Zarmed universiteti
-masala. Kaykovusning «Qobusnoma» si- yirik pedagogik pandnoma
Download 140.72 Kb.
|
6mavzu
2-masala. Kaykovusning «Qobusnoma» si- yirik pedagogik pandnoma.
Unsur al- Maoliy Kaykovusning «Qobusnoma» asari Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan axloqiy-ta’limiy asar, fors-tojik badiiy prozasining yirik yodgorligi xisоblаnаdi. Tabariston (mozandaron) hukmdori Shams al Maoliy Qobusning nabirasi Unsur al-Maoliy (Kaykovus 1021-1098) tomonidan fors tilida yozilgan (1082-1083 yillar) va «Nasihatnomai Kaykovus» deb atalgan.«Qobusnoma» uning o’zbekcha tarjimasidir. Muallif asarni o’g’li G’ilonshohga bag’ishlab еzgan. «Qobusnoma» 44 bobdan iborat. bulib uning dastlabki 4 bobi diniy xarakterda, qolgan 40 bobi ota-onani hurmatlash, ilm vа san’atni egallash, savdo, dehqonchilik ishlari va hunarlаrni o’rganish, odob-axloq qoidalariga rioya qilish kabi masalalarni o’z ichiga oladi. Kaykovus aristokrat oilasi vakili bo’lsada, ba’zi ijtimoiy, hayotiy masalalarda o’z sinfini inkor etadi. Jamiyat tarqqiyotida hunar va ilmni birinchi o’ringa qo’yadi. O’g’ilga xalqqa yaqin turishni, xalq manfaatini ko’zlashni o’qtiradi. Lekin u axloq, tarbiya, hunar va mehnatga hukmron sinf nuqtai-nazardan qaraydi. Xulq-odatni tug’ma deb tasavvur etadi, odob va hunarni yuqori tabaqa merosi, kasb esa xalq merosi deb talqin qiladi. Asarda Kaykovus odamlarni uch guruhga bo’ladi, ularning jamiyatda tutgan o’rnini aniqlaydi: Odamlarning fazilatlarini ham uch guruhga bo’ladi: aql, to’g’rilik, juvonmardlik. Kaykovus hayotidagi mavjudotni bir-biriga aloqador, bir-biri bilan bog’liq va ziddiyatli deb talqin qiladi. Uningcha tashqi dunyodagi mavjudotyo bevosita yoki bilvosita bir-biri bilan bog’lanishi mumkin. Bir-biriga o’xshash bo’lgan mavjudot bevosita munosabatda, bir-biriga qarama-qarshi moddalar esa bilvosita munosabatda bo’ladi. Bu aloqa faqat er yuzidagi mavjudot va hodisalar orasidagina emas, hatto koinot mavjudotlari orasida ham bo’ladi deydi. U kishining ruhiy holatini ham 2 guruhga bo’ladi: 1. Jismoniy sezgini modda bilan, 2. Ruhiy hissiyotni «Jon» bilan bog’laydi. Biri moddiy, ikkinchisi ruhiy hayot natijasi deb ko’rsatadi. Kaykovus aql va tafakkurni yuksak baholaydi, uni boylikdan ustun qo’yadi, qobiliyatining ham xilma-xilligini bayon qiladi. Kaykovusning fikricha, insonni tarbiyalashdan maqsad uni zamon va kelajak uchun yaroqli shaxs qilib etishtirishdir. «Qobusnoma» ko’p tillarda tarjima qilingan asar o’zbek tilida Ogahiy tarjimasidagi 2 qo’lyozma nusxasi saqlanmoqda. «Qobusnoma» sharq pedagogikasi adabiyoti namunasida XI asrda yaratildi. Bu davrda ilm-fan, adabiyot va san’at tarqqiy qilgan edi. Abu Abdullo Rudakiy, Unsuriy, Farruhiy, Nizomul Mulk, Umar Xayyom, Nosir Xisrav kabi shoir va yozuvchilar X-XI asrning namoyondalari. «Qobusnoma» Sharq olimlari va pedagoglarining G’arb sharqshunoslarining diqqatini o’ziga jalb qildi. Bu olimlar «Qobusnoma» ni diqqat bilan o’rganib o’z tillariga tarjima qildilar. Masalan: 1432 va 1705 yillarda turk tiliga, 1786-87 yillarda uyg’ur tiliga, 1860 yilda Ogahiy tomonidan o’zbek tiliga, 1881 yilda tatar tiliga, 1886 yilda rus va frantsuz tiliga, 1881 yilda nemis tiliga, inqilobdan so’ng 1953 yilda Bertels tomonidan ikkinchi bor rus tiliga tarjima qilinadi. «Qobusnoma» ning avtori Kaykovus Kaspiy dengizining janubiy qirg’og’ida yashovchi Gilon qabilasidandir. U 1021-1022 melodiy yilda (hijriy 412) mayda feodal oilasida tug’ildi va «Qobusnoma» ni hijriy 478 (1082-1083 melodiy) yilda yaratdi. Bu davrda Kaykovus 63 yoshda bo’lib, anchagina keksayib qolgan edi, u o’g’liga murojaat qilib: «Pisaram, man pir shudam» deb o’zining qariganligidan ma’lumot beradi va «Qobusnoma» ni o’g’liga bag’ishlaydi. Kaykovus o’z zamonasining ma’lumotli ziyolisi bo’lgan, muzika va tabiyot ilmiga qiziqqan. Kaykovus «Qobusnoma» ni yaratishdan oldin o’z salaflarining asarlari bilan tanishdi. Tohiriylar zamonasida yaratilgan pedagogik asarlarni o’qib chiqdi. O’z davridagi madaniy shaharlar, mamlakatlar bilan tanishadi: Buxoro, Samarqand, Xorazmda bo’ldi va u erdagi olimlar bilan suhbatlashadi, ilmiy-pedagogik ishlarni o’rganadi. Nosir Xisravning «Saodatnoma», «Ro’shnoyinoma» kabi asarlarini o’rganadi. G’arb va Rus pedagog olimlari bola tarbiyasiga, uning axloqiy masalalariga qanchalik e’tibor bergan bo’lsalar, Sharq olimlari ham bola tarbiyasiga alohida e’tibor qaratganlar. Bu tarbiya Sharq olimlari tomonidan yaratilgan asarlarda o’z ifodasini topgan: «Kalila va Dimna», Nizomul Mulkning «Siyosatnoma», Nosir Xisravning «Saodatnoma», «Ro’shnoyinoma», Yu.X. Hojibning «Qutadg’u bilig», M. Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit turk», A. Yugnakiyning «Hibbatul haqoyiq», A. Navoiyning «Mahbub ul-qulub», «Voqifnoma» kabi asarlari muhim ahamiyatga ega bo’lgan manbalardir. «Qobusnoma» 44 bobdan iborat. Muallif o’zining hayotiy tajribalari bilan o’g’li Gilonshohni tarbiyalashni istaydi va ta’kidlaydi. Kaykovus asarida o’g’liga murojaat qilib: «Ey farzand, umidim shuki, sen shu pandlarni qabul qilgaysan. Bu bilan men otalik vazifamni bajo keltirgan bo’lurman. Bilg’ilki, xalqning rasmi, odati shundayki, yugurib-elib, qidirib-axtarib dunyodan biror narsa hosil qiladilar va bu narsalarni o’zlarining yaxshi ko’rgan kishisiga qoldirib ketadilar. Men dunyoda mana shu so’zlarni hosil qildim, sen mening uchun eng qimmatbahosan. Menga safar vaqti yaqinlashdi, dunyodan nima hosil qilgan bo’lsam, sening oldingga qo’ydim, toki o’zingga bino qo’ymagaysan va o’zingga nomunosib ishlarni qilmagaysan». Asarning 4 bobi diniy masalalarga bag’ishlangan. Asarning beshinchi bobi «Ota-onani hurmatlash haqida» deb ataladi. Bunda yoshlarni ota-onani hurmat qilishga chaqiradi. Ota-ona o’z farzandi uchun «o’limga ham tayyor» turishini ta’kidlaydi, ota-onaning ko’nglini ranjitmaslikka, ularni hurmat qilishga va shirin so’zlar bilan munosabatda bo’lishga undaydi. Kaykovus ota-onaning tarbiyasiga katta e’tibor etadi. U bir tomondan, bolani ota-onani hurmat qilisha, ularni ranjitmaslikka chaqirsa, ikkinchi tomondan ota-onani bolaga yaxshi va to’g’ri tarbiya berishga undaydi. «Har bir farzand aqlli va dono bo’lsa, ota-onaning mehr-muhabbatini ado qilishdan bosh tortmaydi». Muallif bu bobda «Nima ekasang, shuni o’rasan» degan mashhur maqolni eslatadi. Maqolning ma’nosi shundaki, kishi odamlarga yaxshilik qilsa, kattalarga hurmat, kichiklarga muruvvat qilsa, uning bu qilmashlari boshqalardan qaytadi, aksincha odamlarga yomonlik, dilozorlik qilsa, bu ham boshqalardan qaytadi. Shu printsipga asoslanib, Kaykovus o’g’liga nasihat qilib: «... o’z farzandingning senga hurmat qilishini istasang, sen ham ota-onangni hurmat qil, chunki sen ota-onang haqida nima ish qilsang, farzanding ham senga shunday ish qiladi». Kaykovus aqlga e’tibor beradi, aqning har qanday davlatdan yuqori turishini ta’kidlaydi: «Molsizlikdan qashshoq bo’lsang ham, aqldan boy bo’lishga harakat qil, chunki mol bilan boy bo’lgandan aql bilan boy bo’lgan yaxshiroqdir. Aql bilan mol to’plasa bo’ladi, ammo mol bilan aql to’plab bo’lmaydi, bilgilki, aql bir qimmatbaho narsani uni o’g’ri olib keta olmas, o’tda yonmas, suvda oqmas». Asarning oltinchi («Bilimni oshirish va o’zini yuqori olmaslik haqida») bobi diqqatga sazovordir. Muallif podsholik, sha’n-shavkatdan ko’ra hunar, bilim egallashni, bilimsiz, hunarsiz har qanday yuqori tabaqa nasli-nasabli shaxs hech narsaga arzimasligini bayon qilib deydi: «Agar kishi oliy mansab, baland martabali bo’lsa-yu, hunari bo’lmasa haloyiqning izzat va hurmatidan mahrum bo’ladi ... ulug’lik nasl-nasab bilan emas, aql va bilim bilandir. Ota-onaning qo’ygan otiga mag’rur bo’lma, chunki bu ot faqat tashqi ko’rinishidan boshqa narsa emas, ammo hunar bilan bir nomga ega bo’lgil». Bu bilan avtor o’g’lini qobiliyatli shaxs bo’lishga, ishsiz, faoliyatsiz, yalqov odam bo’lmaslikka chaqiradi. Kaykovus xalqqa yaqin turishni, xalq manfaatini ko’zlashni farzandiga o’qtiradi: «Xalqning ozgina yaxshiligini ko’p ko’rgil ... qaysi narsa xalq manfaatiga yaqin turishini o’rgan»-deydi va baland martabaga ega bo’lishni nasl-nasab bilan bog’lamaydi, balki aql va hunar bilan bog’laydi. «Aql va hunar o’rganib, baland martabaga erish». Bu fikrni isbotlash uchun Suqrot hakimdan misol keltiradi: «Suqrot hakim degan ediki, hunardan yaxshiroq narsa yo’qdir va hunardan, bilimdan ulug’roq narsa yo’qdir, sharm-hayodan yaxshiroq bezak yo’qdir, badho’ylikdan yomonroq dushman yo’qdir». Kaykovus o’z tabaqasi farzandlarining mehnatga qobiliyatsiz ekanligini, mehnatsiz va ilmga va na ma’rifatga ega bo’lish mumkin emasligini o’zining hayotiy tajribasi orqali tushundi. Samoniylar avlodining tanazuli, ularning turmush uchun qobiliyatsiz shaxslar ekanligi Kaykovusning ko’zini ochdi. Shu sababli u o’g’lini mehnat qilishga, hunar o’rganishga chaqirdi: «Bilimni egallamoq uchun mehnat qilish, badanni dangasalikdan qutqarish foydalidir. Chunki dangasalik ish yoqmaslik badanning buzilishiga, kasallanishiga sababchi bo’ladi. Agar mehnat qilib badanni o’zinga bo’yso’ndirmasang, sog’lom va baland martabali bo’la olmaysan ...». Kaykovus mag’rurlikni, takabburlikni qoralaydi.Avtor so’z hunariga e’tibor qiladi. O’g’liga murojaat qilib: hamma hunardan so’z hunari yaxshi, chunki ... boshqa jonivorlardan odam o’n daraja ortiqdir va bu afzallik odamning badaniga bordir: beshi tashqi (ko’z, quloq, burun, teri, til) ichida yashiringan bular: bir narsani yod qilmoq, hamisha esda saqlamoq, xayol qilish, farq qila bilish va nutq shunga ko’ra odamzot boshqa jonivorlar ustidan hukmronlik qiluvchi podshodir. «Yaxshi so’zlashga o’rgan va muloyim so’zlashdan boshqa narsani odat qilma», «So’zni o’z joyida so’zla, joyida aytilmagan so’z, agar u so’z yaxshi bo’lsa ham, yomon ko’rinadi. Behuda so’zlama, chunki foydasiz so’z ziyon keltiradi». Agar nutqinga foydali bir narsaning hidi kelib turmasa, bunday so’zni aytilmagani yaxshi: Download 140.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling