‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
G.Skaruffi va boshqalardir. Masalan, florensiyalik (Italiya) bankir B.Divanzetti
|
61aef8397723d3.50813536
- Bu sahifa navigatsiya:
- Filipp Makedonskiymng
G.Skaruffi va boshqalardir. Masalan, florensiyalik (Italiya) bankir
B.Divanzetti (1529-1606) pul (chaqa)ni iqtisodiy organizmning qoniga o'xshatadi, demak, agar chaqa (pul) bo'lmasa (qon kabi), organizm o'ladi. Kapitalizmning o'sishi, savdoning rivoji tufayli bu siyosat o‘zini oqlamadi (XVII asrdan boshlab XVIII asrgacha), pul balansi siyosati savdo balansi siyosati bilan almashdi. Bunda davlatdan pul olib chiqishga ruxsat berildi. Rivojlangan merkantilizm yoki savdo balansi nazariyasi XVI asming ikkinchi yarmida paydo bo'ldi va XVII asming o‘rtalarida asosan Angliyada avj oldi. Uning asosiy mafkurachisi Tomas Mann (1571-1641) edi. Uning fikricha, pul tashqi savdo aylanmasida boshlang‘ich maskantni tashkil etadi, ya’ni P-T-P. T. Manning fikricha, har bir savdo kapitalisti o‘z pulini ma’lum foyda olish uchun aylanmaga qo'yadi. Tovar, pul, foyda va kapital orasidagi aloqadorlikning sababini topishga harakat qilingan. U Makedoniya podshosi Filipp Makedonskiymng «Kuch natija bermagan joyda pulni ishga solish kerak» degan iborasini yaxshi ko‘rgan. Savdo balansini oshirish uchun ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga e’tibor berildi, bunda birinchi navbatda yollanma ishchilaming ish haqini cheklash va umuman, xalqning turmush darajasini pasaytirish kerak, deb topildi. Ish haqini cheklash zarurligi g‘oyaviy asosda hal etildi. T.Mann yozishicha, «mo‘l-ko‘lchilik va kuch xalqni qanchalik buzsa, ehtiyojsiz qilib qo‘ysa, qashshoqlik va muhtojlik uni shunchalik aqlli va mehnatsevar qiladi» emish. Bu albatta, savdo kapitali xodimlari har qanday yo‘l bilan imkoni boricha ko'proq boyishi uchun yo‘l ochib berish, demakdir. XV-XVII asrlarda merkantilizm g‘oyalari (pul to‘plash siyosati, proteksionizm, xo‘jalik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va boshqalar) Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarida, Portugaliyadan to Maskoviyagacha yoyildi. Fransiyada bu g‘oya XVIII asming ikkinchi yarmida moliya vaziri Kolber tomonidan rivojlantirildi. Fransiyada sudxo'rlikning rivojlanishi shu siyosat bilan chambarchas bog'liq, uning ta’siri asrlar davomida saqlanib qoldi va milliy xususiyat kasb etdi (P-P). Italiya iqtisodchilari ham (ASerra) bu ta’limotni keng tadqiq etdilar. Agar inglizlarda bu ta’Iimot ko'proq «savdo» bilan bog'liq bo‘lsa, italiyaliklarda u ko‘proq «pul», «chaqa» shaklida namoyon bo‘lgan. Germaniyada merkantilizm kameralistika shaklida bo'lib, XIX asr boshlarigacha rasmiy iqtisodiy doktrina edi. Ammo merkantilizmning iqtisodiy g‘oyalari va uning nazariy asosi Angliyada ishlab chiqildi. 0 ‘z davri uchun bu ta’Iimot ancha ijobiy voqea bo'ldi. Nima uchun «boylik», ya’ni iste’mol qilinayotgan va jamlanayotgan boyliklar (ya'ni iste’mol qiymatlari) bir mamlakatda boshqasinikidan tezroq o‘sadi? Korxona, ayniqsa, davlat miqyosida boylik tezroq ko‘payishi uchun nima qilish mumkin va zarur? degan savol tug‘iladi. Merkantilistlar shu savolga javob berishga urindilar. Davr taqozosi tufayli sanoat hali feodalistik, aniqrog‘i kapitalizmgacha bo‘lgan shaklda edi va sanoat kapitali hali yetakchi emas edi, asosiy kapital savdoda to‘plandi. Shu davrda Ost-Indiya, Afrika va boshqa koloniyalarning asosiy maqsadlari savdo bilan bog‘liq edi. «Milliy boylikka» asosan va ko‘proq savdo kapitali sifatida qaralgan va asosiy iqtisodiy kategoriya - almashuv qiymatiga katta e’tibor berilgan. Arastu, Ibn Xaldun va boshqa olimlarga tegishli bo‘lgan ekvivalent (teng) almashuv tamoyili merkantilistlarga yot edi. Aksincha, ulaming fikricha, almashuv tabiatan tengsiz noekvivalentdir. Bu g‘oyaning kelib chiqishi tarixan bo‘lib, ular almashuv deganda birinchi navbatda tashqi savdo almashuvini tushunishgan, ayniqsa rivojda ortda qolgan xalqlar va mustamlakalardagi almashuv oldindan teng bo‘lmagan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, boshqa yo'nalish (Arastu), o‘rta asrdagi tadqiqotchilardan farqli ravishda merkantilistlar qiymatning mehnat nazariyasini rivojlantirmadilar. Ulaming fikricha, kapitalning o‘sishi va jamg‘arilishi almashuv tufayli, ayniqsa, tashqi savdo tufayli ro‘y beradi, lekin ular ko‘p masalalami to‘g‘ri hal etishga intilganlar. Merkantilizm bu davrda xalq manfaatlaridan yiroq siyosatni olib borayotganligi ochiqdan-ochiq ma’lum bo‘lib qoldi. Ba’zi bir ingliz mualliflari, masalan J.Chayld, U.Teml boshqacha yo‘l, ya’ni ssuda kapitali miqdori (foiz)ni kamaytirishni taklif etgan. Merkantilistlaming g‘oyalari buijua siyosiy iqtisodining awalgi davr qarashlarini aks ettiradi, chunki ular asosiy e’tibomi muomala sohasiga qaratgan edilar (boylik asosan ishlab chiqarish sohasida yuzaga keladi, buni keyinroq ko‘ramiz). Merkantilizm turli davlatlarda asosiy sohalarda bir xil namoyon bo‘lsa ham, o‘ziga xos milliy xususiyatlarga ham ega. Kapitalistik ishlab chiqarishga imkoni boricha ko‘proq aholini jalb etish muhim deb hisoblangan, chunki real ish haqi past bo‘lgan sharoitda foyda kelishi oshadi va kapital jamg‘arilishi tezlashadi. Merkantilizm ta’Iimot sifatida ham, iqtisodiy siyosatdagi yo‘nalish sifatida ham turlicha edi: eskirayotgan feodal munosabatlaiga qarama- qarshi va yangi buijuaziyani qo‘llash orqali o‘z davri uchun progressiv bo‘lgan ilk kapitalizrnning shakllanishiga yaxshi imkoniyat yaratdi. Ammo Fransiyada Ludovik XIV («Davlat bu men» degan) va Kolber tomonidan manufakturalami ko‘paytirish usuli milliy sanoatni rivojlantirish uchun emas, absolutizmni mustahkamlash, qirol xonadonining sarf-xarajatlarini qoplashga qaratildi. Germaniyadagi kameralistlar ham mavjud hokimiyatni qo‘llash, aholini esa ularga so'zsiz bo‘ysundirishga harakat qildilar. Merkantilizm bilan birga siyosiy iqtisod tushunchasi ham kirib keldi. Bu tushuncha fransiyalik Antuan Monkreten Ser de Vattevil tomonidan kiritildi (1565-1621). U 1615 yilda «Siyosiy iqtisod traktati» kitobini yozdi. Bundagi asosiy g'oya - «ko‘p sotish, kam sotib olish». Olim o‘z g‘oyalari bo'yicha faol merkantilist edi. «Siyosiy iqtisod» tushunchasi va shu nomli fan XX asming 90-yil- larigacha yashab keldi, ayniqsa, sobiq sotsialistik deb atalgan mamla- katlarda bu nom mashhur edi, chunki davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qonuniyat darajasiga ko‘targan edi. G‘aibda XIX asr oxirida (A.Marshall) bu ibora «ekonomiks» shaklida qo‘llanila boshlangan (bu haqida quyida gap boradi). Angliyada qishloq xo'jaligi va sanoatda kapitalistik o‘zgarishlar erta amalga oshgan va bunga merkantilizm ham yordam bergan bo'lsa, Fransiyada ahvol o‘zgacha edi. Fransiyada yangi merkantilizm siyosati (Ludovik XIV) hukumat a’zosi (moliya nazoratchisi va dengiz ishlari vaziri) Jan Batist Kolber (1619-1683) tomonidan keng olib borildi (bu siyosat kolbertizm deb ataladi). Bu davlatda feodal munosabatlar (ayniqsa, mayda dehqonchilik) keng tarqalgani uchun Kolber asosiy e’tibomi sanoatga qaratdi va agrar sohani deyarli e’tiborga olmadi. Masalan, chetdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari keltirish qo'llangan, chiqarish esa cheklangan, don, narxi davlat tomonidan past ushlab turilgan. Bu siyosat va sanoat birinchi o‘ringa qo‘yiladi, ayniqsa, qishloq xo‘jaligining pasayishiga olib keldi, bu esa noroziliklarga sabab bo‘ldi. Shunday haqiqatga yaqin rivoyat borki, unga ko‘ra ishbilarmonlar Kolbeiga shikoyat qilishgan, shunda u «nima istaysizlar» deb so'raganda fransuzcha «laisser faier» (qilishga ruxsat bering, ya’ni o‘z-o‘zidan davom etaversin) degan ekanlar. Bu ibora hozirgi davrda ham sof erkin iqtisodiyot prinsiplarini, birinchi navbatda, davlatning iqtisodiyotga aralashmasligini talab etadi (liberalizatsiya, lesse-ferr). Merkantilizmning yana bir shakli kameralistika (lotinchada-hazina) bo‘lib, ayniqsa, Germaniyada keng tarqalgan. Bu g‘oya tarafdorlari yirik feodallar xo‘jaliklarini boshqarish masalasini yuqori qo'yadilar va buni idora doirasida hal qiladilar. Demak, yangi ta’Iimot bo'yicha iqtisodiyotda davlatning roli birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Amalda esa turli-tuman farmon, farmoyish, qonunlar yuzaga erkin raqobatga yo‘l berilmas edi. Hunarmandchilik bo‘yicha sex tizimi, feodallarning imtiyozlarini himoya qiluvchi qoidalar saqlab qolindi (tenglik yo‘q). Bu tizim Fransiyada XVIII asr oxirigacha, Angliyada XIX asr boshlarigacha saqlab kelindi. Merkantilizm bozor iqtisodiyotining birinchi ta’limoti edi. Bu ta’Iimot barcha mamlakatlarda tarixan progressiv xarakterga ega. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling