Œзбекиcтон Республикаси Олий ва ¢рта махсус
III BOB. PEDAGOGIK TAJRIBA-SINOV ISHLARI
Download 39.03 Kb. Pdf ko'rish
|
kasb-hunar kollejlarida stereometriya masalalarini yechishda oquvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari
91 III BOB. PEDAGOGIK TAJRIBA-SINOV ISHLARI 3.1.TAJRIBA-SINOV ISHLARINING QO’YILISHI VA O’TKAZISH METODIKASI Fazoviy tasavvurlarni xosil qilish, o‘stirishda ko‘nikma va malaka ega bo‘lish, fazoviy tasavvurlarni rivojlantish borasida bo‘yicha yaratilgan o‘quv uslubiy materiallarni o‘rganish, texnologik jarayonlarni loyihalashning samaradorlik darajasini aniqlash, loyihalashtirilgan mashg‘ulotlarda talabalar tomonidan bilimlarni yuqori darajada o‘zlashtirilishiga erishish maqsadida 15 14 , 13 14 , 12 14 , 20 14 guruhlarida tajriba-sinov ishlari olib borildi. Tajriba jarayonida pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida loyihalashtirilgan o‘quv mashg‘ulotlarining afzalligi aniqlandi. Tajriba ishlarini tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad – mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonini pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etishning samaradorligini aniqlashdan iborat qilib belgilandi. Tajriba-sinov ishlari o`quv yili davomida amalga oshirildi. Birinchi bosqich 2016 yil dekabr oyini qamrab oladi. Bu davrda: ma‘lum mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan o‘quv materiallarini o‘zlashtirishning mavjud darajasi aniqlandi. Ikkinchi bosqich 2017 yil yanvar-fevral oylarini qamrab oldi. Bu davrda:o‘quv mashg‘ulotlari tahlil etilib, qiyin o‘zlashtiriladigan mavzular aniqlandi, ularni o‘rganish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklar va ularning sabablari o‘rganildi. O‘quv materiallari asosida test savollari tuzilib, ularning mazmuni tajribali fan o‘qituvchilari o‘rtasida muhokama qilindi. Test sinovlari o‘tkazilib, talabalar tomonidan berilgan javoblar statistik jihatdan tahlil etildi va o‘zlashtirish natijalari muhokama qilindi. Dars ishlanmalari loyihalandi va tajribadan o‘tkazildi. O‘qituvchilar ishtirokida texnologiya samaradorligi tahlil etib borildi, zarur o‘rinlarda uning mazmuniga o‘zgartirishlar kiritildi. 92 Uchinchi bosqich (2017 yil mart oylari) da tajriba-sinov ishlarining natijalari umumlashtirildi. Matematik-statistika metodi yordamida tajribadan olingan ma‘lumotlar qayta ishlandi. Tajriba-sinovni o‘tkazishda: tajriba-sinov maydonlarini tanlash; talabalarning bilim darajasini baholash mezonlarini ishlab chiqish; o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan tushunchalarni hisobga olish; o‘quv materiallarining mazmuni va tarkibiy tuzilmasiga e‘tibor berish; o‘quv jarayonini loyihalashda turli texnologiyalardan foydalanish va ularning pedagogik samaradorligini aniqlash kabilarga e‘tibor qaratildi. Pedagogik tajribaga 100 nafar o’quvchi jalb etildi. Tajriba ishlari og‘zaki va yozma savol-javoblar, individual suhbatlar, o‘quv jarayonini kuzatish kabi metodlar yordamida o‘tkazildi. Tajriba-sinov ishlari «Aniq va tabiiy fanlar» kafedrasi katta o‘qituvchisi M.To’xtaboyev, shu kafedra o‘qituvchilari X.Faxriddinov, Q.Ahmedovalar tomonidan muallif bilan hamkorlikda olib borildi. Tajriba uchun taqdim etiltgan uslubiy ishlanmalar dastlab «Aniq va tabiiy fanlar» kafedrasida muhokamadan o‘tkazildi hamda muhokama jarayonida bildirilgan tavsiyalar asosida takomillashtirilib, tajriba-sinovdan o‘tkazish uchun taqdim etildi. Talabalarga o‘quv materiallarini o‘zlashtirishlarida mustaqil faoliyatni tashkil etish maqsadida individual va guruhlarda o‘quv faoliyatini modellashtirish, ular orasidagi kommunikativ munosabatlarni loyihalashda grafikli organayzerlar orqali interfaol metodlarga alohida e‘tibor berildi. Nazorat va tajriba guruhlarida turli o‘quv materiallaridan foydalanib, o‘quvchilarning bilimlari darajasi umumiy mezonga ko‘ra aniqlandi. Download 39.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling