‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
T.R. Maltus va uning «nufus nazariyasi»
|
61aef8397723d3.50813536
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Aholi nufusi qonuni to‘g‘risidagi tajriba» (1798), «Yer rentasining tabiati va o‘sishi to‘g‘risidagi tajriba»
9.3. T.R. Maltus va uning «nufus nazariyasi»
Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus demografiya muammolari to‘g‘risida birinchilardan bo‘lib fikr yuritgan bo‘lmasa-da, «Nufus nazariyasi»ni yaratdi. Bu muammo bo‘yicha barcha munozaralarda uning nomi birinchilardan tilga olinadi. Masalan, Aristotel (m.av. 384- 322) «Siyosat» asarida aholisi kam sonli mamlakatni ideal davlat deb hisoblagan, chunki aholi me’yordan ko‘p bo‘lsa, sotsial ziddiyat kelib chiqadi. U nikoh to‘g‘risida qonun taklif etgan, unda erkaklarga 37, ayollarga 18 yoshgacha farzand ko‘rish taqiqlangan, uningcha, aholi ko‘pligi yer yetishmasligiga olib keladi va u qashshoqlikka mahkum etiladi. F.Kene (1694-1774) «Aholi» (1756) maqolasida insonlar «boylik» manbayi ekanligiga ancha yaqin fikrlami ilgari surdi. «Mamlakatning buyukligi uning aholisi bilan», - degan edi u. Aholi mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirib, odamlar mehnatidan foydalanish masalalari davlatning bosh iqtisodiy siyosati obyekti bo'lishi kerak. Bu fikr A.Smit tomonidan rivojlantirildi. V.Petti aholining mehnat qiladigan qismini boylik yaratuvchi deb hisoblagan, birinchi bo'lib «insoniy kapital» tushunchasini kiritgan. T.R. Maltus (1766-1834) dvoryan oilasida tug‘ildi, 1788 yil Kemb- rij universitetini bitirgach, qishloq ruhoniysi sifatida ishlay boshladi, ilohiyot fanidan ilmiy darajaga ega bo‘ldi. 1807-yildan boshlab «Ost- Ind» kompaniyasi kollejida siyosiy iqtisod professori lavozimida leksiyalar o‘qidi. Uning asosiy asarlari «Aholi nufusi qonuni to‘g‘risidagi tajriba» (1798), «Yer rentasining tabiati va o‘sishi to‘g‘risidagi tajriba» (1815), «Siyosiy iqtisod prinsiplari» (1820-yilda yozilgan va awalgi kitob qayta ishlanib, ikki jildli asarga aylantirilgan). Bu asar D.Rikardoning «Siyosiy iqtisodning boshlanishi» asaridan uch yil keyin chiqqan bo‘lib, nazariy metodologik jihatdan undan farq qilmaydi. Bu asarlarda Maltus lendlordlar manfaatini himoya qiladi, ammo yer egalari va kapitalist- fabrikantlaming manfaatlari mos kelsa va ishchilaiga qarshi qo‘yilsa, ulaming ikkalasini qo‘llab-quwatladi, hukmron sinflami oqladi, ommaning och-yalang‘ ochligi va og‘ir ahvolida ulaming hech qanday aybi yo'qligini isbotlamoqchi bo'ldi. Mavjud tizimni takomillashtirish kerakligini xayoliga ham keltirmadi, buni o'ziga xos utopiya deb hisobladi. Asosiy iqtisodiy masalalami yagona bir omil asosida oddiygina tushuntirishga harakat qildi. Tadqiqot predmeti sifatida, awalo, ishlab chiqarish sohasini rivoj- lantirish yo‘U bilan jamiyatning moddiy boyligini yanada ko‘paytirish masalasi qaraladi. Shu bilan birga, birinchi marta iqtisodiy o‘sish muammosini aholining o'sishi bilan bog‘lashga harakat qilingan. Awalgi tadqiqotlarda aholi o'sishi o‘z-o‘zidan milliy xo'jalik rivojiga olib kelishi (va aksincha) masalasi qo'yilgan bo'lsa, bu olim muammoga o‘ziga xos ravishda yondashadi. Tadqiqot usulida iqtisodiy liberalizm konsepsiyasini tan olgan holda, iqtisodiy o'sish sur’atlari bilan aholi soni o'rtasida o‘zaro aloqadorlikni ilmiy jihatdan isbotlashga urunishining o'ziga xos yo‘llari mavjuddir. Jahonga ma’lum bo'lgan Ch.Darvin, D.Rikardo va boshqalaming qarashlari unga metodologik asos sifatida xizmat qildi. Bu olim metodologiyasining yangiligi va ahamiyati shundaki, undan milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va qashshoqlik sabablarini aniqlash va undan chiqish uchun amaliy xulosalar chiqarish mumkin. Yashash minimumi sifatida belgilanadigan tirikchilik vositalari va aholi o‘sish soni o'rtasidagi oddiy nisbatni isbotlashga harakat qilinadi. M. Blaugning ta’kidlashicha, Maltus bo'yicha insoniy jamiyatni ijtimoiy qonunlar (sotsial islohotlar) yordamida har qanday ongli takomillashtirishga urinish yengib bo‘lmas insonlar ommasi tomonidan surib tashlanadi va shu sababli har bir odam o'zi haqida o‘zi jon kuydirmog'i va o'zining xatolari uchun to‘la javob berishi kerak. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling