‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
61aef8397723d3.50813536
savdo tahlili» (1705) asaridagi tub g‘oya baholarda foyda hissasini
oshirishga va «pulning ko‘payishi hozirgi o‘ziga to ‘q odamlami tadbirkorlikka jalb etadi» degan fikr asosiga qo‘yiladi. Uning hayoti to‘g‘risida «Inflatsiya otasi», «Kredit sehrgari», «Bankir boning g aroyib hayoti» kabi turli kitoblar chop etildi. Xo‘sh, nega bu insonning hayoti va faoliyati barchani qiziqtirib qoldi? Jon Lo Shotlandiyaning Edinburg shahrida zaigar oilasida tug'ildi, uning otasi pullami foiz hisobiga qarzga berar edi. Lo qisqa vaqt ichida boyib ketdi, Londonga jo‘nadi. U 1694-yil duelda odam o‘ldirdi, sud bu duelni noqonuniy deb topdi va uning o‘zini o‘limga hukm etdi. Harakati tufayli qirol Vilgelm III uni avf etdi, ammo unga qarshi yangi sud jarayoni boshlandi. Shundan so‘ng Lo qamoqdan qochib, Gollandiyaga boradi. Ammo Lo uch yil Londonda bo‘lgan vaqtida bank ishini yaxshi o‘rganadi, 1694-yilda birinchi bank yuzaga keldi. Uning fikricha, bu hodisani «Hindistonning ochilishi» bilan tenglashtirish mumkin edi. 0 ‘sha davrda kredit kuchi Lo timsolida o‘zining muxlisi, shoiri va bashoratchisiga ega bo‘ldi. U Amsterdamda o‘sha yillari eng yirik bo‘lgan bankning faoliyatini chuqur o‘rgandi. 1699-yilda u Parijda paydo bo‘ldi, u yerdan esa Italiyagabordi. Yangi tipdagi bankochish orzusi 1704- yilda uni o‘z vataniga olib keladi. Shotlandiya og‘ir iqtisodiy ahvolda, savdoda turg‘unlik, shaharlarda ishsizlik, tadbirkorlik ruhi keskin pasaygan, ana shunday sharoitda u o'zining kitobini (1705) yaratdi. U hech qanday nazariyotchi emas edi, uning asosiy iqtisodiy qiziqishlari pul va kredit muomalalariga tegishli edi, xolos. Lekin u o‘z loyihasidagi g‘oyalari bilan iqtisodiyot fanida muhim rol o‘ynadi. Sen-Simon unga baho berib, «tizim, ya’ni o‘z davri odami», bo‘l- ganligini bir necha bor qayd etdi. Lo o‘z loyihasini keng targ‘ib etdi va muhimi, uni amalga oshira boshladi. Loning g‘oyasi quyidagilardan iborat bo'lgan: uningcha, iqtisodiy ravnaqning kaliti mamlakatda pul mo‘l-ko‘lligidir. U pulning o‘zini boylik deb hisoblamagan, tovarlar, korxonalar va savdo haqiqiy boylikdir (bu fikmi sof merkantilistlar fikri bilan solishtiring). Ammo pulning ko'pligi, uningcha, yerdan, ishchi kuchidan, tadbirkor mahoratlaridan to‘la foydalanishni ta’minlaydi. U shunday yozadi: «Ichki savdo odam laming ish bilan bandligi va tovarlar almashuvidir... Ichki savdo pulga bog‘liq. Pulning ko‘pligi ko‘p odamlami ish bilan band etadi...» Ammo Jon Lo awalgi merkantilistlardan sezilarli farq qiladi. U iqtisodiy rivojlanish omilini muomala sohasidan izlasa ham, metall pullami sharaflamaydi, aksincha ulami tanqid qiladi. 200 yildan so‘ng J.M.Keyns oltin pullami «varvarlaming qoldig‘i» deb ataydi, xuddi shulami Lo ham aytishi mumkin. Loning fikricha, pullar metalldan emas, balki xo‘jalik talabi asosida banklar tomonidan chiqariladigan kreditdan iborat bo‘lmog‘i kerak, ya’ni qog‘oz pullaiga ustunlik beriladi. Banklardan foydalanib, pul miqdorini o'stirish hoziigacha qo‘llanilgan eng yaxshi usuldir. Lo tizimida yana ikki tamoyil muhim o‘rin egallaydi. Birinchidan, u banklar uchun kredit ekspansiyasi siyosatini, ya’ni bankda saqlanayotgan metall pul zahiralaridan ko‘p marta ortiq ssuda berish huquqini ko'zda tutgan. Ikkinchidan, u banklaming davlat ixtiyorida bo‘lishi va davlatning iqtisodiy siyosatni o‘tkazishini talab etgan. Jon Lo banklaming ijobiy, ustunlik tomonlarini ko‘ra bildi, ammo uning salbiy holati, bo'lajak xavfni yo ko‘rishni istamadi, yoki uni tushunib yetmadi. Bu Lo tizimining bosh amaliy, nozik xavfi edi va u oxir-oqibatda unga zarba berdi. Nazariy jihatdan Lo katta xatoga yo‘l qo‘ydi. U pul va kreditni kapital bilan aynan bir deb o‘yladi. U xato ravishda ssuda va pul chiqarishni kengaytirish bilan bank kapitalini yaratdi hamda shu bilan boylik va ish bilan bandlik ortadi deb o'yladi. U olib borgan kredit operatsiyalar moliyaviy avanturizm bo‘lib chiqdi. Shotlandiya parlamenti Jon Loning bank tuzish loyihasini rad etdi. Angliya hukumati uning awalgi gunohini (duelda odam o‘ldirganligini) kechmadi, oqibatda Lo yana kontinentga ketishga majbur bo‘ldi, u hayotining asosiy qismini chayqovchilik, turli qimorlarda ishtirok etish bilan o‘tkaza boshladi. U o‘z loyihasini Parijda amalga oshirishga erishdi. Fransiyaning iqtisodi og‘ir ahvolda, davlat xazinasi bo‘m-bo‘sh edi. 1715-yildaqirol Ludovik XIV olamdan o‘tdi, regent gersog Filipp Orleanskiy (odingi qirolning jiyani) Lo loyihasini qabul qildi, ammo oddiy emas, xususiy aksionerlik banki tuzildi. Amalda bu ko‘zbo‘yamachilik edi. Boshdanoq bank davlat bilan chambarchas bog‘liq edi. 1716-yilning mayida tuzilgan bank nihoyatda katta yutuqqa erishdi, talantli administrator, ustaishbilarmon, mohir siyosatchi vadiplomat bo'lgan Lo regent yordamida mamlakatdagi barcha pul krediti tizimini ishonch bilan egalladi. Ko‘p sonli bank banknotl^ri ustalik bilan tartibga solib turildi va keng iste’molga kiritib borildi, ular hatto haqiqiy chaqalardan ham ustun bo‘lib qoldi. Parijdagi sudxo‘rlarga nisbatan ssuda foizi ancha imtiyozli edi va ongli ravishda sanoat va savdoga yo‘naltirildi. Xalq xo‘jaligida sezilarli jonlanish boshlandi. Lo 1717-yilda Fransiyaning Missisipi daryosi havzasidagi yerlarda katta kompaniya tuzdi, bu kompaniya 1719 yilda qirol bankiga aylangan bank bilan hamkorlikda ish yuritdi. Bu Jon Loning ikkinchi «buyuk g'oyasi» - kapitalni markazlashtirish va assotsiatsiyalash g‘oyasi edi. U bu sohada ham o‘ziga xos bashoratchi bo‘lib chiqdi. Agar G ‘arbiy Yevropa va Amerikada aksionerlik jamiyatlari faqatgina XIX asming o‘rtalarida tuzilgan bo‘Isa, Lo bu ishni XVIII asming boshida amalga oshirdi. Kompaniya faoliyati tobora avj oldi, aksiya chiqarish va sotish tobora kuchaydi. Jon Lo bu sohada qat’iylik ko‘rsatdi. Har olti oyda ikki hissa dividend (foyda) olish imkoni tug‘ildi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling