‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
J.S. Millning iqtisodiy ta’limoti
|
61aef8397723d3.50813536
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Siyosiy iqtisod asoslari»
10.1. J.S. Millning iqtisodiy ta’limoti
Ingliz Jon Stuart Mill (1806-1873) klassik maktabning so‘nggi nomoyandalaridan biridir. Uning otasi Jeyms Mill (1773-1836) ham iqtisodchi bo‘lgan va o‘g‘lining tarbiyasi bilan jiddiy shug'illangan, oqibatda yoshligidayoq uning dastlabki tadqiqotlari e’lon qilindi. Ammo 1848-yilda bosib chiqarilgan «Siyosiy iqtisod asoslari» (5 jilddan iborat) kitobi unga shuhrat keltirdi. Mill Ost-Indiya kompaniyasi bilan bog‘langan edi (1858-yilda yopilgan). 1865-1868-yillarda parlament a’zosi bo'lgan (D.Rikardoni eslang). So‘nggi yillarda Fransiyaning Avinon shahrida yashab, ijod etdi. D.Rikardo g‘oyalariga yaqin turadi va birinchi o‘ringa «ishlab chiqarish qonunlari»ni qo‘yadi, bu masalani «Taqsimot qonunlari»ga qarama-qarshi deb biladi. Klassik maktab vakillari kabi, iqtisodiy rivojlanishda «Qishloq xo'jaligi imkoniyatlari» bilan hisoblashmaslik mumkin emas deb hisoblaydi. Tadqiqot usulida pulning «neytrallik» konsepsiyasiga amal qiladi, ammo pulning miqdoriy nazariyasini ham qo'llaydi. Boylik to‘g‘risida ancha sodda fikrda bo‘Ub, bozorlarda sotib olinadigan va sotiladigan narsalaming summasi sifatida qaraladi. Bu olimning metodologiyasida (ishlab chiqarish qonunlarini taqsimot qonunlariga qarshi qo‘yish xarakterlidir. Birinchisi o‘zgarmas boiib, texnik sharoitlar bilan belgilanadi, bu «fizik haqiqatlar» kabidir, u «tabiiy fanlar xususiyatlari» xarakteriga ega, unda inson irodasiga bog'liq hech narsa yo‘q. Ikkinchisi esa, uni «inson intuitsiyasi» boshqargani sababli, ayrim mamlakatlar va davrlarda jamiyatni boshqaradiganlaming fikri va xohishiga bog‘liq bo'lib, nihoyatda turlichadir. «Mazkur jamiyat qonun va urf-odatlari» taqsimot qonunlariga bevo sita ta’sir etadi va «jamiyatdagi asosiy uch sinflar» o'rtasida daromadlar taqsimoti mulkning shaxslar o'rtasidagi taqsimotini belgilab beradi. Insoniy qarorlaming taqsimot qonunlari shakllamshidagi ahamiyatidan kelib chiqib, J.S.Mill jamiyatni ijtimoiy jihatdan isloh qilish bo'yicha o‘z takliflarini ishlab chiqadi. Olimning tadqiqotlariga «statika» va «dinamika» tushunchalari kiritiladi. Awalgi olimlar tomonidan jamiyat ning «statsionar va o‘zgarmas» iqtisodiy qonunlari o‘rganilgan bo'lsa, endilikda statikaga siyosiy iqtisodning dinamikasini qo'shish kerakligi aytiladi. Ammo M.Blaugning fikricha, Millda «dinamika»ga tarixiy o‘zga- rishlami tahlili sifatida qaraladi, «statika» deganda esa hozirgi statik tahlil tushuniladi. Demak, u hozirgi davrdagi dinamik tahlildan keskin farq qiladi, chunki endilikda iqtisodiy munosabatlardagi o'zgarish zamon va makonda, diffensial hisob-kitoblar yordamida matematik modellashtirish orqah amalga oshiriladi. Millning qiymat nazariyasida «almashuv, iste’mol qiymatlari», qiymat va boshqalardan tashqari, qiymat (qimmat) bir vaqtda barcha tovarlarda o‘sishi mumkin emas degan qisqacha xulosalar chiqariladi, chunki qiymat nisbiy tushunchadir. Qiymat mehnat tufayli yuzaga kelishi va birinchi darajali ahamiyatga egaligi ta’kidlanadi. Pul to‘g‘risidagi g‘oyasida miqdoriy masala birinchi o‘ringa qo‘yiladi, ya’ni pulning ko‘payishi yoki kamayishi tovarlaming nisbiy bahosi o‘zgarishiga ta’sir etadi. Boshqa sharoitlar teng bo‘lganda «pulning qiymati uning miqdoriga teskari nisbatdadir», pulning har qanday kamayishi esa xuddi shunday proporsiyada uning qadrini oshiradi. Pulning neytralligi to‘g‘risida fikr yuritihb, pul vaqtni va mehnatni iqtisod qilish uchun hizmat qiladi, deyiladi. Boylik, moddiy ne’matlar faqat unumli mehnat natijasida yaratiladi. Yangilik shundan iboratki, mulkni qo‘riqlash, malaka orttirishga qaratilgan mehnat ham unumli deb hisoblanishi kerak. Unumli mehnat, jamiyat ishlab chiqarish kuchlarini ko‘paytirishga olib kelsa, unumli iste’molga ega bo'ladi. Aholining iqtisodiyotdagi o‘mi to‘g‘risida so‘z yuritilib, Angliyada 1821-yildan keyin 40 yil davomida tirikchilik vositalarini ishlab chiqa- rish sur’atlari aholi o‘sishidan yuqori bo‘lmagan. Aholi sonini kamayti- rish bo‘yicha takliflar beriladi (ixtiyoriy tug'ilishni kamaytirish, ayollar emansipatsiyasi).Bu masalada Mill Maltus bilan hamfikrdir. Kapital deganda «awalgi mehnat bilan ilgari to'plangan mahsulotlar zaxira» lari tushuniladi. Kapital jamg‘arish investitsiya uchun asos hisoblanadi va bandlikni oshiradi, ishsizlikning oldi olinadi (J.M.Keyns ta’limotiga qarang). Daromadlar borasida awalgi olimlar fikri qo‘llanadi, uni mehnatga haq deb qaraladi va ishchi kuchiga bo'lgan talab va taklifga bog'liq deyiladi. Minimal ish haqi g‘oyasiga amal qilib, «ishchi fondi» doktrinasi ilgari suriladi, unga ko‘ra, sinfiy kurash ham, kasaba qo'mitalari ham ish haqini yashash minimumi darajasida saqlashning oldini ola olmaydi. Ammo 1869-yil bu doktrina g‘oyasi inkor etiladi va kasaba qo‘mitalari, haqiqatan ham, ish haqiga ta’sir etadi, bu «mehnat bozoridagi raqobat oqibatlari» kabidir. Boshqa sharoitlar teng bo‘lganda past mehnatda ish haqi kamroq bo‘ladi. Mill «minimum ish haqi» bilan «fiziologik minimum»ni farqlaydi, birinchisi ikkinchisidan yuqoridir. Ish haqi manbayi sifatida allaqanday «kapital zaxira» keltiriladi. Rentaga yerdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan kompensatsiya deb qaraladi. Shu bilan birga, yer uchastkasidan foydalanish shakliga qarab, bu renta mavjud bo'ladi yoki foydani yo‘q qiluvchi xarajat bo'lishi mumkin. Jamiyatdagi iqtisodiy islohotlar, xususan, sotsializm va sotsialistik qurilish to‘g‘risida ham fikr yuritiladi. Ijtimoiy tengsizlikning xususiy mulk bilan bog'liqligini inkor etadi. Masala bunda xususiy mulk bilan bog'liq individualizm va suiiste’molchilikka barham berishdir, degan xulosa chiqariladi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida davlat mavqeyini faol- lashtirish masalalari qarab chiqilgan. Bunda davlat markaziy bankining foizlari oshirishga intilishi maqsadga muvofiq deb qaraladi, chunki bu xorij kapitalini mamlakatga kirib kelishini rag‘batlantiradi, milliy valuta kursi mustahkamlanadi, oqibatda davlatdan oltin chiqib ketishining oldi olinadi. Davlat harajatlarining ko'payishi tanqid qilinadi. Erkin savdo munosabatlari (laisser faire)ni qo‘llash bilan biiga, «bozor kuchisiz» ayrim sohalarda (infratuzilma, fan, qonunlami chiqarish, bekor qilish va b.) davlat aralashuvi kerak deb hisoblanadi. Mill, ayniqsa, ta’lim sifatiga alohida e’tibor qiladi, xususiy maktablar tarafdori (faqat chekka joylardagina umumiy maktabga yo‘l beriladi), davlat imtihonlari tizimi, yomon o‘qiganlar uchun jarima taklif etadi. Aytib o‘tilganidek, bu olim ishlab chiqarish qonunlarini o'zgartirish mumkin emas, balki taqsimot qonunlarini o'zgartirish kerak degan aqidaga amal qiladi. Bu olimning katta xatosi bo‘lib, aslida ishlab chiqarish va taqsimot bir-biridan alohida-alohida yashay olmaydi; ular bir-birlariga har tomonlama bog'liq. Millning ijtimoiy islohoti uch pozitsiyani o‘z ichiga oladi: 1. Kooperativ ishlab chiqarish assotsiatsiyasi yordamida yollanma mehnatni tugatish. 2. Yer solig‘i yordamida yer rentasini ijtimoiylashtirish. 3. Merosxo‘rlik qonunini cheklash yordamida boylikning tengsizligini cheklash. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling