‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
61aef8397723d3.50813536
«Ijtimoiy bozor xo'jaligining» mohiyati
GFR neoliberalizm nazariyotchilari «erkin bozor» va adolatli taq simot prinsiplarini «ijtimoiy tenglik» prinsipi g‘oyasi bilan qo‘shishga muvaffaq bo'ldilar. Birinchi marta uning konseptual g'oyasi A.Myuller- Armakning «Xo‘jalik boshqaruvi va bozor xo‘jaligi» (1947) kitobida izohlanadi, bunda «Ijtimoiy bozor xo‘jaligi» matni ham birinchi bor qo‘llanilgan. Bu sohadagi ishlanmalar V.Rebke, L.Erxard, V.Oyken (ash tarixchi) va boshqalar tomonidan davom ettirildi. V.Rebkening «Nemis iqtisodiy siyosati to‘g‘rimi?»(1950) degan kitobi muqaddimasida GFR kansleri K.Adenauer «ijtimoiy bozor xo'jaligi» modeli mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy vazifasi sifatida qilinganligini bayon etadi. V. Rebke xarakteristikasi bo‘yicha, «ijtimoiy bozor xo'jaligi» «iqtisodiy insonparvarlik» sari yo'ldir. U o‘zining «Insonparvar jamiyat» asarida kollektivizmga — personalizm, hokimiyat konsentratsiyasiga — erkinlik, sentralizmga - detsentralizm, tashkilotchilikka - o‘zini-o‘zi boshqarishni qarshi qo‘yadi va boshqalar. 1957-yilda XDSning navbat- dagi syezdida L.Eixard, V.Rebke g‘oyalarini qo‘llagan holda GFR da «ijtimoiy bozor xo‘jaligi»ning 2- bosqichi boshlanganligini tasdiqladi. 60-yillarda LErxard o‘z maqolasida, awalo, «erkin musobaqa ijtimoiy bozor xo'jaligining eng asosiy elementi hisoblanadi» deb ta’kidlangan edi. 1965 yilda partiyaning navbatdagi syezdida L.Eixard GFRda «Ijtimo iy bozor xo'jaligi» ni tashkil etish dasturining nihoyasiga yetganli- gini e’lon qildi. Bu dastur mamlakatni «rasmiylashgan jamiyat»ga aylantirildi. 60-70-yillarda neoliberalizm konsepsiyasi «ijtimoiy bozor xo‘jaligi» modelini yaratish va amalga oshirish prinsiplari institutsionalizm ning «barcha uchun farovonlik jamiyati» konsepsiyasi bilan hamo- hangdir. Chunki ikkala modelda insonni inson tomonidan ekspluatatsiya qilinishi va sinfiy antegonizm inkor etiladi. Bu modellardan tashqari, davlatning faol ijtimoiy vazifasi g'oyasi bor. Davlat barcha fuqarolaiga ijtimoiy xizmatni olish va ular farovonligini oshirish uchun teng huquq va imkoniyatlar yaratishi zarurdir. Bunda jamiyatning turli qatlamlarida aksionerlar sonining ortishi bilan birga, barcha ijtimoiy institutlar barqarorligining o‘sishi, asosiy mehnatkash aholining ertangi kunga ishonchi va boshqalar ko‘zda tutiladi. 19.3. Cbikago monetarizm maktabi Keynschilikka muqobil ravishda AQSHda neoliberalizmning Chikago maktabi vujudga keldi. Uning monitar (pul bilan bog‘liq) g'oyalari Chikago universitetida 20-yillarda paydo bo‘ldi. Ammo neoliberal yo‘nalish harakatida Amerika monetarizmi mustaqil keyinschilik ilg'orlik pozitsiyalami faqat 50-yillar oxiri - 60-yillar boshida egalladi. Bunda M.Fridmen (1912-2006) nashrlari muhim ahamiyat kasb etdi (1976- yilgi iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati). Fridmen va uning safdoshlari Keynsning pulsiz omillari (masalan, investitsiyalar) o‘miga aynan pulli omillami afzal ko‘rdilar. 1958-yilda A.U. Fillipsning empirik egri chizig‘i paydo bo'lishi bilan pul hisobidagi ish haqining yillik foiz o'zgarishi va ishsizlik dara- jasi (hissasi) o'rtasidagi bog'lanish aniqlandi. Bunda 1861-1913-yillar Angliyadagi real ma’lumotlardan foydalanilgan. 1964-yil P.Samulson o‘zining mashhur «Ekonomiks» darsligining 6-nashriga shu grafikni kiritdi vauni «Fillips egri chizig‘i» deb atadi. Awalgi tadqiqotlarda (masalan, Keyns) inflatsiyasiz to‘la bandlik iqtisodiy siyosatning maqsadi sifatida qarab kelinar edi. Bu egri chiziqqa ko‘ra, baholar mo'tadilligi va ishsizlik nomuvofiq hodisalar bo‘lib chiqdi. Ular askincha, konfliktli maqsadlar ekan: ishsizlikni kamaytirishga inflat- siyani kuchaytirish yo‘li bilan erishiladi, inflatsiyani pasaytirish esa, odatda, ishsizlar ko‘payishini taqozo etadi. Shunday qilib, bir vaqti- ning o‘zida tuig'un baholar va to‘la bandlikka bo‘lgan ishonch, barqa- ror baho va to‘la bandlik o‘rtasida tanlash bilan o‘rin almashdi. M.Fridmen va uning safdoshlari Fillips egri chizig‘ini har tomon lama o‘rganib, (egri chiziq) har doim ham turg‘un emasligini aniqladi. Ayniqsa, 60-yillar oxirida ko‘pgina mamlakatlarda inflatsiya o‘sishi «mantiq»qa qarama-qarshi ishsizlikning pasayishi emas, balki uning o‘sishi va 70-yillar boshida esa inflatsiya va ishsizlikning bir vaqtda o‘sishi bilan ro‘y berdi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling