Zbek isto n respu blikasi fanlar akad em iyasi


Morfologiyaning o'rganish ob'ekti


Download 2.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/34
Sana24.11.2023
Hajmi2.03 Mb.
#1796594
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34
Bog'liq
Tilni sistema sifatida o\'rganish. Nurmonov A, Usmonova H, Boboxonova D.

Morfologiyaning o'rganish ob'ekti
Morfologiyaning o'rganish ob'ekti masalasida N. S. Trubetskoydan 
keyin xilma-xil fikrlar yuritildi. N. S. Trubetskoy tavsiya qilgan uch 
bo'limning faqat oxirgisi - an'anaviy almashinuvlargina morfologiyaning 
o'rganish ob'ekti bo'lishi mumkinligini ko'rsatadi. "Russkaya grammatika" 
(1980)da ham xuddi shunday pozitsiya ko'zga tashlanadi.
SB.Bedshteyn 
aw alo 
fonetik 
o'zgarishlar 
(foneticheskie 
izmeneniya) va fonetik almashinuvlar (foneticheskie cheredovaniya)ga 
ajratgani holda birinchisi (vada-vodno'y) so'zlarida bir morfema ikki xil 
ifodalangan: vad-vod, faqat fonetik pozitsiya bilan bog'liq bo'lib, fonetik 
harakter kasb etadi. Ikkinchisida esa (gnat’-gonyat’, nesti-nosit’, lezt’- 
lazit’) o'zak morfemalar variantlari o'zaro boshqacha munosabatdadir. Bu 
o'rinda variantlar fonetik pozitsiya bilan emas, balki grammatik (leksik, 
gramatik), so'z yasalishi, leksik va boshqa shart-sharoitlar bilan izohlanadi.
O 'z navbatida almashinuvlami ham turlarga bo'lish lozimligini 
ta'kidlaydi. Uning fikricha, fonemalar ham, morfemalar variantlari 
(allomorflar) ham almashinishi mumkin. Almashinuvda ma'lum grammatik 
pozitsiyada morfema ustiga qo'yiladigan urg'u, intonatsiya va boshqalar 
ham belgilovchi 
faktor bo'lishi mumkin. 
YUqorida ko'rsatilgan 
almashinuvlardan faqat birinchisi morfonologik almashinuv bo'lib, u 
morfolgiyaning o'rganish ob'ekti bo'lishi kerakligini ko'rsatadi. Ikkinchi 
tipdagi almashinuvda allomorflar almashinuvi yuzaga chiqishi va uning 
so'z yasalishi bo'limiga oidligi, uchinchisi esa super-segment almashinuv 
ekanligi aytiladi.
O.S.Axmanova morfologiyaning 
o’rganish 
ob'ektini 
ancha 
kengaytiradi. 

morfologiyani turli 
fonemalaming morfonologik
72


ilementlarini hosil qilish uchun qo'llanish printsipini o'rgaiuvchi fan 
lifatida talqin qiladi.
V.A.Red’kin morfonologiya doirasini yanada kengaytirdi. Uning 
fikricha, morfonologiya bu so'z strukturasi va fonema, prosodema 
terminlari bilan nomlanadigan, uni tashkil atuvchi komponentlar haqidagi 
ta'limotdir. U morfonologik fositalarga urg'u, so'z komponentlarining 
joylashish tartibi va qo'shilish qoidalari, ulaming variatsiya (almashinuv) 
qoidalari interfiktsasiya va boshqa ayrim so'zning tovush elementlarini 
kiritadi.
E.A. 
Makaev va E.S. Kubryakovachar morfonologiya-bu 
morfemalaming fonologik strukturasi haqidagi ta'limot, deb hisoblaydilar. 
Morfologiyaning bevosita o'rganish ob'ekti morfonologik qatorlar bo'lishi 
kerakligini ta'kidlaydilar.
E.S. Kubryakova yana boshqa bir asarida morfema qurilishidagi va 
bir morfemaning morflari sostavidagi fonologik farqlanish hamda bu 
farqlanishlaming funktsional maqsadda qo'llanilishi morfonologiyaning 
o'rganish ob'ektiga kirishini aytadi.
V.G. CHurganovaning fikricha, morfonologiya morfema va so'z 
tarkibidagi fonemalaming tashkil topishi haqidagi ta'limotdir. U 
morfonologiyaning 
quyidagi 
muammolar bo'yicha baxs yuritishi 
lozimligini ko'rsatadi.
Etakchi va ko'makchi morfemalaming shakllanishida xizmat 
qiladigan fonemalaming tartibi va sostavi.
Morfem birliklarining so'z ichida birlashish jarayonida fonemalar 
tartibi va sostavining o'zgamvchi (modifikatsiyasi).
Bundan modifikatsiyalaming doimiy va ulaming so'z yasalishi va 
so'z o'zgarishi sistemasidagi o'mi.
73


Tarkibidagi fonemalar sostavi va tarkibiga bog'liq ravishda 
morfologik elementlaming tanlanish qonuniyati.
G'arb tilshunosligidagi morfonologiyaga bunday xilma-xpl 
qarashlar turkologiyada ham aks etmoqda. Xususan, "Sravnitel’no- 
istoricheskaya grammatika tyurkskix yazikov", "Fonetika" kitobining 
fonomorfologiya bo'limi E. S. Kubryakova kontsepsiyasiga asoslangan. 
Boshqird tili gramatikasida esa agglyutinatsiya va reduplikatsiya jarayonida 
yasalish 
asoslari 
o'rtasida 
yuz 
beradigan 
fonetik 
o'zgarishlar 
morfonologaya predmeti hisoblanadi.
M.Z. Zakiev ham morfonologiyani morfemalaming fonologik 
strukturasini o'rganuvchi ta’limot sifatida tushunadi. SHu bilan birga, 
turkiy tillar morfonologiyasiga bag'ishlangan ishlarda turkiy tillar uchun 
harakterli bo' lgan singarmonizm hodisasi ham morfonologiyaga kiritiladi.
A.A. Reformatskiy esa, birinchi bo'lib turkiy tillar morfonologiyasi 
haqida fikr yuritib, qozoq va qirg'iz tillaridagi singarmomzm hodisasini 
tadqiq qilar ekan, turkiy tillardagi unlilaming singarmistik variantlari 
gramatik fakt darajasiga ko'tarilmasligi, shuning uchun ham u 
morfonologiya doirasida emas, balki faqat fonetika doirasida o'rganilishi 
lozimligini ta'kidlagan edi. Lekin turkiy tillardagi morfemalar variatsiyalari 
ko'p hollarda bevosita singarmonizm hodisasi bilan bog'liq bo'lganliga 
tufayli, singarmonizm hodisasini ham morfonologiya doirasida o'rganish 
foydadan holi bo'lmaydi.

Download 2.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling