‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
61aef8397723d3.50813536
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqacha xulosalar
Ikkinchi bosqichda u rentani kapital va yer rentasiga bo‘lishga o‘tadi.
Vanihoyat, uchinchi bosqichda K.Rodbertus barcha foyda va yer renta- sining kapitalist va yer egalari o‘rtasidagi taqsimotini ko‘rib chiqadi. K.Rodbertus ijodiy faoUyatining so‘nggi yillari qiymatning mehnat nazariyasidan uzoqlashib, mayda ishlab chiqaruvchilar manfaatlariga mos tushuvchi jamiyatni qayta qurish loyihalarini e’lon qilish bilan bog‘liq bo‘ladi. Kapitalizmni Rodbertuschasiga isloh qilishni sinfiy kurashsiz, evolyutsion yo‘l bilan amalga oshirishni ko‘zda tutar edi. Bu yo‘l keyingi islohotchilik yo‘nalishidagi nazariy maktab tomonidan qo‘llaniladi. Bu olimning asarlari rus tilida to‘la chop etilgan: К.Родбертус «Экономические сочинения» М., ОГИЗ. Сое Экгиз. Л.,1936. cip.436. Qisqacha xulosalar Mayda ishlab chiqaruvchilar nazariyotchilari tomonidan Kapi- talizmning chuqur o'rganilishi iqtisodiy ta’limotlar tarixida bu mak- tabning munosib o'rnini belgilab berdi. S.Sismondi va uning g‘oyalari sanoat inqilobi, kapitalizmning nihoyatda tez sur’atlarda rivojlanish davrida birinchilardan bo‘lib, shu jamiyatni iqtisodiy negizini va ijtimoiy tuzumini tanqid qilishda o‘z aksini topdi. Bu tanqid mayda ishlab chiqaruvchilar manfaatlariga mos ravishda oshirilib, kapitalizmning inqirozlar asosida notekis rivojlanishini ko‘rsatib berdi. Siyosiy iqtisod inson baxt-saodati uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy rivojlanishni o‘rgan- adigan fan deb yuritildi. S.Sismondi asarlarida asosiy e’tibor mehnat- kashlar, ayniqsa, ishchilar sinfining ayanchli bir taqdiriga samimiy hamdardlik bildirishga qaratilgan. Shuningdek, iqtisodiy kategoriyalami ilmiy tahlil qilishda klassik maktabdan, ayniqsa, A.Smit qarashlaridan nari o£ta olmadi. Olimning ishlab chiqarish bilan iste’mol o'rtasidagi qarama-qarshilikni ko‘ra bilganligi katta xizmati bo‘lsa, mashinalashgan ishlab chiqarishning ijo- biy xususiyatlarini to‘g‘ri baholamaganligi uning jiddiy kamchiligi edi. P.J. Prudonning mayda ishlab chiqarish sotsializmi Fransiyada va G ‘arbiy Yevropaning boshqa mamlakatlarida keng yoyildi. Prudon qarashlarida ham ikkiyoqlamalik va fikrlar qorishmasini uchratishimiz mumkin. Shunday bo‘Isa ham, prudonizm g‘oyalaridagi kapitalizmni isloh qilish to‘g‘risidagi fikrlardan hozir ham sotsial islohotchilikning ayrim ko'rinishlarida keng foydalanilmoqda. Prudon kapitalistik tovar ishlab chiqarishdagi qarama-qarshilikni shu tovarlami pulga aylantirish yo‘U bilan bartaraf etish mumkin deb hisoblaydi. U pul ning mohiyatini to‘g‘ri tushunmay, hamma aybni ayirboshlashdagi nohaqlikdan deb biladi. Shunday qilib, u tovar-pul munosabatlarini pul, kapital va foizsiz saqlash kerakligini taklif qildi. Barcha kamchiliklardan qat’i nazar, Prudon kapitalistik taraqqiyotdan orqaga qaytish mumkin emasligini tushundi, lekin mayda xususiy mulkchilikni saqlab qolish tarafdori bo‘ldi. K.Rodbertus ham o‘z asarlari bilan nemis mayda buijua nazariya siga katta hissa qo‘shdi. U kapitalistlardan ishchilar sinfiga ishlab chiqarish mahsuldorligi oshganligi hisobidan ma’lum hissa berishlarini talab qildi. K.Rodbertus qiymatning mehnat nazariyasida, qo‘shimcha qiymat, yer rentasi nazariyalarida katta ijobiy natijalarga erishdi. Olimning yaratgan asarlari zamondoshlari, jumladan, marksistik iqtisodiy ta’Iimot asoschilari tomonidan ijtimoiy fanlar rivojiga qo‘shilgan katta hissa deb yuqori baholandi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling