Zarur adabiyotlar va jihozlar: N. M. Ziyavitdinova, Y. M. O‘rinov, Sh. N. Xayitov. Menejment (o’quv qo’llanma). T.: «Tafakkur-bo‘stoni»


Qaror qabul qilish strukturasi va jarayoni


Download 91.02 Kb.
bet6/11
Sana17.06.2023
Hajmi91.02 Kb.
#1529145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

4.3. Qaror qabul qilish strukturasi va jarayoni


Qaror qabul qilish jarayoni ko‘p jihatdan uning strukturasi aniqligiga asoslanadi.
Strukturasi aniq aks ettirilgan qaror 4.1-rasmdagi ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin.



4.1-rasm. Aniq strukturalangan qaror

D bashorat qilinuvchi ma’lumotlar paketi bo‘yicha A muqobil qarorlar uchun K bashorat qilinuvchi natijalar hisoblab chiqilishi mumkin. Keyin esa riskni hisobga olgan holda A maqsadga eng yaxshi tarzda mos keluvchi Aopt muqobil variant tanlab olinadi.


Aniq strukturalanmagan qaror 4.2-rasmda aks ettirilgan. Qabul qilingan qaror LPRga ham ta’sir ko‘rsatadi (javobgarlik, intuitsiyaning kuchayishi, tajriba orttirish).

4.2-rasm. Aniq strukturalanmagan qaror

Qarorning borishini uni qabul qilishning o‘zaro bog‘liq bo‘lgan jarayonlari sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Har bir muayyan holatda bu jarayon, tabiiyki, aniqlashtiriladi va individuallashtiriladi (4.1-jadval).


4.1-jadval
Qaror qabul qilish va amalga oshirish asosiy bosqichlarining mazmuni

Bosqich

Bosqichning mazmuni

1. Kutilayotgan muammolar haqida axborot to‘plash

1.1. Tashkilotdagi ichki muhitni kuzatib borish
1.2. Tashqi muhitni kuzatib borish

2. Muammoning vujudga kelish sabablarini aniqlash

2.1. Muammoli vaziyatni ta’riflash
2.2. Muammo vujudga kelgan tashkiliy bo‘g‘inni aniqlash
2.3. Muammoni ifodalash
2.4. Uning muhimligini baholash
2.5. Muammoning vujudga kelish sabablarini aniqlash

3. Muammoning yechimi maqsadlarini ifodalash

3.1. Tashkilotning maqsadlarini aniqlash
3.2. Muammoning yechimi maqsadlarini ifodalash

4. Muammoning yechimi strategiyasini asoslab berish

4.1. Obyektni detalli ta’riflash
4.2. O‘zgaruvchan o’lillar zgarish sohasini aniqlash
4.3. Yechimga qo‘yiluvchi talablarni aniqlash
4.4. Yechimning samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash
4.5. Cheklovlarni aniqlash

5. Yeichmning variantlarini ishlab chiqish

5.1. Vazifani kichik vazifalarga taqsimlash
5.2. Har bir vazifa bo‘yicha qarorlar g‘oyasini izlash
5.3. Modellar tuzish va hisob-kitoblar o‘tkazish
5.4. Har bir vazifacha va tizimcha bo‘yicha qarar variantlarini aniqlash
5.5. Har bir vazifacha bo‘yicha natijalarni umumlashtirish
5.6. Har bir vazifacha bo‘yicha qaror oqibatlarini harorat qilish
5.7. Butun vazifaning qaror variantlarini ishlab chiqish

6. Eng yaxshi variantni tanlash

6.1. Qaror variantlari samaradorligini tahlil qilish
6.2. Boshqarilmaydigan ko‘rsatkichlar ta’sirini baholash

7. Qarorni korrektirovkalash va o‘zaro kelishib olish

7.1. Qaror bo‘yicha ijrochilar bilan ishlash
7.2. Funksional o‘zaro aloqada bo‘luvchi bo‘limlar bilan o‘zaro kelishib olish
7.3. Qarorni tasdiqlash

8. Qarorni amalga oshirish

8.1. Amalga oshirish bo‘yicha ishchi rejani tayyorlash
8.2. Uni amalga oshirish
8.3. Amalga oshirish borasida o‘zgarishlar kiritish
8.4. Qabul qilingan va amalga oshirilgan qarorning samaradorligini baholash

Albatta, amalda bo‘larning barchasi osongina kechmaydi:


- quyi bosqichlar bunday navbatda kechmasligi, uzilishlar bo‘lishi, teskari aloqalar, to‘siqlar va parallel harakatlarga bo‘ysunishi mumkin;
- qaror qanchalik murakkab bo‘lsa, uni qabul qilish jarayoni shunchalik individaul bo‘ladi;
- cheklangan axborot hajmi qarorning ratsionalligini kamaytiradi, intuitsiyaning roli ortadi;
- muqobil variantlar bo‘yicha oldindan berilgan ko‘rsatmalar qaysi qarorni tanlashga ta’sir ko‘rsatadi;
- agar qoniqtiruvchi qaror mavjud bo‘lsa, optimal qarorga intilish bo‘lmaydi;
- bir nechta shaxsning ishtirok etishi va tashkiliy shart-sharoitlar quyi bosqichlarning o‘tish tartibini o‘zgartiradi;
- menejerlar qaror qabul qilish jarayoni va strukturasiga turli tarzda aralashadi va shu tariqa ularning sifatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Menejerlarning aralashuvi ko‘pincha quyidagi holatlarda ro‘y beradi:
- qarorni ijroga qabul qiluvchi shaxsni apriori belgilash;
- qarorda ishtirok etuvchi shaxslar doirasini belgilash;
- uning ijrosida LPR ishtiroki;
- qaror qabul qilinadigan joy va vaqtni belgilash;
- qaror kalkulyatsiyasi va uslubiyatini aniqlash;
- maqsadlar va ularning ahamiyatini belgilash;
- muqobil variantlar sonini cheklash;
- belgilangan vakolatga ega shaxslarni jalb qilish;
- qarorning borishini nazorat qilish;
- axborot taqdim etish yoki cheklab qo‘yish;
- xuddi shunga o‘xshash qarorlarga ilova qilish;
- moddiy va manaviy ta’sir ko‘rsatish;
- qarorlarda erkinlikni kengaytirish;
- qaror uchun javobgarlik mas’uliyatini yuklash.


Download 91.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling