Zbek isto n respu blikasi fanlar akad em iyasi
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilni sistema sifatida o\'rganish. Nurmonov A, Usmonova H, Boboxonova D.
Unli fonemalar sistemasi
Tilning uch darajadagi (yuqori, o'rta va quyi) ko'tarilish va lablanish-lablanmaslik belgalari kuchli pozitsiyadagi unli fonemlaming asosiy (konstitutiv) belgilari hisoblanadi. Unlilar qatori (old qator, o'rta qator, va orqa qator) so'z shakl tarkibidagi pozitsiyaga bog'liq bo'lgan belgi bo'lganligi uchun unlilarining asosiy belgilari qatoriga kirmaydi. Unli fonemalaming asosiy belgilariga ko'ra tasnifmi quyidagi jadvalda ko'ring: Unli fonemalar Asosiy belgilari Tilning ko'tarilish darajasi Lablangan belgisi bor-yo'qligi yuqori o'rta quyi lablangan lablanmagan i + + u + + u + + 60 о + + e + + a + + Jadvaldan ko'rinib turubdiki, tilning ko'tarilish darajasiga ko'ra o'zbek tilining unli fonemalari oppozitsiyasi "uch pog'onali", lablanish belgisiga ko'ra ikki sinfli to'rtburchak sistemadir. Keng о a o'rtakeng u e (o'rta tor) tor u i Lablanish belgisi tor unlidan keng unliga qarab kuchsizlanib boradi: u- kuchli lablangan, u - kuchsizroq lablangan, о - o'ta kuchsiz lablangan. YUqoridagi unli fonemalar tilning ko'tarilish darajasiga ko'ra bo'linishida (o, a, u, e, o', i) kenglik, torlik belgilari shu mikrostruktura elementlari uchun birlashtiruvchi, makrostrukturalar uchun esa farqlovchi belgi rolini o'ynaydi. Bu unlilar bir belgiga asoslangan quyidagi teng huquqli oppozitsiyalami hosil qilishi mumkin: lablanish belgisining bor- yo'qligiga ko'ra (о-a, u-e, i-u), kompaktlik - diffuzlik belgisiga ko'ra, umumiy lablanish belgasiga ko'ra: o(kompakt ochiq) - u (diffuz, yopiq), a (kompakt, ochiq), i (diffuz, yopiq) shu bilan birga bu ikki oppozitsiya a'zolari o'rta ko'tarilish (yarim ochiq, yarim yopiq) unlilariga bir tomon dan, "kompakt-kompakt", ikkinchi tomondan, “diffuz-diffuz emaslik" belgisiga ko'ra oppozitsiyaga kirishadi: о (kompakt) - u (kompakt emas) a (kompakt) - о (kompakt emas) i (diffuz) - e (diffuz emas) u (diffuz) - o' (diffuz emas) Unlilaming yuqoridagidek oppozitsiyasini A.M. SHcherbak shunday aks ettiradi. a-e, e-i lablanmagan(oddiy tonnalik) o-o', o'-u lablangan (bemoP tonnalik) ochiq yopiq yarim yopiq ochiq yopiq A.A.Abduazizov o'zbek tili unlilarini ikki farqlovchi belgisiga ko'ra ham oppozitsiyasini ko'rsatadi. Bunga asosan unlilar quyidagicha oppozitsiyaga kirishadi: (i-u) yopiq lablanmagan - yarim yopiq lablangan: (i-о) yopiq lablanmagan - yarim yopiq lablangan (e-o) yarim yopiq, lablanmagan- ochiq lablangan (a-u) ochiq lablanmagan- yopiq lablangan. Ko'rinib turibdiki, o'zbek tili unlilaming bir belgi asosida farqlanuvchi uchta oppozitsiyasi, ikki belgi asosida farqlanuvchi oltita (unda lablanish belgisi bilan tilning ko'tarilish darajasi belgisi olinadi) jami 9 ta unlilar oppozitsiyasi mavjud. Agar lablanish belgisi bilan tilning ko'tarilish belgisi alohida olinsa, o'zbek tilida 13 ta unlilar oppozitsiyasi mavjud bo'ladi. Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling