‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Merkantilizm va hozirgi zamon

bet42/163
Sana03.12.2023
Hajmi
#1798248
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   163
Bog'liq
61aef8397723d3.50813536

5.4. Merkantilizm va hozirgi zamon
Yevropada proteksionizmning tiklanishi (Angliyada proteksionizm, 
Fransiyada kontinental qamal va boshqalar) va nemis tarixiy maktabi 
(bu haqda quyida gap boradi) vujudga kelishi bilan merkantilizm g‘oyalari 
yana tilga olina boshlandi. Awal Rosher va Shmoller, so'ngra ulaming 
ingliz izdoshlari Kanningem va Eshlilar merkantilizm g‘oyalarini to‘la 
ratsional va ma’lum istak-natijalariga erishuvda, masalan, milliy avtarkiya 
va davlat hokimiyatini kuchaytirishda yaroqli siyosat deb qaradilar.
A.Smit mashhur asarining bir joyida «Mamlakat xavfsizligi 
farovonlikdan muhimroq» deb yozish bilan shunday nuqtayi nazami 
ilgari surdiki, unga ko‘ra merkantilistlar jiddiy qabul qilinishi kerak edi. 
Bu munosabat merkantilizm davridagi bosh masalalardan biriga oydinlik 
kiritishga imkon berdi: davlat qurilishining maqsadi qo‘shni davlatlar 
iqtisodiy kuch-qudratini pasaytirish hisobiga ham erishiladi, bunda 
ushbu davlat qudratining oshishi ro‘y beradi. Lokkning fikricha, bu 
shunday ro‘y beradi: «boylik» oltin va kumushning ko‘pliginigina 
anglatmaydi, balki boshqa davlatlamikidan ortiqroq bo‘ladi. Haqiqatan 
ham, ko‘pchilik merkantilistlar shunday nuqtayi nazami himoya 
qilganlarki, unga ko‘ra millatlarning iqtisodiy manfaatlari antagonistic, 
ya’ni qarama-qarshidir, go‘yoki dunyoda cheklangan miqdordagi 
resurslar mavjud, ulami esa bir davlat ikkinchi davlat hisobiga olishi 
mumkin. Bu merkantilistlaming «qo'shningni talon-toroj qil» degan 
siyosatini himoya qilishini tushuntirib beradi. Undan tashqari, bu g'oyada 
ichki iste’molni kamaytirish milliy siyosatning maqsadi qilib ko'rsatUadi.
Merkantilizmni qaytadan qo‘llash, klassik maktabni (bu haqda quyida 
gapiriladi) tan olmasUk, kapitalizm yo‘liga keyinroq o'tgan davlatlarda 
ro‘y berdi. Yangi davlatlar iqtisodiyotda to‘la erkinlikka qarshi edi yoki 
bu erkinlik faqat kuchli Angliya uchun qulaylik va ustunlik beradi deb 
bejiz o‘ylamaganlar. Shu sababli bu yerda merkantilistlaming davlatning


iqtisodiyotni boshqarish, proteksionizm, mamlakatda pul mo‘l-ko‘lligini 
ta’minlash kabi g‘oyalari va boshqalar hukumatlar siyosatiga aylantirildi.
XX asrda davlat monopolists kapitalizmi rivoji bilan davlatning 
iqtisodiyotdagi roli tobora oshib bordi. Inqirozlar tez-tez takrorlanib 
turdi. Ayniqsa, 1929-1933-yillardagi iqtisodiy inqiroz butun dimyoni 
larzaga soldi. Shu davrda J.M. Keyns nomi bilan bog‘liq ta’Iimot yuzaga 
keldi. U 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling