Zaxiriddin muxammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
ingliz tilida shaklan faqat birlikda turuvchi otlar va ularning ozbek tilidagi muqobillari qiyosiy tahlili hamda linguodidaktika muammolari
dengiz suvlari, go’sht-yog’lar, nonlar ta’mi, vinolar turi, daryo baliqlari.
Ingliz tilida ba’zi otlarning miqdorini ko’rsatish uchun “piece” so’zidan foydalanamiz. Masalan, a piece of bread, two pieces of sugar. Ammo, shunday mustasno holatlar ham borki, masalan “water-suv” so’zi ko’plik shaklda ham ishlatiladi. Masalan, The waters of the Atlantic Ocean. Lekin, bu ko’proq stilistikaga bog’liq holat. Ingliz tilidagi bu kabi holatlarning yana bir qiyinchilik tomoni shundaki, bu turdagi otlardan keyin keladigan fe'lning soni. Masalan, Phonitics is a science.Trousers are bad. [25,33] A.A.Potebnya so`zning semantikasida jamlik mavjud yoki mavjud emasligini aniqlashda otni yakka predmetga nisbatan ishlatish imkoniyatining bor yoki yo`qligini asos qilib olishini aytgan edi. Masalan, olomon, armiya so`zlarini bir kishiga nisbatan ishlatib bo`lmaydi. Kim yoki nima so`zlariga munosabatiga ko`ra otlar: kishi va narsa otlariga bo`linadi. Hafiza, Olim, odam, qariya — kim so`rog`iga javob bo`lib, kishi otlarini ifodalaydi. Mashina, fontan, stadion, qo`shchinor – nima so`rog`iga javob bo`lib narsa otlarini ifodalaydi. Sanalish-sanalmasligiga ko`ra sanaladigan va sanalmaydigan otlarga bo`linadi. Sanaladigan otlarning asosini konkret otlar tashkil qiladi: daftar, kitob, ruchka, olma. Sanalmovchi predmet otlariga, asosan, modda otlari (abstrakt otlar) kiradi: qum, muz, tuz, un, tutun, havo kabi. [17, 34-36] Shu jumladan ingliz tilida sanaladigan otlar va sanalmaydigan otlar hamda ularning turlari masalasi ham juda muhim. Masalan, inglz tilida sanalmaydigan otlar 34
yana ikki turga bo'linadi: birlik shaklga ega bo’lmagan va ko’plik shaklga ega bo’lmagan otlar. milk, geometry, self-possession kabi otlar ko’plik shaklga ega emas, shuning uchun ular lotincha so’z bilan — singularia tantum (shaklan faqat birlikdagi otlar) deb ataladi. Ingliz tilidagi bunday otlarning o’zbek tilidagi muqobillari masalasiga kelsak, ular bir-biriga biroz o’xshaydi. Masalan: ikki tilda ham sanaladigan va sanalmaydigan otlar mavjud. Ikki tilda ham jamlovchi (collective nouns) otlar bor. Quyida biz misollar orqali fikrlarimizni isbotlashga harakat qilamiz.
Milk: a lot of milk, much milk, little milk [3]
Butter: We were served scones with butter and jam. Have some bread and butter.
Bread: This bread is fresh/stale. Do you bake your own bread?
Sugar: I don't take sugar in my coffee, thanks. [14]
Wine: Shall we have a bottle/glass of wine with dinner?
Iron: Iron rusts easily. Liver is a particularly rich source of dietary iron. [3]
Meat: I don't eat meat. (raw meat red/white meat)
Water: Can I have a drop of water in my whiskey, please? Is the water hot enough for a bath?
The human body is about 50% water. [14]
Fish: Several large fish live in the pond. Sanjay caught the biggest fish I've ever seen. [14] Ammo, ingliz tilidagi ba’zi otlarni, masalan, fish, deer kabilarni ingliz tilida ko’plik shakli mavjud emas. O’zbek tilida esa bunday holatni kuzatmaymiz. Ushbu so’zlar o’zbek tilida sanaladigan otlar sirasiga kiradi. Masalan, bitta baliq- bir nechta baliqlar. Misol, -Several large fish live in the pond. Bu xovuzda bir nechta katta baliqlar yashaydi. Ma’lumki, several so’zi doim ko’plikdagi otlarni miqdorini ko’rsatib keladi, biroq fish so’zida hech qanday o’zgarish, ya’ni ko’plik ma’nosini ifodalovchi belgi mavjud emas. [14]
35
eng katta baliqni tutdi. Ko’rinib turibdiki, bu yerda Sanjay tutib olgan bir dona eng katta baliq nazarda tutilmoqda, ya’ni bu gapda fish so’zi birlikda kelyapti, biroq hamon shakl bir xil, ya’ni birlikda. [14]
Ingliz tilidagi
shaklan faqat birlikda turuvchi otlar va ularga muqobillar tanlash va ularni o’zbek tiliga tarjima qilish muammolarini ushbu bobning keying qismida batafsilroq yoritishga harakat qilamiz.
Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling