‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
61aef8397723d3.50813536
Ulug‘bek (1394-1449) tarixda ko‘proq davlat arbobi sifatida emas,
bunyodkor inson, yuksak zehnli olim sifatida mashhurdir. Bu davrda mamlakat iqtisodiyotining asoslariga alohida e’tibor qilinadi, busiz rivojlanish bo‘lmasligini hokimlar yaxshi tushunishgan. Sug'orish tarmoqlari qurilib, ular toshhovuz, darg‘ot, navo, chig‘ir, charxpalak, qaynama.sharshara, osma ko'prik, handoq, tazar va sardobalar kabi turli-tuman suv inshoatlari bilan jihozlandi. 0 ‘sha davrda ham iqtisodiy rivojlanishning soliq tizimi bilan chambarchas bog‘liqligi yaxshi ma’lum edi. Soliq yig‘imi qancha yuqori bo‘lsa, ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligi kamdir, ammo soliqning pastligi aholi uchun qulay bo'lgani bilan, davlatning boshqaruv, mudofaa va boshqa maqsadlariga doimo to‘g‘ri kelavermaydi. Shulami yaxshi tushungan hukmdorlar soliqni iloji boricha me’yorida saqlab, uni yig‘ishning ma’lum adolatli usullarini qo‘llanganlar. Masalan, Ulug‘bek hukmronligi davrida g‘alla g‘aram qilinmasdan awal soliq to‘plash qat’iyan man etilgan, chunki dehqon hosil yig‘ib olgachgina real soliq to‘lash imkoniga ega bo‘ladi. Soliq aniq uch muddatda, dehqon hosili pishishiga qarab bo‘lingan: Bu davrda ichki va tashqi savdoga katta ahamiyat berilgan. Xitoy, Hindiston, Tibet va boshqa ko‘pgina davlatlar bilan savdo aloqalari olib borilgan. Bu borada savdogarlar uchun qulay sharoitlar yaratilganligini alohida ta’kidlab o'tish kerak. Elchilar «Buyuk ipak yo'li» xavfsizligini ta’minlash borasida katta ishlami amalga oshiiganlar. Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli, ayniqsa, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi, tovar-pul munosabatlari, milliy valuta mustahkamligiga bevosita bog‘liq. Ma’lumki, pulning uchta asosiy vazifasi mavjud: 1) qiymat o'lchovi; 2) almashuv vositasi; 3) jamg'arma vositasi. Agar pulning miqdori, uning nufuzi mustahkam bo'lmasa, iqtisodiyot posangisi, muvozanati buziladi. Shulami hisobga olib, vaqti-vaqti bilan pul islohotlari o'tkazib turiladi. 1428-yili Ulug'bek tomonidan o‘tkazilgan islohot katta ijobiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Muomaladagi fulusiy pullar almashtirildi. Ulug‘bek davridagi islohotlar tovar-pul munosabatlari rivojiga muhim hissa qo‘shdi. Iqtisodiyotning barqarorligiga erishildi. 4-180 49 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling