Zaxiriddin muxammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
ingliz tilida shaklan faqat birlikda turuvchi otlar va ularning ozbek tilidagi muqobillari qiyosiy tahlili hamda linguodidaktika muammolari
36
tiliga tarjimasi muammolari Tarjima bu, boshqa tildagi badiiy go’zallikni o’z xalqi uchun ijodiy o’zlashtirish, yangi tilning quvvati va qudratini namoyish etib, asarni shu tilning san'at qodisasiga aylantirish demak.
Til - muayyan millatning atrofdagi borliqni qanday xis etayotganligini ifodalovchi, ushbu olamning o’ziga xos tomonlarini tegishli mamlakatning geografik jihatdan joylashuvi, tarixi, dini va an'analariga bog’liq holda millat nuqtai nazariga asoslanib aks ettiruvchi vositadir. Til vositasida insonlarning har qanday uyushmasi o’z niyati, xoxish va istagini izxor qiladi.
Xalqaro munosabatlar amaliyotida dunyo tillarining oltitasi yetakchilik qilishi e'tirof etilgan. Ulardan biri shubhasiz ingliz tili bo’lib, u to’rt yuz million kishi uchun ona tili hisoblanadi. [7, 6]
Bundan tashqari, uch yuz millionga yaqin kishi ushbu tildan millatlararo munosabatlar vositasi sifatida foydalanadi. Jahonning yana bir yarim milliard aholisi o’z ishi va hayotida ingliz tilini ikkinchi yoki uchinchi til sifatida qo’llaydi.
Tilni professional darajada o’zlashtirib, tarjimon bo’lib ishlash deyarli keng yoritilmaydigan, o’ziga xos va yetarlicha nozik masaladir. Tarjima qiyofasi turli- tuman bo’lib, unda reklama matnidan shifokorlar qo’llaydigan atamalarga, olim kishining falsafiy muloxazalaridan chim ustida o’ynaladigan xokkeyning xalqaro matchiga oid e'tiroz muhokamasiga va shu kabi cheksiz mavzularning biridan ikkinchisiga o’tishga to’g’ri keladi. Bu esa professional tarjimondan nafaqat tilga, balki og’zaki nutqqa oid bilimlarga ham ega bo’lishni talab qiladi.
Tarjima -juda murakkab ishdir. Sun'iy intellekt texnologiyalariga asoslangan avtomatik tarjima tizimlari paydo bo’lib borishiga qaramay tarjima har doim ijodiy ish bo’lib kelgan va shundayligicha qoladi. Agar kishi tarjima haqidagi zaruriy ma'lumotlarning loaqal minimumidan boxabar bo’lsa, tarjima oldida turgan vazifa yechimini yengillatishi mumkin, zero ushbu minimum tarjimonga vazifani 37
to’liq anglab yetish, tarjima qila olishiga doir real qobiliyatini to’g’ri belgilash imkoniyatini beradi. Buning uchun professional tarjimonlarda shakllangan ko’nikma va usullarni o’zlashtirish, shuningdek, tarjima byurolari xizmatlaridan unumli foydalanish darkor. Materialni bayon etish uslubi, yo’sini, shakli va tarzi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda xalqaro aloqalar shu qadar jadal kechib bormoqdaki, tarjima qilinishi kerak bo’lgan hujjatlar soni (asliyat hajmi) kun sayin ko’payib bormoqda. So’nggi yillarda og’zaki arjimaning ham, yozma tarjimaning ham hajmi sezilarli ravishda ortib ketdi. Tarjimonlar safiga qo’shilganlar soni ko’paydi. Chet tili va tilshunoslikka oid ma'lumotga ega bo’lishni istaganlar sonining ortib borishi esa - tarjimonlik kasbiga talab hamon dolzarbligicha olayotganligidan dalolat beradi.
Tarjima o’rgatilayotgan tilda berilgan notanish ma’lumotni, ingliz tilida tushunish qiyin bo’lgan ma’lumotni ongli tushunishga yordam beradi. Tarjimadan foydalanib, tarjimon ingliz tilini bilmaydiganlarga, ma’lumotni o’quvchi, talabalarning ona tilisiga ag’darib beradi. Natijada, ingliz tilini bilmaydiganlar ham ingliz tilidagi ma’lumotdan boxabar, tanish bo’lib ta’lim oladilar. Tarjima orqali xujjatlar, kitoblardagi o’zgalarga yetkaziladi. Tarjima orqali davlat arboblari, kasb mutaxassislari, turli tashkilotlar aloqa, muloqot qiladilar, ish yuritadilar. [7, 7]
Biz tarjima orqali ingliz va amerikalik shoir, yozuvchi, atoqli olimlarning hayoti turmushi, ishlari, she’rlari, ertaklari, hikoyalari,romanlari,ingliz tilida gaplashadigan mamlakatlar xalqlari hayoti, madaniyati, urf-odatlari bilan tanishamiz, tanishtiramiz. Bu esa dunyoqarashni kengaytiradi, tarbiyaga ijobiy ta’sir qiladi. Bitiruv malakaviy ishimizning ushbu qismida biz ingliz tilidagi shaklan faqat birlikda turadigan otlarni tarjimasida uchraydigan qiyinchiliklarni va muammolarini yoritib o’tishga xarakat qildik. Quyida biz mashxur ingliz va amerika yozuvchilari asarlaridan olingan shaklan faqat birlikda turuvchi otlarni olganmiz va ularni tarjima qilish yo’llari va qiyinchhiliklarini yoritib o’tishga xarakat qildik. Yuqori boblarimizda aytib o’tganimizdek, ingliz tilida shaklan faqat birlikda turadigan otlar quyidagilar: fish,
38
birlik shakli ham ko’plik shakli ham bir xil, ular omonim ko’rinishda. Bunday otlarni tarjima qilayotganda, albatta, kontekstga qarash kerak bo’ladi. Masalan fish so’zini olamiz. There is a lot of fish here. Bu yerda baliq ko’p. Ko’rib turganimizdek, bu gapda Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling