‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Asosiy tushuncha va iboralar
|
61aef8397723d3.50813536
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat va mulohaza uchun savollar
- UCHINCHI QISM KLASSIK MAKTABGA MUQOBIL TA’LIMOTLAR XI b о b. KLASSIK IQTISODIY MAKTABGA MUQOBIL IQTISODIY G‘OYALARNING VUJUDGA KELISHI
Asosiy tushuncha va iboralar
J.S. Mill, ishlab chiqarish qonunlari va taqsimot qonunlari, mini mum ish haqi va fiziologik minimum, Kumo, Tyunen, iqtisodiyot va matematik, talabning elastikligi. Nazorat va mulohaza uchun savollar 1. J.Millning iqtisodiy qarashlari qanday? 2. J.Mill ishlab chiqarish qonunlari bilan taqsimot qonunlarini qanday baholaydi? 3. Minimum ish haqi va fiziologik minimum nima? 4. J.R. Mak-Kulloxning asosiy g'oyalariga tushuncha bering. 5. Iqtisodiyotga matematik uslub kim tomonidan kiritildi? «Talabning elastikligi» nimani bildiradi? Baho va mahsulot miqdori o'rtasida qanday bog‘lanish bor? 6. Tyunenning iqtisodiy modelini izohlab bering. Samarali va samarasiz xo'jalik qanday aniqlanadi? Klassik maktab va hozirgi zamon. UCHINCHI QISM KLASSIK MAKTABGA MUQOBIL TA’LIMOTLAR XI b о b. KLASSIK IQTISODIY MAKTABGA MUQOBIL IQTISODIY G‘OYALARNING VUJUDGA KELISHI 11.1. XIX asming birinchi yarmida islohotchilik ilmiy konsepsiyalarining shakllanishi XVIII-XIX asr boshlaridagi sanoat to‘ntarishi katta ijtimoiy- iqtisodiy o‘zgarishlarga olib kelish bilan birga, A. Smit ta’limotini turlicha tanqid qiluvchi nazariy maktablami shakllanishiga yetarli zamin tayyorladi. Bu nazariy maktablar umuman klassik iqtisodiy maktabga muxolif bo‘lib, uch asosiy yo‘nalishda: iqtisodiy romantizm, xayoUy sotsializm, nemis tarixiy maktabi (ijtimoiy-tarixiy) yo‘nalishida rivojlandi. Bulaming asosiy vakillari klassik iqtisodiy maktabga qarshi chiqish bilan birga ulardan o'zgacha jamiyatning nisbatan ideal ijtimoiy- iqtisodiy tuzilish modelini taklif qildilar. Darslikning shu va keyingi boblarida klassik iqtisodiy maktabga qarama-qarshi g'oyalaming ba’zilari bilan yaqindan tanishamiz. Kapitalistik rivojlanishdan orqada qolgan va mayda tovar ishlab chiqarish ustun bo'lgan sharoitda sanoat to'ntarishi davriga kirayotgan mamlakatlarda bu tuzumni tanqid qilib, unga mayda ishlab chiqa ruvchilar manfaatini bergan iqtisodchilami paydo bo'lishi tabiiy bir hoi edi. Mayda ishlab chiqaruvchilar nazariyotchilar klassik iqtisodiy maktabga ham, xayoliy-sotsialistlarga ham qarshi turuvchi iqtisodiy ta’limotni ilgari surishga intildilar. Ular kapitalistik jamiyatning mayda tovar ishlab chiqarishni siqib chiqarish, yollanma mehnatni kengay- tirish bilan bog'liq bo‘lgan ko'pgina belgilarini tanqid qilib, xususiy mulkchilikni, sohibkorlik erkinligini yoqlab chiqadilar. XIX asming birinchi choragida iqtisodiy ta’limotlarda, shuningdek, ilk bor ishchilar sinfining ahvoli asosiy muammo qilib ajratib ko‘rsatila boshlandi. Chunki aynan mana shu davrdan boshlab sanoat rasman shakllandi va ularga xos muammolar ko‘zga tashlana boshlagan edi. Mayda ishlab chiqarish nazariyotchilari «iqtisodiy romantizm»ga xos islohotchilik harakatlarini targ‘ib qilib, o‘z rivojida bir necha bosqichni bosib o'tdi. Agar birinchi bosqich vakili hali kapitalizmdan voz kechishga uni cheklab qo‘yishga intilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqich maktabi vakili esa kapitalizmni isloh qilish loyihasini ilgari surib, «kichik kapitalizm»ni saqlab qolish tarafdori edi. Markscha-lenincha ta’limotdan farq qiliuvchi, bu maktab vakillari ijodini, ta’limotlarini o‘rganish nihoyatda zarurdir. Chunki ilmiy maktab vakillari o‘z davrlarida klassik iqtisodiy maktab vakillarini tanqid qilib, xayoliy sotsialistlar g'oyalariga qarshi kurashdilar, marksizm ta’limoti ommalashuviga qarshilik qilishga urindilar. Ushbu bobda shu maktabning asosiy vakillari S.Sismondi, P.Prudon, K.Rodbertusning iqtisodiy ta’limotlariga xos xususiyatlar, ulaming uslubiyati bilan yaqindan tanishamiz. Bu olimlar qoldirgan ilmiy meros uzoq davr davomida turli mamlakatlardagi iqtisodiy qarashlaming shakllanishiga katta ta’sir o'tkazib keldi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling