‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
61aef8397723d3.50813536
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchidan
Birinchidan, iqtisodiyotda cheksiz erkin raqobatni inkor etib,
boshqarish mumkin bo‘lgan raqobatni topib, tashkil etish. Dddnchidan, xo‘jalik hayotini tahlil qilish jaranida iqtisodiy ko‘r- satkich va manbalami asosiy deb hisoblamasdan, balki mehribonlik, axloq, ijtimoiy adolat, etika va boshqa kategoriyalami, shuningdek, tenglik va tinchlikni asosiy deb hisoblash. Uchinchidan, ko‘p yillar davomida yaratilgan ilmiy asarlarda iqtisodiy hodisalarga nemis faylasufi Gegel dialektikasi asosiy uslub qilib olinib, unga alohida e’tibor berildi. P.Prudon 0‘zining mayda ishlab chiqarish manfaatlaridan kelib chiqqan islohotchilik konsepsiyasini maydonga tashlar ekan, juda ko‘p masalalar xususidagi fikrlami bayon etadi. Mehnat taqsimoti, tovaming xususiyati, ish haqi, mulkchilik, daromad va takror ishlab chiqarish kabilami ilmiy izohlashga harakat qiladi. P.Prudon o‘zining eng muhim asarlaridan biri - «Iqtisodiy ziddiyatlar tizimi....»da awalgi mehnat taqsimotini tahlil qiladi. Mehnat taqsimoti bir tomondan boylikning ko'payishiga imkon bersa, ikkinchi tomondan qashshoqlikka, kam- bag‘allikka olib boradi. P.Prudonning mulohazalariga qaraganda, mehnat taqsimotining naf keltiradigan xususiyatlarini saqlab qolish va zararli xususiyatlarini tugatish kerak. Metodologiya jihatidan bu o‘rinda ijtimoiy jarayonlar dialektikasining ilmiy tahlilida tarixdan tashqari yondashuv sezilib turadi. Prudon tovaming xususiyatini ham mana shunday pozi- tsiyalardan turib «tadqiq» qiladi. Uning fikricha, qiymatning abadiy g'oyasi mavjud, bu g‘oya iste’mol qiymati talab va kamchilik bilan, ayirboshlash qiymati esa taklif va mo‘l-ko‘lchilik bilan belgilanadi. Talab bilan taklif o'rtasidagi kurashda tovaming qiymati yoki narxi belgilanadi. Nazariy jihatdan olganda bu haddan tashqari vulgar konstruksiyadir: qiymat ayirboshlashda vujudga keladi, u obyektiv asosdan mahrum. U ish haqining harakati qonuniyatlarini ham oddiy va g'ayriilmiy pozitsiyalardan turib bayon etadi. Prudon ishchilaming ish haqini oshirish uchun kurashiga qarshi chiqadi, chunki bu narsa narx- navoning yoppasiga ko'tarilishiga yoki muhtojlikning kuchayishiga olib borar emish. P.Prudon yollanma ishchini ekspluatatsiya qilish mexanizmini tushuna olmaydi. U kapital bilan mahsulotni aynan bir narsa deb talqin etib, butun kapitalning harakatini uning protsent keltiradigan qismi harakatidan iborat deb talqin etadi. Ssuda kapitalning harakatini Prudon qarz beruvchi bilan qarz oluvchi o‘rtasidagi bitim deb hisobladi. U mahsulotning bir qismini kapitalist o'zlashtirib olishini ishlab chiqarish chiqimlari yoniga kapitaldan foydalanganlik uchun protsent qo‘shish zarurligi bilan izohlaydi. Prudonning nazariy sistemasida protsent mehnatni ekspluatatsiya qilishning asosiy shakli tarzida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, u protsent bilan yollanma ishchini ekspluatatsiya qilish mexanizmi o‘rtasidagi o‘zaro aloqani tushun- maydi. P.Prudon «belgilangan qiymat» nazariyasini o‘zining butun iqtisodiy negizi deb hisobladi. Bunda klassik maktabdan o‘zib ketish pinhona istagigina emas, shu bilan birga ijtimoiy o‘zgartirishlaming yo'llarini belgilash istagi ham namoyon bo‘ldi. Tovar ishlab chiqarishini Prudon insoniy ozodlikning va har bir kishi shaxsiy mustaqilligimng cho‘qqisi deb biladi, mayda buijua nazariyotchisi bo'lgan Prudon bozor mexanizmining ba’zi bir salbiy jihatlarini: mollaming qalashib ketishini, nomunosiblikni, xonavayron bo‘lish va shu kabilami tan oladi. Prudon asosiy iqtisodiy ziddiyatlami «qiymat»ning ichki ziddiyatlaridan: iste’ mol va ayirboshlash qiymati g'oyalaridan iborat deb biladi. «Belgilan gan yoki sun’iy» qiymat murosaga keltiruvchi timsol bo‘lib ko‘rinadi. Bunday qiymat ayiiboshlashda vujudga keladi. U tovaming ijtimoiy boy lik tarkibiga bemalol kirib borishini bildiradi. Binobarin, tovar ishlab chiqarishining hamma qiyinchiliklarini bartaraf qilish uchun har bir tovarga yo belgilangan qiymat qo'yib qo‘yish yoki uning bozorda sotilishiga kafolat berish, tovar bilan pul o‘rtasidagi ziddiyatni tugatish zarur. Prudon tilla bilan kumushni «belgilangan» qiymatga ega bo‘lgan dastlabki tovarlar deb ataydi. P.Prudon daromad to‘g‘risidagi nazariyani siyosiy iqtisodda daromadning asosiy manbayi deb qabul qilingan mehnat, kapital va yeming mazmunini ko‘rib chiqishdan boshlaydi. Uning fikricha, ishlab chiqarish jarayonining o‘zi har uchala elementning ishga tushirilishi natijasida yuz beradi. Lekin yer yoki kapital egasi o‘zi hech narsa ishlab chiqarmasdan o‘z daromadini olishini va ayni vaqtda ishchi o‘z mehnati natijasida hosil bo‘lgan daromadining faqat kichkina bir qismini ish haqi sifatida olishni adolatsizlik deb baholaydi. P.Prudonning takror ishlab chiqarish nazariyasi uning daromadlar to‘g‘risidagi fikrlari asosida rivojlantiriladi. Olimning fikricha, takror ishlab chiqarish jarayoni hamjamiyatdagi ishlab chiqarish va iste’molning muvozanati asosida bo'ladi. Lekin amaliyotdamulkchilaming ishlamay qo‘yganligi bu prinsipning J.B. Sey ko‘rsatib o‘tgan «iqtisodiy qonunni» ham buzilishi olib kelmoqda. P. Prudon ijtimoiy masalalami hal qilishi zarur bo‘lgan kapitalizmni isloh qilish loyihalarini o'zining ko‘pgina asarlarida e’lon qiladi. Ushbu asarlarda ijtimoiy adolat konsepsiyasini asoslash bilan birga inqilobiy chiqishlar haqidagi har qanday fikmi inkor etadi. Olimning islohotchilik g'oyalaming ayrimlaii S.Sismondi qarashlariga o‘xshash bo‘lib ular quyidagilarda o‘z aksini topdi: • «uchinchi shaxslar» ya’ni dehqonlar, hunarmandlar va mayda kustar ishlab chiqaruvchilaming jamiyatdagi o‘miga hayrixohlik bildirish; • «mayda mulkchilik va mayda ishlab chiqarish»ni iqtisodiyotdagi yetakchilik o‘mini e’tirof etish bilan ulaming shart-sharoitlari, ta’li- motlarida to'liq tenglikka erishish; • ijtimoiy adolat tamoyillariga mos ravishda jamiyat manfaatlaridan kelib chiqib, ishlab chiqarish ishtirokchilariga teng daromad berish; • kapital va daromadlar bir kishi qo‘li ostida va mehnatni eksplua tatsiya qilishga yo‘l qo‘ymaslik. Bundan tashqari, faqat P.Prudon islohotchiligiga xos quyidagi g'oyalami ko‘rsatishimiz mumkin: • muomalada pulning harakatini bekor qilib, uning o‘miga ishchi pullari banklami muomalaga kiritish; • foizni yo‘q qilish hisobiga foizsiz kreditlami tashkil qilish; • xalq banklarini tashkil etish; • islohotlarni amalga oshirish jarayonining xotimasi sifatida hukumatni bekor qilish. Islohotchilik konsepsiyalarida P.Prudon xalq bankiga katta umid bog‘laydi. Uning banki sotsialist-rikardochilar taklif qilgan banklardan 3 xil o‘ziga xoslik bilan farq qilar edi: Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling