‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Aholi o‘sishini cheklovchi ошШаг

bet78/163
Sana03.12.2023
Hajmi
#1798248
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   163
Bog'liq
61aef8397723d3.50813536

Aholi o‘sishini cheklovchi ошШаг
Avlodni
davoqi
ettirish
instinkti
Aholining o‘sish potensiali
Aholining o‘sishinig 
cheklovchi omillar
Oldini olish choralari: 
tug'ilish kamayishi
Real 
omillar: 
o‘lim ortishi
Aholoqiy
xususiyatdagi
cheklovlar
Soliq
pastligi
Noo'rin
hayot
Kambag‘allik
Tirikchilik vositalarining cheklanganligi
Maltusning fikricha, tabiiy biologik instinktga ko'ra insoniyat ko'pa- 
yish imkoniyatiga ega va doimo shunga intiladi, ammo jonivor va 
o'simliklar qarama-qarshi ravishda bu jarayonni cheklash imkoniga 
ham ega bo‘lib, hayvonot dunyosidan ajralib turadi. Quyidagi jadvalda 
ana shu imkoniyatlar aks etgan.
Maltusning bu reaksion xulosalari qattiq tanqidga uchradi. Maltus 
bu tanqidlardan xulosa chiqarib, 1820-yilda asarini qayta ishlab chiqdi 
va unda o‘z fikrlarini ancha yumshatishga intildi; ayniqsa, ustiga dam- 
badam yog'ilib turadigan va aholini o‘limga mahkum etadigan balo-


ofatlami zaruriy deb hisoblashdan voz kechdi va kechirim so'radi, 
uni noto‘g‘ri tushunganliklarini aytib o'tdi, ammo u o‘zining bosh 
fikrini inkor etmadi.
Maltus markaziy g'oyasi, ya’ni aholi soni o'sish sur’atlarining 
jamiyat farovonligiga ta’siri to‘g‘ri va dolzaibdir. Ammo olim tomonidan 
berilgan prognozlar baxtimizga normal bo‘lib chiqdi. Har 20-25 yilda 
aholining ikki marta ko'payishi insoniyatni to‘la qashshoqlikka mahkum 
etishi kerak edi.
Maltus «doktrinasi», awalo, metodologik jihatdan xato edi, chunki 
hech qanday isbotsiz tabiat qonunlari jamiyat hayotida qo‘llaniladi. 
Vaholanki, insonlar o‘simlik va hayvonot dunyosidan farqli o‘laroq 
faqat iste’mol qilmaydilar, balki o‘zlari ishlab chiqaradilar va tirikchilik 
vositasini ko‘paytirish imkoniyatlariga egadirlar. Shuni eslab o‘tish 
joizki, o‘z davrida Petti va Smit mamlakat boyligining asosi unumli 
mehnat bilan shug‘ullanuvchi aholi ekanligini isbotlab beiganlar. Maltus 
klassiklaming bu fikrini inkor etadi. Bundan tashqari, Maltus o‘zi 
ochgan qonunni abadiy deb e’lon qiladi. Aslida esa kapitalizm davrida 
ortiqcha ishchi kuchi hisobiga aholining nisbiy ortiqchaligi yuzaga keladi, 
bu yerda aholining nisbiy ortiqchaligi uning absolut ortiqchaligi deb 
ko‘rsatilgan.
Maltus progressiyalari statistik va amaliy (faktik) materiallami 
ochiqdan ochiq soxtalashtirishdir (falsifikatsiya). Unda berilgan 
ma’lumotlar AQSHning XVI-XVIII asrlardagi aholi o'sishiga nisbat 
sifatida keltiriladi, bu mamlakat aholisining asosan Yevropa aholisining 
emigratsiyasi hisobiga ko’payganligi haqidagi «arzimas» fakt esa hisobga 
olinmagan (tabiiy o‘sish bor, emigratsiya bor).
Maltus o‘z fikrini «isbotlash» uchun «tuproq unumdorliginingpasayib 
borishi» nazariyasidan foydalanadi. Bu nazariyaga ko‘ra, yeiga sarflangan 
qo‘shimcha kapital go'yoki mahsulotni proporsional tarzda ko'paytirishga 
imkon bermas emish, binobarin odamlar o‘zlarini oziq-ovqat va boshqa 
tovarlaiga bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradigan mahsulotlami to‘la hajmda 
yetishtira olmaydilar. Shu tariqa mahsulotlaming yetishmasligi tabiatning 
tabiiy-biologik qonunlari bilan izohlanadi. Bu «qonun»da jon bor albatta, 
masalan bir gektar yer bilan dunyoni boqib bo'lmaydi, lekin ilmiy- 
texnika taraqqiyoti tufayli ko'pgina davlatlar yerdan nihoyatda unumli 
foydalanib, oziq-ovqat va boshqa muammolami hal etmoqdalar. Demak,


bu «qonun» ham nazariya, ham amaliyot tomonidan inkor qilinadi. 
Bunga «ko‘k inqilob»ni misol keltirish mumkin.
«Ko‘k inqilob» 1960-yillaming oxirida paydo bo‘ldi, u qishloq xo'jali- 
gida ilmiy-texnika taraqqiyotini qo'llash yo‘Ii bilan uning mahsul- 
dorligini oshirishni anglatadi. Bu jarayon 1950-yillaming o'rtalarida 
donning yuqori hosilli gibrid navlari kashf qilinishi bilan bog'liq.
Bir qancha mamlakatlar «ko‘k inqilob»dan foydalanib, ancha katta 
yutuqlami qo'lga kiritdilar. Masalan, Hindiston 70-yillaming oxiri va 
80-yillarning boshida o'zini o‘zi don bilan ta’minlashga erishdi. Bu 
yerda 1976-yilda 120 million tonna don olindi, bu 1950-yilga nisbatan
2.5 marta ko'pdir, 1989-yilda esa 200 million tonnaga yaqin don olindi, 
shundan 165 million tonnasi guruch va bug‘doydir.
Filippinda 1965-89-yillarda sholi hosildorligi 1,7 mln tonnadan
9.5 mln tonnaga o‘sgan bo‘lsa, Indoneziyada bu ko'rsatkich gektariga 
18,1 sentnerdan 42.3 sentnerga o‘sdi. XXR da yiliga 430-465 mln tonna 
don olinishi natijasida bu yerda 1 mlrd. 250 mln. kishilik aholi uchun 
oziq-ovqat muammosi hal etilgan.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling