Zarmed universiteti sirtqi ta`lim fakulteti 4-14 mts 22 guruh talabasi nizomova Gulruh asos “badiiy tafakkurni o’stirish lari” fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu


Download 112.97 Kb.
bet5/5
Sana16.06.2023
Hajmi112.97 Kb.
#1502918
1   2   3   4   5

O‘zbekistonda XX asrning 90-yillarida istiqlol adabiyoti deb atalmish estetik hodisa yuzaga keldi. Istiqlol davri o‘zbek adabiyoti ko‘p asrlik milliy adabiyotimizning mantiqiy davomi va merosxo‘ri sifatida paydo bo‘ldi. Bu davr adabiyotiga xos belgilar XX asrning 60-yillarida kuch berib, 80-yillarning oxirlarida muayyanlashgan bo‘lsa-da, milliy adabiyotning alohida bosqichi sifatida shakllanishi to‘qsoninchi yillarning o‘rtalariga to‘g‘ri keldi.

Istiqlol davri o‘zbek adabiyoti tubdan o‘zgargan milliy ongning, tamomila yangilanayotgan estetik tafakkurning mahsuli o‘laroq tug‘ildi. Bu davrda millatimiz o‘zining ko‘p ming yillik tarixida birinchi marta Qur’oni Karimni ona tillarida o‘qish va uning mohiyatini anglash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. To‘g‘ri, shu vaqtga qadar ham «Qur’on» ajdodlarimiz tomonidan o‘rganilib kelingan edi. Lekin u faqat maxsus tayyorgarlikka ega kishilar uchungina anglanarli bo‘lib, keng xalq ommasi uning ahkomlaridan yetarlicha xabardor emas edilar. «Qur’on» muqaddas ilohiy kitob sifatida asrab kelinardi. Bu kitob ona tilimizga o‘girilishi bilan millat e’tiqodi, ijtimoiy imonning shakllanishi to‘g‘ri yo‘nalish oldi. Qur’oni Karimning deyarli har bir xonadonga kirib borishi va o‘rganilishi millat ahlining tafakkurida keskin o‘zgarish yasadi. Endilikda o‘zbek xalqining e’tiqodi shunchaki taqlid bosqichidan mustahkam imon, shakllangan dunyoqarash darajasiga yuksalib bormoqda.

Xulosa


  • Adabiyotning mohiyati – adabiy asar tahlilida yaqqol namoyon bo’ladi. Badiiy asarda mavzu va g’oya, obraz va xarakter, syujet va kompozisiya, badiiy til va uslub, tur va janrlar kabi unsurlar betakror tarzda uyg’unlashadilar va jonli bir “vujud”ni – badiiyatning aniq bir farzandini dunyoga keltiradilar. Asarda turli – tuman bir – biriga bog’liq unsurlarning nozik chatishuvidan – badiiylik, o’ziga rom etuvchi go’zallik tug’iladi. Bu go’zallik yagonaligi, birbutunligi bilan insonlarni zavqu shavqqa ko’madi, tuyg’ular tarbiyasini voyaga yetkazadi, uni insonlashtiradi, komillikka yetaklaydi.

Kavsar Turdiyeva (1958-yilda tug`ilgan) Toshkent davlat universiteti va Sankt-Peterburg davlat universitetida o`qigan. 1994-yilda "Hozirgi zamon bolalar she’riyatida ma’naviyat muammolari" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Shoiraning "Varrak", "O`ynayapman, o`ylayapman", "Qush bo`lib uchgan ona", "Raqamlar bo`ylab sayohat", "Quvnoq alifbo bo`ylab sayohat" kabi kitoblari chop etilgan. Kavsar Turdiyeva ijodida ona tili va ona tili faniga oid she’rlarning rangbarang namunasini uchratishimiz mumkin. Xususan shoiraning “Ona tilim” she’rida ona tilining naqadar go`zal va ma’no mazmunga boy ekanligi aytib o`tilgan. Bu barmoq vaznida yozilgan bo`lib, 4+3 shaklida turoqlangan. “Ona tilim” she’rida ona tilimiz onalarning allasiga, opa-singillarning yallasiga, momolarning hikoyalarida namoyon bo`lishi she’rda juda chiroyli tasvirlangan. Shoiraning “Tillar ko`pdir dunyoda”
she’rida esa tillar haqidagi ta’rif shunday boshlanadi:
Tillar ko`pdir dunyoda,
Bir- biridan ziyoda.
Kulib bizlarga qarab,
Arabcha so’zlar arab.
Kavsar Turdiyeva ijodida nafaqat ona tilimizga muhabbat, balki o’zbek tilining nazariy qirralarini poetik talqin etishi muhim ahamiyatga ega. Shoiraning alifbodan boshlab, o’zbek tilining so’z turkumlari, gap bo’laklari, kelishik qo’shimchalarigacha lirik ifoda etishi diqqatga sazovor. Aynan shu jihat shoiraning o’ziga xos yo’nalishini belgilaydi desak, yanglishmagan bo’lamiz. Ilmiy tushuncha, nazariy ma’lumotlarni badiiy so`z yordamida obrazlantirib, mustaqil sujet, kompozitsion butunlikda lirik ifodalaydi. Masalan, uning “Ot” she’rida ot so’z turkumi shunday ta’riflanadi : Bosh so`z turkumi , “ot”dir u Barchaga ham yoddir u. “Atoqli “, “Turdosh “ bo`lar, Ba’zan harfi bosh bo’lar. Haqiqatan, mustaqil va yordamchi so’z turkumlari ichida birinchi bo`lib Ot so`z turkumini o`rgnamiz. Kavsar Turdiyeva ijodidagi ushbu she’r o`quvchiga aniq va tushnarli tarzida ot so`z turkumini ifodalash uchun ikki guruhga bo`linishi ta’kidlangan. Yoki: Yigirib turli ipak, Kiygandek turfa ko’ylak. Go’yo bir - bir kelishib, Kelgach olti ” Kelishik”. Shoiraning ushbu she’rida nafaqat atoqli va turdosh ot balki, kelishiklarga ham murojaat qilishini ko`rish mumkin. She’rda kelishiklar badiiy san’atning “tashxis” san’ati asosida aytib o`tilgan. Ot go`yoki nurlanar, Kelishikda turlanar. So`ng o`zgarib bir onda, Tuslanadi shaxs-sonda. She’rda so`zlar kelishik qo`shimchalarini olib turlansa, shaxs-son qo`shimchalari bilan tuslanishi nazariy jihatdan haqiqatligi ayonlashadi. Kavsar Turdiyeva yana bir she’rida o`z va ko`chma ma’noda ishlatiladigan so`zlarni ajratishni poetik ifodalaydi: Ovqat achchiqdir, yema! Menga achchiq so`z dema. Kelib qoldi kumush qish, Men qo`ydirdim oltin tish. Bundan biz qaysi so`z birikmasi o`z ma’nosida, qaysi so`z birikmasi ko`chma ma’noda ekanligini yaqqol ko`rish mumkin. Ya’ni ushbu misrada achchiq ovqat o’z ma’nosida va achchiq so’z ko’chma ma’noda ekanligini o’quvchilar qiynalmasdan topa oladilar. Keyingi misradagi “ kumush qish” hamda “oltin tish” shunga misol bo`la oladi. Ushbu misradagi “Kumush qish” so`z birikmasi ko`chim ma’noning metafora asosida qo’llanilgan. Alifbe- she’rlar turkumi nafaqat boshlang`ich sinf o`quvchilarining savod chiqarishlari uchun, balki harfiy san’at asosidagi badiiy ijodga daxldorligi bilan e’tiborni tortadi. Istiqlol yillarida alifbe she’rlarning yanada rang-barang namunalari yaratildi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:


1. Karimov H. Istiqlol davri adabiyoti. Darslik.-T.:yangi nashr, 2010.
2. Karimov N. XXasr adabiyoti manzaralari. –T.: O`zbekiston, 2008.
3. Mirzayev S. XX asr o`zbek adabiyoti.-T.: Yangi asr avlodi, 2005.
4. Mustaqillik davri adabiyoti. – T.: G’afur G’ulom nashriyoti, 2006.
5. Mirzaliyev S. XXasr o`zbek adablari. –T:. Yozuvchi, 2010.
6. Hojiyeva O. Tavallud taronasi. –T.: 2007.
7. Rahimboyeva Q. Ozod o`zbekiston // Yozuvchi gazetasi, 1999-yil, 10 mart.
8. Internet qidiruv tizimlari.


Download 112.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling