‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
61aef8397723d3.50813536
- Bu sahifa navigatsiya:
- «To‘g‘ri harakat va mushtarak taqdirlar nazariyasi», «Umumiy birlik nazariyasi», «Savdo qallobligi haqida»
- «Anti Dyuring»
Mari Sbarl Furedir (1772-18^7). U Bezanson shahrida savdogar
oilasida dunyoga kelib, butun hayoti mobaynida savdo bilan shug‘ullandi. Bo‘sh vaqtlarida mustaqil ravishda fizika, astronomiya va falsafa fanlari bilan shug'ullandi, ijtimoiy tadqiqotlami amalga oshirdi. Shari Fure o‘zining «To‘g‘ri harakat va mushtarak taqdirlar nazariyasi», «Umumiy birlik nazariyasi», «Savdo qallobligi haqida», «Yangi sanoat dunyosi va ijtimoiy dunyo» nomli asarlari va qator maqolalarida kapitalistik jamiyatni keskin tanqid qildi va ijtimoiy adolatli jamiyat barpo etish dasturini ishlab chiqdi. Uning tasvirlashicha, inson o‘zi yashayotgan jamiyatning barcha yaramas illatlaridan tozalanishi lozim, shunday ijtimoiy tuzum o‘matish kerakki, bu tuzum insonning kamol topishiga, ehtiroslarini to‘liq namoyon qilishiga, ehtiyojlarini qondirishga imkoniyat bersin. F.M.Sh. Fure kishilik jamiyatining tarixiy rivojlanishini o‘rganishga o‘zining katta hissasini qo'shdi. F.Engels «Anti Dyuring» asarida shunday degan edi: «(Xtmishning asosiy etap (bosqich)larida Sh.Furening genialligi keng namoyon bo4di. U jamiyat o‘z rivojlanis'hida yowoyilik, patriarxalchilik, varvarlik va sivilizatsiya (madaniyat) bosqichlarini bosib o'tganligini ko'rsatib berdi». U aholining ayrim qismi behuda, parazit hayot kechirib, ezilgan mehnatkash xalqning ekspluatatsiya qilinishi hisobiga yashayotganini aytish bilan birga, bunday jamiyat aholining barcha qatlamlarini to'liq ta’minlash imkoniga ega emas degan xulosaga keldi. Sh.Fure, ayniqsa, kapitalistik savdo nuqsonlarini, undagi tovlamachilik, olibsotarlik va muttahamlikni fosh etadi. Sh. Fure klassik iqtisodiy maktab vakillari yuqori baho berayotgan erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyotni va klassiklami ham keskin tanqid qiladi. Sh. Fure sivilizatsiya jamiyatning kamchiliklari deb quyidagilami belgilaydi: ijtimoiy xaos; aholi nufusini ortib borishi; kambag‘allikni kuchaytiruvchi industrializm va boshqalar. Lekin Sh.Fure islohotlar yo‘li, tashviqotni kengaytirish bilan eksplua tatsiya, adolatsizlikka qarshi kurashib, «odil jamiyat» sari bormoqchi bo‘ldi. Kelajak jamiyatning asosiy yacheykasi bir necha ishlab chiqarish assotsiatsiyalaridan iborat falanganing har bir a’zosi mehnat qilish huquqiga ega bo'lib, mehnat zavq bag'ishlashi, kishilaming ehtiyojiga aylanishi kerak. Sh.Fure o‘sha paytda mashaqqat deb hisoblangan mehnat qanday qilib inson uchun huzur-halovatga aylanishi mumkin degan masalani o‘rtaga qo‘yadi. U buijua huquqi sistemasini tanqid qihb, mehnat qilish huquqini birinchi o'ringa qo‘yadi, mehnat qilish huquqi bo‘lmasa, qolgan hamma huquqlaming qadri yo‘q deb hisob laydi. Angliya — sanoat to‘ntarishini amalga oshirgan birinchi mamlakat bo‘lib, kapitalizm u yerda tez va dadillik bilan rivojlandi. Bu hoi tabiiy, Angliya xayoliy sotsializmining o‘ziga xos xususiyatini belgilab berdi. U xususiy mulkchilikning barcha ko‘rinishlarini inkor etib, fransuz sotsialistlarining industriallar jamiyati, turli uyushmalariga moyilligi yo‘q edi. Siyosiy iqtisodni proletariat manfaatlariga xizmat qildirishga harakat kommunistik jamoalar tashkil etish tajribalarini qo'llash va nihoyat, tinch yo‘l bilan yangi «odil jamiyat»ni qurish imkoniyatlarini isbotlashga urinish bu maktabga xosdir. Angliya xayoliy sotsializmining vujudga kelishi va rivojlanishi Robert Ouenning (1771-1858 yy.) hayoti va ijodiy faoliyati bilan bog'liqdir. R.Ouenning «Jamiyatga yangicha qarash yoki xarakterni shakllantirish haqida tajribalar», «Yangi axloqiy dunyo kitobi», «Adolatni almashuv bozori», «Ulug‘ milliy hunar ittifoqi» asarlarida uning sotsialistik loyihalari bayon etilgan. U kapitalistik jamiyatni tanqid qilib, uning xalqqa qarshi mohiyatini ochib beradi. Barcha mulkni umumning mulkiga aylantiradigan, qashshoqlik yo‘qoladigan, mehnat jafo-zulmatdan baxt-saodatga aylanadigan kommunistik jamoalar tuzish fikriga keldi. Shu maqsadga xalaqit beradigan uchta to‘siq bor. Bu uchta Шаг: xususiy mulk, din va burjuacha nikoh ekan ligini aytadi. Angliyaning ilk fabrika qonunchiligining asoschilaridan bo‘lgan. R.Ouen iqtisodiy qarashlarining xarakterli xususiyati shundan iboratki, u buijua siyosiy iqtisodini inkor etgan fransuz xayoliy sotsialistlaridan farq qilib, o‘z nazariyalarini yaratishda Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasiga tayanadi. U Rikardodan keyin mehnatni qiymatning asosiy manbayi deb hisobladi. Xususiy mulk bilan bir qatorda pul mehnat bilan kapital o'rtasidagi qarama- qarshiliklar sababchisi deb hisoblandi. R.Ouen qiymatning sun’iy o‘lchovi bo'lmish puldan voz kechib, mehnat xarajatlarining ekvivalenti sifatida «ishchi pullarini» joriy etish- ni taklif etadi. U kapitalistik ishlab chiqarishni qaytadan tuzib «ishlab chiqarish uyushmalarini» tashkil etishga harakat qildi. 12.3. Sotsialist-rikardochilarning (T.Godskin, J.Grey, J.Brey) iqtisodiy qarashlari XIX asming 20-30-yillarida Angliya hunarmandlari va ishchilari ora sida sotsialistik g'oyalar shakllandi. Bu g‘oyalami o‘rganish bilan yan- gicha yo‘nalishni tashkil qilgan olimlar Jon Grey, Tomas Godskin va Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling