marasi o'laroq dunyoga kelgan munojotlardan ham, poetik mim deyish mum-kin bo'lgan ramziy ifodalardan ham, meditativ nazm1 namunalaridan ham ta'sirlanish, ularni baholay olish ko'nikmasi shakllanib bormoqdaki, bundan bir qadar qanoat tuyish mumkin.

Shuning uchun ham istiqlol adabiyoti yangilangan dunyoqarash, tozargan e’tiqod, butun imon mahsuli o‘laroq dunyo yuzini ko‘rdi. Bu adabiyot yagona hukmron mafkura tazyiqidan qutulgan, dunyoni har xil anglash, izohlash hamda tasvirlash imkoniyatiga ega bo‘lgan millat ijodiy dahosining samarasi sifatida dunyoga keldi. Ijtimoiy taraqqiyot yo‘sinlarini, muayyan shaxs ruhiyati manzaralarini sog‘lom badiiy ifodalash natijasida paydo bo‘ldi.
Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti tafakkur yo‘nalishlari o‘zgacha bo‘lgan ijodkorlarning estetik qarashlari natijasida dunyoga kelgan hodisa o‘laroq bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Birinchidan, bu davr adabiyoti hukmron mafkura tazyiqidan qutulgan, olam va odam ruhiyatiga mansub hodisalarga xilma-xil qarashlarning mahsuli bo‘lgan adabiyotdir. Bu davrda olamning mavjudlik yo‘sinini turlicha izohlash imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu hol adabiyotning ifoda imkoniyatlarini kengaytirdi. Ikkinchidan, mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti endilikda davlat adabiyoti bo‘lmay qoldi. Mustaqil o‘zbek davlati badiiy adabiyotni sho‘ro zamonida bo‘lgani kabi o‘z monopoliyasiga aylantirishga urinmay qo‘ydi. Shu bois ijod erkinligiga obyektiv sharoit yaratildi. Badiiy ijod qilish yoki qilmaslikka siyosiy baho berilmaydigan, rag‘batlantirilmaydigan yoki jazolanmaydigan bo‘ldi. Adabiyot ijodkorning ko‘ngil ishiga aylandi. Bugun badiiy ijod bilan o‘zini tanishga uringan barcha odamlar shug‘ullanmoqdalar. Ayonki, ular shaxs sifatida ham, ijodkor sifatida ham tamomila o‘ziga xos, xilma-xil kishilardir. Istiqloldan keyingi davrda haqiqiy adabiyot o‘z ko‘ngliga qarshi bormaydigan kishilar tomonidan yaratilayotir. Uchinchidan, istiqlol davri adabiyotida odamga ishchi kuchi, ishlab chiqaruvchi, mehnatkash sifatida yondashish barham topdi. Milliy adabiyot millat vakillarining mehnatinigina emas, balki ularning shaxsiyatiga daxldor jihatlar: ruhiyati, hissiyoti, ko‘nglini tasvirlashga e’tibor qaratdi. Bu adabiyot uchun insonning o‘zi asosiy qadriyatga aylana boshladi. To‘rtinchidan, mustaqillik davri adabiyoti biror ijtimoiy tuzumning afzalligini ko‘rsatish, ishlab chiqarish munosabatlarini, siyosiy tizimlarni takomillashtirishga emas, alohida inson shaxsining ma’naviyatini mukammallashtirishga yo‘naltirildi. Bu davr adabiyotida tipik obrazlarni emas, badiiy tiplarni tasvirlashga ko‘proq e’tibor qaratildi. Shu yo‘sin, bu davr adabiyoti ommani ko‘rsatishga emas, shaxsni tadqiq etishga yo‘naltirildi. Beshinchidan, mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti chinakamiga xilma-xil adabiyotga aylandi. Unda tajriba qilish, sinab ko‘rish, ochilmagan yo‘llardan yurish, xato qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu hol birovga o‘xshamaydigan, o‘zgalarni takrorlashga intilmaydigan, o‘ziga xos iste’dodlarning ko‘payishiga imkon yaratadi. Xilma-xil badiiy asarlarning vujudga kelishi tufayli xilma-xil o‘quvchilar paydo bo‘ladi.

Download 112.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling