Zaxiriddin muxammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


II BOB. INGLIZ TILIDA SHAKLAN FAQAT BIRLIKDA TURUVCHI


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/39
Sana25.11.2021
Hajmi0.76 Mb.
#177152
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
Bog'liq
ingliz tilida shaklan faqat birlikda turuvchi otlar va ularning ozbek tilidagi muqobillari qiyosiy tahlili hamda linguodidaktika muammolari

II BOB. INGLIZ TILIDA SHAKLAN FAQAT BIRLIKDA TURUVCHI 

OTLAR VA ULARNING O’ZBEK TILIDAGI MUQOBILLARI VA 

TARJIMA MUAMMOLARI. 

2.1 Ingliz tilida shaklan faqat birlikda turuvchi otlar va ularning o’zbek 

tilidagi muqobillari 

Dunyodagi  barcha  tillar  o’ziga  xos  tuzilishga  ega.  Ular  o’rtasda  juda  ko’p 

o’xshashliklar va noo’xshashliklar mavjud. Bularning sababi o’sha til egalarining 

madaniyati, urf-odatlari va shu kabilar ta’sirida paydo bo’lgan bo’lsa ajab emas.  

Chunki bir tilda mavjud narsa ikkinchi bir tilda yo’q bo’lishi mumkin. Ammo, 

o’sha yo’q narsani, tushunchani ikkinchi bir tilda ifodalash zarurati paydo bo’lsachi? 

Ana  shunday  holatlarda  biz  tarjimaga  va  muqobillar  izlashga  majbur  bo’lamiz. 

Tarjima bu bir tildagi ma’lum narsa va hodisalarga oid fikrlarni ikkinchi bir tilga 

tegishli  fikrlar  orqali  tarjima  qilishdir.  Muqobil  tanlash  esa,  muayyan  fikr  va 

tushunchalarning ma’nosini saqlab qolgan holda ikkinchi bir tilda shu so’zlarga va 

tushunchalarga yaqin ma’nolilarini tanlashdir.  

Bobning  bu  qismini  yoritishdan  oldin  o’zbek  tilidagi  sanaladigan  va 

sanalmaydigan otlar masalasiga otydinlik kiritib olishga to’g’ri keladi. O’zbek tilida 

otlar birlik shaklda yakka predmetni yoki predmetlar to`dasini ifodalashi mumkin. 

Shunga ko`ra otlar yakka va jamlovchi (to`da) otlarga bo`linadi. 

Birlik shaklda bir turdagi predmetlarning bittasini ifodalaydigan ot yakka ot 

deyiladi: kitob, bola, paxta, nok. 

Birlik  shaklda  ham  bir  xil  predmetlarning  to`dasini,  jamini  ko`rsatadigan  otlar 

jamlovchi otlar deyiladi: xalq, poda, armiya, ko`pchilik. 

Jamlik quyidagi usullar bilan ifodalanadi:  

1) leksik-semantik usul (xalq, el, to`da, poda);  

-Xalq kuchdir, xalq to’lqindir. 

-Podada yangi tug’ilgan uloqchalar ham bore di. 

-Shaharning  tashlandiq  qismida  yomon  bolalar  to’da-to’da  bo’lib  izg’ib  yurishar 

edi. 

2) affiksatsiya (temuriylar, sut emizuvchilar, insoniyat, hayvonot, tematika);  




32 

 

-Temuriylar davrida Movorounnahr gullab yashnagan. 



- Kit dunyodagi eng kata sut emizuvchi hisoblanadi. 

-Ekologik muammolar insoniyat oldida turgan eng murakkab hodisalardan biridir. 

-O’zbekistonning hayvonot dunyosi juda boy. 

3) kopulyasiya, ya'ni juftlash (ota-ona, urf-odat, qozon-tovoq);  



-Maktabda ota-onalar majlisi bo’ldi. 

-Mustaqillik yillari davrida juda ko’plab urf-odatlarimiz qaytadan tiklandi. 

- Kechki ovqatdan so’ng u qozon-tovoqlarni yuvib qo’ymoqchi bo’ldi. 

4)  tasviriy  sintaktik  usul  (mehnat  ahli,  olimlar  armiyasi,  hayvonot  dunyosi, 

o`qituvchilar safi);  

-Mehnat ahli jamul-jam bo’lib, marra tomon dadil intilmoqdalar. 

5)  kontekstual-situativ  (dunyo  tahsin  o`qimoqda,  jahon  qoyil  qolmoqda,  zal  jim 

kabi).  

-O’zbekiston yoshlariga dunyo tahsin o’qimoqda. 

-Aka-uka Sindorovlar shaxmat sohasida jahonni qoyil qoldirmoqdalar. 

-Ma’ruza vaqtida zal suv quygandek jim quloq soldi. 

Bu  gaplarda  dunyo,  jahon,  zal  kabilar  metonimik  ma'noda  qo`llanganda 

jamlik ma'nosini ifodalab kelmoqda. Ammo bular nutqiy hodisalardir. 

Zamonaviy ingliz tilida dunyodagi boshqa tillar singari otning ikki shakli: birlik 

va ko’plik mavjud. Bu o’zaro qarama-qarshilik- bir va birdan ortiq. Shuning uchun 

ham  otlardagi  son  kategoriyasini  o’rganish  til  o’rganuvchilar  uchun  ma’lum 

qiyinchiliklar tug’diradi. Bu yerda asosiy e’tibor collective (jamlovchi) va material 

(material  nomlarini  ifodalovchi  otlar)  ga  qaratilgan.  Agar  biz  jamlovchi  otlarning 

ma’nosiga  e’tibor  beradigan  bo’lsak,  aniq  ko’rishimiz  mumkinki,  bir  paytning 

o’zida ular jamlikni va ko’plikni ifodalaydi. Jamolovchi otlarning ikki tabiatliligi 

lingvistik nuqtai-nazardan quyidagi yo’llar orqali ko’rsatiladi. Fe’lning soniga qarab 

yoki unga tegishli olmoshning soniga qarab. Masalan,  

-My  family  are  early  risers, they  are  already  here. Cf.  My  family  is  not  large. 

[29,73] 



33 

 

Otlarda son kategoriyasi ikkita shaklning qarama-qarshiligidan tashkil topadi. 



Birlik  va  ko’plik.  Bu  degani  barcha  otlarda  bu  ikki  shakl  mavjud  bo’ladi  degani 

emas, chunki ingliz tilida otning ikkita asosiy turi bor.  

1. 

Shaklan faqat birlikda turuvchi otlar 



2. 

Shaklan faqat ko’plikda turuvchi otlar [25,33] 

O’zbek tilida esa otning bunday turlari mavjud emas. O’zbek tilidagi otlarning 

barchasiga  ko’plik  yasovchi  –lar  qo’shimchasini  qo’shishimiz  mumkin.  Masalan, 




Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling