‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
HOZIRGI ZAMON IQTISODIY TA’LIMOTLARINING ASOSIY
|
61aef8397723d3.50813536
HOZIRGI ZAMON IQTISODIY TA’LIMOTLARINING ASOSIY
YO‘NALISHtARI Birinchi navbatda «hozirgi zamon» tushunchasiga aniqlik kiritish kerak. Ba’zi iqtisodchilarning fikricha, XIX asr oxirlarida vujudga kelgan iqtisodiy g‘oya, ta’Iimot va konsepsiyalar hozirgi zamonniki deb tan olinadi. Bu izohda mantiq bor, albatta, chunki o'sha davrda yuzaga kelgan iqtisodiy g‘oyalar keyingi iqtisodiy qarashlar uchun tayanch, asos rolini o'ynaydi. Ammo bu izohning cheklanganligini ham aytish kerak, negaki XX asming o'rtalari, ayniqsa, ikkinchi Jahon urushidan keyin iqtisodiy ta’limotlar bir qancha yangi qarash, g‘oya, konsepsiya va nazariyalar bilan boyidi. Ulami «hozirgi zamon» iqtisodiy g'oyalariga kiritilishi tabiiy. Ilgarilari dam-badam bo‘lib turadigan inqirozlar soni va ko'lami keskin kamaydi, ammo yo'qolgan emas. Bu nisbiy yutuqlar bir tomo ndan, ilmiy texnika inqilobi natijalaridan omilkorlik bilan foyda- lanilganligi va ikkinchidan ahoh ijtimoiy talablarini to‘laroq qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan ta’limotlar qo‘llanilayotganligidir. Oqibatda ko'pchilik mamlakatlarda iqtisodiy va ijtimoiy barqaroriik hukm surmoqda. Ammo kapitalizm yo'lini tanlab olgan, bozor iqtisodiyotidan foyda- lanayotgan yuzlab qoloq davlatlar borligini ham inkor etish mumkin emas. Demak, iqtisodiy rivojlanishning yana boshqa omillari ham bo'lsa kerakki (iqtisodiy konsepsiya, siyosat...), ulardan samarali foyda- lanayotgan davlatlar (ulaming soni 20-25 ta) jahon iqtisodiyotida yutuqlarga erishmoqdalar. Shu tajribani o‘iganish va amaliyotda foyda lanish hayotiy zaruriyatga aylandi. Ko‘rinib turibdiki, hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlari tobora chu- qurlashib, nazariy masalalar hayot bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib bormoqda. Biz yuqorida keltirgan iqtisodiy ta’limotlar doimo rivojlanishda bo‘lib, ulaming hech biri sof holda biror bir mamlakatda qo'llanilmaydi. Amaliyotda mavjud iqtisodiy ta’limotlar, ulaming turli oqimlari, maktablarning qorishmalari qo'llaniladi. Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarining asosan, uch yo‘nalishini ajratish mumkin: 1. Neoklassik (yangi klassik). 2. Ijtimoiy-institutsional. 3. Keynschilik. XV b о b. YANGI KLASSIK (NEOKLASSIK) YO‘NALISHNING SHAKLLANISHI 15.1. Alfred Marshallning iqtisodiy ta’limoti A.Marshall (1842-1924) iqtisodiyotda neoklassik (yangi klassik) yo‘nalishning yetakchi vakili, maq'inalizmning «Kembrij maktabi» lideri hisoblanadi. Kembrij universitetida o‘qidi, uni tugatib, shu yerda butun hayoti davomida siyosiy iqtisod fanidan (1863-yildan to 1908- yilgacha) dars berdi. 1902-yildan boshlab yangi «Ekonomiks» fanini kiritdi va siyosiy iqtisod fani asta-sekin siqib chiqarildi. Marshall maijinalizm g‘oyasini ijobiy ravishda (Jevonsni bilmagan holda) aniq- ladi.«Ekonomiks prinsiplari» (1890) A.Marshallning bosh asari bo‘lib, olti jilddan iborat. Bu kitob doim to'ldirib borildi va olim hayoti davomida 8 marta qayta nashr etilgan (ruschaga - «Принципы экономики» deb taijima qilingan). Kitobning boshidayoq fanning predmeti to‘g‘risida fikr yuritiladi. Bu fan jamiyatning normal hayot faoliyatini tadqiq qilish bilan shug‘ullanadi. Individual va ijtimoiy jarayonlaming farovonlikning moddiy asoslarini yaratish bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan sohani o‘rganadi. Mashhur «Ekonomiks» kitobining muallifi P.Samuelsonning bu fan predmeti nomi «iqtisodiyot» bo‘lib, iqtisod yoki maksimal- lashtirishni bildiradi. Unda ishlab chiqarish hajmlari optimal bo‘lganda, sof foyda maksumumga erishuviga katta e’tibor qaratilgan. Tadqiqot usulida klassik maktab g'oyalariga vorislik mavjud bo‘lib, ularyanada rivojlantiriladi. A. Marshall insonlaming iqtisodiy faoliyatini «sof» iqtisodiy nazariya pozitsiyasida turib, «mukammal raqobat» tufayli bo‘lishi mumkin bo‘lgan xo'jalikning ideal (benazir) modelini, tadqiq etdi. Ammo bir qancha iqtisodiyotning mo‘tadilUgi (muvozanati) bilan bog‘liq marjinal g'oyalar orqali u bu fanni «xususiy» hoi, ya’ni firma, soha (mikroekonomika) darajasida qaraydi. Bunday yondashuv olim yaratgan «Kembrij maktabi» va XIX asr oxiri - XX asr boshidagi ko‘pchilik neoklassiklar uchun xosdir. Ammo shuni alohida ta’kidlash kerakki, A. Marshall o'zidan oldin o‘tgan ortodoksal klassiklardan farqli ravishda, iqtisodiy kategoriyalami «isbot» talab etuvchi u yoki bu asosiy chegaralanishi maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Olimning tadiqotlarida bozorda erkin bahoning shakllanish muammosi asosiy o‘rin egallaydi. Bunda bozor muvozanati yagona organizm sifatida, xo‘jalik yurituvchi subyektlar chaqqon va bir-biri to‘g‘risida yaxshi ma’lumotga ega deb qaraladi. Bozor bahosiga «eng yuqori naf asosida aniqlanadigan talab bahosi va eng yuqori xarajatlar bilan topiladigan taklif bahosining kesishish natijasi» deb qaraladi. Bu «Marshall xochi» deb yuritiladi, u talab va taklif chiziqlarining kesishgan grafik shaklidir. Chiziqlar kesishgan joyda ular orasidagi muvozanat, ya’ni muvozanatli, mo‘ta’dil baho o'matiladi. Shu yerda olimning tovar qimmatining mohiyati to‘g‘risidagi g'oyasi xarakterlidir. Uning fikricha, qimmatni yaratishda naflik va ishlab chiqarish xarajatlari (qaychining ikki tig‘i) birdek faoldir. U qaychini misol sifatida keltirib, qog‘oz qirqqanda qaychining qaysi (ustki yoki pasti) tig'i asosiy rol o'ynashi haqidagi savolni aytadi. Marshall «iste’mol ortiqchaligi» tushunchasini kiritadi, bu xaridor olishi zarur bo'lgan ilojsiz narsa uchun to‘langan va amalda to‘layotgan baholar o‘rtasidagi farqdir, ya’ni xaridoming qo‘shimcha talabini qondirishning iqtisodiy o'lchovidir. Ilk marjinalistlarning baho, talab va taklif kabi omillaming funksional bog'lanish umumlashtiriladi. U xususan, baho pasayishi bilan talab |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling