Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


 Shaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy va genotipik omillar


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana12.11.2020
Hajmi0.88 Mb.
#144141
1   2   3   4   5
Bog'liq
hozirgi zamon psixologiyasida shaxsning rivojlanishi va ijtimoiylashuvi


1.2 Shaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy va genotipik omillar 

Psixologiyaning  maxsus  tarmog‘i  hisoblanmish  yosh  davrlari  psixologiyasining  eng 

asosiy muammolaridan biri shuki, inson psixik taraqqiyotida qanday omillar – genetik, tug‘ma 

yoki orttirilgan, ijtimoiy omillar roli yetakchi ekanligi masalasidir.  

Bir  tomondan,  bolaning  o‘z  ota-onalaridan  meros  sifatida  o‘zlashtirgan  sifatlari, 

masalan, anatomo-fiziologik xususiyatlar, miya faoliyatining o‘ziga xosligi, tana tuzilishi (qo‘l, 

oyoq,  yuz  tuzilishi  va  boshq.),  albatta,  psixologik  jahatdan  odam  bolasining  muhitga 

moslashuvi,  unda  o‘zini  erkin  tutishi  va  faol  harakatlar  qilishi,  ro‘y  berayotgan  jarayonlarni 

ongida  ma’lum  ma’noda  aynan,  to‘g‘ri  aks  ettirishiga  sabab  bo‘ladi.  Chunki  oddiygina 

anatomik  anomaliya  holati  (qo‘lning  kaltaligi,  bo‘yning  juda  kichikligi  kabi)  psixikaga  va 

shaxsning jamiyatda o‘zini  tutishiga salbiy ta’sir  ko‘rsatadi.  Lekin  ikkinchi  tomondan, tashqi 

muhit  ta’sirini  ham  kamsitib  bo‘lmaydi.  Masalan,  agar  bola  maxsus  o‘quv  maskanlarida 

o‘qimasa, unga tarbiyaviy ta’sirlar ko‘rsatilmasa, uning rivojlanishi qanday bo‘lishini tasavvur 

qilish qiyin emas. 


 

17 


Bu  muammolar  ustida  bosh  qotirgan  rus  olimlaridan  L.Vigotskiy,  S.Rubinshteyn, 

A.Leontev, xorijlik J.Piaje, K.Levin va ko‘plab boshqa psixologlar ikkala omil rolini ham inkor 

qilmagan  holda  ijtimoiy  muhitning  yetakchi  ta’siri  to‘g‘risidagi  fikrni  baravar  yoqlaganlar. 

Chunki to‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim-tarbiya, oila va undagi o‘zaro munosabatlarning xarakteri, 

shaxs muloqotda bo‘ladigan ijtimoiy guruhlar, u tanlagan kasb va kasbdoshlari muhiti, nikoh 

va  ma’lumot  masalalarining  qanday  hal  qilinganligi  kabi  qator  ijtimoiy  omillar  shaxsning 

rivojlanishi,  uning  o‘z-o‘zini  anglashi  va  o‘zgalarga  munosabati,  bilish  jarayonlari  hamda 

intellektual  taraqqiyotida  katta  ahamiyatga  egaligiga  shubha  yo‘q.  Respublikamiz  Prezidenti 

I.Karimov boshchiligida mutaqilligimizning dastlabki yillaridayoq boshlangan “Sog‘lom avlod 

uchun” siyosati  farzandlarimizning ham  jismonan, ham  ruhan, ham  aqlan  yetuk  bo‘lishlariga 

qaratilgan. Jismonan sog‘lom tanada sog‘lom ruh bo‘lishi tabiiy. 

 

Odamning  hayotiy  yo‘lining  boshi,  uning  kamol  topishining  negizi  aslida  Ollohning 



inoyati  bilan  bola  dunyoga  kelishiga  asos  solingan  dastlabki  onlardan  boshlanadi.  Keyingi 

taraqqiyot  bosqichlari  qator  ijtimoiy,  biologik,  tabiiy,  ruhiy,  jismoniy  omillarga  bog‘liqki, 

ushbu  xususiyatlarni  psixologiyaning  maxsus  tarmog‘i  bo‘lgan  yosh  davrlari  psixologiyasi 

o‘rganadi    

   Mashhur rassom Pablo Pikasso 80 yoshga kirganda: “Yoshlik va keksalik tushunchasi 

inson o‘zi ruhan qarigandagina ma’lum ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda men ancha keksayib 

qolganimga  qaramay,  o‘zimni  20  yoshliday  his  qilmoqdaman”,  –  deb  yozgan  ekan.  Ya’ni, 

inson  umri  ma’lum  davrlarga  bo‘linar  ekan,  uning  har  bir  bosqichi  shaxsning  o‘zi  va 

yaqinlariga  qilgan  ezgu  ishlarining  qadr-qimmatiga  ko‘ra  baholanadi.  Shu  bois  ham,  shaxs 

taraqqiyotining  u  yoki  bu  bosqichidagi  yosh  xususiyatlarini  bilish  ta’lim-tarbiya  jarayonida 

amaliy ahamiyat kasb etadi. 

Shunday  qilib,  shaxs  individual  taraqqiyotining  muhim  omillaridan  biri  uning  yoshiga 

bog‘liq  bo‘lgan  xususiyatlaridir.  Chunki  taraqqiyotning  har  bir  yosh  bosqichi  o‘zining 

rivojlanish  omillariga,  qonuniyatlariga,  yangiliklari  va  o‘zgarishlariga  ega  bo‘lib,  ular 

shaxsning  xarakteri,  temperamenti,  iqtidori,  bilish  jarayonlariga  bevosita  ta’sirini  o‘tkazadi.  

Yosh  taraqqiyoti  davrlarining  ham  sifat,  ham  miqdor  o‘zgarishlariga  ega  bo‘lgan 

ko‘rsatgichlari borki, amaliy psixologiya har bir yosh xususiyatlarini ana shu ikkala ko‘rsatgich 

nuqtai nazaridan o‘rganishi va shaxs xulqini boshqarish, unga ijobiy ta’sir ko‘rsatishda ularga 

tayanmog‘i lozim. Umuman psixologiyada isbot qilingan faktlardan biri shuki, turli davrlardagi 

inson taraqqiyoti o‘ta murakkab jarayon bo‘lib, har bir davrning o‘z qonuniyatlari mavjud. Har 

bir bosqichda shaxsning biror bir xususiyatlari o‘zining yetuklik bosqichiga erishadi. Masalan, 

olamni  sensor  jihatdan,  ya’ni,  sezgi  va  idrok  qilish  organlari  bilishning  yetuklik  fazasi  18-25 

yoshlarda (Lazarev ma’lumotlariga ko‘ra), intellektual, ijodiy yetuklik – 35 yoshlarda (Leman 


 

18 


ma’lumotlari),  shaxsning  yetukligi  50-60  yoshlarga  kelib  eng  yuqori  nuqtasiga  erishadi. 

Shunga  o‘xshash  xususiyatlar  insonning  butun  umri  mobaynida  muttasil  kamolga  yetib, 

rivojlanib  borishini  ta’minlaydi.  Shunisi  xarakterliki,  har  bir  yoshda  biror  funksiyalarning 

rivojlanishi boshqa bir funksiyalarning susayishi hisobiga ro‘y beradi. Masalan, bolalikning ilk 

bog‘cha  yoshida  fazoga  moslashuv  juda  kuchaysa,  keyinchalik  uning  o‘rnini  vaqtni  adekvat 

idrok qilish egallaydi. Qariyalarning biror narsalar xususida bilimdonligi, ma’lumotlarni yaxshi 

eslab, ular xususida fikrlay  olishi, psixomotorik funksiyalar va bevosita bilish jarayonlarining 

susayishi hisobiga ro‘y beradi. Xuddi shunday bolaning 3-5 yosh davri tilni, uning lug‘aviy va 

morfologik  xususiyatlarini  o‘zlashtirishga  juda  maqbul  bo‘lsa,  yetuklik  davri  bo‘lmish  45-55 

yoshlarga  kelib  ayni  shu  sifat  deyarli  o‘zini  yo‘qotadi  (“til  qotib  qoladi”).  Inson  hayotining 

barcha davrini  yaxlit tarzda qamrab olgan klassifikasiyalardan biri – butun jahon olimlarining 

qaroriga  ko‘ra,  1965  yili  Xalqaro  Fanlar  Akademiyasining  maxsus  simpoziumida  qabul 

qilingan  sxema  hisoblanadi.  Quyida  keltirilgan  4-jadvalda  berilgan  xuddi  shu  yuqoridagi 

sxema bo‘lib, u Ananev, Erikson va Birrenlar taklif etgan klassifikasiyaga asoslangan. 

1-jadval. Yosh Davrlari Sxemasi 

yosh davrlari 

erkaklarda 

ayollarda 

chaqaloqlik 

1-10 kun 

1-10 kun 

emiziklik davri 

10 kundan 1 yoshgacha 

10 kundan 1 yoshgacha 

ilk bolalik  

1-2 yosh 

1-2 yosh 

bolalikning 1-davri 

3-7 yosh 

3-7 yosh 

bolalikning 2-davri 

8-12 yosh 

8-11 yosh 

o‘smirlik davri  

13-16 yosh 

12-15 yosh 

o‘spirinlik davri 

17-21 yosh 

16-20 yosh 

o‘rta yetuklik davri: 

 

 

birinchi bosqich 



22-35 yosh 

21-35 yosh 

ikkinchi bosqich 

36-60 yosh 

36-55 yosh 

keksalik davri 

61-75 yosh 

56-75 yosh 

qarilik davri 

76-90 yosh 

76-90 yosh 

uzoq umr ko‘ruvchilar 

90 yoshdan ortiq 

90 yoshdan ortiq 

 

 

Taraqqiyotni yosh davrlarga bo‘lishda o‘ziga xos klassifikasiyalar ham bor. Masalan, E. 



Eriksonda  shaxs  “Men”ining  rivojlanish  bosqichlariga  tayangan  klassifikasiyasi  ham  mavjud 

 

19 


bo‘lib, unda har bir taraqqiyot davrida alohida ahamiyat kasb etadigan sifatlar ham ijobiy, ham 

salbiy jihatdan ajratilgan.  

Erikson  klassifikasiyasining  o‘ziga  xos  qimmati  shundaki,  unda  shaxsning  o‘zi 

to‘g‘risidagi  tasavvurlarining  jamiyat  ta’sirida  o‘zgarishi  nazarda  tutiladi.  Shunga  o‘xshash 

bosqichlarga  bo‘lishlar  oxirgi  paytda  yana  ko‘plab  mualliflar  tomonidan  taklif  etilmoqda  (G. 

Grimm, D. Bromley va boshq.). Ularning barchasidagi umumiy mezon shuki, har bir taraqqiyot 

davri shaxs rivoji uchun nimani taklif etadi-yu, shaxs unda qanday rivojlanish ko‘rsatgichlariga 

ega  bo‘ladi.  Ularni  tabiiy  o‘zgarishlarda  bilish  va  o‘rganish  kerak,  chunki  busiz  shaxs 

tarbiyasini  to‘g‘ri  yo‘lga  qo‘yib  bo‘lmaydi.  Masalan,  maktab  yoshidagi  bolalarga  qo‘yilgan 

talablar  katta  odamlar  jamoasiga  to‘g‘ri  kelmaydi,  yoki  bog‘cha  yoshidagi  bola  bilan  til 

topishish  bilan  talaba  bilan  til  topish  o‘ziga  xos  pedagogik  taktni  va  o‘sha  yosh  sohasida 

bilimdonlikni talab qiladi.  

 

 

 



 

 

 



1.3   Shaxsning  rivojlanish bosqichlari 

Psixikaning  irrotsional  tarkibiy  qismlari  bo‘lmish  emotsiya,  mayl  va  shu  kabilar 

yordamida shaxs xulqini taxlil qiluvchi nazariya psixodinamika  deyiladi. Mazkur nazariyaning 

yirik  namayondalaridan  biri  –  bu  amerikalik  psixolog  E.Eriksondir.  u  shaxs  rivojini    8  ta 

davrga ajratadi va ularning har qaysisini o‘ziga xos betakror xususiyatiga egadur. 

Birinchi  davr  –  go‘daklik.  Ushbu  davrda  go‘dakda  onasizlikka  asoslangan  tashqi 

dunyoga nisbatan “ishonch” tuyg‘usi vuudga keladi. Buning bosh saabchisi ota-onaning mehr-

muxabbati, g‘amxo‘rligi va jonkuyarligining nishonasidir.  



ijtimoiylashish 

 qiziqish 

 

Qobiliyat 

 

Muloqat  



 

O’z-o’zini 

anglash 

 

 

20 


Ikkinchi davr – ya’ni ilk bolalikda jonzodda yarim mustaqillik va shaxsiy qadr qimmat 

tuyg‘usi  shakillanadi  yoki  aksiyacha  ularning  qarama-qarshisi  bo‘lmish  uyat  va  shubha  hissi 

hosil bo‘ladi. 

Uchinchi davr – o‘yin yoshi deb atalib 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni o‘ziga 

qamrab  oladi.  Mazkur  davrda  tashabbus  tuyg‘usi,  qaysidir  ishni  amalga  oshirish  va  bajarish 

mayilini tarkib toptiradi. 

To‘rtinchi  davr  –  maktab  yoshi  deb  nomlanib,  undagi  asosiy  o‘zgarishlar  ko‘zlagan 

maqsadga  erishish  qobiliyatini,  uddaburonlik  va  mahsuldorlikka  intilish  tuyg‘usi  bilan  ajralib 

turadi. 

Beshinchi davr – o‘spirinlik o‘zining betakror xislati, individualligi va boshqa odamlar 

bilan keskin tafovutlanishi bilan tavsiflanadi. 

Oltinchi  davr  –  yoshlik  boshqa  odamga  (jinsga)  nisbatan  psixolog  intim  yaqinlashuv 

qobiliyati (uquvi) va extiyoji vujudga kelishi bilan ajralib turadi. 

Yettinchi  davr  –  yetuklik  davri  deb  atalib,  xayot  va  faoliyatning  barcha  soxalarida 

mahsuldorlik  tuyg‘usi  unga  uzluksiz  ravishda  xamrox  bo‘ladi  va  ezgu  niyatlarning  amalsha 

oshishida turtki vazifasini bajaradi.  

Sakkizinchi davr – qarilik inson tariqasida o‘z burchini uddalay olganligi, turmushning 

keng qamrovligi undan qanoatlanganligi tuyg‘ulari bilan tavsiflanadi. E.Shpronger “O‘spirinlik 

davri  psixologiyaisi”  degan  asarida  qizlarning  1  yoshdan  19  yoshgacha  yigitlarni  esa  14 

yoshdan  22  yoshgacha  kiritishni  tavsiya  qiladi.  Ushbu  yosh  davrida  yuz  beradigan  asosiy 

o‘zgarishlar E.Shkronger bo‘yicha: 

a) shaxsiy “Men” ni kashf qilish; 

b) refleksiyaning o‘sishi 

v) o‘zining individualligini anglash va shaxsiy xususiyatlarini e’tirof qilish; 

g) hayotiy ezgu rejalarining paydo bo‘lishi; 

d) o‘z shaxsiy turmushini anglagan xolda qurish ustanovkasi va xokazo. 

 

Uning  fikricha,  14-17  yoshlarda  vujudga  keladigan  inqirozning  mohiyati  ularga 



kattalarning  bolalarcha  munosabatlaridan  qutilish  to‘yg‘usini  tug‘ilishidan  iboratdir.  17-21 

yoshlarning yana bir xususiyati o‘zining tengqurlari vatanchilik qurshovidan “uzilish inqirozi” 

va tanholik tuyg‘usining paydo bo‘lishidir. Bu holatni tarixiy shartlanganlik shart-sharoitlar va 

omillar vujudga keltiradi.  

E.Shkronger,  K.Byuler,  A.Maslou  va  boshqalar  personologik 

nazariyaning yirik namayondalari bo‘lib hisoblanadilar.   Kognitivistik 

yo‘nalishning 

asoschilari qatoriga J.Piaje, Dj. Kell va boshqalarni kiritish mumkin. 

J.Piaje 

intelekt 



 

21 


nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan bo‘lib, u intelekt funksiyalari va intelektning davrlari 

ta’limotini  o‘z  ichiga  qamrab  oladi.  Intelektning  asosiy  funksiyalari  qatoriga  uyushqoqlik  va 

adaptatsiyadan iborat bo‘lib, intelektning funksional invoriontligi deb yuritiladi. Shunday qilib, 

biz  chet  el  psixologiyasida  shaxs  rivojlanishining  yo‘nalishlari  va  nazariyalarini  qisqacha 

sharxlab  o‘tdik.  Qilingan  taxlillardan  ko‘rinib  turibdiki,  Yevropa  muammolari  va  AQSh 

psixologlari  orasida  bu  sohada  bitta  umumiy  nazariya  hali  ishlab  chiqilmagan.  Buning  bosh 

sababi  shaxsning  tuzulishi,  uni  shakillanish  qonuniyatlari,  uning  kamolotida  ob’ektiv  va 

sub’ektiv ta’sirlarning roli, ta’siri, rivojlanishning tayanch manbalari bo‘yicha umumiylikning   

yetarli darajada taxlil etilmaganligidir. 

 

 

2-BOB:  PSIXOLOGIYADA SHAXSNING IJTIMOIYLASHUV MUAMMOSI 

             2.1 Shaxsning ijtimoiylashuv mexanizmlari. 

Shaxs,  uning  dunyoni  bilishi,  o‘zini  va  atrofidagi  insoniy  munosabatlarni  anglashi, 

tushunishi va o‘zaro munosabatlar jarayonida o‘zidagi takrorlanmas individuallilikni namoyon 

qilishi hamda ushbu jarayonlarning yoshga va jinsga bog‘liq ayrim jihatlarini tahlil qilish bizga 

umumiy  ravishda  shaxs  –  jamiyatda  yashaydigan  ijtimoiy  mavjudotdir,  degan  xulosani 

qaytarishga  imkon  beradi.  Ya’ni,  u  tug‘ilgan  onidan  boshlab  o‘ziga  o‘xshash  insonlar 

qurshovida  bo‘ladi  va  uning  butun  ruhiy  imkoniyatlari  ana  shu  ijtimoiy  muhitda  namoyon 

bo‘ladi.  Chunki  agar  insonning  ontogenetik  taraqqiyoti,  ya’ni  tug‘ilgan  onidan,  to  umrining 

oxirigacha  bo‘lgan  taraqqiyoti  davriga  e’tibor  beradigan  bo‘lsak,  hali  gapirmay  turib,  odam 

bolasi  hayotining  ilk  daqiqalaridayoq,  o‘ziga  o‘xshash  mavjudotlar  davrasiga  tushadi  va 

keyingina ijtimoiy muloqotning barcha ko‘rinishlarining faol obekti va subektiga aylanadi. Shu 

nuqtai  nazardan,  har  birimizning  jamiyatdagi  o‘rnimiz,  uning  qachon  va  qanday  sharoitlarda 

paydo bo‘lgani, jamiyatga qo‘shilib yashashimizning psixologik mexanizmlari fanning muhim 

vazifalaridan biridir. Bu jarayon ijtimoiylashuv deb yuritiladi. 

Demak,  ijtimoiylashuv  –  inson  tomonidan  ijtimoiy  tajribani  egallash  va  hayot-faoliyat 

jarayonida  uni faol tarzda o‘zlashtirish  jarayonidir.  Sodda  til  bilan aytganda,  ijtimoiylashuv  – 

har bir shaxsning jamiyatga qo‘shilishi, uning normalari, talablari, kutishlari va ta’sirini qabul 

qilgan  holda,  har  bir  harakati  va  muomalasida  uni  namoyon  etishi,  kerak  bo‘lsa,  shu  ijtimoiy 

tajribasi bilan o‘z navbatida o‘zgalarga ta’sirini o‘tkaza olishi jarayonidir. 

Ijtimoiylashuv  eng  avvalo  odamlar  o‘rtasidagi  muloqot  va  hamkorlikda  turli  faoliyatni 

amalga  oshirish  jarayonini  nazarda  tutadi.  Tashqaridan  shaxsga  ko‘rsatilayotgan  ta’sir  oddiy, 

mexanik  tarzda  o‘zlashtirilmay,  u  har  bir  shaxsning  ichki  ruhiyati,  dunyoni  aks  ettirish 

xususiyatlari nuqtai nazaridan turlicha subektiv tarzda idrok etiladi. Shuning uchun ham bir xil 

ijtimoiy  muhit  va  bir  xil  ta’sirlar  odamlar  tomonidan  turlicha  harakatlarni  keltirib  chiqaradi. 



 

22 


Masalan, 10-15 nafar kishidan iborat kasb xunar kolleji talabalarini olaylik. Ularning bilimni, 

ilmni  idrok qilishlari,  ulardan  ota-onalarining kutishlari, o‘qituvchilarning  berayotgan  darslari 

va  unda  yetkazilayotgan  ma’lumotlar,  manbalar  va  boshqa  qator  omillar  bir  xilday.  Lekin 

baribir ana shu 15 talabaning har biri shu ta’sirlarni o‘zicha, o‘ziga xos tarzda qabul qiladi va 

bu  ularning  ishdagi  yutuqlari,  o‘quv  ko‘rsatgichlari  va  iqtidorida  aks  etadi.  Bu  o‘sha  biz 

yuqorida  ta’kidlagan  ijtimoiylashuv  va  individualizatsiya  jarayonlarining  o‘zaro  bog‘liq  va 

o‘zaro qarama-qarshi jarayonlar ekanligidan darak beradi. 

Shaxs  sotsializatsiyasi  yoki  shakllanishining  o‘z  sohasi,  bosqichlari  va  muassasalari 

mavjud. 

Shaxsning shakllanishi asosan uch sohada amalga oshiriladi: 

1)  faoliyat  sohasi,  ya’ni  umri  mobaynida  shaxs  turli  faoliyatlarga  bevosita  yoki 

bilvosita  jalb  etilgan  bo‘lib,  bu  jarayonda  faoliyatlar  jabxasi,  soxasi  kengayib,  boyib 

boraveradi.  Har  bir  faoliyat  turi  individdan  maxsus  fazilatlarni,  malaka  va  ko‘nikmalarni, 

bilimlarni  talab  etadiki,  ularni  qoniqtirish  yo‘lidagi  aktivligi  unda  o‘ziga  xos  ijtimoii-

psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi

2)  muloqot  sohasi,  ayniqsa  maktabgacha  yosh  davrdagi  va  o‘smirlik  davrlaridagi 

muloqot  sistemalari  bolada  bir  qancha  ijtimoiy-psixologik  xislatlarni  paydo  qiladiki,  buning 

natijasida u faol hayotiy mavqega ega bo‘ladi, jamiyatda o‘z o‘rnini tasavvur qilishga erishadi. 

3) o‘z-o‘zini anglash sohasi, ya’ni ''Men" obrazining yil sayin o‘zgarib borishi jarayoni 

bo‘lib,  avval  o‘zini  boshqalardan  farqliligini,  o‘zicha  mustaqil  harakat  qilish,  mustaqil  fikr 

yurita  olish  qobiliyatini  anglash,  so‘ngra  esa  o‘z-o‘zini  baholash,  anglash,  nazorat  qilish- 

xususiyatlari rivojlanadiki, ular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibiy qismidir. 

 

Har  birimizning  jamiyatdagi  o‘rnimiz,  uning  qachon  va  qanday  sharoitlarda  paydo 



bo‘lgani,  jamiyatga  qo‘shilib  yashashimizning  psixologik  mexanizmlari    aniqlash  asosida 

shaxsning  ijtimoiylashuv  komponentlarini  topish  mumkin..  Bu  jarayon  psixologiyada 

ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya deb yuritiladi. 

Demak, sotsializatsiya yoki ijtimoiylashuv - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash 

va hayot - faoliyat jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayonidir. Sodda til bilan aytganda, 

ijtimoiylashuv  -  har  bir  shaxsning  jamiyatga  qo‘shilishi,  uning  normalari,  talablari,  kutishlari 

va ta’sirini qabul qilgan holda, har bir harakati va muomalasida uni ko‘rsatishi va kerak bo‘lsa, 

shu ijtimoiy tajribasi bilan o‘z navbatida o‘zgalarga ta’sirini o‘tkaza olishi jarayonidir. 

Ijtimoiylashuv eng avvalo odamlar o‘rtasidagi muloqot va hamkorlikda turli faoliyatni 

amalga  oshirish  jarayonini  nazarda  tutadi.  Tashqaridan  shaxsga  ko‘rsatilayotgan  ta’sir  oddiy, 

mexanik  tarzda  o‘zlashtirilmay,  u  har  bir  shaxsning  ichki  ruhiyati,  dunyoni  aks  ettirish 

xususiyatlari nuqtai nazaridan turlicha sub’ektiv tarzda idrok etiladi. Shuning uchun ham bir xil 

ijtimoiy  muhit  va  bir  xil  ta’sirlar  odamlar  tomonidan  turlicha  harakatlarni  keltirib  chiqaradi. 


 

23 


Masalan,  10  -  15  ta  o‘quvchidan  iborat  akademik  litsey  o‘quvchilarini  olaylik.  Ularning 

bilimni, ilmni idrok qilishlari, ulardan ota - onalarining kutishlari, o‘qituvchilarning berayotgan 

darslari  va  unda  yetkazilayotgan  ma’lumotlar,  manbalar  va  boshqa  qator  omillar  bir  xilday. 

Lekin baribir ana shu 15 o‘quvchining har biri shu ta’sirlarni o‘zicha, o‘ziga xos tarzda qabul 

qiladi va bu ularning ishdagi yutuqlari, o‘quv ko‘rsatgichlari va iqtidorida aks etadi. Bu o‘sha 

biz yuqorida ta’kidlagan ijtimoiylashuv va individualizatsiya jarayonlarining o‘zaro bog‘liq va 

o‘zaro qarama - qarshi jarayonlar ekanligidan darak beradi. 

Shaxs  sotsializatsiyasi  to‘g‘risida  gap  ketarkan,  aytish  kerakki,  sotsializatsiya  sof 

ijtimoiy-psixologik  tushuncha  bo‘lib,  u  —    individning  ijtimoiy  muhitga  qo‘shilishi,  ijtimoiy 

ta’sirlarni o‘ziga singdirishi va aktiv ravishda muloqot sistemasiga kirib borishi jarayonidir. Bu 

jarayon  ikki  tomonlama  bo‘lib,  bir  tomondan,  shaxs  aktiv  ravishda  ijtimoiy  ta’sirlarni  qabul 

qiladi,  ikkinchi  tomondan  esa,  ularni  hayotda  o‘z  xulq-atvorlari,  munosabatlarida  namoyon 

etadi. Bu jarayon normal individda tabiiy tarzda ro‘y beradi, chunki individda shaxs bo‘lishga 

ehtiyoj  hamda  shaxs  bo‘lishiga  imkoniyat  va  zaruriyat  bordir.  Shuning  uchun  ham  bola 

tug‘ilib, ijtimoiy muhitga qo‘shilgan ondan boshlab, undagi shaxs bo‘lishga intilishni, undagi 

shakllanish  jarayonini  kuzatish  mumkin  (masalan,  chaqaloqlardagi  bevosita  emotsional 

muloqotga ehtiyojning borligi). 

Shaxs  sotsializatsiyasi  yoki  shakllanishining  o‘z  sohasi,  bosqichlari  va  muassasalari 

mavjud. Shaxsning shakllanishi asosan uch sohada amalga oshiriladi: 

1)  faoliyat  sohasi,  ya’ni  umri  mobaynida  shaxs  turli  faoliyatlarga  bevosita  yoki 

bilvosita  jalb  etilgan  bo‘lib,  bu  jarayonda  faoliyatlar  jabxasi,  soxasi  kengayib,  boyib 

boraveradi.  Har  bir  faoliyat  turi  individdan  maxsus  fazilatlarni,  malaka  va  ko‘nikmalarni, 

bilimlarni  talab  etadiki,  ularni  qoniqtirish  yo‘lidagi  aktivligi  unda  o‘ziga  xos  ijtimoii-

psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi; 

2)  muloqot  sohasi,  ayniqsa  maktabgacha  yosh  davrdagi  va  o‘smirlik  davrlaridagi 

muloqot  sistemalari  bolada  bir  qancha  ijtimoiy-psixologik  xislatlarni  paydo  qiladiki,  buning 

natijasida u faol hayotiy mavqega ega bo‘ladi, jamiyatda o‘z o‘rnini tasavvur qilishga erishadi. 

3) o‘z-o‘zini anglash sohasi, ya’ni ‘‘Men" obrazining yil sayin o‘zgarib borishi jarayoni 

bo‘lib,  avval  o‘zini  boshqalardan  farqliligini,  o‘zicha  mustaqil  harakat  qilish,  mustaqil  fikr 

yurita  olish  qobiliyatini  anglash,  so‘ngra  esa  o‘z-o‘zini  baholash,  anglash,  nazorat  qilish- 

xususiyatlari rivojlanadiki, ular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibiy qismidir. 

Shaxs  ijtimoiylashuvining  ushbu  bosqichlari  mavjud.  Masalan,  birinchi  bosqich—

mehnat faoliyatigacha bo‘lgan bosqich bo‘lib, unga bolaning maktabgacha  yosh davri hamda 

o‘qish yillari kiradi. Bu davrdagi ijtimoiylashuvning ahamiyati va o‘ziga xosligi shundaki, bu 

davrda asosan tashqi ijtimoiy muhit, ijtimoiy ta’sirlar faol ravishda ongga singdiriladi, mustaqil 

hayotga  tayyorgarlik  borasida  muhim  bosqich  o‘tiladi.  Ikkinchi  bosqich  —  mehnat  faoliyati 



 

24 


davri  —  bu  davr  odamning  yetuklik  yillari  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  avvalgi  davrlarda  singdirgan 

ijtimoiy  ta’sirlarni  bevosita  faol  faoliyatda,  shaxslararo  munosabatlar  sistemasida  namoyon 

etadi.  Kasbga  ega  bo‘lib,  aniq  hayot  yo‘lini  tanlagan,  turmush  qurib,  kelgusi  avlodni 

tarbiyalayotgan  shaxsda  namoyon  bo‘ladigan  barcha  ijtimoiy  fazilatlar  shu  davrning 

mahsulidir.  Nihoyat,  uchinchi  bosqich  —  mehnat  faoliyatidan  keyingi  davr  bo‘lib,  bunga 

asosan  aktiv  mehnat  faoliyatidan  so‘ng  qarilik  gashtini  surayotganlar  kiradi.  Bu  davrda  ham 

shaxs  ijtimoiylashuvi  davom  etaveradi,  chunki  endi  ilgarigi  davrlarda  orttirilgan  tajriba 

boshqalarga uzatiladi, shunga ko‘ra shaxs strukturasida ham xususiy o‘zgarishlar ro‘y beradi. 

Bu jarayon ro‘y beradigan sharoitlar — muassasalar xususida gapiriladigan bo‘lsa, turli 

davrlarda  oila,  bolalar  muassasalari,  maktab,  boshqa  dargohlari,  mehnat  jamoalarining  roli 

nazarda tutiladi. 

Shaxs  toifalari  va  ularning  ijtimoiy  psixologik  xarakteristikasi.  Psixologlarning  fikricha, 

(G.Asmolov,  P.Shixerev,  V.A.Yadov,  P.Nadirashvili  va  boshqalar)  ijtimoiy  ustanovkalarni 

o‘zgartirish  uchun  shu  ustanovkaning  sababi  bo‘lgan  vaziyat  yoki  faoliyatning  maqsadi  va 

motivini o‘zgartirish shartdir. Shu narsa shaxsning aktiv ongli faoliyatida sodir bo‘ladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling