‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Asosiy tushuncha va iboralar
|
61aef8397723d3.50813536
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat va mulohaza uchun savollar
Asosiy tushuncha va iboralar
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi, musta- bid tizim merosi, o‘tish zaruriyatining omillari, «o‘zbek modeli», o‘tish davri davomiyligi, o‘tish davri bosqichlari, tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga yondashuvlar, iqtisodiyot negizi, ustuvor yo‘na- lishlar, tarkibiy o'zgarishlaming maqsadlari, inson taraqqiyoti indeksi, islohotlarni tasniflash, yutuq va muammolar. Nazorat va mulohaza uchun savollar 1. Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotining mohiyati va uning oqibatlarini izohlang. 2. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish deganda nimani tushunasiz? 3. 0 ‘tish davri davomiyhgi qancha bo‘lishi mumkin? 4. 0 ‘tish davridagi umumiy qoidalar nimadan iborat? 5. «0‘zbek modeli» nima? 6. Milliy iqtisodiyotning negizini nima tashkil etadi? 7. Milliy iqtisodiy islohotlar modelining xususiyatlari. 8. Islohot bosqichlariga oid qanday qarashlar mavjud? 9. Milliy iqtisodiyotning ilmiy-nazariy manbalarini kengaytirishga hissa qo‘shayotgan olimlar kimlar? XOTIMA Taniqli iqtisodchi olim Mark Blaugning ta’kidlashicha, iqtisodiyot fani va ta’limotlarining tarixi o‘ziga xos laboratoriyadir. Har bir iqtisodchi buni tushungan va tushunmagan holda bu laboratoriyani o‘zi bilan birga olib yuradi (Блауг М. Экономическая мыслъ в ретроспективе, с.659). Bu laboratoriya doim harakatda, doim izlanishda bo'lib, o‘tmishdoshlar tomonidan qoldirilgan intellektual merosni bilish muhimdir. Oddiy tushunchalardan boshlangan iqtisodiy g‘oyalar tarixi davomida bir nechta muhim yo'nalishlami ajratish mumkin. Bular boylikning asosi muomala sohasida degan aqidaga asoslangan merkantilizm iqtisodiy ta’limotigacha bo‘lgan davr, merkantilizmning o‘zi, klassik iqtisodiy maktab, sotsialistik yo'nalish va marjinalizmdir. Hozirgi davr iqtisodiy ta’limotlarida vujudga kelgan uch asosiy yo‘nalish tamoyillari turli mamlakatlaming iqtisodiy siyosatlariga asos qilib olingan. Sotsialistik deb atalgan yo'ldan borgan 28 davlat 90-yillar boshida bozor iqtisodiyotiga qaytishni yoki o‘tishni ma’qul deb hisobladilar. Bu davlatlaming bozor munosabatlariga o'tishi o‘ziga xos bo'lib, «o‘tish davri iqtisodiyoti» sifatida qaraladi. Albatta, bu o‘tish klassik mamla katlar (Angliya, Fransiya, AQSH, Germaniya va boshqalar) rivojlani- shidan ancha farq qiladi, chunki bu yerda gap ma’muriy-buyruqboz- likdan erkin bozor munosabatlariga o‘tish to‘g‘risida boradi. Ko‘pchilik mamlakatlarda o'tishning dastlabki qiyinchiliklari bartaraf etilib, normal rivojlanish davri boshlangan. Shu bilan birga, ko‘p yillardan buyon bozor munosabatlarida yashayotgan, ammo qoloqlik va qashshoqlik- dan chiqa olmayotgan davlatlar ham ko‘pligini alohida ta’kidlash ke rak. Demak, gap samarali bozor iqtisodiyoti to‘g‘risida borishi zarur. Bozor iqtisodiyotining muhim afzallik tomoni shundaki, u barcha tadbirkorlar (sohibkor)lar uchun teng erkin imkoniyatlar beradi, xususiy mulk asosiy o‘rinni egallagani uchun yaratuvchanlikka rag'bat (ishtiyoq)qa sharoit yaratiladi, boqimandalik (ilgarigi sotsialistik jamiyatdagi) kayfiyatini inkor etadi. Cheklangan moddiy-texnika resurslaridan samarali foydalanib, tobora oshib borayotgan talablami to‘laroq qondirish imkoni yaratiladi. Ko‘rinib turibdiki, bozor munosabatlari rivojlanish uchun bir vosita, undan unumh foydalanib, yutuqqa erishayotgan mamlakatlar talaygina, ammo shu yo'ldan borayotgan, lekin qoloq davlatlar ham ko‘p. Gap shundaki, xuddi tabiatdagi kabi umumiy va xususiy holat- laming birligida. Masalan, bizga oq bo'lib ko‘ringan rang prizmada yettita boshqa-boshqa rangga ajraladi, undan esa minglab boshqa ranglar hosil bo‘ladi. Muzikada yettitagina nota mavjud, ammo undan minglab, millionlab ohanglar vujudga keladi. Bozor tizimi hozirgi davr iqtisodiyotining eng samarali usulidir, ammo bu tizim bekam-u ko‘stmi degan savol tug'iladi. R.Xeylbroner va L.Tyugolaming fikricha, («Экономика для всех», с.296-298), bozoming uchta nozik joyi, muammosi mavjud. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling