Zbek isto n respu blikasi fanlar akad em iyasi


Download 2.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/34
Sana24.11.2023
Hajmi2.03 Mb.
#1796594
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
Bog'liq
Tilni sistema sifatida o\'rganish. Nurmonov A, Usmonova H, Boboxonova D.

Fonologiya birligi
Fonologaya birligi fonemalardir. Fonema - so'z va morfemalami 
shakllantiradigan va ulaming ma'nolarini farqlash uchun xizmat etuvchi
boshqa mayda bo'lakka bo'linmaydigan tilning eng kichik tovush birligi. 
Fonemalar haqidagi ta'limot fonologiyadir. Fonologiya ma'lum bir tildagi 
fonemalar sistemasini, ularning farqli belgilarini o'rganadi. Fonema termini 
xozirgi tilshunosliqda qat'iy o'rin olgan bo'lsa ham, ammo uning maqomi 
masalasida xilma-xil qarashlar bor. Fonema tilning eng kichik tovush 
birligi ekanliga haqidagi dastlabki ma'lumot I.A.Boduen de Kurtenega 
mansubdir. Lekin bungacha sharq tilshunosligida garchi fonema termini 
bilan nomlamagan bo'lsa ham, ma'no farqlash uchun xizmat qadigan eng 
kichik tovush tipi haqidagi tushuncha mavjud edi. Hind tilshunoslari, 
turkiyshunoslar bu tushunchaga alohida ahamiyat berganlar. Xususan, 
Mahmud Qoshg'ariy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Boburlar 
tovushning ma'no farqlash tomoniga katta ahamiyat berganlar. Fonema 
termini tilshunoslikka eve, Boduenlar tomonidan kiritilgan. Boduen 1870
48


yildagi “XIX asrgacha bo'lgan qadimga polyak tili haqida” nomli 
magistrlik dissertatsiyasida fonema haqida fxkr yuritadi va uni etimologik - 
morfologik birlik sifatida talqin etadi. Boduen de Kurtenening fonema 
haqidagi bu kontseptsiyasi ayni holda uning shogirdi N. V. Krushevskiy 
tomonidan rivojlantirildi I.A.Boduen de Kurtenening fonema haqidagi 
tushunchasi 
o'zgarib 
bordi. 
Xususan, 
"Slavyan 
tillari 
qiyosiy 
grammatikasining ayrim bo'limlari" (1981 y) asarida fonemani, bir 
tomondan "so'zning fonetik bo'linmas qismi" hisoblasa, ikkinchi 
tomondan, morfemalar tarkibidagi tovush o'zgarish qonuniyatlarini hisobga 
olgan holda, boshqa mayda bo'lakka bo'linmaydigan tovushlargina emas, 
balki morfema yoki so'zning tarkibida bo'lakka ajralmaydigan bir butun 
holdagi ikki va undan ortiq tovushlar ham fonema bo'lishi mumkinligani 
ko'rsatadi. Masalan, vrahat’, vorotit’ so'zlaridagi "ra" va "oro" tovushlari 
bir morfema doirasida bir butun holda almashinadi. Bu bilan u fonemaga 
fonetik birlik sifatida emas, balki etimologik birlik sifatida qarashini 
namoyish etdi. SHu bilan birga «xuddi shu erning o'zida fonemaning 
quyidagi ikki farqli tomoni borligani ham ko'rsatadi: 1) antropofonik (ya'ni 
akustik-artikulyatsion) 
xususiyatlaming 
oddiy 
umumlashmasi, 
morfemaning xarakatlanuvchi komponenti va ma'lum morfologik 
kategoriya belgisi. SHunday qilib, Boduen de Kurtene fonemaning 
morfologik aspektdan farq qiladigan antropofonetik aspekti ham borligini 
e'tirof etdi. Keyinchalik esa u o'zining fonema haqidagi tushunchasini 
o'zgartirdi va unga psixologik nuqtai nazardan yondashdi. Xususan, 
"Tilshunoslikka kirish” (1917) asarida "Inson psixikasidagi tovush haqidagi 
tasawur" fonema hisoblanadi.
Hozirgi kunda uchta yirik fonologik maktab mavjud. Har uch 
maktab 
vakillari 
Boduen 
de 
Kurtene 
fonologik 
qarashlarini
49


ri voj lantirmoqda.

Download 2.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling