‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


S.Sismondining iqtisodiy qarashlari, uning mayda ishlab

bet89/163
Sana03.12.2023
Hajmi
#1798248
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   163
Bog'liq
61aef8397723d3.50813536

11.2. S.Sismondining iqtisodiy qarashlari, uning mayda ishlab 
chiqarish nazariyasi
Jan Shari Leonardi Simond Leonard de Sismondi (1773-1842)
Shveysariyada tug'ilgan, fransuz klassik siyosiy iqtisodini nihoyasiga 
yetkazuvchi va ayni vaqtda mayda siyosiy iqtisodning asoschilaridan 
biridir. U mo‘tabar protestant pastor oilasida tug'ilib, voyaga yetdi. 
Protestantlar kollegiyasini bitirib chiqdi, Jeneva universitetida o‘qidi. 
Siyosat bilan ko‘p shug'ullanmadi, Fransiya ma’naviy va siyosiy fanlar 
akademiyasining a’zosi etib saylandi.
S.Sismondi iqtisod va tarix fanlari sohasida katta ishlami amalga 
oshirib, boy ilmiy-adabiy meros qoldirdi. «Toskani qishloq xo‘jaligiiiing 
ko‘rinishi> (1801), «Savdo boyligi yoki siyosiy iqtisod prinsiplari va 
ularning savdo qonunchiligida qo‘llanilishi to‘g‘risida» (1803), «Italiya 
respublikalarining tarixi» (1807), 1818-yilda esa «Edinburg ensiklo- 
pediyasi» uchun «Siyosiy iqtisod» maqolasini tayyorladi. «Siyosiy iqti­
sodning yangi ibtidolari yoki boylikning aholi nufusiga munosabatlari 
to‘g‘risida» (1819) kitobining nashr qilinishi uning shuhratini yanada 
oshirdi. Keyingi yillarda «Siyosiy iqtisoddan etudlar» (1837) va funda­
mental tarixiy asarlar hisoblangan «Fransuzlar tarixi» (31 tom), «Rim


imperiyasi qulashining tarixi», «Italiya ozodligi tiklanishining tarixi»
va boshqa asarlari nashr qilindi.
Sh.Sismondi g‘oyalarining shakllanishi, sanoat to‘ntarishi davri 
bilan, shuningdek, mayda ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy 
kuchsizlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu, o‘z navbatida, kapitalizmning 
feodalizm ustidan, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishning maydi 
ishlab chiqarish ustidan g‘alabasini anglatar edi.
S.Sismondi ijodini o‘rganish metodini ayrim xususiyatlarini klassik 
iqtisodiy maktab vakillari bilan tenglashtirishimiz mumkin. Aynan 
o'ziga xos uslubiyat iqtisodiyot faniga quyidagi yangiliklami oUb kirdi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling