‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Uesli Kler Mitchell g‘oyalari
|
61aef8397723d3.50813536
16.4.
Uesli Kler Mitchell g‘oyalari U Veblenning shogirdi bo'lib, iqtisodiyotda siklik hodisalaming tadqiqotchisi sifatida mashhur (bu iqtisodiyotda konyunktur-statistik institutsionalizm oqimi hisoblanadi). U iqtisodiyotga ta’sir etuvchi omillami aniqlashga intildi, bular, uning fikricha, moliya, pul muoma- lasi va kredit kategoriyalari edi. «Bu kategoriyalami tartibga solish yo‘li bilan iqtisodiyotga ta’sir etish, hatto siklik tebranishlami o'zgartirish, oldini olish mumkin», - deydi u. U o'zining «Iqtisodiy nazariya tiplari to‘g‘risida leksiyalar» (1935) asarida iqtisodiy masalalami madaniyat va sotsiologiya muammolari bilan o‘zaro aloqada, ammo, asosan, psixo logik tahlil asosida tadqiq etadi. Siyosiy-iqtisodiy institutlar to‘g‘risidagi ta’Iimot sifatida qaraladi. Kapitalistik ishlab chiqarishni tartibga solish zarurligi Mitchell ta’limotining bosh xulosasidir. Mitchell institutsionalizmi ustozi Veblen nazariyasidan, birinchi- dan, tanqidiy emasligi bilan, ikkinchidan, abstrakt nazariya bo‘lmasdan o‘sha davming empirik tadqiqoti ekanligi bilan farq qilar edi. U o‘z asarlarida inqirozsiz «amaliy sikl» masalalariga alohida e’tibor berib, pul muomalasi muammolarini diqqat markazida tutgan. Moliya va pul muomalasi institutlaridan insonlar hulqini tushuntirish uchun foy- dalaniladi. Insoniy jamiyat rivoji ayrim individlar taraqqiyoti shaklida emas, balki jamiyat a’zolarining kollektiv aloqalarining takomillashuvi sifatida xarakterlanadi. Kapitalizm qarama-qarshiliklarini yechishda davlat yo‘li bilan tartibga solish eng qulay vosita deb qaraladi. Iqtisodiyotni o‘rganishda matematika va statistikani keng qo'llash yo‘li bilan, Mitchell «kichik va katta sikllap> davomiyligini hisoblab chiqdi. U o‘zining hisob- kitoblariga asoslanib, kapitalizmning inqirozsiz rivojlanish modeli loyi hasini yaratdi. Bu oqim tarafdorlari sikllami o‘zaro aloqador parametrlaming ta’siri oqibatida vujudga keladi va kapitalistik ishlab chiqarish dinamikasini belgilaydi, deb qaraydilar. Shu sababU ular sikllami tasodifiy yagona hodisa emas, balki doimiy kapitalizm iqtisodiyotiga xos xususiyat deb hisoblaydilar. Ular tadqiqot qilayotgan omillar qatoriga birinchilardan bo'lib muomala sohasi ko'rsatkichlarini qo‘yadilar, ya’ni narxlar, aksiyalar kursi, pul muomalasi va boshqalar. Inqirozlar inkor etiladi, bu amaliy sikllami tan olish bilan isbotla- nadi (unda inqirozlar yo‘q). Iqtisodiy qatorlaming nazariy asosini bekam-u ko‘st deb bo'lmaydi. Masalan, 1929-yil arafasida Garvard maktabi vakillari tomonidan berilgan iqtisodiy ob-havo prognozi («Konyunktur barometr») iqtisodiyot ravnaqi - «prosperity» bo'lgan. Mitchell tadqiqotlari empirik va institutsional uslublarning qorishmasidan iborat. U iqtisodiy siklning amaldagi modelini loyihalashtirishga muvaffaq bo‘la olmadi. 16.5. Ijtimoiy-institutsional yo‘nalish evolutsiyasi Yuqorida institutsional yo‘nalishning asosiy g‘oyalari va dasturi ко‘rib chiqilgan edi. Hozirgi davrda ham bu yo'nalish g‘oyalari dolzarbligicha qolmoqda. Bu yo‘nalishning otasi Veblen tomonidan ilgari surilgan ta’limotda hozirgi zamon jamiyatini qayta qurish, trans- formatsiya masalalari nihoyatda muhim o‘rin egallaydi. Ulaming fik richa, ilmiy-texnika taraqqiyoti tufayli jamiyatdagi sotsial qarama- qarshiliklar yo‘qolib boradi. Jamiyatning konfliktlarsiz evolutsiyasi, uning industrial jamiyatdan postindustrial, superindustrial yoki «neo industrial», informatsion jamiyat sari rivoji ro‘y beradi. Texnik-iqtisodiy omillami mutlaqlashtirish tufayli yangi konvergen- siya nazariyasini ilgari surish imkoni yaratildi (J.KGelbreyt, Pitirim Sorokin - AQSH, Raymond Aron - Fransiya, Yan Tinbergen - Ni- derlandiya). J.K.Gelbreyt asarlarida bu fikrlar to‘laroq ifodasini topgan. U «kapitalizm transformatsiyasi» ro‘y berishi bashorat qilinadi. J.K.Gelbreytning asosiy asarlari quyidagilardir: «Moi-koichilik jamiyati» (1958), «Yangi industrial jamiyat» (1967), «Iqtisodiy naza- riyalarva jamiyat maqsadlari» (1973), «Pullar» (1975), «Ishonchsizlik asri» (1977). Superindustrial jamiyat to‘g‘risidagi g'oyalar amerikalik futurolog Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling