‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
61aef8397723d3.50813536
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Nonga bo‘lgan past bahonlng
lan, nonning bahosi va ish haqining pul miqdori o‘rtasida bevosita
boglliqlik bor,- deydi u, agar nonning bahosi oshganda ish haqi o‘zgarmasa, ishchilar och qoladi va o‘limga mahkum etiladi. Rikardo Maltus kabi (bu olimning fikrlari quyida beriladi) ishchilaming haqlari ochlik darajasida ushlab turilishi kapitalizmga xos qonun emas, barchaga tegishli tabiiy qonunlar tufaylidir, deydi. Ma’lum qulay sharoitlardagina ishlab chiqarish kuchlari aholi o‘sishini ta’minlay oladi va ishchilar kam haq olganliklaridan norozi bo‘lmas- liklari kerak, degan fikr ilgari suriladi. Rikardo qo‘shimcha qiymatni uning konkret shakllari - foyda, ssuda foizi, renta sifatida tahlil etadi. «Ishchi o‘z mehnati bilan ish haqi sifatida oladigan miqdordan ko‘proq qiymat yaratishi o‘z-o‘zidan ravshan», - deydi u. Ammo uni ish haqi va foyda nisbati, ya’ni ishchining qancha olishi va kapitalistga qancha qolishi qiziqtiradi. U qiymat strukturasi va tovar bahosini aniqlaganda «Smit dogmasi»dagi xatoga yo‘l qo'yadi, ya’ni doimiy kapi tal S ning yangi mahsulotdagi hissasini inkor etadi (ish haqi va foyda- dan iborat bo‘lgan). Tovar qiymati ish haqi va foydadan iborat bo'lganligi sababli, foyda ish haqiga teskari proporsional va unga bog'liq. Foyda amalda qo'shimcha qiymat sifatida qaraladi. Rikardo foydaning yer rentasini to‘lagandan keyingi holatni o‘rganadi. Undan tashqari, foyda avans qilingan kapital miqdoriga proporsional deb hisoblaydi. U foyda normasining pasayish tendensiyasiga alohida e’tibor berdi. U buning bosh sababi kapitalizmga xos narsa bo'lmay, tabiiy omildir, degan. Foyda normasining pasayishi oxir-oqibatda kapital jamg‘arilishining kamayishiga olib kelishi mumkinligi uni tashvishga solgan. U kapital deb ishlab chiqarish vositalari va kapitalistning ishchilarga ish haqi sifatidagi xarajatlami tushungan. U kapitalni natura holda va tarixdan tashqari tushungan. Uningcha, ibtidoiy ovchi va baliqchi kapital egasi bo'lgan (bu, albatta, xato fikr). Rikardo yer rentasini tahlil qilishda muhim yutuqlaiga erishdi. U renta nazariyasini qiymatning mehnat nazariyasiga asoslanib tekshirdi. Rentaning manbayi ma’lum mulkiy munosabatlar sharoitida yerga qilinadigan mehnatdir, deb hisobladi. Resurslari cheklangan, unum dorligi va joylashuvi turlicha bo‘lgan yerlar ishlanishi tufayli qishloq xo'jaligi mahsulotlarining qiymati yomon uchastkalardagi mehnat sarflari bilan aniqlanadi. Bunday yerlar sohibkorga o‘rtacha foyda beradi va renta bermaydi. Nisbatan yaxshi yerlarda foyda o'rtacha normadan yuqori bo‘ladi, ana shu ortiqcha foyda renta sifatida yer egasi tomonidan olinadi. Yomonroq yerlar xo‘jalik hisobiga jalb etilishi orqali yer egalarining oladigan rentasi o‘z-o‘zidan ortadi, vaholanki, ular biror ish , sarf-xarajat ham qilmaydi. Rikardo bu yerda differensial renta hosil bo‘lishini ko‘rsatib berdi. U xususiy mulkchilik sharoitida yomon yerlar ham ma’lum renta kel- tirishi mumkinligini inkor etdi. Lekin shunday renta bor, u absolut renta bo‘lib, uni Marks va boshqa olimlar atroflicha o‘rganganlar. Rikardo pul va pul muomalasi masalalariga katta e’tibor qildi. U dastlabki asarlarida pulni ichki qiymatga ega bo‘lgan tovar deb qaragan. Pul qiymati unga sarf qilingan mehnat bilan aniqlangan. Rikardo: «Pulning xususiyati shuki, u alohida tovar, boshqa tovarlaming qiymat o‘lchovi va muomala vositasi sifatida harakat qiladi. Qog‘oz pullaming miqdorida muomalada bo‘lgan tovar massasi qiymatiga mos (ya’ni proporsional) bo‘lishi kerak, ortiqchasi bank tomonidan iste’moldan chiqarilishi zarur», deydi. Ammo o'zining bosh asarida bu konsepsiyadan chekinadi, awal pullaming ichki qiymati bor, degan bo'lsa, keyinroq pul — texnik vosita deb izohladi va pulning miqdoriy nazariyasini ishlab chiqa boshladi. Uning fikricha, muomaladagi pulning miqdori turlicha va erkin bo'lishi mumkin, pulning qiymati esa muomala sohasida belgilanadi va uning miqdoriga bog'liq bo'ladi. Rikardo erkin savdo tarafdori bo‘lgan, u merkantilistlardan farqli ravishda tovar ishlab chiqarish tovar kiri- tishdan ortiq, ya’ni eksport kam va import ko‘p bo'lishidan, mam- lakatdan oltin chiqib ketishidan xavfsirashga hojat yo‘q, deydi, chunki erkin import avtomatik ravishda oltin muomalasi va baho o'zgarishini tartibga soladi, shuning uchun iqtisodiy tanglik ta’minlanishiga yordam berishiga Rikardoning ishonchi komil edi. Rikardo Angliyaning tashqi aloqalari iqtisodiyotda katta mavqega ega ekanligini alohida o‘rgandi. U birinchilardan bo‘lib ayrim tovarlami ishlab chiqarishdangina emas, balki mamlakatlar o'rtasida ham xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvning foydaliligini isbotlab berdi. Bunda nisbiy afzallikprinsipi mavjudligini ishlab chiqdi.Bu prinsip univer- salroq bo‘lib, A.Smitdagi mutlaq afzallik prinsip (yuqoridaberilgan) xususiy hal sifatida qabul qilinadi. Bu prinsipga ko‘ra ayrim mamla katlar ma’lum tovarlami ishlab chiqarishda ayrim qulayliklarga ega bo‘ladi va kam xarajat sarf qiladi. Bunda tabiiy va iqlimiy faktorlar ham katta rol o‘ynaydi (mutlaq ustunlik). Ma’lum tovarlami ishlab chiqarish bu mamlakat uchun boshqa mamlakatlardagiga nisbatan qulayroq bo'lishi mumkin. Mamlakatlardagi tabiiy, texnologik va madaniy farqlar tufayli ishlab chiqarish xarajatlari turlicha bo'ladi. Rikardoning 1815-yilda yozilgan «Nonga bo‘lgan past bahonlng Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling