‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
61aef8397723d3.50813536
Jon Breylaredilai. Ular, asosanm ishchilar orasidan kelib chiqib, muam-
molami hal etishda mustaqil ravishda o‘z qarashlarini e’lon qildilar. Tomas Godskiii. 0 ‘tgan asrlarda ilmiy axborot va publitsistika janr sifatida hali bir-biridan ajralmagan edi. T.Godskin asarlarida shu ilmiy izlanishlaming bizning tafakkurimizga ko‘ra belgilarini topamiz. Awalo, bu qo'yilgan masalaga yaqindan taalluqUdir. 1827-yilda T.Godskin «Taniqli siyosiy iqtisod» nomli kitobini e’lon qildi, lekin uning asosiy g‘oyalari awalroq 1825-yilda «Kapitalning daf qilishiga qarshi mehnatni himoyalash» asarida bayon etilgan edi. Dastlabki nazariyalarida olim kapital ishlab chiqarishdan tashqarida degan fikmi bildirib, o‘z zamondosh iqtisodchi olmilariga qarshi chiqdi. Uning fikricha, aylanma kapital umuman yig‘ilgan zaxiralar emas, masalan, ishchilar nowoyxonada non yopishadi, boshqa ishchilar esa uni sotib olishadi. Demak, aylanma kapital zaxira «yig‘ilma» emas, balki «mavjud» mehnatdir. T.Godskin asosiy kapitalni to'plangan mehnat deb biladi, lekin ishchilarsiz hech qanday mashina hech narsa ishlab chiqara olmaydi. Bundan shunday xulosa chiqadiki, foyda o‘tgan mehnat hisobiga emas, balki kundalik mehnat tufayli yuzaga keladi. Lekin asosiy kapital o‘z egasi uchun mehnatdan ustunlik qilish vositasi hisoblanadi. Yuqorida aytilganlarning barchasidan T.Godskinning ikkinchi tezisi kelib chiqadi: kapitalist tomonidan o‘zlashtirib olingan foyda ishchilaming mehnatdan oladigan to‘liq mahsulot huquqini buzish demakdir. Bu zo‘ravonlik kapitalistlar tomonidan mehnatning bo‘ysundirilishi bo'lsa, ulaming hokimiyati ishchi mahsulotni o'zlashtiradi. T.Godskinning aytishicha, jamiyatdagi barcha jamg‘arma kapitalistlar tomonidan amalga oshiriladi. Lekin mahsulotni ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlami va kapitalistga foyda ko'rinishida tegadigan mahsulotni ham faqat ishchi ishlab chiqaradi. Foyda ko‘p bo‘lgan sari ish haqi kam bo‘lishini ko'rsatib o‘tadi. «Haqiqiy adolatni tiklashning birdan-bir vositasi yoki chorasi ishchilami kasaba uyushmalariga birlashtirishdir», - deb hisoblaydi olim. J.Grey yoshlik yillaridanoq R.Ouen pamfletlarini o‘qib, ulami targ'ibot qildi. 1825-yilda u o'zining «Inson baxti haqida ma’ruzalar» kitobini nashr qildirdi. XIX asming 20-30-yillarida ingliz ishchilarining sevimli kitobi bo‘lgan bu asar R.Ouen ta’siri ostida yozilgan edi. J.Greyning fikricha, jamiyat uch kategoriyadagi kishilaiga bo'linadi: birinchisi ishchilar, ular barcha moddiy boyliklami yaratuvchilardir. Ikkinchisi shifokor, o'qituvchi va boshqalardir. Uchinchisi esa «mustaqil sinflar»dir. «Bu mustaqil sinflami tashkil qiluvchi kishilar ikki xil holatga bogliqdir. Birinchidan, atrofdagilamingmehnatsevarligiga, ikkinchidan nohaqlikning mavjudligiga. Bu esa ular ustidan hukmronlik qilish imkoniyatini beradi.». Olimning fikricha, jamiyatning asosini ayirboshlash munosabatlari tashkil qiladi. Kishilar orasidagi boshqa barcha munosabatlar esa mana shu munosabatlar ustiga quriladi. Qashshoqlikning bosh sababchisi esa raqobatdir. 1831-yilda J.Greyning «Ijtimoiy tartib», «Ayirboshlash asoslari haqida harakat» nomli asarlari e’lon qilindi. Bu asarlar siyosiy iqtisodga oid asarlar hisoblanib, unda ishlab chiqarish, taqsimot, aholi nufusi, soliq va soliqqa tortish muammolari, shuningdek jamiyatda ayirboshlash tartibini qayta tashkil etish ko‘rsatiladi. Umummilliy savdo palatasi tashkil etilib, u barcha tarmoqlar - dehqonchilik, sanoat va savdo ishlari boshqaruvini tashkil etadi. Yer va kapital egalari o‘z mulklarini mazkur boshqaruv apparatiga bir yilcha awaldan belgilangan mukofot hisobiga topshirib, o‘zlarini turli tavakkallardan xalos qiladilar. Barcha xo‘jalik ishlariga rah- barlikni palata topshirig‘iga ko‘ra amaldorlar yoki ziyolilar olib bora- dilar. Sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari milliy savdo omborlarida saqlanib, o‘sha yerdan savdo do‘konlariga sotuvga chiqariladi. Jon Brey. J.Breyning «Mehnatga nisbatan adolatsizlik va uni bartaraf etish yo‘Dari» nomli kitobi 1839 yilda nashr qilindi. T.Godskin va J.Greyning pamfletlari kabi Breyning kitobi ham katta shuhrat qozondi. U ham ishchilar orasidan yetishib chiqqan bo‘lib, bosma- xonada harf teruvchi va muqova qiluvchi bo‘lib ishlar edi. Dunyoda adolatsizliklar qayerdan vujudga keUshini, jamiyat va davlat nima ekanligini, mehnatning zaruriyati, kapital jamg‘arish va ayirboshlash xususiyatlarini o‘rganishga o‘z e’tiborini qaratdi. Uning fikricha, ayirboshlash tengsizligi bir sinfga hech narsa bilan shug‘ullanmaslikni va dabdabali yashashni ta’minlaydi, boshqa bir sinfni og‘ir mehnatga mahkum etadi. J.Brey hech qanday siyosiy saylov islohotlari bu tartibni o'zgartir- maydi, deydi. Mavjud tartibdagi ishchilar sinfi qanchalik aqlli, yuqori ma’naviyatli yoki mehnatsevar kuch bo'lishidan qat’i nazar, to‘g‘rilab bo'lmaydigan qullikka mahkumdirlar. Shuning bilan birgalikda, u ishchilar sinfining kurashi kishilarga qarshi emas, balki tuzumga qarshi, u kapitalistlar bilan yoki kapital bilan emas, balki kapitalni qo‘llash usuli bilan ekanligini uqtiradi. 12.4. Marksizm vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari Sismondi Prudon, qisman Smit, Rikardo, xayoliy sotsiaUstlar va boshqalar kapitaUstik tizimning bir qancha negativ tomonlarini ochib bergan edilar. Ana shu Ulatlar bu davrda keskin kuchaydi, mehnat va kapital, ishchilar va sohibkorlar o'rtasidagi qarama-qarshilik tobora ortib bordi. 1831-34-уШаг Fransiyada Lion to‘quvchilari, 30-40-yiUarda AngUyadagi vuddistlar va chartistlar harakati ishchilar sinfining musta qil sinf sifatidagi chiqishlari edi. 1844-yilda Sileziya to‘quvchilarining qo‘zg‘oloni Germaniyadagi inqilobiy harakat darakchisi bo‘ldi. 1848- yilda buijua inqilobi tufayU marksizmning vujudga kelish jarayoni yanada kuchaydi. Awalgi davrdagi iqtisodiy talablar asta-sekin siyosiy tus ola boshladi. Vujudga kelgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sharoit va awalgi davrdagi bir qancha iqtisodiy g‘oyalar asosida, birinchi navbatda klassik iqtisodiy maktab, utopik sotsializm ta’limotlari tufayli marksizm shakllandi. Kapitalistik tuzum, hozirgi davr tili bilan aytganda, bozor iqtisodining bekam-u ko‘st emasligi, uning ijobiy tomonlari bilan birga hal etilishi shart bo'lgan muammolarining ham mavjudligi yangi iqtisodiy ta’Iimot paydo bo'lishiga turtki bo'ldi. 12.5. K.Marksning iqtisodiy ta’limoti K.Marksning bosh iqtisodiy asari «Kapital» bo‘lib, unda asosiy iqtisodiy g'oyalar ilgari suriladi (1-jildi 1867-yilda nashr etilgan). Marksning iqtisodiy merosida klassik maktab g'oyalari asosiydir. Bu olimning tadqiqot predmetida iqtisodiyotda ishlab chiqarish sohalari muammolaming tahlili ustuvordir. V.Petti tadqiqotlariga baho berib, ishlab chiqarishning buijua munosabatlarini ichki aloqalari o‘rga- nilishini ta’kidlaydi. Tadqiqot uslubi boshqa olimlardan keskin farq qilmaydi, iqtisodiy jarayonlar siyosat va davlatga nisbatan ustuvor hisoblanadi, ammo kapitalizm va shunga muvofiq xo'jalik yuritishning bozor mexanizmi o'tkinchi deb qaraladi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling