Zarmed universiteti
-masala. Ahmad Yassaviyning pedagogik fikrlari
Download 140.72 Kb.
|
6mavzu
3-masala. Ahmad Yassaviyning pedagogik fikrlari.
Ahmad Yassaviy 1041 yilda Saryomda (Sayram) Ibrohim shayx xonadonida tug’iladi. Etti yoshida otasidan, so’ng esa onasidan etim qoladi. U Arslonbobo nomli kishi qo’lida tarbiya oladi. Ahmad Yassaviy ham juda ko’p tolibi ilmlar kabi Buxoroda tahsil oladi. U erda mashhur Yusuf Hamadoniydan suluk odoblarini o’rganib so’ng turkistonga qaytadi va o’z tariqatiga asos soladi. Yassaviya tariqati mashhur Ahmad Yassaviy nomi bilan bog’liq bo’lib, islom dunyosida «shayxul mashoyix» deb ulug’lanadi. U so’fiylik g’oyalarini, o’z tariqatini targ’ib etishda she’rlardan foydalanadi. Islom dini aqidalarini va o’z g’oyalarini hikmatlarida ifoda etadi. Ahmad Yassaviy shu hikmatlari bilan keng xalq ommasi orasiga kirib boradi. Ahmad Yassaviy hikmatlarining axloqiy, falsafiy, ilohiy ildizlari to’g’ridan-to’g’ri «Qur’on» g’oyalari va Muhammad payg’ambar hadislariga borib bog’lanadi. Chunki Ahmad Yassaviy hikmatlari payg’ambarimiz Muhammad ta’limotidagi muruvvat, saxovat, qanoat va rostlikni targ’ib qiladi, faqat Ollohga tobe bo’lishga undaydi. Ahmad Yassaviy hikmatlarida nasihat asosiy o’rin tutadi. Ularning barchasida so’fiylik tasavvufdagi haqiqatni bilish, haqni sevish uchun nafsu dunyodan chekinishdir degan nasihatlarni ko’rishimiz mumkin. Insondagi har qanday illat, qabohat uning ongida qurib bitishi kerak, ana shunda insonda ba’zi nuqsonlar qayta tiklanmaydi, deydi. Ahmad Yassaviy nafsni yomonligini, u o’g’rilikni, jaholatni keltirib chiqarishini ta’kidlaydi. Qanoat uning shiori hisoblanadi. Nafsga mute bo’lganlar xudbinlikdan qaytmaydi, nafs balosiga uchrashini quyidagi misralarda keltiradi: Nafsdan kechib, qanoatni pesha qilg’on, Har kim topsa, rozi bo’lib bo’yi so’ng’on. Yaxshilarga xizmat qilib duo olg’on, Andoq oshiq mashhar kuni armoni yo’q. Hoji Ahmad yana: Banda bo’lsang mehnat tortgil g’ofil odam, Oqil ersang g’animatdir, g’animatdur senga shul dam. Omonatdur aziz joning yurma beg’am, Eshitib o’qib erga kirdi Qul Hoja Ahmad. Ahmad Yassaviy nodonlik tufayli hayotda savodsizlik, diyonatsizlik, ota-ona va ustozlarga hurmatsizlik, ma’naviy qashshoqlikning rivoj topishi, nodonlik, razolat hukm surgan joyda, ma’rifat bo’lmagan o’lkada mamlakat inqirozga yuz tutadi, deydi. Ahmad Yassaviy hikmatlarida haqqa etish yo’lini targ’ib qilar ekan, insonni jaholat botqog’idan xalos qilishni ilgari suradi. Ahmad Yassaviy hikmatlarining tarbiyaviy ahamiyati juda kattadir. Bu hikmatlarni o’qigan har bir inson o’zidagi salbiy xislatlarni yo’qotishga va ijobiy fazilatlarni shakllantirishga harakat qiladi. Download 140.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling