Œзбекиcтон Республикаси Олий ва ¢рта махсус


Download 39.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/37
Sana21.06.2023
Hajmi39.03 Kb.
#1641521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
kasb-hunar kollejlarida stereometriya masalalarini yechishda oquvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari

 



KIRISH 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 
2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga 
mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga 
bag’ishlangan 
Vazirlar 
Mahkamasining 
kengaytirilgan 
majlisidagi 
mahruzasida Ta’lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga 
oshirish, 
Ta’limning yangi, zamonaviy usullarini, jumladan, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagi ishlar ahvoli tanqidiy 
tahlil qilib berilgan ekanligi aytib o`tildi va “...Bu boradagi dolzarb vazifalarni 
amalga oshirish yoshlarimiz, jamiyatimiz va mamlakatimizning kelajagi uchun 
strategik ahamiyatga ega ekani sababli ushbu sohadagi ishlar shaxsan Bosh 
vazirga yuklatilgan. Sizning ehtiboringizni quyidagi vazifalarni amalga oshirishga 
qarataman. 
Birinchi vazifa
– maktabgacha Ta’lim sohasida. Ochiq tan olishimiz kerak
biz bu muhim sohadagi ishlarni ehtibordan chetda qoldirdik. Ushbu sohada 
bolalarni qamrab olish 27 foizni tashkil etadi. 
Yaqinda tasdiqlangan dasturga ko`ra, bu yo`nalishda 2 ming 200 ta muassasaning 
moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi. 
Shuningdek, tajribali pedagog va mutaxassislarni jalb etgan holda, o`quv reja va 
dasturlarini tubdan qayta ko`rib chiqish zarur. Oldimizda yoshlarga tarbiya berish, 
psixologiya va boshqa turli sohalarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash 
bo`yicha murakkab vazifalar turibdi. 
Ikkinchi vazifa
– umumTa’lim maktablari, litsey va kasb-hunar kollejlari, 
shuningdek, oliy o`quv yurtlaridagi o`qitish sifati bilan bog’liq. Zamonaviy o`quv 
reja va uslublarini joriy etish talab darajasida emas. 
Bolalar va yoshlarga maxsus fanlar, mamlakatimiz va jahon tsivilizatsiyasi 
tarixini, xorijiy tillarni va zamonaviy kompg’yuter dasturlarini chuqur o`rgatish 
vazifalari hali sifatli va to`liq holda yechilgani yo`q. 



Yana bir muammoni hal etish ham o`ta muhim hisoblanadi: bu – pedagoglar va 
professor-o`qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus 
bilimlaridir. Bu borada Ta’lim olish, ma’naviy-mahrifiy kamolot masalalari va 
haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlariga faol ko`mak beradigan muhitni 
yaratish zarur. 
Uchinchi vazifa
– Ta’lim muassasalarini, eng avvalo, kasb-hunar kollejlarini 
oqilona joylashtirishni, shuningdek, iqtisodiyot, ijtimoiy soha va har bir 
hududning zarur mutaxassislarga bo`lgan talabini to`g’ri aniqlashni tanqidiy tahlil 
qilishdir.” 
Prezidentimiz “...To`rtinchi vazifa
– nafaqat akademik ilm-fanni, balki oliy 
o`quv yurtlaridagi ilm-fanni yanada rivojlantirish.” 
Bunga Fanlar akademiyasi ahzolari bilan yaqinda o`tkazilgan uchrashuvda 
“...ikkita asosiy vazifani hal etish zarur: 
birinchi
– ilmiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini ilg’or xorijiy markazlar 
darajasida va olimlar talablariga muvofiq sezilarli ravishda mustahkamlash kerak. 
Bunda, albatta, davlatning ehtiyojlari va uning maqsadli vazifalari inobatga 
olinishi shart; 
ikkinchi
– akademiklarni har taraflama qo`llab-quvvatlash, jumladan, moddiy 
rag’batlantirish bo`yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. 
...Beshinchi vazifa
– kitoblarni chop etish va tarqatishdagi muammolarni hal 
qilishdir. Bu o`rinda gap, eng avvalo, yoshlar va aholi o`rtasida mamlakatimizning 
boy tarixini, uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ’ib qilish, 
jahon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini yetkazish uchun zarur muhit va shart-
sharoit yaratish haqida bormoqda. 
Bu borada zamonaviy kompg’yuter texnologiyalari va, ayniqsa, internet tizimi 
bizdan ancha ildamlab ketganini ham inobatga olish zarur. 
...Bunda yoshlar va aholining keng qatlamlari o`rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish 
masalalariga ham alohida ehtibor berish lozim bo`ladi. SHu o`rinda hammamiz 



uchun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega bo`lgan masala, yahni 
kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga bo`lgan muhabbatini, 
ularning ma’naviy immunitetini yanada oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi 
bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi. 
Ushbu masalalarni amalga oshirish uchun biz kuni kecha alohida farmoyish ham 
qabul qildik.[1] 
Kasb-hunar kollejlari o`quvchilarning bilim va ko`nikmalarini shakllashtirish, 
o`quvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishning geometriya darslarini 
o`qitishni yangi sifat darajasiga chiqarish zarurligi bugungi kunda matematik 
ta’limning asosiy muammolaridan biridir.
Kasb-hunar kollejlari o`quvchilarining bilimlari sistemasida geometriyadan 
beriladigan bilimlar o`zining uzviylik printsipi nuqtai nazaridan qolgan bilimlarni 
tarkib topishiga, rivojlanishiga yordam beruvchi, tiplovchi sifatida qatnashib, 
fanlararo aloqadorlik printsipini, o`quvchilarda geometrik ko`nikma va malakani, 
o`quvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishni ta`minlovchi bilimlar 
to`plami sifatida qatnashadi. Kasb-hunar kollejlari o`quvchilarning planimetriyaga 
doir geometrik malaka va ko`nikmalari, fazoviy tasavvurlari masalalar yechish 
orqali rivojlanadi, shuning uchun ham stereometriyani o`qitishda planimetriya 
masalalarining axamiyatiga chuqurroq qaramoq kerak.
Fazoviy tasavvurlarni xosil qilish, o‘stirishda ko‘nikma va malakaga ega 
bo‘lish, fazoviy tasavvurlarni rivojlantish borasida bir qancha ilmiy tadqiqotlar 
olib borilgan. Bu boradagi ilmiy tadqiqotlarini o‘quv jarayoniga qo‘llash bo‘yicha 
mavjud ilmiy ishlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, ta’lim jarayonida bunday 
dasturiy vositalardan foydalanish masalasiga asosan jahon miqyosida yangi 
pedagogik texnologiyalarga o‘tish bilan bog‘liq muammo sifatida e’tibor berilgan 
va buborada sezilarli natijalarga erishilgan. Bu siraga kiruvchi e’tiborga loyiq 
pedagogik ishlarda keyingi yillarda Rossiyalik olimlarning alohida hissasi bor 
deb aytish mumkin. Ular qatoriga masalan, GordonV.O., Semensov-



OgievskiyM.A., IvanovYu.B., SolnsevaT.E., Lager A.M. Levitskiy B.C., 
LoktevO.V., RomanыchevaE.T, IvanovA.K., KulikovA.S., PopovaG.N., 
AlekseevS.Yu., ChekmarevA.A., MixaylovN.G va boshqalarni kiritish mumkin. 
Tavsiya etilayotgan metodikada geometriya fanini o‘qitishda belgilangan 
mavzularni yangi metodlar asosida yortilsa o‘quvchila uchun fanni o‘zlashtirish 
nafaqat oson balki puxta bilim va malakalarga ega bo‘ladilar. Masalam, tekis 
parallel ko‘chirish usuli mavzusini o‘qitish dastlab kasb-hunar kollejlaridagi 
o‘quvchilarni geometriya fanini o‘qitish jarayonida ularning fazoviy tasavvurlarini 
rivojlantirish uchun tavsiyalarn ishlab chiqish bilan bir qancha oldinga qo‘yilgan 
muommolarni bartaraf qilishimiz mumkin. Bu muommolarni bartaraf bo‘lishi 
bilan quydagi yutuqlar amalga oshadi. Kasb-hunar kollejlaridagi o‘quvchilarda 
geometriya va chizmachilik fanlari hayotimizda qanchalik kerak ekanligi, 
hunarmandchilikdagi tutgan o‘rni, hunarmand ustalarining geometriya va chizma 
geometriya 
fanlari 
orqali 
ulardagi 
fazoviy 
tasavvurlarini 
mukammal 
rivojlanganligini, ularning buyuk meroslarini o‘rganish natijasida o‘quvchilarda 
fazoviy tasavvurlarini o‘sishi, rivojlanishi va ratsionalizatorlikka tayyorlashi, 
hozirgi davrda milliy va zamonaviy talqindagi dizaynlarini bajarish yoki 
bunyodga keltirish ruhida mutaxassis bo‘lib yetishib chiqishlariga imkon beradi. 
Bundan tashqari milliy ong, milliy qadriyat, umumbashariy qadriyatlar, 
milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari yaratilishida ma’naviy – mafkuraviy 
asos qilib – halqimizning ko‘p ming yillik tarixi jarayonida amal qilib kelgan 
bunyodkor, taraqqiyparvar, insonparvar, milliyg‘oyalar; halqimiz ma’naviy 
xazinasining sarchashmalari ma’naviy – mavkuraviy asos qilib olingan shaxslarni 
yetishtirib chiqaradi. Ularni millilik ruxida tarbiyalaydi. 
Shu o‘rinda yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib geometriya fani uchun ilmiy-
metodik tavsiyalar muomo sifatida qaraladi va ishlab chiqish lozimdir. Ilmiy-
metodik tavsiyalar, o‘quv va uslubiy qo‘lanmalar, dars ishlanmalari ishlab chiqilsa 



ma’ruza mazmunini boyitish va yangi materiallar bilan to‘ldirishga imkoniyat 
yaratadi. 
Ibtidoiy odamlarning qoyalar, g‘or devorlari va boshqa joylarga o‘yib 
ishlagan tasvirlari va ularning qoldiqlari bizning davrimizgacha saqlanib qolgan.
Bunday tasvirlar Enisey daryosining qirg‘oqlarida, Oltoyda, Qozog‘iston va 
O‘zbekistonning bir qator shaharlarida topilgan. 
Uch o‘lchovlik geometrik shakllarni (binolar, injinerlik inshoatlarini) grafik 
usulda shartli belgilar yordamida qog‘ozda tasvirlash va ulardan foydalanish 
g‘oyalari insoniyat jamiyatining rivojlanishida ko‘p asrlik tarixiga ega. Misol 
tariqasida eramizdan avvalgi 2400 yilga mansub bo‘lgan Tellodagi (Janubiy 
Vavilon) yaratilgan ikkita haykalni keltiramiz. Shu haykallarning tizzalarida 
bittadan plita bo‘lib, ulardan birida bino plani va uning mashtabi tasvirlangan. 
Shuningdek, Ramzesning maqbarasida (er.av. 1400 yil) binoning fasadi 
tasvirlangan bo‘lib, bu tasvir ortogonal proeksiyalarda bajarilgan . 
Fazoviy shakllarni tekislikda tasvirlash usullari haqidagi boshlang‘ich 
ma’lumotlarni dastavval Esxil (er.av. 525-456 yillar), Anaksagar (er.av. 500-428 
yillar), Demokrit (er.av. 460-380 yillar) yaratilgan. Biroq bizning davrimizgacha 
yetib kelgan dastlabki asar kuzatish perspektivasi haqidagi asar bo‘lib uni (er.av. 
400 yillarda) Eliodora, Larisski yaratganlar. 
Evklid (er.av. III asrda) o‘zining “Optika” asarini yaratadi. Bu asarda 
narsalarning shakllari va o‘lchamlarini ko‘rish qonuniyatlari 12 ta aksiomava 61 ta 
teoremada bayon qilingan. Umuman Evklidning “Negizlari” 3 o‘lchovli fazoni 
o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. 
O‘rta Osiyo olimlaridan Abu Rayhon Beruniy o‘zining ilmiyishlarida 
proeksiyalar metodini tatbiq qilib, chizmalar chizgan va amalda chizmalardan 
keng foydalangan. U jismlarning chizmalarini chizishda ularining ko‘rinishlariga 
e’tibor berish kerakligi haqida fikrlab, quydagi hulosaga kelgan. “To‘g‘riburchakli 
oltiyoqlik ichida uning biror tarafiga qarab bir jonivor turibdi deb, faraz qilinsa u 



holda yoqlar jonivorning oldi, orqasi, o‘ngi, so‘li, ustki va ostki bo‘ladi”. Abu 
Rayhon Beruniy o‘zining ilmiyishlarida foydalangan asboblarini chizmalar 
yordamida o‘zi yasagan. 
Abu Ali Ibn Sino meditsinadan tashqari boshqa birqancha fanlar bilan ham 
shug‘ullangan va u o‘zining ilmiy-amaliy foliyatida tasvirlar chizish nazariyasini 
ishlab chiqib mukammal chizmalar chizishni tavsiya qilgan. 
Geometriya fanidan ta’lim beruvchi mutaxassislar, sharqona me’moriy 
obidalar va ularning ustalaridan bizgacha yetib kelgan boy merosidan foydalanish, 
mazkur fandan o‘quvchilarni mustahkam bilimga ega bo‘lishlari va fazoviy 
tasavvurlarni rivojlantirish uchun muhim manba vazifasini o‘taydi. Yuqoridagi 
fikrimizning oydinlashtirish uchun quydagi Sharqona me’moriy obidalar va 
ustalaridan bizgacha yetib kelgan boy merosiga nazar solaylik.
Fan va texnika juda keskin rivojlaniyotgan davrda geometriyaga tegishli
misollarni yechish uchun elektron hisoblash mashinalarini ishlatish, kompyuterda 
turli xil grafiklarni bajarish, chizma geometriyadan turli sohalarda amalmiy 
foydalanishni kengaytirmoqda va samarodorligini oshirmoqda. Bugungi 
kunimizda oldimizga qo‘yilgan yuqori sifatli va raqobatbardosh kadrlarni 
yetishtirib chiqarishda texnik va badiiy yo‘nalishdagi kasb-hunar kollejlaridagi 
o‘quvchilarini bilim va saviyasini oshirishda, grafik sovodxonligini o‘stirish, 
ularning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish uchun bu fan asosiy omillaridan 
xisoblanada. Chunki tasvirlash usullari orqali chizmalar tasvirlanadi va 
tasvirlashda chizmalarni chizish uchun o‘quvchining buyum haqida fazoviy 
tasavvurga ega bo‘lishi kerak va shu fazoviy tasavvur orqali buyumning tasvirini 
tasvirlay oladi. Fazoviy tasavvurga ega bo‘lmagan o‘quvchi hech qanday 
tasvirlarni tasvirlay olmaydi.
Geometriya darslarida stereometriya kursini o’qitishda masala yechish va 
masalaning chizmasini to’g’ri tasvirlash katta axamiyatga ega. Stereometriyada 
fazoviy figuralarni(shakllarni) tasvirlash nazaryasi va tasvirlar yasashni o‘rgatish, 



tekislikda proeksiyalash metodi bilan bu tasvirlarni o‘qish, fazoviy shakllarga oid 
konistruktiv va metrik masalalarni shu shakllarning tekislikdagi tasvirlarida 
yasash yo‘li bilan yechish usullarini o‘rgatish o‘quvchining fazoviy tasavvurini 
o‘stirishga va rivojlantirishga olib keladi. 
Keltirilgan fikrlar o`quvchilarning bilimlar tizimi o`ziga hos integrallashgan 
bilimlar tizimi bo`lib, bu ularda fazoviy tasavvurlarini shakllanishiga, 
rivojlanishiga muhim omil bo`lib hizmat qilishi zarurdir, bu esa tanlangan 
mavzuni dolzarbligini belgilab beradi. 
Yuqorida keltirilgan fikrlar bevosita dissertatsiyaning maqsadini belgilashga 
imkoniyat yaratdi. 

Download 39.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling