Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti
-BOB SHAXSNING RIVOJLANIShI VA IJTIMOIYLASHUVINING O‘ZARO
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi zamon psixologiyasida shaxsning rivojlanishi va ijtimoiylashuvi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3Shaxsiy
- 3.2 Qishloq, shahar yoshlarida rivojlanish va ijtimoiylashuv Shaxaslararo moslik mezonlari nisbati
- 1-jadval SHaxar xudududa ijtimoiylashuv jarayoni
- Qishloq xududida ijtimoiylashuv jarayoni
- 3.3 Qishloq yoshlari shaxsinig rivojlanishi va ijtimoiylashuvidagi tezlashtiruvchi omillar.
3-BOB SHAXSNING RIVOJLANIShI VA IJTIMOIYLASHUVINING O‘ZARO NISBATI. 3.1 Shaxsning rivojlanishida ijtimoiylashuvning o‘zaro nisbati. 1. O’zi uchun ijtimoiy muxit ta’sirini bilish, ya’ni shaxsiy maqsad va maslaklar, ag’batlantirish, xayoliy
repitisiyalar va kognitiv tahlillar orqali o’zining mustaqil inson, shaxs ekanligini, o’zida
boshqalarga o’rnak bo’luvchi sifatlar borligini anglash
5. O’z-o’zini boshqarishga asoslangan ijtimoiy faoliyatni tashkil etish
o’zini o’zi kuzatish, o’z-o’zini baholash
3Shaxsiy tashabbus va o’ziga ishonchni namoyon etish uchun shart- sharoit yaratish
Yuqorida qayd etilgan sifatlarning afzalliklarin i o’zgalarga namoyish etib, uning afzalliklarig a ishontira olish 39
Insoniyat tarixi qanchalik qadimiy bo’lsa, shaxs rivojlanishida insoniy munosabatlar, shaxslararo ijtimoiy munosabatlar masalasi xam shu darajada ko’xna va xamisha dolzarbdir. Ijtimoiylashuning asosida shaxs rivojlanishi yotar ekan, inson tafakkuri va uning aql idrokiga xos bo‘lgan muxim psixologik xususiyatlarni rivojlantirish zarur. Uning ijtimoiylashuvi taraqqiyoti eng avvalo, kishilik jamiyatidagi o’zaro munosabatlarni qay darajada mukammalligiga hamda insoniyligiga boglik. Demokratik munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning muxim bir shakli sifatida xar bir mo’tadil taraqqiy etayotgan insonning ma’naviy barkamolligi negizini tashkil etadi Xalqimiz ma’naviyati va ma’rifatiga nazar tashlar ekanmiz, qadimiy Sharq mamlakatlarida davlatchilik an’analari avvalo inson xaq-xuquqlari, erki, tafakkuri, rivojiga munosib o‘zaro munosabatlar, bir so’z bilan aytganda, insonparvarlik tamoyillari asosiga qurilgan ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Aks xolda tarix ulug bobolarimiz M. Gaznaviy, A. Temur, X.Boyqarolarni bilmagan, ularning buyuk zexni va iqtidori, jamiyat, fan, madaniyati va ravnaqiga qo’shgan xissalaridan baxramand bo‘lmagan bo‘lar edi. Lekin insonlar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar sharqda o‘ziga xos va xar bir millat psixologiyasiga mos xolda shakllangandir. Ijtimoiy psixologik munosabatlarning psixologik tabiatini taxlil qilar ekanmiz, uning shaxs kamoloti va saloxiyatiga ta’siri masalasiga alohida to‘xtab o‘tish joizmdir,. Chunki, aynan jamiyatda, shaxslararo munosabatlarda shaxsda o‘zini-o‘zi anglash, o‘zini-o‘zi kamol toptirish jarayonlari tezlashadi, samimiy, insoniy munosabatlar, inson xaq-xuquqlarini e’zozlashga asoslangan munosabatlar shaxsning o‘zi xaqidagi bilimlarini, o‘z imkoniyatlarini va nasl- nasabini aniqroq xolda to’griroq tasavvur qilishga imkon beradi. Ikkinchidan, aynan to‘g‘ri ijtimoiy munosabatlar o‘zga shaxslar xuquq va erkinliklarini xam anglash, ularni xurmat qilishga qaratilgan tasavvurlar majmuining bo‘lishiga imkon yaratib, insoniy munosabatlarda madaniyat va iltifot tamoyillariga amal qilinishiga sharoitlar yaratadi.
Shaxsning rivojlanishida tashqi ta’sirlardan munosabatga kirishish, ijtimoy mexnat, o‘zaro suxbatning axamiyati katta .Bular ijtimoiylashuv omillari bo‘lib xizmat qiladi. Ularning o‘rni shundaki, shaxs shaxslararo munosabatga kirishish orqali jamiyat qonunlarini ongli taxlil qilishi, o‘z-o‘zini baxolash motivlarini shakllanishi, ya’ni tevarak atrofdagi odamlar xatti- xarakatlarini kuzatib, o‘z xatti-xaraktalari bilan solishtirib, qiyosiy taxlil qiladilar.Shaxs rivojlanishi oiladan boshlanar ekan biz oilani ijtimoiylashuv xarakterini xisobga olishimiz kerak.
Oilaviy sotsializatsiya jarayonini bir tomonlama, ya’ni, farzandlar tarbiyasidagi roli bilan cheklash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki ayniqsa, yosh oilada nikohdan so‘ng er va xotin boshqa oila a’zolari jamiyatida xohlasa-xohlamasa o‘z-o‘zidan tarbiyalanib, xarakter xislatlarini o‘zgartirib boradilar. Masalan, ilgari tortinchoq, uyatchan, ikkilanuvchan yigit, 40
uylangach, turmush o‘rtog‘i nigohida obro‘si mehr-muhabbat tufayli oshgan sari, o‘zida kuch- qudratni, irodani sezib, dadil, faol, o‘ziga nisbatan ijobiy fikrli, aqlli, bosiq bo‘lib borishi tabiiy. Kelinchak ham yangi xonadon sharoitiga ko‘nikib borgan sari, uning an’analarini muvaffaqiyat bilan o‘zlashtirib borgan sari, turmush o‘rtog‘ining mehrli muhabbati, qaynnona va qaynotaning g‘amxo‘rligi, e’tiborliligi oqibatida yanada iffatli, sermulohazali, ziyrak va farosatli bo‘lib, o‘zidagi ilgari mavjud ayrim salbiy xarakter sifatlaridan qutulishi ham mumkin. Bu – er va xotin uchun oila muhitining yangi bosqichdagi ijtimoiylashuv maskani sifatidagi o‘rnini isbotlaydi. Lekin ayrim oilalarda er va xotin o‘rtasida samimiy, iliq munosabatlarning yo‘qligi, tashqi tomondan nomiga oila qurganliklari, ma’nan esa bir-birlariga nisbatan beganoday qolganliklari bois bu yerda o‘zaro munosabatlar hamisha tarang, yuzaki bo‘lib boradi. Tabiiy, bunday munosabatlar nafaqat ularning o‘ziga balki ularni o‘rab turgan boshqa qarindoshlar, ayniqsa, farzandlarga faqat salbiy ta’sir etadi , yoshlarning ijtimoiylashuv jarayoniga to‘g‘anoq bo‘lishi ham mumkin. “Ko‘cha bolalari”, “tarbiyasi og‘ir bolalar”, voyaga yetmay turib jinoyatga qo‘l urgan o‘smirlar aksariyat holatlarda aynan shunday oilaviy muhitning qurbonlari hisoblandi Ijtimoiylashuv tushunchasi ijtimoiy-psixologik kategoriya bo‘lib, bu shaxsning uni o‘rab turgan tashqi ijtimoiy muhit ta’sirlariga berilishi, uning norma va qoidalarini o‘zlashtirishga moyilligi, o‘zlashtirganlik darajasini ifodalovchi jarayon xisoblanadi. Bu tushunchaning umumiy ma’nosida insonning tug‘ilib, o‘zini bevosita o‘rab turgan tashqi muhit ta’sirida ulg‘ayishi, shu jamiyat, shu atrof-muhit qurshovida tarbiyalanishi yotadi. Oila muhiti har bir shaxs uchun ana shunday birlamchi, dastlabki ijtimoiylashuv o‘chog‘i, maskani hisoblanadi. Ijtimoiylashuvning ikkilamchi maskanlari ham mavjudki, unga Mehribonlik uylari, maxsus internatlar hamda harbiy bilim yurtlari kiradi. Chunki u yerda nisbatan uzoq vaqt mobaynida bola tarbiyalandi, o‘sha yerning normalari, qadriyatlari va talablari ta’sirida dunyoqarashi shakllanadi, shaxs bo‘lib yetiladi. Agar dastlabki yoki ikkilamchi ijtimoiylashishdan chekinish, undan mahrum bo‘lish yoki xulqning tashqi salbiy ta’sirotlar natijasida deviant shaklga kelishi qayd etilsa, unda ilmiy tilda aytganda, resotsializatsiya deb nomlangan jarayon nazarda tutiladi.Shaxsni rivojlanishidagi ijtimoiylashuvning o‘zaro nisbati psixologik moslik asosida xam ko‘rish mumkin Ya’ni psixologik moslik shaxsni gurux bilan kelishib ketishi, jamoa bilan o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishi, mos kelmagan jixatlarni rivojlanish jarayonida e‘tiborga olishi nazarda tutiladi. Psixologik moslik deganda, guruh a’zolari sifatlari va qarashlarining aynanligi emas, balki ular ayrim sifatlarining mos kelishi, qolganlarining kerak bo‘lsa, tafovut qilishi nazarda tutiladi. Moslikning mezoni sifatida rus olimi N.Obozov quyidagilarni ajratadi: O‘tkazilgan tadqiqotlar psixologik moslikning ko‘plab qirralari bo‘lishi mumkinligini isbot qildi. Asosan shuni unutmaslik kerakki, qaysi faoliyat va uning maqsadi odamlarni 41
birlashtirgan bo‘lsa, o‘sha maqsadni idrok qilish va birgalikda anglash istagida uyg‘unlikning bo‘lishi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi.
ijtimoiylashuvda shaxslararo moslik mezonlari klassifikasiyasi Bundan tashqari, fanda asosan ikki xil o‘zaro moslik farqlanadi: psixofiziologik va ijtimoiy psixologik. Birinchi holatda faoliyat jarayonida odamlarning bir xil va mos tarzda harakat qila olishlari, reaksiyalar mosligi, ish ritmi va tezligidagi uyg‘unliklar nazarda tutilsa, ikkinchisida ijtimoiy xulqdagi moslik - ustanovkalar birligi, ehtiyoj va qiziqishlar, qarashlardagi monandlik, yo‘nalishlar birligi nazarda tutiladi. Birinchi xil moslik ko‘proq konveer usulida ishlanadigan sanoat korxonalari xodimlarida samarali bo‘lsa, bu oliygoh o‘qituvchilari, ijodiy kasb egalarida iloji yo‘q va bo‘lishi mumkin emas, ularda ko‘proq ijtimoiy psixologik moslikning ahamiyati kattad
Shaxaslararo moslik mezonlari nisbati
kuch-energiyalari
42
Ma’lumki qishloq va shahar mihitidagi ijtimoiylashuv jarayoni ma’lum farqlarni ifodlasada, hozirda o’zari nisbat bir biriga yaqin bo’lib bormoqda.Qishloq yoshlarining shaharlarga o’qish uchun, ishlash uchun ko’proq jalb qilinishibuning yaqqol misolidir. Insin tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot faoliyat jarayonida uni faol tarzda o’zlashtirish ijtimoiylshuvni ko’rsatadi. Shu o’rinda qishloq va shahar yoshlarini muloqatga kirishishida ularni egallagan bilim,ko’nikma va malakalari asoiy rol o o’ynashini e’tirof etar ekanmiz, bu o’rinda muloqatning rolini malohida ko’rsatish maqsadga muvifiq deb o’ylaymiz. Chunki bugungi kunda bu muammo ijtimoiylashuvning muhim masalalaridandir. Ma’lumki, gaplashayotgan odamlar biri gapiradi, ikkinchisi tinglaydi, eshitadi. Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o‘zaro mosligi, bir - birini to‘ldirishiga bog‘liq ekan. Noto‘g‘ri tasavvurlardan biri shuki, odamni muomala yoki muloqotga o‘rgatganda, uni faqat gapirishga, mantiqan asoslangan so‘zlardan foydalanib, ta’sirchan gapirishga o‘rgatishadi. Uning ikkinchi tomoni - tinglash qobiliyatiga deyarli e’tibor berilmaydi. Mashhur amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnegi «Yaxshi suhbatdosh - yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir» deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bo‘lishini nazarda tutgan edi. Mutaxassislarning aniqlashlaricha, ishlayotgan odamlar vaqtining 45%i tinglash jarayoniga ketar ekan, odamlar bilan doimiy muloqotda bo‘ladiganlar 35 - 40 % oylik maoshlarini odamlarni «tinglaganlari» uchun olarkanlar. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, kommunikatsiyaning eng qiyin sohalaridan hisoblangan tinglash qobiliyati odamga ko‘proq foyda keltirarkan.Bu qishloq yoshlarini ijtimoiylashuvga tortish omili hamdir Shuning uchun bo‘lsa kerak, nemis faylasufi A. Shopengauer «Odamlarni o‘zingiz to‘g‘ringizda yaxshi fikrga ega bo‘lishlarini xohlasangiz, ularni tinglang» deb yozgan ekan. Darhaqiqat, agar siz kuyunib gapirsangizu, suhbatdoshingiz sizni tinglamasa, boshqa narsa bilan ovora bo‘laversa, undan ranjiysiz, nafaqat ranjiysiz, balki u bilan aloqani ham uzasiz. O‘qituvchi gapirayotgan paytda uni tinglamaslik odobsizlikning eng keng tarqalgan ko‘rinishi deb baholanishini bilasizmi? Nima uchun biz ko‘pincha yaxshi gapiruvchi, so‘zlovchi bo‘la olamiz-u, yaxshi tinglovchi bo‘la olmaymiz? Psixologlarning fikricha, asosiy xalaqit beruvchi narsa - bu bizning o‘z fikr - o‘ylarimiz va xohishlarimiz og‘ushida bo‘lib qolishimizdir. Shuning uchun ham ba’zan rasman sherigimizni tinglayotganday bo‘lamiz, lekin aslida xayolimiz boshqa yerda bo‘ladi. Tinglashning ham xuddi gapirishga o‘xshash texnikasi, usullari mavjud. Ularning turi ham ko‘p , lekin asosan biz kundalik hayotda uning ikki usulini qo‘llaymiz : so‘zma - so‘z qaytarish va boshqacha talqin etish. Birinchisi, suhbatdosh so‘zlarining bir qismini yoki yaxliticha qaytarish orqali, sherikni qo‘llab - quvvatlashni bildiradi. Ikkinchi usul esa - 43
sherigimiz so‘zlarini tinglab, undagi asosiy g‘oyani muxtasar, o‘zimizning talqinimizda ifoda etish. Ikkala usul ham sherik uchun muhim, chunki u sizning tinglayotganingizni, xattoki, undagi g‘oyalarga qarshi emasligingizni bildiradi. Bunday tashqari, biz yaxshi tinglayotgan bo‘lib, «Yo‘q-e?», «Nahotki?», «Qara-ya?», «Yasha!» luqmalari bilan ham suhbatdoshimizni gapirishga, yanayam o‘z fikrlarini oydinlashtirishga chaqirib turamiz. Demak, aslida bizdagi gapirayotgan shaxs yetakchi, u suhbatning mutloq xokimi, degan tasavvur unchalik to‘g‘ri emas. Yaxshi tinglashda ham shunday kuch borki, u suhbatdoshni Sizga juda yaqinlashtiradi, ishonchni tug‘diradi. Chunki muloqot jarayonidagi eng qimmatli narsa - bu axborotning o‘zi. Tinglayotgan odam ma’nili, yaxshi dialogdan faqat yaxshi, foydali ma’lumot oladi. Gapirgan esa aksincha, o‘zidagi borini berib, gapirmaydigan suhbatdoshdan «teskari aloqani» olib ulgurmay, hech narsasiz qolishi ham mumkin. Shuning uchun muloqotga o‘rgatishning muhim yo‘nalishlaridan biri - odamlarni faol tinglashga, bunda barcha paralingvistik va noverbal omillardan o‘rinli foydalanishga o‘rgatishdir. Bu borada professional tinglash texnikasiga quyidagilar kiradi:
yoki yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan tashqari joylariga qaramaslik, mimika, bosh chayqash kabi harakatlar bilan uning har bir so‘ziga qiziqayotganligingizni bildirishni nazarda tutadi;
suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish. Bu nafaqat suhbatdoshni o‘ziga jalb qilib, balki keyin navbat kelganda o‘zining har bir so‘ziga uni ham ko‘ndirishning samarali yo‘lidir.
tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali o‘zingizning suhbatdan manfaatdorligingizni bildirish yo‘li. Agar biz suhbatdoshimizni yaxshi, diqqat bilan tinglasak, bu bilan biz unda o‘z - o‘ziga hurmatni ham tarbiyalaymiz. Demak, tinglash jarayoni ko‘pchilik tasavvur qilgani kabi unchalik passiv jarayon emas ekan. Uning muloqotning samarali bo‘lishidagi ahamiyati nihoyatda katta. Chunki tinglash qobiliyati gapiruvchini ilhomlantiradi, uni ruhlantiradi, yangi fikrlar, g‘oyalarning shakllanishiga sharoit yaratadi. Shuning uchun ma’ruzachi professorning har bir chiqishi va ma’ruzasi agar talabalar tomonidan diqqat bilan tinglansa, bu pedagogik muloqotdan ikkala tomon ham teng yutadi. Agar muloqot jarayonida ishtirok etuvchi ikki jarayon - gapirish va tinglashning faol o‘zaro ta’sir uchun teng ahamiyatini nazarda tutsak, bu jarayon qatnashchilarining psixologik savodxonligi va muloqot texnikasini egallashining ahamiyatini anglash qiyin bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiyada odamlarni samarali muloqotga ataylab o‘rgatishga juda katta e’tibor beriladi. Bu boradagi fanning o‘z uslubi bo‘lib, uning nomi ijtimoiy
44
hozirlash, ularda zarur kommunikativ malakalarni shakllantirishdir. Eng muhimi IPT mobaynida odamlarning muloqot borasidagi bilimdonligi ortadi Yoqoridagi fikrlar asosida qishloq va shahar yoshlari ortasida rivojlanishda ham ijtimoiylashuvda ham katta farq bor ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qildik. Quyidagi jadvallarda shahar va qishloq yoshlari o’rtasida olib borilgan ijtimoiy treninglar natijalarirtltirilgan 1-jadval SHaxar xudududa ijtimoiylashuv jarayoni
Guruhlar Tekshiruv (n=40) Nazorat (n=40) shahar (n=15) qishloq (n=25) shahar (n=25) qishloq (n=15) o‘g‘il n=8 qiz n=7 o‘g‘il n=15 qiz n=10 o‘g‘il n=10 qiz n=15 o‘g‘il n=10 qiz n=5 I guruh 33,9
25,5 40,8
37,5 33,9
42,7 61,4
43,3 II guruh 42,6
32,6 59,0
55,5 42,3
53,4 90,5
64,0 III guruh 26,2
19,9 39,0
36,0 37,0
56,9 60,0
43,0 IV guruh 32,9
24,8 38,6
35,3 37,5
70,8 58,6
41,5 o‘rtacha qiymat 13,6 10,8 17,4 16,3 15,7 33,8 27,5 19,8
2-jadval Qishloq xududida ijtimoiylashuv jarayoni
Guruhlar TO (n=40) NO (n=40) shahar (n=15) qishloq (n=25) shahar (n=25) qishloq (n=15) o‘g‘il n=8 qiz n=7 o‘g‘il n=15 qiz n=10 o‘g‘il n=10 qiz n=15 o‘g‘il n=10 qiz n=5 I guruh 33,9
25,5 40,8
37,5 31,9
42,7 60,4
37,3 II guruh 42,6
32,6 59,0
55,5 41,3
43,4 84,5
48,0 III guruh 26,2
19,9 39,0
36,0 30,0
46,9 53,0
32,0 IV guruh 32,9
24,8 38,6
35,3 30,5
60,8 45,6
19,5 o‘rtacha qiymat 13,6 10,8 17,4 16,3 15,7 33,8 27,5 19,8
45
Qishloq yoshlari shaxsining rivojlanishi va ijtimoiylashuvidagi tezlashtiruvchi omillariga tashqi muhit, shahslararo munosabatlar, shahsning mas’uliyatlilik hususiyatlari; maqsad va ideallar;qiziqish va dunyoqarashi, ijtimoiylashuv jarayonida shaxs faoliyatini yunaltirib turadigan va real vaziyatlarga nisbatan turgun, barqaror motivlar, ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar;mafkuraviy qarashlar;oilaviy munosabatlar; ijtimoiy ustanovkalar:elementar ustanovka;ijtimoiy ustanovka;bazaviy ijtimoiy ustanovkalar;qadriyatlar tizimi, shaxs hayotidagi, u jamiyatning o‘z a’zolari xulq - atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan harakatlar majmui va boshqalar. Ijtimoiylashuvning shakllanishida mavjud psixologik muxitni baxolash mezonlari ushbu mezonlar Shaxslarning muloqatchanligi, moslanuvchanligi va psixologik ta’sirchanligi mezonlari asosida aniqlandi.Tadqiqot natijalariga ko‘ra shaxar xududidagi shaxslarning rivojlanishi va ijtimoiylashuvi qishloqqa nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi.Chunki bunga sabab shaxar xududidagi o‘zaro munosabatlarga kirishish jarayoni turli, tuman va ijtimoiy extiyojlarning ustunligidir. Shaxar xududida ijtimoiylashuvni tezlashtiruvchi omillarga: 1.Ijtimoiy ustanovkalarning shartlangan xususiyatga egaligi, 2.Shaxslararo munosabatlarni shaxs extiyojiga aylanganligi, 3.O‘zaro psixologik ta’sirning ijtimoiy mazmunga egaligi. 4.Yashash sharoitidagi talaba extiyojlarning kondirilish zaruriyligi.
3-jadval Shaxar xududidagi shaxslarning ijtimoiylashuvi javoblar savollar 1 2
1 49
8% 13
02% 10
6,9% 2 4 13 3
46
6, % 02%
5% 3 2 3,3% 23
08,9% 17
8,8% 4 4 6,7% 5 0,4% 3 5%
5
5 0,4% 11
8,6% 6
0 7
15 5,4%
Qishloq va shaxar xududida shaxslarni rivojlantirish va ijtimoiylashuvi shakllangan sifatlarni barkarorlashtiruvchi, kuchaytiruvchi funksiyalarni bajargan ushbu treninglardan olingan natijalar, o‘quvchilarning yakunlovchi bosqichdagi rolli o‘yinlarga munosabati va o‘zaro munosabatlari, ijtimoiylashuvni shakllantirish maxsus ijtimoiy psixologik shart- sharoitlarda modellashtirish va o‘tkazish mumkinligini tasdiqladi. Quyida keltirilgan jadvallarni kuzatar ekanmiz, barchasida yaxshi va yomon, noqulay sifatlar borligini ko‘ramiz. Hayotda ko‘pincha sof u yoki bu tip vakili uchramaydi, lekin u yoki bu vaziyatlarda takrorlanadigan fazilatlarga qarab odamlarni tiplarga bo‘lamiz.ayniqsa qishloq va shahar yoshlari o’rtasida bu yaqqol o’z ifodasni topdi. Bundan tashqari, bir marta ko‘rishda odam haqida xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Uni turli sharoitlarda bir necha marta kuzatish lozimligiga ishonch xosil qildik.
Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling