‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
61aef8397723d3.50813536
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqacha xulosalar
«Tablly erkinlik». Bozor tabiiy rivojlanish asosida tobora o‘sib boradi,
bunda xalqning farovonligi doimo yuksaladi. Bu o‘sishning asosi nima? Buning bosh sababi rag‘batlantiruvchi kuchlardir, har kimning o‘z sharoitini yaxshilashga intilishi, foyda ketidan quvish, «pul qilish istagi» pirovard natijada har bir ishlab chiqaruvchi o‘z kapitalini, korxona boyligini doimo oshirishga intiladi, bu esa har bir ishlab chiqaruvchini ko'proq foyda olish ilinjida tovarlami sotish imkoniyatlarini izlashga majbur qiladi. Hozirgi davrda klassik maktab asosida neoklassik (yangi klassik) qarashlar mavjud bo‘lib, o‘sha davrdagi asosiy g‘oyalar saqlangan holda ulaming ayrim tomonlari zamonga mos ravishda to‘ldiriladi. Qisqacha xulosalar XVIII asr oxiri va XIX asr o'rtalarida klassik iqtisodiy maktabga muqobil iqtisodiy g‘oyalar paydo bo‘la boshladi va u hoziigacha davom etmoqda. Bunday bo‘lishining birinchi sababi dialektik rivojlanish bo‘lsa, ikkinchidan klassik maktab g'oyalari ham, ya’ni bozor iqtisodiyoti tamoyillarining bekam-u ko‘st emasligida, shart-sharoitga qarab u yoki bu tamoyilning amaliy ta’siri har xil bo‘lishidadir. Ayniqsa, sanoat to‘ntarilishi tufayli (sanoat o'sdi, ishlab chiqarish rivoj topdi, mamlakat boyligi ortdi, ammo barchaning iqtisodiy farovonligi har xil bo'lib, sinfiy differensiasiya kuchaydi) kutilgan natijalaiga erishilmadi, iqtisodiy inqirozlar, noroziliklar kuchaydi. Shu- lar tufayli klassik maktabni taftish qilish, iqtisodiyotning ayrim unsur- larinigina olib, jarayonlami tushuntirishga intilish boshlandi, sinflar- ning manfaatlarini ko‘r-ko‘rona himoya qilish (apologetika) ro‘y berdi. Iqtisodiyotga yangi tushunchalar kiritildi, qiymat qimmat, foydalilik bilan almashtiriladi, qiymatning mehnat nazariyasiga hujum boshlandi. Shu davrdagi iqtisodchilarda birinchi navbatda sinflar o'rtasidagi iqtisodiy mulkiy munosabatlar katta qiziqish uygotdi. Ular turli yo‘llar bilan sinflar, mehnat va kapital o'rtasida hech qanday antagonizm yo‘q, «iqtisodiy uyg‘unlik» mavjud degan g'oyani isbotlashga urindilar. Oqibatda har qanday ekspluatatsiya inkor etildi, ish soatlarining uzunligi «isbotlab berildi» («so'nggi soat» nazariyasi). Kapitalist o‘z kapitah bilan ishlab chiqarishga yo‘l ochadi va qonuniy foydasini, ishchi ish haqini, yer egasi rentani to‘g‘ri oladi, ular o'rtasida hech qanday kelishmovchilik, anglashilmovchilik yo‘q degan g‘oya ilgari suriladi. «Manfaatlar uyg‘unligi», «Kompensasiya nazariyasi» va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Ayrim olimlar bo‘layotgan qiyinchiliklarga aholining o‘zi aybdor, chunki uning ko'payishi tez, tirikchilik vositalari esa sekin o‘sishi tabiiy bir hoi, deydilar (Maltusning «Nufus nazariyasi»). Bu fikr boshqa g‘oya - «tuproq unumdorligining pasayib borishi» nazariyasiga olib keldi. 0 ‘z g'oyalariga teskari «uchinchi shaxslar» nazariyasi vujudga keldi, ishlab chiqarmaydigan sinflar ravnaq asosi qilib ko'rsatildi. Ko‘pchiUk olimlar proteksionizmni inkor etib, fritrederlikni taklif etishsa (Sey, Mill, Bastia), ba’zan unga butunlay teskari fikr ham bildiriladi (Keri). Kapitalizmning bekam-u ko‘stligi haqida ko‘p qayg‘uriladi, vaholanki, bu illatlar shundoqqina ko‘rinib turibdi. Shu davrda iqtisodiyotda matematik usullar ishlab chiqildi (Kumo, Tyunen), bu usullar, ayniqsa, hozirgi davr iqtisodiyotida yetakchi rol o‘ynamoqda. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling