‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi

bet81/163
Sana03.12.2023
Hajmi
#1798248
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   163
Bog'liq
61aef8397723d3.50813536

F.Bastianing (1801-1850) nomi va iqtisodiy qarashlari keng omma- 
lashdi. U boy fransuz ishbilarmoni oilasida tug'ildi. Bastia 40-yillari bir 
qancha pamfletlar chiqarib, ularda erkin savdo foydasiga proteksionizmni 
inkor etuvchi, vino ishlab chiqaruvchilar manfaatini himoya qiluvchi, 
sotsialistik g‘oyalarga qarshi bo‘lgan qarashlami faol targ‘ib etdi. Bu 
pamfletlar g‘oyasi mazmun jihatdan original bo‘lmasa-da, yozilish 
shakli bilan ajralib turadi.
F.Bastianing eng asosiy g'oyasi jamiyatdagi ijtimoiy antagonizmning 
mavjudligini inkor etishdir. Uningcha, o'sha davrdagi jamiyat 
dunyodagi «eng go'zal, mukammal, mustahkam butunjahon 
assotsiatsiyalaridandir. Barcha qonuniy manfaatlar uyg‘unlashgandir».
F.Bastia 1850-yilda «Iqtisodiy garmoniyalar» kitobini chop etdi. Unda 
garmoniya (uyg‘unlik)ning asosini almashuv va sof, hech narsa bilan 
cheklanmagan raqobatda ko'radi. F.Bastia o‘z g'oyasini isbotlashda 
Seyning fikridan foydalangan bo‘lib, xizmatlar nazariyasi bunga mos 
keladi, ya’ni almashuv, xarid-savdo o‘zaro teng «xizmatlap>ni al- 
mashish demakdir. Sey bo'yicha bu «xizmatlar» nafaqat odamlar, balki 
buyumlar va tabiat kuchlari tomonidan ko'rsatilsa ham, Bastia jamiyat 
hayotining qanday sohasida bo'lmasin, faqat shaxsiy xizmatlami ustun 
qo'yadi. «Xizmat» deganda ishlab chiqarish davomida real mehnat


sarfinigina emas, balki shu xizmatdan foyda keltiruvchi har qanday 
harakat, faoliyat va kuch tushuniladi. Bundan shu narsa aniq bo'lib 
qoladiki, qimmat yaratishda ishlab chiqarishga faqat ishchilar emas, 
balki kapitalist va yer egalari ham katta «xizmat» ko'rsatadilar. Kapi­
talistning «xizmati» unga foiz olish imkoniyatini berishini F.Bastia 
shunda ko‘radiki, kapitahst kapitalni avans yoki ssuda tarzida sarflab, 
iste’molni orqaga suradi va uni kapitalistning «qurboni» deb hisoblaydi. 
Bu yuqorida biz keltirgan Senioming tiyilish nazariyasining o‘zidir. 
«Tiyilish» so‘zi o‘miga «orqaga surish» so‘zi qo'yilgan, xolos.
Mehnat va kapital o‘rtasidagi uyg'unlik, ya’ni garmoniyani yanada 
to‘laroq isbotlash maqsadida Bastia o‘zining kapital jamg'arilishi 
«qonuni»ni yaratdi va unda Rikardoning foyda va ish haqining bir-biriga 
qarama-qarshi ekanligi to‘g‘risidagi ta’limotini inkor etishga harakat 
qildi. F.Bastianing bu «qonuni»ga ko'ra, mehnat va kapital manfaatlari 
oliy darajada hamohangdir. Oqibatda kapitalistning foydasi va ishchining 
maoshi bir vaqtda va bir miqdorda oshib boradi, hatto ishchilaming 
hissasi kapitalistlamikidan tezroq o‘sar ekan, demak, oqibatda kapita­
listning foydasi nisbatan kamayadi. U bu fikmi isbotlashga urinib ham 
o‘tirmaydi. Uningcha, foyda normasi va kapitalistlaming milliy daro- 
maddagi hissasi masalalarini qorishtirib yuborgan. Foyda normasining 
pasayib borish tendensiyasi ishchilami ekspluatatsiya qilishning 
kuchayishi bilan mos kelishi mumkin, demak kapitalistlaming milliy 
daromaddagi hissasi ham oshib borishini kutish mumkin.
F.Bastia o‘zining bu nazariyasi yordamida kapitalistlar va yer egalari 
o'rtasidagi qarama-qarshilildami hal etadi. U yer rentasini yer 
egasining yoki uning ota-bobolarining shu yemi ishlash va yaxshilash 
xizmati uchun berilgan mukofot deb hisoblaydi. Shunday qilib, kapital 
va yer egaligi o‘rtasidagi uyg‘unlik shu bilan hal etiladiki, yer rentasi 
yerga qo‘yilgan kapital foizining bir ko‘rinishiga aylantiriladi. Bunday 
izohlash yer rentasining iqtisodiy kategoriya sifatidagi xususiyatini 
inkor etadi. uning foydadan hech qanday farqi qolmaydi. Ishlanmagan 
yerlardan olinadigan renta umuman bu sxemaga mos kelmaydi.
Demak, Bastianing izohi bo'yicha o‘sha davrdagi burjua jamiyati 
turli sinflar o'rtasidagi o‘z xizmatlari bilan almashib turuvchi 
«uyg'unlashgan hamkorlik» jamiyati tarzida namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy 
erkinlik bu xizmatlar almashuvining ekvivalentligining garovi 
hisoblanadi, chunki bu yerkinlik nomutanosib harakatlaming oldini


oladi. Proteksionizmni cheklanmagan erkin raqobat bilan almashtirish 
esa sotsialistlaming jamiyatni mukammalroq iqtisodiy jamiyatga 
aylantirish to‘g‘risidagi chaqiriqlariga qarama-qarshi qo'yiladi.
1775-85-yillardagi mustaqillik uchun Shimoliy Amerika va Angliya 
o'rtasidagi kurashda qozonilgan g‘alaba tufayU AQSH davlati vujudga 
keldi. Hokimiyat tepasiga yangi sinf - buijuaziya o‘tirdi. AQSH bur- 
juaziyasi ingliz buijuaziyasidan anchagina farq qilar edi. AQSHdagi 
hukmron sinf 1865-yilgacha qullikni saqlab qoldi va ingliz siyosiy 
iqtisodiga zid ravishda o‘z siyosiy iqtisodini yaratishga tayyor edi. Biroq 
AQSHda siyosiy iqtisod klassik asosda vujudga kelmadi. Buning sa- 
babi shuki, XIX asming 20-30-yillarida AQSHda kapitalizmning 
nisbatan tez rivojlanishi ishchilar harakatining vujudga kelishiga va tez 
o‘sishiga olib keldi.
Ayni vaqtda ish tashlashlar bo‘lib turdi. Siyosiy kurashning keskin- 
lashuvi vulgar siyosiy iqtisod uchun zamin yaratdi. Bundan tashqari 
klassik siyosiy iqtisod AQSHda qulchilikning saqlanib qolishini tanqid 
qilar edi. Shu sababli AQSHda yuzaga kela boshlagan iqtisodiy fikr 
klassik maktabga qarshi chiqdi. Bu g'oyalar Genii Charlz Keri (1793- 
1879) tadqiqotlarida o‘z aksini topdi.
Yirik noshiming o‘g‘U bo‘lgan G.Keri kommersiya sohasida katta 
yutuqlarga erishdi.Yirik fabrikantga aylanib, iqtisodiy tadqiqotlarga ki- 
rishdi.
1837-40-yillarda uning «Siyosiy iqtisod prinsiplari» va 1857-59- 
yillarda «Ijtimoiy fanlarning asoslari» nomli asarlari chop etildi. Bu 
asaming qisqacha varianti 1865-yilda «Ijtimoiy fanlar uchun qo 
nomi bilan chop etildi. F.Bastia amerikalik shu olimdan ilhomlandi.
G.Ch. Keri ingliz siyosiy iqtisodiga keskin qarshi chiqib, AQSH 
kapitalizmini madh etdi. Uning asosiy asari «Manfaatlar uyg‘unligi» 
(1872) kitobidir. G.Kenning qarashlari Angliyaga qarshi ruhda edi. U 
Rikardoning ta’limoti va Maltus aqidalarini rad qildi.
G.Kerining metodologiyasi subyektiv idealizm va mexanitsizm bilan 
obyektiv iqtisodiy qonunlami tabiat qonunlariga almashtirish bilan 
xarakterlanadi.
G.Keri hamma iqtisodiy kategoriyalami ta’riflab berishga intildi. U 
qiymatni insonning tabiatga hukmronligi o'lchovi, predmetga ega bo‘lish 
uchun bartaraf qilish zarur bo‘lgan qarshi harakat deb ta’rif berdi. U 
narxni predmetning o'zini ayirboshlash evaziga pul olish qobiliyati deb


hisobladi. Kapital odamlaming tabiat kuchlarini boshqarish imkoniyatini 
olishlarida yordam beradigan buyum yoki qurol deb tushundi.
G.Keri D.Rikardoning yer rentasi nazariyasini tanqid qilib, uni 
yalpi kurash nazariyasi (ya’ni Rikardo shu nazariya yo‘U bilan go‘yo 
sinflar o'rtasida urushni avj oldirdi), deb hisobladi va Rikardoni 
«kommunizm otasi» deb, unga xuruj qildi. G.Kerining o‘zi esa rentani 
yer egalarining mehnati uchun mukofot deb hisoblab, uni foiz bilan 
aynan bir narsa deb tushundi. Kerining iqtisodiy ta’limotida buijua 
jamiyatida «barcha chin va haqiqiy manfaatlaming to‘la-to‘kis uyg'unligi» 
mavjudligim isbotlamoqchi bo'ldi. U taqsimot qonunini o‘z nazariyasiga 
asos qihb oldi.
G.Keri proletariat bilan buijuaziya manfaatlarining bir xilligini go'yo 
kapitaUstik jamiyatda mehnat unumdorligi oshishi bilan ish haqi ham 
oshib boraveradi, shuning natijasida ishchi bilan kapitalistning iqtisodiy 
ahvolidagi tafovut asta-sekin kamayadi, degan qoida bilan asoslamoqchi 
bo‘ldi. G.Keri kapitaUstik jamiyatda aholining nisbiy ko'payishi va 
ekspluatatsiya kuchayishi faktlarini mutlaqo inkor qilib: «Ishchilar 
sinfi farovonligining oshib borishi texnika taraqqiyoti bilan bog'liq», - 
dedi.
XIX asrda Kerining qarashlari, uning antagonistik jamiyatdagi 
manfaatlar uyg'unligi nazariyasi ko'pchilikka ma’lum bo'lib, buijuaziya 
siyosiy iqtisodini vulgarlashtirishga katta ta’sir ko'rsatdi. «Manfaatlar 
uyg'unligi» nazariyasining asosiy qoidalarini hoziigi zamon siyosiy 
iqtisodi qaytadan tiklamoqda.
G.Keri yuqorida biz bayon etgan kapitalistik munosabatlaming 
bekam-u ko'stligi, sinfiy manfaatlaming hamohangligi va boshqa 
«uyg'unliklar» to‘g‘risida ko‘p yozdi. Lekin uning g'oyalari Bastiadan 
biroz farq qiladi. Keri qullikni qo'lladi (bu davrda AQSHning janubida 
hali qul plantatsiyalari mavjud edi). Proteksionizm siyosati ham himoya 
qilindi, chunki AQSH hali yosh davlat sifatida sanoati pastligi tufayli 
unga muhtoj edi, chunki Angliya sanoati bilan ochiq raqobatda yengishi 
qiyin bo'lgan. Shular tufayli Smit va Rikardolaming fritrederlik (erkin 
savdo) siyosati to‘g‘ri kelmay qoldi. Ayniqsa, Rikardoning buijua 
jamiyatidagi sinflar o'rtasidagi manfaatlaming qarama-qarshi ekanligi 
ko‘pchilikka ma’qul bo'lmay qoldi.
Kerining fikricha, Rikardoning tuzumida dushmanlik ruhi bo'lib, 
millat, sinf, ijtimoiy guruhlar o'rtasida urush keltirib chiqaradi.


Vaholanki, bu guruhlar o'rtasida bekam-u ko‘st uyg‘unlik mavjud 
emish. Kerining «Manfaatlar uyg'unligi nazariyasi» asosida uning 
«taqsimot qonuni» yotadi, unga ko‘ra mehnat unumdorligining o‘sishi 
bilan ishchilar hissasi absolut va nisbiy jihatdan o'ssa, kapitalistlar- 
niki esa aksincha pasayadi. Shunday yo‘l bilan mehnat va kapital 
o‘rtasidagi antagonizm yo‘q qilinadi. Bunda yaxshi ma’lum tezis - 
unumli kapital g‘oyasidan foydalaniladi (unga ko‘ra tadbirkor qonuniy 
foyda olishi kerak).
G.Kerining g‘oyasi bo'yicha tovaming qiymati uni ishlab chi­
qarishga ketgan amaliy mehnat miqdori bilan emas, balki ma’lum 
sharoitda sarflangan ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. 
Ammo mehnat unumdorligining o'sishi bilan mahsulotlami ishlab 
chiqarish uchun, shu jumladan, ishlab chiqarish vositalariga sarf- 
xarajatlar kamayadi. Bu esa, G.Keri bo‘yicha, kapitalning qimmati 
pasayishiga olib keladi. Ishlab chiqarish vositalari kapital bilan bir 
deb qaraladi. Oqibatda foiz ham, kapital egasi oladigan mahsulot 
hissasi ham pasayadi, shunga mos ravishda mehnat qiymati va uning 
mahsulotdagi hissasi oshib boradi. Bu g'oyalarning hammasini 
qo'llash qiyin, chunki foiz qiymatning bir qismi bo‘lib, awalgi 
mehnatga hech qanday aloqasi yo‘q. Mehnat unumdorligining o‘sishi 
ishchilaming tirikchilik vositalari qiymati pasayishi bilan bog'liq, 
bunda ishchi kuchi qiymati ham pasayadi, kapitalistning milliy 
daromaddagi hissasi esa oshib boradi.
Keri kapitalist va yer egasi «manfaatlari uyg‘unligi»ni isbotlab be- 
rishga intiladi. Bunda ham u Rikardoga qarshi chiqadi, ayniqsa, unum­
dorligi past yerlami ishga tushirishga mone’lik bildiradi.
Keri Bastia kabi rentani aslida kapitalning foizi shakli sifatida qaraydi, 
dehqonchilik xususiyatlarini inkor etadi. Keri «millatlar uyg'unligi» 
haqida ham gapirib, jahon ishlab chiqarishini mahalliy markazlarga 
taqsimlash zarurligini aytadi, chunki bu yerlarda qishloq xo‘jaligi va 
sanoat tabiiy holda uyg'unlashgan. Shulami hisobga olib, Keri Buyuk 
Britaniyaning sanoat va mustamlakachilik monopoliyasiga qat’iy qarshi 
chiqadi, boshqa davlatlami agrar xomashyo manbayiga aylantirish 
siyosatini inkor qiladi va shu maqsadda proteksionizmni keng qo‘llash 
kerakligini aytadi. Shunisi qiziqki, buijuaziya manfaatlarmi himoya 
qilib, gohida fritrederlik (F.Bastia), ba’zida proteksionizm (Ch.Keri) 
«uyg‘unlik»ning doimiy sharti deb e’lon qilinaveradi.



Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling