Zarmed universiteti
Download 140.72 Kb.
|
6mavzu
Yaxshi nom qoldirmoq istasang agar,
O’g’lingga aql ber, o’rgatgil hunar. O’g’ilni erkalab o’stirmoq xato, Undaylar hayotdan ko’rar ko’p jafo. Sa’diy Sheroziy bu o’rinda o’zini hayotdan qiynalganligini, yoshlikdan kattalar, ulug’lar so’zini olganini, nihoyat o’zi mana shunday xalq orasida bir katta ma’rifatparvar shoir, mutafakkiri bo’lib etishganligini o’z hikoyalarida bayon qiladi. Bilursanmi Sa’diy na imkon topdi, Na daryo kechdi-yu va na imkon topdi. Yoshlikdan ul so’zni oldi, Oxiri ulug’lik so’zini oldi. Yomon muallimdan saqlagil uni O’rgatadi o’zi ne bilsa shuni. Shu sababdan Sa’diy Sheroziy kishiga yoshligidan ta’lim-tarbiya, odob-axloq berilmasa, u katta bo’lganidan keyin beadab, baxtsiz kishi bo’lib etishadi: Kimga yoshligidan berilmas odob, Ulg’aygach bo’ladi baxtsiz, dili g’ash. Sa’diy Sheroziy bu borada bir hikoyat bitadi «Guliston» asarida: «Bir vazirning takasaltang o’g’li bor edi. Vazir o’g’lini bir donishmand huzuriga eltib: «Shuni tarbiya qil, balki aqli kirib odam bo’lsa» dedi. Donishmand vazirzodani uzoq muddat tarbiya qildi, lekin foydasi bo’lmadi. Bolaning otasiga bir odam orqali: «o’g’ling odam bo’lmadi, meni ham aqldan ozdirdi» deb xabar qildi. Qobiliyat bo’lsa aslida, Tarbiyat unga qiladi, asar. Qancha o’rinma bo’lmas sayqali, Temir aslida bo’lmasa javhar. Demak, yoshlikdan tarbiya bo’lmay boylikka o’chsa, unga hech qachon tarbiya kor qilmas ekan. «Ilmiga amal qilmagan olim nimaga (olim) o’xshaydi» deb bir odamdan so’rasalar, dedi u javobida: «Bolsiz asalariga o’xshaydi»-deydi. Demak, «Guliston» asarining tarixiy ahamiyati hozirgi kunda juda katta. Hozir ayniqsa yoshlar bu kitobni o’qisa katta taasurot qoldiradi. Ayniqsa, asardagi ta’lim-tarbiya bo’limi pedagogika sohasida juda muhim o’rinni egallaydi. Sa’diy «Guliston» asari haqida: Ollohi taolloning madadkorligi bilan «Guliston» kitobi bitdi. Jumladan, aksar mualliflarda bo’lgan odatga xilof o’laroq bu kitobni bezagi uchun o’zimdan avval o’tgan shoirlarning she’rlaridan qarz olib qo’shmadim. O’z to’ningga solsang agar yuz yamoq, O’zga to’nin so’ragandan yaxshiroq. Demak, bu asar ko’rinib turibdiki, ikkinchi bir asardan ko’chirma olinmaganligi. Sa’diy so’zlarining aksariyati quvonch baxt hazilomuzdir. Sharq so‘z san’atida pand-nasihat ruhi ustunroq, ochig‘i, u shunisi bilan G‘arb adabiyotidan farq qiladi ham. X asrdayoq buyuk Abu Ali ibn Sino Sharq ko‘proq nasi- hat yo‘li bilan, G‘arb esa hayotni real ko‘rsatish orqali kishini tarbiyalashga moyilligini maxsus qayd etib o‘tgan edi. Og‘zaki va yozma adabiyoti, axloqiy-diniy merosi pand-hik- matga o‘ta boyligi uchun ham Sharqni jahonda donishmand deb bilishadi. Bizda she’riyatning bu darajada ravnaq topib, xalq orasida katta mavqe egallashiga sabab bo‘lgan omillardan biri ham – shu. O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov: «Sharqqa she’riyatni o‘rgatib bo‘lmaydi», – deganida ham aynan shu jihatlarni ko‘zda tutgan. Shunga qaramay, Sharq, jumladan, o‘zbek mumtoz ada- biyotini, tamoman pand-nasihat ruhidagi asarlardan iborat, deb tushunish – mutlaqo xato. Sharqda maxsus didaktik adabiyot yuzaga kelgan. Uni, adabiy shakliga ko‘ra, quyidagicha nisbiy tasnif qilish mumkin: 1. Nasriy didaktik asarlar. Masalan, milodiy IV asrda Hindistonda sanskrit tilida mash- hur «Panchatantra», ya’ni keyinchalik «Kalila va Dimna» nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan buyuk didaktik asar dunyoga kela- di. Uning butun Sharq, qolaversa, jahon adabiyotiga katta ta’siri bor. Bu kitob asrlar mobaynida bir necha tillarga tarjima qi- lingan. Arab ertaklari asosida shakllangan «Ming bir kecha»da ham mohiyatan didaktik ruh juda ustun turadi. Keyinchalik Kaykovusning mashhur «Qobusnoma»si yozildi. XVI asr o‘zbek adibi Xoja (Podshoxoja binni Abdulvah- hobxoja)ning «Gulzor» hamda «Miftoh ul-adl» («Adolat kaliti») asarlari ham sof nasriy yo‘lda bitilgan didaktik adabiyot namu- nalari hisoblanadi. 2. Nasriy-she’riy didaktik asarlar. Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziyning bag‘oyat mashhur «Guliston» asari aynan shu guruhga mansub. U ham nasriy, ham she’riy, ya’ni aralash yo‘lda bitilgan. Alisher Navoiy ham pandnoma ruhidagi «Mahbub ul-qulub» asarini aynan nasriy-she’riy shaklni o‘zaro omixta qilib yozdi. Garchi majoziy timsollar, hayvonlar, asosan, qushlar mi- solida bitilgan bo‘lsa ham, Gulxaniyning «Zarbulmasal»i ham didaktik adabiyotning ana shunday nasriy-she’riy, ya’ni aralash turiga kiradi. 3. She’riy didaktik asarlar. Sharqda faqat nazmiy usulda yaratilgan maxsus didaktik she’riyat ham shakllangan. Aytaylik, o‘zbek mumtoz she’riyatida Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Haydar Xorazmiy- ning Nizomiy Ganjaviy «Maxzan ul-asror»ini erkin tarjima qilish asnosida bitgan «Gulshan ul-asror», Alisher Navoiyning «Xamsa»ga birinchi asar sifatida kiritilgan «Hayrat ul-abror» dostonlari aynan o‘zbek didaktik she’riyatining yorqin namuna- lari hisoblanadi. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» dostonida axloqiy- ma’ naviy fazilatlarning hayotiy hikoya-tasvirlar, mantiqiy tahlil- xulosalar orqali berilishi, birinchidan, muallif nuqtayi nazarini ni- hoyatda tiniqlashtirib ifodalash imkonini beradi, shu tariqa uning aynan qanday g‘oyani ilgari surayotganini aniq bilib turasiz, ik- kinchidan, bu ta’sirchanlikni sezilarli darajada oshiradi, uchinchi- dan, ko‘tarilgan masala-muammolar bugun uchun ham o‘z ahami- yati, ya’ni dolzarbligini aslo yo‘qotmaganidan dalolat beradi. Zamonaviy o‘zbek adabiyotida ham didaktik ruhdagi asar- lar yaratilib turadi. Masalan, O‘zbekiston xalq shoiri Shukurullo qalamiga mansub «Javohirlar sandig‘i» aynan shunday asarlar sirasiga kiradi. U nasriy yo‘l bilan bitilgan. LUTFIY
Lut y – o‘zbek adabiyotining XV asr ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davrlardagi eng mashhur lirik shoiri. Shuning uchun ham za- monasining ahli adabi va ahli fuzalosi uni «malik ul-kalom», ya’ni «so‘z podshosi» deb e’zozlagan. Manbalarda taxallusi ol- didan «ulug‘ ustod» ma’nosidagi «Mavlono» sifatining qo‘shib tilga olinishi ham – shun- dan. Obro‘yi va shuhrati juda yuksak daraja- ga yetgan edi. Alisher Navoiy uni o‘zining ustozlaridan biri deb biladi. Buni shoirlar haqidagi «Majolis un-nafois» tazkirasidagi bu ulug‘ shoir haqida aytilgan quyidagi iliq so‘zlar ham isbot- laydi: «Mavlono Lut y o‘z zamonasining malik ul-kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo‘q erdi… va turkcha devoni ham mashhurdur». Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuv- vat» degan tasavvuf vakillari – shayx-avliyolar to‘g‘risidagi taz- kirasida esa Lut yning uzoq umr ko‘rgani va qabri haqida ham qimmatli ma’lumot beriladi: «...To‘qson to‘qqiz yoshida olamdin o‘tdi. Qabri Dehikanordadur, o‘z maskani erdi». Bundan shoir Hirotda tug‘ilib-o‘sgani, o‘zi yashagan De- hikanor degan qishloqda dafn etilganini bilib olamiz. Bi- roq Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqandda yashab, ijod etgan o‘zbek adabiyotshunosi Ahmad Taroziyning keyingi yillarda Amerika Qo‘shma Shtatlaridan topilgan adabiyot nazariyasiga bag‘ishlangan «Funun ul-balog‘a» asarida bu shoir «Lut yi Sho- shiy» deya tilga olinganiga asoslanib, olimlar uning Toshkentda tavallud topgan bo‘lishi mumkinligini ham aytishyapti. Сhunki Shosh hozirgi Toshkentning qadimiy nomi bo‘lganini yaxshi bi- lasiz. Lut y milodiy 1366-yili tug‘ilib, 1465-yili vafot etgan. Bu ustoz shoir dunyodan o‘tganda Alisher Navoiy 24 yoshda edi. XV asrning birinchi yarmida o‘zbek tilida yaratilgan «Gul va Navro‘z» dostoni sho‘rolar davrida uzoq yillar Lut yning asari sifatida xato taxmin etib kelingan edi. Ammo keyingi tad- qiqotlar bu doston o‘sha davrda yashab, ijod etgan shoir Hay- dar Xorazmiy qalamiga mansub ekanini ko‘rsatdi. Lut y – lirik shoir. Alisher Navoiy uni o‘zigacha bo‘lgan o‘zbek she’riyatining eng kuchli, eng taniqli shoiri sifatida ba- holaydi. U Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Atoiy, Muqimiy, Ya- qiniy, Amiriy, Gadoiy kabi o‘zbek shoirlarini sanay turib, o‘zbek she’riyatida «mashhur forsiy shoirlar muqobalasida (qar- shisida) kishi paydo bo‘lmagan»ini aytadi. Ammo ular orasida Lut yni alohida ajratib ko‘rsatadi: «... Bir Mavlono Lut ydin o‘zgakim, bir necha matla’lari borkim, tab’ ahli (nozik didli adabiyotchilar) qoshida o‘qusa, bo‘lur». Bundan anglashiladiki, Lut y Navoiygacha bo‘lgan davrning eng oldi o‘zbek shoiri edi. U fors-tojik tilida ham go‘zal she’rlar bitgan zullisonayn (ikki tilli) ijodkor edi. Bizgacha Lut y turkiy (o‘zbekcha) devonining XVI – XX asrlar mobaynida ko‘chirilgan jami 33 nusxasi yetib kelgan. Bu qo‘lyozmalar dunyoning turli shaharlaridagi e’tiborli kutubxona va qo‘lyozmalar xazinalarida saqlanadi. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, shoir merosining umumiy miqdori 2 ming 774 baytdan ortiq. Buning 2086 baytini, ya’ni 60 foizga yaqinini g‘azal janri namunalari tashkil etadi. Shoir, g‘azaldan tashqari, qit’a, ruboiy, tuyuq va fard janrlarida ham ijod qilgan. Lut y lirikasi faqat o‘zbek she’riyati vakillarigina emas, boshqa turkiy xalqlar, jumladan, turkman, ozarboyjon, usmonli turk shoirlari ijodiga ham sezilarli ta’sir qilgan. Xalqaro Bobur jamg‘armasi tashabbusi bilan 2006-yili Hi- rot yaqinida joylashgan Dehikanor qishlog‘idagi Lut y qabri aniqlashtirilib, u yerda o‘zbek milliy uslubida ayvonli yangi maqbara bunyod etildi. Shoirning, xususan, g‘azal va tuyuqlari XV asr o‘zbek liri- kasining go‘zal namunalari hisoblanadi. Hozirgi paytda ham shoirning ko‘plab g‘azallari qo‘shiq qilib kuylanadi. Ular xal- qimizning sevimli ashulalari sa dan joy olgan. G‘AZALLAR «XOH INON, XOH INONMA» RADIFLI G‘AZAL Sensen sevarim, xoh inon, xoh inonma, Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma. Hijron kechasi charxi falakka yetar, ey Moh, Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma. Haqqoki, qilich kelsa boshimg‘a, eshikingdin Yo‘qtur guzarim, xoh inon, xoh inonma. Usruk ko‘zing ashkolina har gah nazar etsam, Qolmas xabarim, xoh inon, xoh inonma. Yoqub bikin ko‘p yig‘idin qolmadi sensiz Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma. Oy yuzung‘a ko‘z solg‘ali o‘zga kishi birla, Yo‘qtur nazarim, xoh inon, xoh inonma. Ishq o‘tida Lut y yuzi oltunni yoshurdi, Ey siymbarim, xoh inon, xoh inonma. Bu g‘azal tamoman turkona ruhda bitilgan. Tilimizda kelib chiqishi jihatidan sof o‘zbekcha bo‘lgan so‘zlardan tashqari, fors- tojikcha hamda arabcha kalimalar ham ko‘p uchraydi. «Turkona» degani shuki, she’rda o‘zbekcha so‘z va iboralar qo‘llash asosiy o‘rin tutadi. G‘azal an’anaviy yetti baytdan iborat. U aruzning nisbatan murakkab turlaridan biri bo‘lmish hazaji musammani axrabi makfu mahzuf (yoki maqsur), ya’ni maf’uv lu – mafoiylu – mafoiylu – faulun (yoki mafoiyl) vaznida bitilgan. Taqte’si: – – V / V – – V / V – – V / V – – (yoki V – ~). G‘azalda ishq mavzusi qalamga olingan. Lirik qahramon oshiq nomidan so‘zlaydi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’shuqaga muro- jaat qiladi. Biroq bu yerda zimdan ilohiy ishq ko‘zda tutilgani- ni unutmaslik kerak. Qo yasi («sevarim – jigarim – saharim – guzarim – xaba- rim – basarim – nazarim – siymbarim») va radi («xoh inon, xoh inonma») – juda jarangdor. Asar qurilishida ularning alo- hida o‘rni bor. Xususan, radifning to‘rt so‘zdan tashkil top- gani, amalda sakkiz misrada ularning qaytarilishi ohang ustu- vorligini kuchaytirgan. Radifning o‘zida tazod bor: «xoh inon» bilan «xoh inonma» o‘rtasidagi o‘zaro zidlik asarga alohida ba- diiy joziba baxsh etgan. «Inonma» – hozirgi tilimizda mavjud «ishonma» so‘zining XV asrdagi shakli. Mamlakatimizning ayrim hududlarida (masa- lan, Buxoro viloyatida), shuningdek, Afg‘onistondagi o‘zbek shevalarining ba’zilarida hozir ham «ishonma» o‘rniga «inon- ma» shakli ishlatiladi. G‘azalning tili – sodda, ravon. Murakkab, falsa y-tasavvu y so‘z va timsollar uchramaydi hisob. Shuning uchun g‘azal maz- muni – bugungi o‘quvchi uchun ham tushunarli. Baytlar yengil kay yat, ayricha bir ishqiy zavq bilan o‘qiladi. Hozirgacha ho zlarimiz bu g‘azalni qo‘shiq qilib kuylayotgani ham shun- dan bo‘lsa kerak. Bu g‘azal ham mumtoz yo‘lda, ham zamo- naviy estrada usulida ashula qilingan. Matla’da, radif («xoh inon, xoh inonma»)dan tashqari, to‘rttagina («sensen», «sevarim», «qondur» va «jigarim») so‘z ishtirok etgan. Bu birinchi bayt amalda yorga oshiqlikni ang- latadi, xolos. Lekin qo‘shmisra mazmunidan uning to‘g‘ridan- to‘g‘ri yorga murojaat ekani bilinib turibdi. Ikkinchi baytda ustalik bilan oshiqning hijron (ayriliq) ke- chasida sahargacha oh chekkani, bu charxi falakka yetgani ayti- ladi. Birinchi misra oxiridagi «Moh» so‘zi bilan ikkinchi misra boshidagi «oh» o‘zaro ohangdoshlik paydo qilganki, bu ham shoirning yuksak badiiy mahoratidan dalolat beradi. Uchinchi bayt alohida izoh talab qiladi. Buning uchun «guzar» so‘zining ayni matndagi xos ma’nosini tushunib olish kerak. Agar bu so‘zni «o‘tish» deb anglasak: «Xoh ishon, xoh ishonma, Xudo haqqi, boshimga qilich kelsa ham, eshiging oldidan o‘tmayman», – degan g‘azaldagi umumiy mantiqqa zid ma’no-mazmun kelib chiqadi. Shuning uchun bu so‘zni «ketish» ma’nosida tushunish lozim. Shunda: «Xoh ishon, xoh ishonma, Xudo haqqi, boshimga qilich kelsa ham, eshiging oldidan nari ketmayman», – degan to‘g‘ri ma’no anglashiladi. Xuddi ikkinchi baytdagi kabi, to‘rtinchi qo‘shmisra birinchi satrida «nazar» so‘zi ham bekorga qo‘llanmagan: uning g‘azal qo yasidagi so‘zlarga (ular orasida «nazarim» ham uchraydi) hamohangligi bor. Beshinchi baytda talmih san’ati ishlatilgan. Talmih san’ati deganda asarda biror voqea-hodisa, tarixiy fakt, adabiy yoxud af- sonaviy qahramon nomini tilga olish tushuniladi. Dinimiz tari- xidan yaxshi bilamizki, Yusuf degan o‘g‘lidan ayrilgani uchun yig‘layverganidan Yoqub payg‘ambarning oxiri ko‘zlari butkul ko‘r bo‘lib qoladi. Bu mumtoz she’riyatimizda ko‘p bor tilga olinadigan, ishora qilinadigan voqealardan biri hisoblanadi. Lirik qahramon yori ishqida yig‘layverib, ko‘zdan qolganini aytish uchun shu talmihdan foydalanadi. Oltinchi baytda shoir yorni «Oy yuzli» deb ta’ri agani uchun ham shunga mutanosib ravishda maqta’da uni «siymbarim» dey- di. Oyning oqligi bilan siym, ya’ni kumushning oqligi o‘rtasida vobastalik bor. Bu ikki qo‘shmisra aro yana bir mutanosiblikni sezmaslik mumkin emas. Oltinchi baytda yor yuzi tilga olingan edi. Maqta’da lirik qahramon g‘azaldagi maqsad-muddaosidan kelib chiqib, o‘z yuzi haqida ham unga eslatib qo‘yishni unut- maydi: Lut yning yuzi azbaroyi hijron azobini chekaverganidan sarg‘ayib ketib, oltinni yashiradigan daraja ga yetdi, ya’ni shun- chalik sarg‘aydiki, buning oldida tilloning sariqligi hech narsa bo‘lmay qoldi! Lut y g‘azallari bunday go‘zal badiiy topilmalarga boyligi bilan ajralib turadi. Adabiyotimizda mashhur g‘azallarga naziralar bitish, ya’ni uning qo ya va radi dan foydalanib, o‘xshatmalar yozish an’anasi shakllangan. Lut yning bu g‘azali ta’sirida Boborahim Mashrab (1640 – 1711) ham bir g‘azal yaratgan.. «BU KO‘NGULDUR, BU KO‘NGUL» RADIFLI G‘AZAL Meni shaydo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul, Xor-u rasvo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul. O‘qdayin qomatimizni qora qoshlig‘lar uchun Muttasil yo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul. Meni yozg‘urma «sevar» debki, mening haddim emas, Ul tamanno qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul. «Borma», derlar, «eshiki sori damo-dam», netayin, Ko‘p taqozo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul. Tori mo‘yin havasi birla qorong‘u kechada Jonni savdo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul. Dushman-u do‘st orasinda men g‘o lni mudom, Besar-u po qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul. O‘zgadin ko‘rmaki ko‘zung yoshini, ey Lut y, Ayni daryo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul. G‘azal an’anaviy ishqiy mavzuda bitilgan. U yetti bayt- dan iborat. Vazni – ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur), ya’ni foilotun – foilotun – foilotun – foilun (yoki foilon). Taqte’si: – V – – / – V – – / – V – – / – V – (yoki – V ~ ). Bu asarida shoir endi besh so‘zdan iborat radif qo‘lla- gan («qi-ladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul»). G‘azal radi dagi barcha so‘zlar – turkiy («qiladurg‘on bu ko‘n- guldur, bu ko‘ngul»). Qo yasi arabiy-forsiy kalimalar- dan («shaydo – rasvo – yo – tamanno – taqozo – savdo – po – daryo») tashkil topgan. Ko‘ngil mumtoz she’riyatimizning asosiy tasvir manbayi hisoblanadi. Chunki, tasavvuf ta’limotiga ko‘ra, Alloh kishi- ning ko‘nglidagina aks etadi. Ishq ham – ko‘ngul ishi. Lirik qahramon ishq bobida barcha «ayb»ni ko‘ngliga qo‘ymoqchi: uni shaydo, xor-u rasvo (matla’), qora qoshliklar uchun o‘qdayin tik qomatini yoydek egik qiladigan (ikkinchi bayt) ham – shu. Meni sevdi deb ayblama, buni istayotgan ham – ko‘ngul (uchinchi bayt), deydi lirik qahramon. U mulohazalarini davom ettiraveradi: eshigiga tez-tez boraverma, deyishadi, lekin ko‘ngul shuni istasa (taqozo etsa), nima qilay (to‘rtinchi bayt)? Qorong‘i kechada sochining tolasiga jonni savdo qiladigan ham (beshinchi bayt), do‘st-u dushman ichida men g‘o l ban- dani qo‘lsiz-oyoqsiz qilib qo‘yadigan ham (oltinchi bayt) – shu. Maqta’da lirik qahramon Lut yga murojaat etib, bu ishni bosh qadan ko‘rma, ko‘z yoshlaringni daryodek to‘kayotgan ham aynan «bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul», deydi. Bu g‘azal hozirgacha xonandalarimiz tomonidan sevib kuyla- nadi. Oradan to‘rt yuz yil o‘tib, XIX asrning birinchi yarmida Nodira Lut yning shu g‘azaliga o‘xshatma yozdi. «AYOQINGG‘A TUSHAR HAR LAHZA GISU...» G‘AZALI Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu, Masaldurkim: «Charog‘ tubi – qorong‘u». Tuturmen ko‘zki, ko‘rsam orazingni, – Ki derlar: «Oqqan ariqqa oqar su(v)». Yuzungni tuttum ortuq Oy-u Kundin, «Kishining ko‘zidur, ore, tarozu». Ko‘zing qonimdin iymanmas, ajabtur, – Ki: «Qo‘rqar, qaydakim qon ko‘rsa, hindu». Tilar vaslingni, Lut y, qil ijobat, – Ki ayturlar: «Tiloganni – tilogu». Lut y – yozma adabiyot vakili. Biroq so‘z san’ati tarixidan yaxshi bilamizki, dastlab og‘zaki adabiyot yuzaga kelgan. Yoz- ma adabiyot ana shu folklor zaminida paydo bo‘lgan. Shuning uchun o‘zbek mumtoz she’riyati taraqqiyotini xalq og‘zaki ijodi ta’siridan ayri tasavvur qilish aslo mumkin emas. O‘qiganingiz g‘azal buning yorqin bir isboti yanglig‘ ja- ranglaydi. Uni muallif tamoman o‘zbek xalq maqollari asosiga qurgan. Har bir baytda shoir bittadan maqol qo‘llaydi. Maqol- lar go‘yo baytlar birinchi misrasida aytilgan krga bir isbot- dek keltiriladi. Shuning uchun barcha baytlarning ikkinchi satri maqol bilan tugaydi. Shundan ham bilib oldingizki, shoir beshta bir-biriga qo yadosh so‘z bilan tugaydigan maqol topgan. De- mak, g‘azal besh baytdan iborat ekan. G‘azal hazaji musaddasi mahzuf (yoki maqsur), ya’ni «mafoiylun – mafoiylun – faulun (yoki mafoiyl)» vaznida yozil- gan. Taqte’si: V – – – / V – – – / V – – (yoki V – ~). Matla’ nihoyatda go‘zal, Lut yga xos lutf bilan qog‘ozga tushgan: har lahza soching oyog‘ing ostiga tushadi, shuning uchun, maqolda aytilganidek, «Chirog‘ tubi – qorong‘u». Bu yerda yorning yuzi aytilmagan holda oppoq nur taratib, yonib M a s a l – maqol.turgan chiroqqa qiyoslanyapti. Baytda keltirilgan maqol – juda mashhur. Biroq hozirgi zamonda shamchiroq deyarli ishlatil- magani uchun bu maqol kam qo‘llanadi. Holbuki, sham yoqil- ganda kuzating, rostdan ham uning tubiga nur tushmaydi, shu- ning uchun u yer qorong‘i bo‘ladi. Ikkinchi baytda lirik qahramon yorning yuzini (orazini) ko‘rishga ko‘z tutayotganini aytadi, axir, maqol bor-ku: «Oqqan ariqqa oqar su(v)». Bu maqol hozir ham ko‘p ishlatiladi. Faqat endi u «Oqqan daryo oqaveradi» shaklini olgan. Uchinchi baytda ham yuz tasviri izchil davom etadi. Shoir uni Oy bilan Quyoshdan ham ortiq deb ta’ri aydi, chunki «Kishining ko‘zi – tarozi» degan maqol bor-ku. Shu tariqa to‘rtinchi baytda tasvir yuzdan ko‘zga o‘tib oladi. Lirik qahramonning yor ko‘zi oshiq qonidan iymanmayotgani, ya’ni qo‘rqmayotganiga ajablanayotgani bejiz emas, axir: «Hindi qayda qon ko‘rsa, qo‘rqadi» degan maqol bor edi-ku! Bu yerda «ko‘zing – hindi» deyilayotgani yo‘q, lekin ko‘z tasviri bilan maqolda «hindi» so‘zi kelishi zimdan shuni yuzaga chiqazgan. Lut yning dardi – yor vasliga yetish, sababi u «Tiloganni tilogu» («Tilagan kishi tilagiga yetadi») degan maqolga umid bog‘layapti. Ko‘rinib turganidek, asarda boshdan-oxir irsoli masal san’a- tidan mahorat bilan foydalanilgan. Buning badiiy-tab’iy (badi- iy-estetik) jozibasi bor. Bir qo ya tizimiga tushadigan shuncha maqolni topib, ularni ustalik bilan qo‘llashi shoirning yuksak mahoratidan dalolat beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar hali kitob o`qiy olmaydi, ular uchun olam noma`lumlik sirlarini bilishga, o`zlashtirishga intilish, qiziqish kuchli bo`ladi. Yozuvchining vazifasi uning xuddi shu intilishini hisobga olib, qiziqishini alangalatishga qaratilgan holda ish tutishdan iborat. Bunda u maktabgacha yoshdagi kichkintoy tabiatiga xos taqlidchilik xususiyatini ko`zda tutib, hayotdagi xarakterli voqea va hodisalarni uning tasavvuriga mos badiiy obrazlarda ifodalovchi asarlar yaratmog`i lozim. Ma`lumki, maktabgacha yoshdagi kichkintoylar tevarak-atrofidagi har bir narsaga taqlid qilishdan charchashmaydi. Ular taqlidchilik vositasida hayotni o`zlashtiradilar. Shu boisdan ularga atalgan asarlarning personajlari-hayvonlar, qushlar, hasharotlar, o`simliklar va boshqa narsalar bo`lishsa-da, odamlarga taqlidiy sifatlarga ega: Odamlarday gapirishadi, fikr yuritishadi. Shu taqlidda ularning har biri o`z xislatlari xususidagi oddiy ma`lumotlar bilan kichkintoylarning intellektual dunyosiga aylanadi, ularda hayotga qarashning o`ziga xos kurtaklari vazifasini o`tashga kirishadi. Bunday intilish zamirida kichkintoy nutqida o`zgacha emotsionallashuv jarayoni sezila boshlanadi. Bolalardagi bunday insoniy sezgirlikdan hayratlangan L.Tolstoy ayrim noshud yozuvchilarning tildagi no`noqliklariga ta`na qilib: «Bola so`z yasash qonunlarini sizdan ko`ra yaxshiroq anglaydi, chunki hech kim uningchalik tezlik bilan yangi so`z yasay olmaydi,» –degan edi. Bolalar tilini uzoq kuzatgan K.Chukovskiy ham bu fikrni tasdiqlaydi: «Ikki yoshidan boshlab har qanday bola qisqa muddat ichida «daho tilchi» darajasiga ko`tariladi,» - deya e`tirof etgan edi. Bolalar uchun asar yozganda ana shu fazilatlarini inobatga olib, ularga atroflarini o`rab olgan hayotni anglab olishlariga, hayotsevarlik tuyg`ularini shakllantirishga, narsalar haqida o`z tushunchalarining qaror topishiga, shularni imkoniyatlari ko`taradigan darajaga xizmat qiladigan so`z zaxiralarini muttasil boyitishga ko`maklashish maqsadi ko`zlanmog`i shart. Shundagina asarni o`z vazifasini muvaffaqiyatli bajargan deb hisoblash mumkin. Bu yoshdagi bolalarning ichki olami ancha murakkab. Ular hali ko`p narsalarni bilmaydi, lekin bilishdan iborat ichki jarayonni kechishga kirishadi; bilish-ular uchun o`ziga xos ma`naviy ehtiyojga aylana boradi. Yanush Korchak ular tabiatiga xos ana shu xususiyatini ta`riflab yozgan edi: «Bolalarga o`zlari sezgan va o`ylaganlarini gapirib berish g`oyat qiyin, chunki ularni so`zda ifodalashga to`g`ri keladi. Bundan ham og`irrog`i esa-yozish. Lekin bolalar shoir va faylasufdirlar.» Chindan ham shunday. Bolalar tabiatidagi «shoirlik»-ularning hamma narsadan hayratlanishlari, har bir hodisadan hayajonlanishlari bo`lsa, «faylasuflik» - hayratni va hayajonni qo`zg`agan shu narsalar va hodisalarning asl mohiyatiga qiziqishlaridir. «Bu nima?», «Bu nega bunaqa?», «U nima deydi?», «U nega katta yoki nega kichik?», «U qanday o`sadi?», «Nega qattiq?», «Nega yumshoq?», «Suv nega qotadi?», «Quyosh qanday qizitadi?», xullas, shu xildagi sanoqsiz savollar bu yoshdagi bolalarning qiziqishlari hosilasi bo`lib, ana shu savollarga topgan va topolgan javoblari-olamni o`zlashtirish yo`llaridir. Olam ular uchun jumboqqa aylanarkan, ularning o`zlari ham «nimavoy»ga aylanishlari tabiiydir. Shu ma`noda N. Nosov yaratgan Pochemuchka (Nimavoy-o`zbek tilida Bilmasvoy tarzida tarjima qilingan)-bu yoshdagi bolalarning umumlashma obrazi darajasiga ko`tarilgan. Bunday umulashma obrazni Q.Muhammadiyning «Tabiat alifbesi» turkumiga kiruvchi lirik qahramon timsolida ham ko`rish mumkin. U ham butun vujudi bilan «Yong`oqni nega yong`oq deymiz?» yoki «Yong`oqning qobig`i nega qattiq?» «Olcha nega qip-qizil?», «O`rik nega sarg`ayib pishadi?», «Jiydaning shoxi nega egig?», «Shaftolining bargi nega achchiq?», «Sada nega meva qilmas?», « Dada, bog`bon nega tokni qirqib turadi?» yoki «Tok daraxti bir xilu uzumlari nega har xil?», «Mol nega kavsh qaytaradi?», «Chittak nega chittak?», singari son-sanoqsiz savollarga aylangan. Kimgadir bular g`ayritabiiy tuyulishi mumkin, shu boisdan ularning g`ashlari qo`zg`ab «katta bo`lganingda bilasan»,-deya bolani hatto jerkishgacha borishlari mumkin. Bunday qilish bola qiziqishlariga to`g`on solishga teng bo`lib, unda hamma narsaga befarq qarash maylini kuchaytiradi. Befarqlik esa bora-bora bolani ijtimoiy lanjlikka giriftor qiladi. Bola ma`naviy ehtiyoji hosilasi sifatida tug`ilgan mazkur savollariga ilmiy javobni ham u idrok qila olmaydi, aksincha, yana savoldan savol chiqaradi. Buning ijobiy tomoni 7 shundaki, bolalardagi qiziqish so`nmaydi, bilaks yana rivojlanadi. Q.Muhammadiy bu savollarga poetik javob berish maqsadida «nima to`g`risida asar yaratmasin, nima haqda gapirmasin, doim o`sha narsadan inson hayotini ko`zda tutib, ma`no izlaydi. Shoir shu ma`noni topadi ham. Bu ma`no doim bolalarning hayotdan oladigan birinchi taassurotlarini izohlaydi, uning dunyoqarashi shakllanishiga xizmat qiladi». Maktab yoshidagi kichkintoylar tabiatiga xos «shoirlik va faylasuflik» ular uchun yoziladigan asarlar mavzu doirasining keng, g`oyaviy-badiiy jihatdan sodda va tabiiy bo`lishini taqozo etadi, bu jarayon bola ulg`ayishi bilan oddiylikdan murakkablik tomon yo`g`rilib bormog`i darkor. Negaki, ruhshunoslarning ma`lumotlarga ko`ra, bu yoshdagi bolalar dastlabki bosqichda 3600 tacha so`zdan foydalanishadi. Yetti-to`qqiz yasharliklarida hayvonlar, qushlar, hasharotlar, nobotot va boshqa narsalarga oid ertaklarga qancha qiziqishsa, insonlar va ularning o`zaro munosabatlarini ifodalovchi asarlarga qiziqishlari ham shuncha orta boradi. Bolalar yozuvchilarning vazifasi shu ishtiyoqni alangalatishdan iborat.Bunda shu yoshdagi o`quvchilarning hayot tajribalarini umumlashtirish negizida ijtimoiy voqelik mohiyatini ochib berish ular dunyoqarashining shakllanishiga ta`sir qo`rsatuvchi vosita sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Bu yoshdagi bolalar folklordan kengroq bahramand bo`la boshlaydilar: tez aytishlar mashqi bilan nutq tovushlari talaffuzini ravonlashtirsalar, chandish o`ynab so`zlar ohangdoshligini idrok qiladilar; guldur-guplar vositasida so`z va harakat uyg`unligini his etsalar, topishmoqlarni echish jarayonida zehnlarini charxlay boradilar. Hayvonlarga oid ertaklarga qiziqishlari sehrli-fantastik va hayotiy-maishiy ertaklarga omuxtalashib, ular hisobiga to`lisha boradi va xayollariga parvoz bag`ishlay boshlaydi. Hayotiy-maishiy ertaklarni o`qish jarayonida real hayot hodisalariga qiziqishlari uyg`ona boradi. Ertakka bu xildagi ma`naviy chanqoqlik turli xalqlar ertaklarini ham, shuningdek, yozma adabiy ertaklarni ham sevib o`qishga chog`laydi: Sharl Perro, aka-uka Grimmlar, H.K.Andersen, Petr Ershov asarlarini, ayniqsa, bolalarga moslashtirib tabdil qilingan «Ellada qahramonlari», E. Rapsening «Baron Myunxauzenning sarguzashtlari», shuningdek, A. Tolstoyning «Oltin kalit yoki Buratinoning boshidan kechirganlari», Leonid Solovevning «Nasriddin afandi sarguzashtlari», Sh.Sa`dullaning «Yog`och qo`g`irchoq yoki Kachal polvon sarguzashtlari» ertak-qissalarini, Turg`unboy G`oyibovning adabiy-nasriy ertaklarini zavqu shavq bilan o`qiydilar. Multfilmlarga va qo`g`irchoq teatrlari spektakllariga o`chliklari zamirida ham aslida ertakka ehtirosli qiziqishlari yotadi. Bu yoshdagi kichkintoylarga, ayniqsa, harbiy vatanparvarlik va Vatan tarixi haqidagi badiiy asarlar behad zarurdir. Ularga xorijdagi tengqurlari hayoti haqidagi asarlar ham alohida qiziqish uyg`otadi. Bu jihatdan ham milliy adabiyotda yaratilgan «Qonli barmoqlar», «Zafar va Zahro» (Oybek), «Dunyo bolalari» (A.Muxtor), «Afg`on hikoyalari» (S.Barnoev) qatorida mashhur italyan bolalar adibi Janni Rodarining «Chipollinoning boshidan kechirganlari», «Jelsomino yolg`onchilar mamlakatida», «Muzqaymoqdan qurilgan shahar», shved bolalar adibasi Astrid Lindgrenning «Mittivoy va tomda yashovchi Karlson haqida ikki qissa», polyak Yanush Korchakning «Qirol Matiush birinchi», shuningdek, qardosh xalqlar bolalar adabiyotlarining eng sara namunalari alohida qimmat kasb etadi. Bu xildagi asarlar bolalarda baynalmilal hamkorlik va hamdardlik tuyg`ularini tarbiyalaydi, ularning olam va odamlar haqidagi bilimlarini boyitadi, lug`at boyliklarini oshiradi, dunyoqarashlarining shakllanishiga, insoniy fazilatlarining tarkib topishiga, xarakterlarining toblanishiga ta`sir ko`rsatadi, qisqasi, badiiy adabiyot ular uchun chinakamiga «hayot darsligi»ga aylana boradi. O`smirlik kattalar olamiga nomzodlik bosqichi bo`lib, bolalik bmlan xayrlashish va kattalarga ergashishdan iborat oralig`dir. U birinchi muchalni to`ldirib, ikkinchisiga qadam 8 qo`yish bilan boshlanadi va o`rta yasharlik-o`smirlik pallasiga kirishning ilk bosqichi hamda katta yasharlik-yoshlikka tayyorlanish tarzida namoyon bo`ladi. Binobarin, o`smirlik ham jismoniy, ham ma`naviy-axloqiy balog`atga etishuv bo`sag`asidir. O`rta yosh boshlanishi bilan o`g`il va qiz bolalarda jinsiga daxldor xislatlar shiddat bilan rivojlana boshlaydi, avvalo, ovozlari farqlana boshlaydi: o`g`il bolalarda- erkaklik va qizlarda ayolikka xos biologik unsurlar ko`zga tez tashlana boshlaydi. Bu jarayon ma`naviy rivojlanishdan o`zadi, natijada o`smirlar hatti-harakatida, yurish-turishida o`zgachaliklar, aniqrog`i, beqarorlik, oqibatini o`ylamay ish qilish, mulohazasizlik, o`ziga bino qo`yish holatlari uchray boshlaydi. Aslini olganda, bunday holat asosini bolalik olami bilan xayrlashish va kattalar olamiga da`vogarchilikdan iborat murakkabliklar tashkil etadi, o`smirlarda sodir bo`luvchi ma`naviy o`sishning jismoniy va biologik rivojlanishdan bir muddat orqada qolishi goho ularga pand beradi, ular bunday vaziyatda o`zlarini aql bilan boshqarolmay qoladilar, shu bois o`smirlar tarbiyasi og`ir kechadi. O`smirlarga mo`ljallangan badiiy adabiyotning vazifasi, avvalo, ana shu murakkab jarayonni chuqur va beran badiiy tadqiq etib, ularning ma`naviy kamoloti ehtiyojlarini qondirish, ularda chinakam insoniy fazilatlarning tarkib topishida faolroq ta`sir ko`rsata bilishdan iborat. Eng muhimi, o`smirlarga mo`ljallanib yozilgan badiiy, ma`rifiy, fantastik va publicistik asarlar ularni milliy istiqlol ruhida tarbiyalashi, dunyoqarashlarini shakllantirishi, yuksak axloqiy fazilatlarni singdirishga xizmat qilmog`i shart. Necha asrlar davomida ajdodlarimiz yaratgan boy madaniyat, mehnatkash xalqning o`z erki, Vatan mustaqilligi uchun olib borgan kurashlari, mehnatning barcha farovonliklar omili ekanligi, halollik, do`stlik, rostgo`ylik, qo`rqmaslik, fidoiylik va boshqa insoniy fazilatlar o`smirlar adabiyotining asosiy mavzulari bo`lishi mumkin. O`smirlik – o`ziga sig`a bilmaslik, jussaning to`lisha borayotgan kuchini racional boshqara olmaslik davri. Ha, go`yo qo`lini cho`zsa, narvonsiz ham yulduzga etguday his etadi, goho o`smirlar o`zini. Ularga ana shu jarayonni ongli ravishda anglay olishlarida sehrlifantastik ertaklarga bo`lgan rag`batlarini ilmiy-badiiy fantastikaga yo`g`irish samarali natija beradi. Aytaylik, Jyul Vernnning «Kapitan Grant bolalari», «Ostin-ustun», «Havo sharida besh hafta», «Sirli orol», «g`aroyib sarguzashtlar», A.Tolstoyning «Injener Garinning mo``jizasi», «Aelita», A.Belyaevning «Jahongir», «Prafessor Douelning boshi», A.Kazancevning «Yonuvchi orol», I.Efremovning «Odam-amfibiya», «Andromeda tumanligi», ilmiy-fantastik romanlari qatorida o`zbek fantastikasi namunalarini tavsiya etish mumkin. O`zbek ilmiy-badiiy fantastikasi 20-yillarda Abdurauf Fitrat va Abdulla Qodiriylar ijodida kurtak yozgan bo`lsa-da, asosan, 60-yillardan e`tiboran chinakam jonlanish jarayoniga kirdi. Bugungi kunda o`zbek fantastikasining «Rene jumbog`i», «Ajdodlar xotirasi», «/aroyib ko`lanka», « Jodugarning eli», «Telba dunyo», «Ikki jahon ovorasi», «Tutash olamlar», (H.Shayxov), «Hikmat afandining o`limi», «Somon yo`li elchilari», «Falak», «Chorrahada qolgan odamlar» (T.Malik), «Men- men emas», «Mangu kuy izlab», «Teskari ko`zlilar sayyorasi», «Rayhondagi zarpechak», (M.Mahmudov), «Ming bir qiyofa», «Ko`zgu oldidagi odam» (O.Muxtor) singari e`tirofga sazovor qissa va romanlardan iborat namunalari paydo bo`ldi. Bu asarlar o`smirlar tafakkurini teranlashtiradi, dunyoqarashlarining shakllanishiga, xayol qila bilish salohiyatlarining takomillashuviga, taxayyullotlarining uchqurlashuviga kuchli ta`sir ko`rsatadi. O`smirlar hayotga mustaqil nazar solishga intiladilar. Ular hayotdagi har bir voqea va hodisaning ijtimoiy-axloqiy mohiyatini anglashga, undan o`zlariga saboq chiqarishga harakat qiladilar. Shu jarayonda ularda fuqarolik tuyg`ulari teranlasha va takomillasha boradi, jamiyat va Vatan oldidagi burch va mas`uliyatlarini anglash istagi uyg`ona boshlaydi. Bunda ularga S.Ayniy, Oybek, A.Qahhor, N.Safarov, O.Muxtor, T.Malik va boshqalar yozgan biografik va 9 avtobiografik asarlar, memuarlar ayricha ta`sir ko`rsatadi. O`smirlik-qizlar va o`g`il bolalar o`rtasida bir-birlariga nisbatan o`rtoqlik, havas va muhabbat bilan talpina boshlash pallasi. Binobarin, ularda sevish-sevilish mavzuidagi asarlarni o`qishga alohida rag`bat bilan qarash kuchayadi. Shu rag`batni qondirishda H. Nazirning «Lochin qanotlari», «Kenjatoy», «TohirZuhra qissasi», shuningdek, A.Aleksinning «Akam klarnet chaladi», «Kolya Olyaga yozadi, Olya Kolyaga yozadi» singari asarlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu asarlar o`smirlikka xos tuyg`ularning yuksak axloqiy ideal darajasida kamol topishiga tahsir ko`rsatadi. Modomiki, o`smirlar kattalar safini to`ldiruvchi avlod sifatida tarix sahnasiga chiqib borisharkan, kattalar olamiga xos ma`naviy fazilatlarini kasb etmoqlari zaruriyatga aylanadi. Shu ma`naviy zaruriyat tufayli ular o`qishi doirasiga kattalar adabiyoti namunalari ham kira boradi va o`smirlar kitobxonligi doirasini kengaytiradi. Bunda nafaqat o`zbek adabiyoti vakillari, balki jahon adabiyotining barcha zabardast namoyandalarining kishilik ma`naviyati taraqqiyotida muhim qimmat kasb etgan asarlarini o`qish, ulardan saboq va zavq olish, shu asosda jahon xalqlari turmushi, orzu-intilishlari, kurashi va mag`lubiyatlaridan ogoh bo`lish – o`smirlar dunyoqarashi o`sishining asosiy omiliga aylanadi. Bolalar adabiyotining yoshga nisbatan mo`ljallanganligi qotib qolgan hodisa ham emas, u zamon va insonlar o`zgarishi bilan didaktik mohiyat kasb eta boradi. Binobarin, bolalar kitobining adresliligi doimiy harakatda bo`ladi: aytaylik,ijtimoiy-estetik taraqqiyot chuqurlasha borishi bilan bolalarning yosh xususiyatlari ham o`zgaradi, davr o`zgarishi bilan avlodlar o`zgaradi, insoniyat mutassil to`lishib, yasharib borarkan, uning qiziqishlarida ham bu zuhur topadi. Natijada qachonlardir kattalar ma`naviy mulki sanalgan ertaklar va topishmoqlar endilikda, asosan, bolalar ma`naviy ehtiyojlari qondirgichiga aylangani kabi yozma adabiyotda ham aslida kattalarda mo`ljallanib yaratilgan Ubayd Zokoniyning «Mushuk ila sichqon qissasi», Sayido Nasafiyning «Kim zo`r» kabi asarlari, shuningdek, A.S.Pushkinning qotor she`riy adabiy ertaklari bolalar o`qishi doirasiga kirib borgani tabiiydir. O`zbek bolalar adabiyoti-bolalar hayotining o`ziga xos qomusi, unda bolalarning oilada, bog`chada, maktabda va tengqurlar davralarida, shuningdek, o`yinda,o`qishda, mehnatda, tengqurlari yoki kattalar bilan munosabatdan iborat jo`shqin hayoti aks etgan. Binobarin, u xalq turmushining ham ko`zgusidir. Chunki bolalar taqdiri xalq va Vatan taqdiri bilan uzviy bog`langan. Bolalar adabiyoti shu aloqadorlikni butun go`zalligi va murakkabligi bilan ifodalaydi, bu esa uninig mahrifiy qimmatini belgilaydi. Bolalar adabiyoti muayyan g`oyalarni mavhum tushunchalarda emas, balki bolalarning «predmetli» tafakkuriga va tasavvuriga mos badiiy obrazlarda ifodalab, ular ongiga his tuyg`ulariga va xayolotiga ta`sir ko`rsatadi, ularning kelajagi buyuk ozod va obod Vatanning, erkin va demokratik jamiyat qurayotgan xalqning bunyodkor va kurashchi farzandlari qilib tarbiyalashga xizmat qilaver Bolalar kitobxonligi ifodasi o`z ma`nosida umuman kitob o`qish hodisasini anglatsada, keng ma`noda necha ming yilliklar davomida aslida kattalar didi, hayotiy tajribasi, dunyoqarashiga mos holda yaratilib kelingan bo`lib, bolalarning ham o`qishi doirasida amal qilgan va yaxlit tizim tarzidagi ma`naviy-axloqiy hodisa darajasiga ko`tarilgan hammabop diniy, diniy-axloqiy, diniy-tarixiy, didaktik, badiiy, ilmiy, shuningdek, XX asr boshlaridan esa, professionallik kasb eta boshlagan o`zbek bolalar adabiyotiga doir asarlar silsilasini o`qish va o`qitishni anglatadi. mohiyatga ega. Maktab darsliklari, o`quv-didaktik xarakterdagi asarlar va bolalar adabiyoti namunalarigina bundan istisno bo`lib, ularda bolalar yosh xususiyatlari va saviyasining inobatga olinishi qat`iydir. Qolaversa, bolalar adabiyotida obrazli badiiy tafakkur amal qilsa, bolalar kitobxonligida mantiqiy tafakkur ustivorligi sezilarlidir. Zero, bolalar adabiyoti adabiy-estetik hodisa bo`lsa, kitobxonlik, jumladan, bolalar kitobxonligi undan farqli o`laroq ijtimoiy-estetik hodisa sanaladi. Bolalar kitobxonligi jamiyatning o`z bolalari haqhuquqlarini anglashi va ularni o`ziga voris sifatida tushuna borishi negizida yuzaga kelgan bo`lib, jamiyat uning vositasida yosh avlodni o`z hayotiy tajribalaridan chiqargan ijtimoiy- 23 siyosiy, ma`naviy-estetik va axloqiy saboqlari asosida tarbiyalashni ko`zlaydi. Yozma adabiyot paydo bo`lguniga qadar bu xalq didaktikasi– etnopedagogika shaklida harakatda bo`lgan. Pandnomaxonlik nisbatan demokratik yo`nalishda namoyon bo`ldi- ham bolalar o`qib o`rganadigan hikmat kitobi, ham kattalar o`qiydigan saboq tarzida silsilaviylik kasb eta bordi, lekin qissaxonlik, asosan, kattalar davrasidagina amaliyotga aylandi. Ta'kidlash zarurki, Qur'oni karim oyatlari va hadislar mazmunini axloqiy va tasavvufiy asosda chaqish va sharhlash, kengroq yo`sinda tabdil qilish va mohiyatini teranroq ifodalash asosida shakllangan pandnomachilik islomiy tafakkur ta'siridagi adabiyotlarda chuqurroq ildiz ota boshladi. Buyuk qomusiy mutafakkir Abu Ali ibn Sino (980-1037)ning arab tilida yozilgan "Solomon va Ibsol", "Hayy ibn Yaqzon"("Uyg`oq o`g`li Tirik", hijriy 414-milodiy 1023) qissalari va "Risolat at-tayr" ("Tayr risolasi") kabi falsafiy-didaktik asari ham mohiyatan betakror o`gitnomalar edi. "Solomon va Ibsol" mavzuida Abu Ali ibn Sinogacha Hunayn ibn Ishoq (809-873) va ibn A`robiylar ham asar yozishgan bo`lsa, undan keyin esa, ibn Tufayl (vafoti 1186) va Abdurahmon Jomiy (1414-1492) singari ijodkorlar asar yaratgani ma`lum. Binobarin, "Solomon va Ibsol" syujeti ham sayyor xarakterga ega bo`lib, Sharq xalqlari adabiyotlarida bir muncha ishlangan. Abu Ali ibn Sino bu mavzuga Aql va Kuchning mohiyati, o`zaro munosabatini akaning uka va aksincha, ukaning aka oldidagi burch va mas`uliyati fonida axloqiy-falsafiy yo`nalishda tahlil qiladi. "Sen agar irfon ahlidan bo`lsang, Salomon sening o`zing uchun to`qilgan masal, Ibsol ma`rifatdagi darajang uchun to`qilgan masal". Chindan ham bu masal mohiyatini tug`ishgan aka-ukalar Salomon va Ibsol hamda Salomonning xotini o`rtasidagi munosabat tashkil etadi. Abu Ali ibn Sino boshqa qissalarida ham o`z zamonasining dolzarb ijtimoiy-axloqiy muammolarini ko`tarib, ulardan didaktik saboqlar chiqara oldi. Shu sababli bu asarlar asrlar osha avlodlarni ezgulik ruhida tarbiyalashda xizmat qilib kelayotir. Biroq eski maktablarda ham, ibtidoiy madrasalarda ham fors-tojik tilida bitilgan Kaykovusning "Qobusnoma" va Sa`diy sheroziyning "Guliston" kabi pandnomalaridan keng foydalanilgan, shunisi e`tiborliki, keyingisi xalq orasida an`anaga aylangan sa`diyxonlik asosini tashkil etgan. "QOBUSNOMA". Bu asar "Mav`izatnoma" va "Nasihatnoma" nomlari bilan ham mashhur bo`lib, hijriy 475-melodiy 1082-1083 -yillarda Unsurulmaoliy Kaykovus tomonidan o`g`li Gilonshohga bag`ishlanib yozilgan. Asarning yozilishi sababi izohida ikki nuqta e`tiborni tortadi. Birinchisi, u o`g`li Gilonshohga murojaat qilib "shu pandnomalarni qabul qilishi"ni so`raydi. Shu pandlarida "otalik vazifasi" namoyon bo`lganini, bu xalq rasmi ekanligini ta`kidlarkan, o`z hayotiy tajribalari xalq axloqiy qarashlariga omuxtaligini uqtiradi: "Bilgilki, jahon xalqining rasmi shuldirki, takupo`y va justujo`y qilib dunyoda biror narsa hosil etarlar va uni o`zlarining yaxshi ko`rgan kishisiga qo`yib ketarlar. Men dunyoda ushbu so`zlarni hosil qilmishman va mening yaxshi ko`rg`on kishim sendursen. Menga rixlat vaqti yovuq etdi, dunyodan har nimaiki hosil qildim, sening oldingga qo`ydim, tokim xudkom bo`lmag`aysan va berohlik yo`liga qadam qo`ymag`aysan". Kaykovus o`g`lining shu pandlarga qat`iy amal qilishini istaydi. Biroq bu masalada ko`nglini ayrim andishalar bezovta qilayotganini ham eslatadi. Bunda otalar hayot tajribasi bilan bolalar hayot tajribasida yuz berishi muqarrar nomutanosibliklar ko`zda tutiladi. Bu ikkinchi nuqta bo`lib, Kaykovus o`z zamonasidayoq jamiyatda har bir avlodning ajdodlari tajribasidan nimanidir qabul qilishi, nimanidir inkor etishi asosida yuz beradigan otalar va bolalar muammosini sergaklik bilan fahmlaydi: "Mening so`zimni (pandimni-O.S.) eshitmoqdin ibo qilmag`il. Agar mening so`zimni qabul qilib, undan bahra olsang, o`zgalar dog`im (yanada) qabul qilurlar va unga yarasha ish qilmoqni g`animat bilurlar. Chunki zamona taqozosi shundoqdurki, hech farzand otasining pandin qabul 24 etmag`usidir, nedinkim yigitlar g`aflat yuzidin o`z botinida o`zlarini birdan-bir donish fahm qilurlar va o`z donishlarini qarilarning donishlaridan afzal bilurlar. Garchi bu so`z menga ma`lumdur, lekin otalik mehri meni xomush bo`lurga qo`ymadi" "Otalik mehri" "o`zi yaratgan" pandlarni qirq to`rt bobda ifodalashga undadi. Garchi pandnoma farzandga mo`ljallangan esa-da, unda katta hayotiy tajribaga ega inson qarashlari o`z didi, saviyasi, e`tiqodi va ijtimoiy mavqei nuqtai nazaridan ifodalanganligi sezilib turadi. Shu sababli uning bayon uslubi va tilida ham kattalar nutqiga xos unsurlar ustivordir, biroq bu o`git- nasihatlarni ayrim rivoyat va hikoyatlar asosida ishonchli, ta`sirchan va tabiiy soddalik zamirida bayon etilganiga mone`lik qilolmaydi. Xuddi shu xususiyatiga ko`ra o`tmishda uzoq muddat davomida undan eski maktab va ibtidoiy madrasalarda o`qish kitobi sifatida foydalanib kelindi. "Qobusnoma" XI asr sharq pedagogik tafakkurini yorqin aks ettirgan o`qish kitobi vazifasini sharaf bilan ado etib kelayotir. Shu bilan birga u sharq xalqlari pedagogikasi tarixini o`rganishda eng qimmatli manbalardan biri bo`lib qolayotir. "Guliston" sa`diyxonlik asosini tashkil etgan asar sifatida nafaqat fors-tojik adabiyotida, balki butun Sharq adabiyotida pandnomachilik taraqqiyotiga kuchli ta`sir ko`rsatdi. Bu ta`sir hayotbaxsh an`anaviylikka aylanib, sakkiz asrcha muddat badalida davom etib kelayotir. Sa`diy insonning shakllanishida tarbiya muhimligini diqqat markazida tutadi. Tarbiya esa ilm va kasb -hunar o`rganish shaklida inson fazlu kamolini belgilaydi. Zero: Kimga yoshligidan berilmas odob, Ulg`aygach bo`ladi baxtsiz, dili g`ash. Ho`l novda egilar qay xilda egsang, Quruqni to`g`rilar faqat o`t-otash (145-6.). Shu an`ana zamirida Abdurahmon Jomiyning "Bahoriston", Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub" ("Ko`ngillarning sevishgani"), Husayn voiz Koshifiyning "Axloqi Muhsiniy", Abdulla Avloniyning "Turkiy guliston yoki axloq", Abdurauf Fitratning "Oila" singari adabiy-ijtimoiy va falsafiy-didaktik xarakterdagi o`lmas asarlari yuzaga keldi va barchasi birgalikda asrlar davomida ajdodlarni e`tiqodi mustahkam, diyonatli va komil inson ruhida tarbiyalashda xizmat kilib kelmoqda. Bunda, ayniqsa, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy asarlari ayricha rol o`ynay boshladi, XV asrning so`nggi choragi va asosan, XVI asrdan boshlab ulug` Navoiy asarlarini o`qish o`ziga xos an`anaga aylana bordi. Tojik -fors tilida "shohnoma"xonlik, sa`diyxonlik, hofizxonlik, rumiyxonlik, jomiyxonlik davom etgani holda bu safda eski o`zbek (turkiy) tilidagi qissaxonlik va yassaviyxonlik yonida navoiyxonlik an`anasi ham qaror topdi. "QOBUSNOMA". Bu asar "Mav`izatnoma" va "Nasihatnoma" nomlari bilan ham mashhur bo`lib, hijriy 475-melodiy 1082-1083 -yillarda Unsurulmaoliy Kaykovus tomonidan o`g`li Gilonshohga bag`ishlanib yozilgan. Asarning yozilishi sababi izohida ikki nuqta e`tiborni tortadi. Birinchisi, u o`g`li Gilonshohga murojaat qilib "shu pandnomalarni qabul qilishi"ni so`raydi. Shu pandlarida "otalik vazifasi" namoyon bo`lganini, bu xalq rasmi ekanligini ta`kidlarkan, o`z hayotiy tajribalari xalq axloqiy qarashlariga omuxtaligini uqtiradi: "Bilgilki, jahon xalqining rasmi shuldirki, takupo`y va justujo`y qilib dunyoda biror narsa hosil etarlar va uni o`zlarining yaxshi ko`rgan kishisiga qo`yib ketarlar. Men dunyoda ushbu so`zlarni hosil qilmishman va mening yaxshi ko`rg`on kishim sendursen. Menga rixlat vaqti yovuq etdi, dunyodan har nimaiki hosil qildim, sening oldingga qo`ydim, tokim xudkom bo`lmag`aysan va berohlik yo`liga qadam qo`ymag`aysan". Kaykovus o`g`lining shu pandlarga qat`iy amal qilishini istaydi. Biroq bu masalada ko`nglini ayrim andishalar bezovta qilayotganini ham eslatadi. Bunda otalar hayot tajribasi bilan bolalar hayot tajribasida yuz berishi muqarrar nomutanosibliklar ko`zda tutiladi. Bu ikkinchi nuqta bo`lib, Kaykovus o`z zamonasidayoq jamiyatda har bir avlodning ajdodlari tajribasidan nimanidir qabul qilishi, nimanidir inkor etishi asosida yuz beradigan otalar va bolalar muammosini sergaklik bilan fahmlaydi: "Mening so`zimni (pandimni-O.S.) eshitmoqdin ibo qilmag`il. Agar mening so`zimni qabul qilib, undan bahra olsang, o`zgalar dog`im (yanada) qabul qilurlar va unga yarasha ish qilmoqni g`animat bilurlar. Chunki zamona taqozosi shundoqdurki, hech farzand otasining pandin qabul etmag`usidir, nedinkim yigitlar g`aflat yuzidin o`z botinida o`zlarini birdan-bir donish fahm qilurlar va o`z donishlarini qarilarning donishlaridan afzal bilurlar. Garchi bu so`z menga 41 ma`lumdur, lekin otalik mehri meni xomush bo`lurga qo`ymadi" "Otalik mehri" "o`zi yaratgan" pandlarni qirq to`rt bobda ifodalashga undadi. Garchi pandnoma farzandga mo`ljallangan esa-da, unda katta hayotiy tajribaga ega inson qarashlari o`z didi, saviyasi, e`tiqodi va ijtimoiy mavqei nuqtai nazaridan ifodalanganligi sezilib turadi. Shu sababli uning bayon uslubi va tilida ham kattalar nutqiga xos unsurlar ustivordir, biroq bu o`git- nasihatlarni ayrim rivoyat va hikoyatlar asosida ishonchli, ta`sirchan va tabiiy soddalik zamirida bayon etilganiga mone`lik qilolmaydi. Xuddi shu xususiyatiga ko`ra o`tmishda uzoq muddat davomida undan eski maktab va ibtidoiy madrasalarda o`qish kitobi sifatida foydalanib kelindi. "Qobusnoma" XI asr sharq pedagogik tafakkurini yorqin aks ettirgan o`qish kitobi vazifasini sharaf bilan ado etib kelayotir. Shu bilan birga u sharq xalqlari pedagogikasi tarixini o`rganishda eng qimmatli manbalardan biri bo`lib qolayotir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yoq. Toshkent. “O‘zbekiston”. 1998. Zunnunov A.Pedagogika tarixi kent. “O‘qituvchi” . 1996. Firdavsiy А. Shohnoma.Toshkent. G.Gulom. 1987. Kaykovus U.«Qobusnoma» Toshkent. 1965 Ahmad Yassaviy «Hikmatlar» Toshkent, 1994 . Sa’diy Sheroziy «Guliston va Bo’ston» Toshkent, 1986 7. Hoshimov K, Inomova M. vа b. Pedagogika tarixi. Toshkent, “O‘qituvchi” 1996 8 . Zunnunov A. Pedagogika nazariyasi. Toshkent. “O‘qituvchi”. 2006. Download 140.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling