Zarmed universiteti sirtqi ta`lim fakulteti 4-14 mts 22 guruh talabasi nizomova Gulruh asos “badiiy tafakkurni o’stirish lari” fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu


Download 112.97 Kb.
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi112.97 Kb.
#1502918
1   2   3   4   5

Erkin Vohidov


  • Taniqli o`zbek shoiri va jamoat arbobi. 1936 yilning 28 dekabrida Oltiariq tumanida o`qituvchi oilasida tug`ilgan. To`qqiz yoshida otasidan, bir yildan so`ng onasidan ajralgan. Toshkentlik tog`asi Karimboy Sohiboev qo`lida tarbiyalangan. ToshDU (hozirgi O`zMU)ning o`zbek filologiyasi fakultetida (1955—1960) tahsil olgan. So`ng turli nashriyot va gazeta-jurnallarda ishladi. Respublikamiz yoshlarining birinchi jurnali «Yoshlik»ning asoschisi (1982).

Abdulla Oripov


  • Atoqli o`zbek shoiri va jamoat arbobi. U hozirgi o`zbek she`riyatida inson qalbidagi murakkablik va ziddiyatlarni teran, haqqoniy o`ziga xos betakror kuylagan ulkan ijodkordir. Abdula Oripov hozirgi o`zbek she`riyatiga yangicha badiiy tafakkur yo`sinlarini olib kirdi. U tub mohiyati bilan Yassaviy, Navoiy, Bobur, Cho`lpon, G`. G`ulom singari ijodkorlar badiiy an`analarining davomchisidir. Shoirning butkul ijodi milliylik ruhi bilan sug`orilgan.

O`tkir Hoshimov


  • Taniqli o`zbek yozuvchisi va jamoat arbobi. 1941 yili 4 avgustda Toshkentda Do`mbirobod mahallasida tug`ilgan. Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetida o`qigan. Turli tahririyat va nashriyotlarda ishlagan. Hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qo`mita raisi.

Erkin A`zam


  • 1950 yil 10 avgustda tog`li Boysunda tug`ildi 1972 yil Toshkent Davlat universiteti (Xozir O`zbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakultetini tamomladi. Respublika radiosida muharrir, «Guliston» va «Yoshlik» jurnallarida bo`lim muharriri, G`afur G`ulom nomidagi Adabiyot va sanat nashriyotida tahririyat mudiri bo`ldi. 1992—1994 yillarda O`zbekiston milliy axborot agentligida bosh direktori o`rinbosari. 1995 yildan «Tafakkur» jurnali bosh muharriri I, II chaqiriq O`zbekiston Oliy Majlisi derutati.

Muhammad Yusuf


  • 1954 yil 26 aprelda Andijonning Marhamat tumanida tug`ildi. Toshkentdagi rus tili va adabiyoti institutini tamomladi (1978). Respublika kitobsevarlar jamiyatida (1978—1980), «Toshkent oqshomi» gazetasida (1980—1986), Adabiyot va san`at nashriyotida, «O`zbekiston ovozi» gazetasida (1986—1993) ishladi.

Download 112.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling