‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Asosiy tushuncha va iboralar

bet37/163
Sana03.12.2023
Hajmi
#1798248
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   163
Bog'liq
61aef8397723d3.50813536

Asosiy tushuncha va iboralar
Iqtisodiyotni boshqarish (Devoni buzruk va devon), vazirlar vakolati, 
yer egaligining 5 ko‘rinishi, ulufa (oziq-ovqat, maosh), soliqqa tortish 
tartibi, tanho, Ulug‘bek islohotlari, «Fulusi adliya» tashqi savdoga 
e’tibor, tamg‘a bojidagi o'zgarishlar, ANavoiyning «Vaqfiya» (1482), 
«Mahbub-ul qulub» (1500) asarlari, Zahiriddin Muhammad 
Bobuming «Mubayyin», «Zakot to‘g‘risida asar» kitoblari, «Hiroj», 
«Muqassam», «Muvazzar».
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Amir Temur davlatining ilmiy qonun-qoidalari qaysi asarda 
keltirilgan?
2. Amir Temur davrida davlatni boshqarish tartibi qanday bo‘lgan?


3. Amir Temur davridagi soliq tizimi va maoshni belgilashning 
xususiyatlarini so'zlab bering.
4. Ulug‘bek davridagi islohotlar qaysi sohani barqarorlashtirishga 
qaratilgan?
5. Alisher Navoiy asarlaridagi iqtisodiy g‘oyalaming mohiyatini 
gapirib bering.
6. Alisher Navoiyning «Vaqfiya» asarida qanday iqtisodiy g‘oyalar 
bayon etilgan?
7. Zahiriddin Muhammad Bobuming iqtisodiy g‘oyalari qaysi 
asarlarda bayon etilgan?
8. «Akbamoma»da qanday iqtisodiy g‘oyalar ilgari surilgan?
9. «Fulusi adliya» deganda nima tushuniladi va u qaysi davrga te- 
gishli?
10. A.Navoiy boylik to‘plashning qanday yo'llari to‘g‘risida gapir- 
gan?


V b о b. MERKANTILIZM IQTISODIY TA’LIMOTI
5.1. Merkantilizm vujudga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari
«Merkantilizm» iborasi birinchi bo‘lib Adam Smitning asarlarida 
uchraydi. Lug'aviy ma’nosiga ko'ra bu so‘z italyancha bo‘lib, savdogar 
mazmuniga ega. Bu so‘z yangi ta’limotning mazmun va mohiyatini 
o‘zida aks ettiradi.
Uzoq yillar davomida boylikning, xalq moddiy farovonligining asosi 
mehnat, yer, dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilikda deb 
kelinar edi. Lekin XV asrga kelib, ahvol keskin o‘zgardi. Bu ta’limotning 
kelib chiqishiga bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy sabablar turtki bo‘ldi. 
Awalo, feodal tuzumning yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining 
o‘sishi, fan va madaniyatning rivoji, ayniqsa, yangi yerlaming ochilishi, 
buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tizimining paydo 
bo'lishi, ayniqsa, savdo-sotiqning rivojiga turtki bo'ldi. Noekvivalent 
savdo tufayli metropoliya koloniyalar hisobiga beqiyos boyidi. Ana shu 
o'zgarishlami asoslab beruvchi iqtisodiy ta’Iimot — merkantilizm yuzaga 
keldi va muomala sohasini o‘rganish bilan shug‘ullandi. Merkantilizm 
sinfiy jihatdan savdo kapitalini himoya qildi. Shu daviga kelib Yevropada 
oltin va kumush qahatchiligi boshlandi. «Hindistonda nodir metallar 
ko‘p» degan mish-mishlar va u yerdagi mavjud ziravorlar insonlami 
yangi yerlar ochish, yangi boylik makonlarini izlab topishga otlantirdi.
Pul vazifasini bajaigan nodir metallar (hali qog'oz pul yo‘q), ulaming 
kuch-qudrati hammani oyoqqa turg'azdi, insonni o‘ylashga, ixtirolar 
qilishga, harakatga undadi. Oqibatda, suvda kemalar orqali xavfli yo‘lga 
otlanish taraddudi boshlandi, xaritalar tuzildi, kompas kashf etildi
kerakli odamlar, asbob-anjom, suv, oziq-ovqat, qurol-yarog* to'plandi.
Merkantilistik siyosat ham ishlab chiqildi. Uning bosh vazifasi davlatga 
ko‘proq oltin va kumush keltirish deb bilindi. Bu davrda pul sifatida 
qimmatbaho metallar - oltin va kumush ishlatilgan, shu sababli oltin 
va kumush zaxiralarini ko‘paytirish borasida ma’lum iqtisodiy siyosatlar 
ishlab chiqarildi.


1492-yilda portugaliyalik Xristofor Kolumb uchta kemasi bilan tasodif 
tufayli Amerika qit’asini ochdi (u o'zini Hindistondaman deb o‘ylagan, 
shuning uchun qit’a nomi boshqa dengizchi - Amerigo Vespuchchiga 
nasib etdi, tarixning bu xatosini to‘g‘rilash uchun bu qit’adagi bir 
davlatga Kolumbiya nomi berildi). Ammo Amerika, ko'pchilik 
o'ylaganidek, oltin-kumushga unchalik boy emas ekan. Hindistonga suv 
yo‘li qidirish yana davom etdi va 1498-yilda Vasko da Gama tomonidan 
ko‘pchilik intizorlik bilan kutgan bu diyorga yo‘l ochildi. Boshqa dengizchi- 
Magellanning butun dunyo bo'ylab qilgan sayohati tufayli yangi yer, 
orollar kashf etildi, ular qisqa vaqt ichida Yevropa davlatlarining 
mustamlakasiga aylantirildi, u yerlarda oltin-kumush konlari ochildi, 
yangi xomashyo, ekin, hayvon turlari topildi, ulaming Yevropaga kirishi 
boshlandi (paxta, makkajd’xori, tamaki, kofe, какао). Yevropadagi 
davlatlar (Portugaliya, Ispaniya, Niderlandiya-Gollandiya, Fransiya 
va Angliya) o'rtasida kurash ham qizidi.
Shakllanib kelayotgan yangi iqtisodiy munosabatlaming rivoji 
uchun muhim moddiy turtki paydo bo‘ldi. Kapitalizmning shakllanishi 
va rivoji uchun kapitalning dastlabki jamg'arilish jarayoni kuchaydi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling