‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining mohiyati
|
61aef8397723d3.50813536
- Bu sahifa navigatsiya:
- U.Stafford
5.2. Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining mohiyati
Merkantilizm rivojida ikki davmi ajratish mumkin: 1. Ilk merkantilizm yoki monetarizm (XV-XVI asr o'rtalari). 2. Rivojlangan merkantilizm, savdo balansi (yoki manufaktura sistemasi) (XVI-XVIII asr o'rtalari). Yangi ta’Iimot vujudga kelishi manufaktura bilan bevosita bog‘liqdir. Iqtisodiyot tarixida sanoatning uch xil shaklini ajratish mumkin: uy hunarmandchiligi, manufaktura va fabrika. Uy hunarmandchiligida sohalar, tarmoqlararo mehnat taqsimoti mavjud, hamma ishni bir odam yoki shogird, oUa bilan birga bajariladi. Manufakturada esa kooperatsiya yuzaga keladi, eng muhimi, chuqur mehnat taqsimoti, xususiy tadbirkor, yollanma ishchi kuchi paydo bo‘ladi (XV asr). Merkantilizmning birinchi davri, o‘sha davr iborasi bilan aytganda monetar, ya’ni oltin va kumush pullar to‘plash bilan bog'liq edi. Bunda pul balansi siyosati olib borilgan, chetdan imkoni boricha kam tayyor tovar sotib olishga urinilgan. Qimmatbaho metallni chetga olib ketish taqiqlangan. Savdogarlaiga olib chiqilgan mahsulotning bir qismiga pul olib kelish majburiyati yuklangan (qolgani tovar bo‘lishi mumkin). Chet ellik savdogarlami esa sotilgan mol pulining hammasiga yangi tovar sotib olishga majbur qilingan (pul olib chiqib ketmasliklari uchun). Bu siyosat nazorat kuchli bo'lishini talab etgan, tashqi iqtisodiy aloqalaming rivojini susaytirgan. Taniqli iqtisodchi N.D. Kondratevning fikricha, merkantilistlaming iqtisodiy tizimi amaliy siyosat bo‘lib, xalq xo‘jaligi qanday bo'lishi kerak va unga nisbatan davlat hokimiyatining munosabati masalasi asosiy maqsaddir. Merkantilizmni qisqacha qilib quyidagicha ta’riflash mumkin: iqtisodiy siyosatda: mamlakatda va davlat xazinasida imkoni boricha nodir metallami (oltin, kumush, javohir, zar va durlami) ko‘proq to‘plash; nazariya va ta’limotda: savdo, pul aylanmasi, ya’ni muomala sohasida iqtisodiy qonuniyatlami izlab topish. «Insonlar metall uchun qurbon b&lmoqda», ya’ni oltin fetishizmi butun kapitalistik jamiyat rivojiga hamohang bo'lgan yangi hayot tarzi va fikrlashning tarkibiy qismidir. Ayniqsa, savdo kapitali davrida bu yorqin namoyon bo‘ldi. Savdo kapitalining asosiy tamoyili - qimmatroq sotish uchun sotib olish (bu hodisa 0 ‘zbekistonda ham hozirgi davr o'zgarishlarida uchrab turadi). Sotib olish va sotish farqi esa sariq metall shaklida namoyon bo'ladi. Farq, ya’ni foyda faqat ishlab chiqarishda, faqat mehnat yo‘li bilan yuzaga kelishi mumkinligi haqida o'ylanmaydi. Faylasuflar va ularning aqidalariga amal qilgan merkantilizm amaliyotchilari davlatga murojaat etib, insonlaming tabiiy huquqlarini ta’minlashni talab etganlar. Ana shu talablar orasida mulkchilik va xavfsizlik bor. Bu ta’limotning ijtimoiy ma’nosi shuki, davlat yangi jamiyat boyligi o'sishini ta’minlovchi sharoitni yaratishi va qo‘llashi shart edi. Iqtisodiy ta’limotlaming tabiiy huquq bilan aloqasi keyinchalik merkantilizmdan klassik iqtisodiy maktabga ham o‘tdi. Lekin bu aloqa mazmuni keyingi davrda ancha o‘zgardi (Fransiyadagi fiziokratizm, Angliyadagi Smit), chunki bu davrda buijuaziya davlat homiyligiga unchalik muhtoj emas edi, hatto u davlatning imkoni boricha iqtisodiyotga aralashuviga qarshi bo'lgan. M.Blaus fikricha, merkantilistlar ilmiy dunyoqarashining yetakchi tamoyillari quyidagilar: l)oltin va boshqa qimmatbaho metallarga boy- likning asosi sifatida qaraladi; 2) mamlakatga oltin va kumushlaming oqib kelishini ta’minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish; 3) arzon xomashyoni import qilish yo‘li bilan sanoatni qo'llab-quwatlash; 4) import qilinadigan tayyor sanoat tovarlariga proteksionistik (yuqori) tariflar; 5) eksportni, ayniqsa tayyor mahsulot eksportini rag'batlan- tirish; 6) ish haqining past darajasini ushlab turish uchun aholi sonining o'sishi. Shak-shubhasiz, milliy farovonlikning asosiy sharti sifatida aktiv savdo balansi hisoblangan va bu merkantilizm g‘oyasining yuragi edi. Ulaming mohiyati quyidagilardan iborat: • Tahlil predmeti (iqtisodiy tahlil) sifatida muomala sohasi muammolarini o'rganish afzal deb qaraladi, bunda uni ishlab chiqarish muammolari bilan bog‘lab o‘rganish butunlay inkor etiladi; • Tahlil uslubi sifatida, asosan, empirizm (tajriba)dan foydalaniladi, bunda iqtisodiy hodisalarning tashqi ko‘rinishlarigina ta’riflanib, iqtisodiyotning barcha sohalarini o‘z ichiga olgan ma’lum tizim asosida tahlil etish istisno etiladi; • Pulning kashf etilishi insonlaming sun’iy kashfiyoti oqibati deb hisoblanadi, pulning o‘zi esa aynan boylik deb qaraladi; • Pul qiymati kelib chiqishini oltin va kumushning «obyektiv (jonli) tabiati»dan va ulaming mamlakatdagi miqdori bilan belgUanadi; • Mehnatga taklifning o‘sislii ish haqining yuqori emas, past bo‘lish zarurati bilan bog‘lanadi; • Davlatning tartibga solishi tufayli iqtisodiy o‘sishga mamlakat pul boyligining ko‘payish oqibati sifatida qaraladi, bunda tashqi savdo va savdo balansi saldosining ijobiy (aktiv) bo‘lishi ta’minlanishi kerak. Manufakturalarning rivoji mustamlakalardan keltirilgan arzon, ko‘p va sifatli xomashyo hisobiga ro‘y berdi, tayyor mollar esa o‘sha va boshqa mamlakatlarga olib borilib, ancha qimmatga pullangan. Noekvivalent almashuv oqibatida metropoliya boyib borgan. Bu sohada Angliya yuksak yutuqlami qo‘lga kiritdi. Agar Angliya hududini 1 deb olsak, u o'zidan 120 marta katta bo'lgan yemi koloniyaga aylantirgan va undan ustalik bilan foydalangan. Demak, merkantilizm bo'yicha boylikning asosi pul (davlatda qancha pul ko‘p bo‘lsa, u shuncha boy deb hisoblangan) va pul miqdorini davlat hokimiyati yordamida oshirish mumkin. Aslida merkantilizm buyuk geografik kashfiyotlardan oldinroq paydo bo‘ldi va XVI asming o'rtalarigacha (asosiy oltinlar yig‘ib olinguncha) yashadi. Bu siyosatning muhim namoyandalari Angliyada U.Stafford, Italiyada Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling